Imom Navaviy. Al-azkor  ( 544127 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 ... 128 B


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:31:32

DUOLARNI JAMLOVCHI KITOB

337-bob Hamma vaqtlarda muhim va mustahab bo‘lgan duolar


Bilingki, bu kitobni yozishdan maqsadimiz hamma vaqtlarda mustahab, muhim bo‘lgan duolarni zikr qilishdir. Bilingki, bu bob juda keng bo‘lganidan uni qamrab olish imkoni yo‘qdir. Lekin buning ahamiyatlilariga ishora qilaman. Zikr qilingan duolarning avvali Qur’onda kelgan. Uni Alloh taolo payg‘ambarlar va yaxshilar tilidan xabar bergan. Keyingilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih bo‘lganidir. U zot unga amal qilganlar yoki boshqalarga o‘rgatganlar. Bu qism juda ko‘pdir. Oldingi boblarda ham bu jumlalar keldi. Men undan Qur’onga ko‘shilib kelgan sahihlarinigina zikr qilaman.

994/1. Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Duo - ibodatdir», dedilar. LbuDovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:31:49

995/2. Oishadan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p narsalarni o‘zida qamrovchi duolarni yaxshi ko‘rardilar. Va bundan boshqasini tark qilardilar. Abu Dovud  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:31:57

996/3. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taologa duodan ko‘ra ikromli narsa yo‘q», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:32:04

997/4. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimni g‘amginlik va qiyinchilikda Alloh taolo duosini ijobat etmog‘i xursand qilsa, kengchilikda ham duoni ko‘paytirsin», dedilar. Imom Termiziy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:32:13

998/5. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘p (qilib yuradigan) duolari

«Allohumma atina fid-dunya hasanatav vafil axirati hasanatav vaqina azaban-nar» edi. (Ma’nosi: Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin.) Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Muslimning  rivoyatlarida: «Agar Anas (r.a.) iltijo qilmoqni xohlasalar, mana shuni aytardilar. Agar duo qilishni xohlasalar, mana shuni aytardilar», ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:32:28

999/6. Ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma  inniy   as'alukal  huda  vattuqo  val  ‘afofa  val  g‘ina»,   deb  aytardilar
(Ma’nosi:   Allohim,   Sendan   hidoyat,   taqvo,   iffat  va   boylik   so‘rayman.)  Imom  Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:34:33

1000/7. Toriq ibn Ashim al-Ashja’iydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Agar kishi Islomga kiradigan bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga namoz o‘rgatardilar. So‘ngra mana bu kalimalar ila duo qilmoqni buyurardilar:

«Allohumma ig‘fir liy varhamniy vahdiniy va ofiniy varzuqniy» (Ma’nosi: Allohim, meni mag‘firat qilib, rahm aylab, hidoyat qilib, ofiyat etib, rizqlantirgin.) Imom Muslim  rivoyatlari.

Imom Muslimning Toriqdan (r.a.) qilgan boshqa bir  rivoyatlarida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kishi kelib, «Ey Rasululloh, Rabbimdan so‘ragan paytimda qanday qilib aytaman?» deganda, u zot:

«Allohumma ig‘fir liy varhamniy, va ofiniy varzuqniy», deb aytgin. Chunki mana shu kalimalar, dunyoing va oxiratingni jamlovchidir», dedilar (ma’nosi: Allohim, meni mag‘firat qil, menga rahm qil, meni ofiyatda qil va rizqlantir).

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:35:44

1001/8. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
«Allohumma ya musarrifal qulub sarrif qulubana ‘ala to’atika», deb aytardilar (Ma’nosi: Ey qalblarni burib qo‘yuvchi Allohim, qalbimizni toatingga burib qo‘ygin.) Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:36:29

1002/9. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh nomi bilan mashaqqatli balodan, baxtsizlikning eng past darajasidan, qazo (qadar)ning yomonidan va dushmanning ichqoraligidan panoh tilanglar», deb aytdilar, ya’ni

«A’uvzu billahi min jahdil balo va darakish shaqoi va suv'il qazo va shamotatil a’doi», deb duo qilinglar, dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 06:36:46

1003/10. Anasdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy a’uvzu bika minal ‘ajzi val kasali val jubni val harami val buxli va a’uvzu bika min ‘azobil qabri vaa’uvzu bika min fitnatil mahya val mamoti», boshqa  rivoyatda «Va zila’iddayni va g‘alabatir rijal», deb aytardilar (ma’nosi: Allohim, Sening noming bilan ojizlikdan, dangasalikdan, ko‘rqoqlikdan, munkillab qariya bo‘lishdan, baxillikdan, qabr azobidan,  tirik va o‘liklar  fitnasidan hamda qarz yukidan  va kishilarning g‘olib kelishidan panoh tilayman). Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan