667/17. Ato ibn Abdulloh al-Xurosoniydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Ko‘l berib so‘rashinglar, u nafratni ketkazadi. Bir-biringizga hadya berib turinglar, shunda bir-biringizga muhabbat qilasiz hamda ginalar barham topadi», dedilar». Imom Molik rivoyatlari.
Bilingki, har yo‘likqanda qo‘l berib so‘rashish mustahabdir. Ammo kishilar odat qilib olganidek, subh hamda asr namozlaridan keyin ko‘l berib so‘rashishdek ma’lum bir vaqtlarni belgilab olish shariatda yo‘q. Lekin ko‘l berib so‘rashishning asli sunnat bo‘lgani uchun zarar qilmaydi. Ular esa ba’zi holatlarda bardavom bo‘lib, ko‘p holatlarda kamchilikka yo‘l ko‘yishdi. Ba’zida bo‘lsa ham, qo‘l berib so‘rashish shariatda vorid bo‘lgan narsadan chiqarib yubormaydi.
Imom Abu Muhammad Abdusalom (r.a.) «Al-Qavo’id» nomli kitoblarida; «Albatta bid’at besh qism bo‘ladi: vojib, harom, makruh, mustahab, muboh. Subh va asr namozi so‘nggida ko‘l berib so‘rashmoq muboh bo‘lgan bid’atlar qatoriga kiradi», deganlar.
Imom Navaviyning fikrlaricha, tuk chiqmagan chiroyli yuzli kishi bilan qo‘l berib so‘rashishdan saqlanmoq lozimdir. Chunki ularga nazar solishning o‘zi harom. Ba’zi sohiblarimizning fikricha, har bir nazar qilish harom bo‘lgan narsani ushlash ham haromdir. Balki ushlash undan ham harom. Uylanadigan kishi begona ayolga uylanishini iroda qilib qarasa, halol. Shu singari oldi-sotdi va olish-berishlarda ham nazar solish halol. Ammo bularning birortasida ushlashlik joiz emas.
Fasl: Qo‘l berib so‘rashayotganda ochiq yuzli bo‘lish va mag‘firat so‘rab duo qilish mahbub amallardandir.