Imom Navaviy. Al-azkor  ( 544466 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 122 123 124 125 126 127 128 B


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:31:11

1076.   O’n beshinchi hadis. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom beshta narsa ustiga qurilgandir. Ular «La ilaha illallohu va anna Muhammadan Rasululloh» kalimasini aytish, namozni qoim qilish, zakotni berish, haj va ramazon ro‘zasidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:31:32

1077.   Un oltinchi hadis. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishilarning da’volariga qarab berilaverganida edi, ular qavmning moli va qonlarini da’vo qilishgan bo‘lar edi. Lekin da’vo qiluvchiga hujjat keltirish va inkor qiluvchiga qasam ayttirish lozim bo‘ladi», dedilar. Mana shu lafz bilan hasandir. Va ikki «Sahih» kitobida keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:31:57

1078.   O’n yettinchi hadis. Vobisa ibn Ma’baddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik va gunoh haqida so‘rash uchun keldingmi?» dedilar. Shunda bu zot: «Ha», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbingdan fatvo so‘ra. Yaxshilik -nafs va qalb unga xotirjam bo‘lganidir. Gunoh - nafs xira bo‘lib, qalb beqaror bo‘lganidir. Agar kishilar senga fatvo berishsa ham va berdirishsa ham», dedilar. Imom Ahmad va Doramiylar  rivoyati.
Navvos ibn Sam’ondan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilik husni xulqdir. Yomonlik - nafsing kirlanib, kishilar undan xabardor bo‘lishlarini karih ko‘rganingdir», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:32:32

1079.   O’n sakkizinchi hadis. Shaddod ibn Avsdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Albatta Alloh taolo har bir narsada yaxshilik bo‘lishini yozdi. Agar qatl qilsalaringiz, qatlni chiroyli qilinglar. Agar qurbonlik qilsalaringiz, qurbonlikni chiroyli qilinglar. Sizlarning biringiz (qurbonlik qiladigan bo‘lsa) tig‘ini o‘tkirlab, uni tinchitsin» dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:33:26

1080.   O'n to‘qqizinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, yaxshi narsalarni gapirsin yoki jim tursin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, ko‘shnisini hurmat qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirsa, mehmonini hurmat qilsin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:33:50

1081.   Yigirmanchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Menga vasiyat qiling», dedi. Shunda u zot: «g‘azab qilma», deb bir necha bor qaytardilar. Va yana «g‘azab qilma», dedilar. Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:34:18

1082.   Yigirma birinchi hadis. Abu Sa’laba al-Xushaniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo farzlarni farz etdi, ularni zoe qilmanglar. Va hadlarni chegara qildi, undan o‘tib ketmanglar. Va narsalarni harom qildi, uni buzmanglar. Va unutmasdan sizlarga rahmat qilgan holda ko‘p narsalarda sukut qildi, sizlar u haqda bahs qilmanglar», dedilar. Doratsutniy hasan isnod bilan rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:34:56

1083.   Yigirma ikkinchi hadis. Muozdan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Ey Rasululloh, menga bir amalning xabarini beringki, u meni jannatga kiritib, do‘zaxdan uzoq qilsin», desam, u zot: «Sen juda katta narsa so‘rading. Albatta u Alloh oson qilgan kishiga  yengildir. Allohga biror narsani shirk keltirmasdan ibodat qilasan. Namozni qoim qilasan. Zakotni berasan. Ramazon ro‘zasini tutasan. Baytullohni haj qilasan. Seni eshiklarning yaxshisiga dalolat qilaymi? Ro‘za pardadir. Sadaqa xatolarni xuddi suv o‘tni o‘chirgandek o‘chiradi», dedilar. Kishining kechaning o‘rtasidagi namozi haqida quyidagi oyatni o‘qidilar: «Ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur. (Ya’ni, tunlarini ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar.) Ular Parvardigorlariga ko‘rquv va umidvorlik bilan duo-iltijo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar. Bas, ularning qilib o‘tgan amallariga mukofot qilib, ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘zlar quvonchini (ya’ni, oxirat ne’matlarini) biror jon bilmas» (Sajda surasi, 16-17-oyat). So‘ngra yana u zot: «Ishning boshi va ustuni hamda yuksak cho‘kqisining xabarini beraymi?» deganlarida, «Ha, ey Rasululloh», dedim. Shunda u zot: «Ishning boshi - Islom. Ustuni - namoz. Yuksak cho‘qqisi - jihoddir. Bularning hammasidan ham asosiysining xabarini beraymi?» dedilar. Men: «Ha, ey Rasululloh», dedim. U zot tillarini ushlab, «Sen mana buni tiygin», dedilar. Shunda men: «Ey Rasululloh, gapirgan narsalarimizga ham jazolanamizmi?» desam, u zot: «Onang farzandidan ajragur, kishilarning yuzlari bilan do‘zaxga ag‘darilishlari faqat tillari gapirgan narsalar sababidandir», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:35:32

1084.   Yigirma uchinchi hadis. Abu Zarr va Muozdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qayda bo‘lmasin, Allohdan taqvo qil. Yomonlikka yaxshilikni ergashtir, uni o‘chirib yuboradi. Kishilarga chiroyli xulq bilan muomalada bo‘l», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:35:56

1085.   Yigirma to‘rtinchi hadis. Irboz ibn Soriyadan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga va’z aytdilar, undan qalblar vahimaga tushdi va ko‘zlardan yosh oqdi. Shunda biz: «Ey Rasululloh, vidolashuvchi mav’iza bo‘lsa kerak, bizga vasiyat qiling», desak, u zot: «Sizlarga Allohdan taqvo qilishni hamda agar qul boshliq bo‘lsa, uning so‘zini eshitib itoat etishni vasiyat qilaman. Chunki sizlardan qaysi biringiz yashaydigan bo‘lsa, ko‘p ixtiloflarni ko‘radi. Ana shu paytda mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi xulafoi roshidinlar sunnatini o‘zingizga lozim topib, uni oziq tishlaringiz bilan mahkam tishlanglar. Ishlarning yangisidan chetlaninglar. Chunki har bir bid’at zalolatdir», dedilar. Abu Dovud  va Termiziylar  rivoyati.

Qayd etilgan