Imom Navaviy. Al-azkor  ( 545507 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 128 B


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:08:04

70.  Muqtadir.
Juda ham qudratli.

71.  Muqaddim.
Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlagan shaxs va narsasidan oldinga suradi.

72.  Muaxxir.
Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani, xohlagan shaxs va narsasidan orqaga suradi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:08:37

73.  Avval.
U hamma narsadan avval, ya’ni, barcha mavjudotlar yo’qligida Alloh bor edi. Mavjudotlarni «Avval» sifatiga ega bo’lgan Alloh yaratdi. Ya’ni, Allohning vujudga kelishining boshlanishi yo’qdir.

74.  Oxir.
Hamma narsa yo’q bo’lib ketganda ham, Uning o’zi qoladi.

75.  Zohir.
Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:09:01

76.  Botin.
U ko’zga ko’rinmaydi. Hammadan pinhon-maxfiy narsalarni bilib turuvchidir.

77. Voliy.
Har bir narsaga voliy-ega.

78.  Muta’oliy.
Nuqsonlardan yuqori turuvchi zot.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:09:32

79.  Barr.
Ulug’ yaxshilik qiluvchi.

80.  Tavvob.
Bandalarni tavbaga yo’llovchi va ularning tavbasini ko’plab qabul qiluvchi zot.

81.  Muntaqim.
Zolim va osiylardan intiqom oluvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:09:56

82.  Afuvv.
Afv qiluvchi.

83.  Ra`uf.
O’ta shafqatli va mehribon.

84.   Molikul mulk.
Mulk egasi. Bu dunyodagi ishlarni o’zi xohlaganicha qiladi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini o’zgartiradigan yo’q.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:10:28

85.  Zul jalol val ikrom.
Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi.

86.  Muqsit.
Adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.

87.  Jome’.
Jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:11:34

88.  G‘aniy.
Behojat. Uning hech kimga va hech narsaga hojati tushmaydi.

89.  Mug’niy.
Behojat qiluvchi. U zot o’z bandalaridan xohlaganini behojat qilib qo’yadi.

90.  Mone’.
Man’ qiluvchi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:12:18

91.  Zorr.
Xohlaganiga zarar qiluvchi.

92.  Nofe’.
Manfaat beruvchi.

93.   Nur.
O’zi o’zi ila zohir bo’lgan va o’zgalarni zohir qilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:12:36

94. Hodiy.
Hidoyat qiluvchi. U zot o’z fazli ila xohlagan kimsani hidoyat qiladi. Ya’ni, Alloh kimni to’g’ri yo’lga hidoyat qilsa, albatta, o’z xohishi va fazli ila hidoyat qiladi.

95. Badiy’.
O’xshashi yo’q narsalarni keltiruvchi.

96. Boqiy.
Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir, unga foniylik yetmaydi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Sentyabr 2006, 07:13:15

97. Voris.
Mavjudotlar yo’q bo’lganda ham boqiy qoluvchi zot.

98. Rashiyd.
To’g’ri yo’lga irshod qiluvchi.

99. Sabur.
O’ta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.

Qayd etilgan