Imom Navaviy. Al-azkor  ( 544820 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 ... 128 B


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 06:55:34

10.  Jabbor.
«Jabbor» oliy qadar ulug’, Uning oldida hamma o’zini xor tutadi.

11.  Mutakabbir.
«Mutakabbir»- kibriyosi va ulug’ligi behad. Uning oldida boshqalar qul bo’lib turadi.

12.  Xoliq.
Asli va o’xshashi yo’q narsaning o’lchovini mos qilib yaratuvchi. Alloh maxluqlarni yaratishdan oldin ham Xoliq degan vasfga ega edi. U xaloyiqni xalq qilganidan keyin Xoliq ismini olgani yo’q. Xoliq mutlaq vujudga keltiruvchidir.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 06:56:10

13.  Bori’.
Yo’qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi. Bori’ning  vujudga keltirishida tafovut yo’qdir.

14.  Musavvir.
Musavvir mahluqotlarning suvratini shakllantiruvchi, har bir narsaga o’ziga xos suvrat beruvchi.

15.  G‘affor.
Ko’plab mag’firat qilib, bandalarning aybini o’z fazli ila kechib yuboruvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 06:56:51

16.  Qahhor.
Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni o’z hukmiga yuritib va qudrati ila bo’ysundirib turuvchi.

17.  Vahhob.
Ne’matlarni behisob beruvchi.

18.   Razzoq.
Ko’plab rizq beruvchi. Rizqlarni va ularning vositalarini yaratuvchi. Razzoq maxluqotlariga hech bir og’irliksiz, qiyinchiliksiz, yordam so’ramasdan rizq beruvchidir.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 06:57:16

19.  Fattoh.
Ko’plab narsalarni ochuvchi. O’z rahmati xazinasini bandalarga ochuvchi

20. Aliym.
Har bir narsani biluvchi. Bo’lgan va bo’ladigan, avvlgi va oxirgi zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi.   

21. Qobiz.
Ruhlarni qabz qiluvchi. Xohlagan kishisining rizqini qabz qiluvchi. Qalblarni qabz qiluvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 06:57:55

22. Bosit.
Ruhlarni kenglikka qo’yib yuboruvchi. Xohlagan kishisining rizqini keng qilib qo’yuvchi. Qalblarni keng qiluvchi.

23. Xofiz.
Pasaytiruvchi. Misol uchun, kofir va fosiqlarning martabasini ularni xoru zor qilib pasaytiradi.

24.  Rofe’.
Ko’taruvchi. Misol uchun, mo’min va taqvodorlarning martabasini azizu mukarram qilib ko’taradi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 06:58:17

25.  Mu’izz.
Aziz qiluvchi. Kimni xohlasa, to’g’ri yo’lga solib aziz qiladi.

26.  Muzill.
Xor qiluvchi. Kimni xohlasa, egri yo’lga yurgani uchun xor qiladi.

27. Samiy’.
Har bir narsani eshituvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 06:59:05

28. Basiyr.
Har bir narsani ko’ruvchi.

29. Hakam.
Hukm qiluvchi.

30. Adl.
Mutlaq adolat qiluvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 06:59:29

31. Latiyf.
O’ta lutf ko’rsatuvchi. Barcha narsalarning nozik va daqiq joylarigacha biluvchi.

32. Xabiyr.
Hamma narsadan o’ta xabardor.

33. Haliym.
o‘azabi qo’zimaydigan va iqob qilishga shoshilmaydigan.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:00:07

34. Aziym.
Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulug’.

35.  G‘afur.
Ko’p mag’firat qiluvchi.

36.  Shakur.
Oz amal uchun ko’p savob beruvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:00:36

37. Aliy.
Martabasi oliylikda benihoya.

38. Kabiyr.
Har bir narsadan katta.

39. Hafiyz.
Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi.

Qayd etilgan