Imom Navaviy. Al-azkor  ( 375716 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 B


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:09:29

1048/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz oshiqmasa, ya’ni duo qildim-u ijobat bo‘lmayapti, demasa, duosi ijobat qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:11:20

ISTIG’FOR KITOBI
348-bob Istig‘for haqida

Bilingki, bu kitob, ya’ni istigfor kitobi eng muhim boblardan bo‘lib, unga ahamiyat berish va amal qilishda bardavom bo‘lish lozim. Buni kitob oxirida keltirishimdan maqsad Alloh bizni istigfor bilan yakun yasamogiga yo‘yib, yaxshilik alomatini ko‘rish edi. Mana shu va boshqa yaxshi ko‘rinishlarni o‘zimga, do‘stlarimga va boshqa musulmonlarga so‘rab qolurman. Omin.

Alloh taolo aytgan: «Va gunohingizga mag‘firat so‘rang hamda tunu kun Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang!» (o‘ofir surasi, 55-oyat), «Va o‘z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar (ning gunohlari) uchun magfirat so‘rang» (Muhammad surasi, 19-oyat), «Allohdan magfirat qilishni so‘rang! Albatta Alloh mag‘firat qilguvchi va mehribon bo‘lgan zotdir» (Niso surasi, 106-oyat), «Taqvodor kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ular abadiy qoladigan, taglaridan daryolar oqib turguvchi bog‘lar, pokiza juftlar va Allohning Rizoligi bor. Alloh -«Parvardigoro, bizlar Senga imon keltirganmiz, bas, gunohlarimizni magfirat ayla va bizni jahannam azobidan asra!» - deydigan sabr-qanoatli, imonlariga sodiq, ibodat-itoatli, infoq-ehsonli bo‘lgan va saharlarda Alloxdan magfirat tilaydigan bandalarini ko‘rib turguvchidir» (Oli Imron surasi, 15-17-oyatlar), «Modomiki, siz ularning oralarida ekansiz, Alloh ularni hargiz azoblamas va ular mag‘firat so‘rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguvchi emasdir!» (Anfol surasi, 33-oyat), «(U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini magfirat qilishini so‘raydigan, - har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, - bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir» (Oli Imron surasi, 135-oyat), «Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning magfirat qilguvchi va mehribon ekanini topar-ko‘rar» (Niso surasi, 110-oyat), «Parvardigoringizdan magfirat so‘ranglar, so‘ngra Uning Uziga tavba qilinglar» (Hud surasi, 3-oyat), Alloh Nuh alayhissalom haqlarida xabar berib: «Men dedimki: «Parvardigoringiz (Alloh)dan magfirat so‘ranglar, albatta U o‘ta mag‘firatli bo‘lgan zotdir» (Nuh surasi, 10-oyat), Alloh taolo Hud alayhissalom haqlarida hikoya qilib: «Ey qavmim, Parvardigoringizdan magfirat so‘rangiz, so‘ng Unga tavba-tazarru’ qilingiz», deb aytgan (Hud surasi, 52-oyat).

Istigfor haqida oyatlar ko‘pdir. Biz ogoh etish uchun ba’zilarinigina zikr qildik, xolos. Ammo istigfor haqida vorid bo‘lgan hadislar ko‘pligidan uni qamrab olish mumkin emas. Lekin ana shundan ba’zi taraflarigagina ishora qilaman:

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:11:27

1049/1. Agarrul Muzaniydan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening qalbim ham (zikrdan to‘xtab) to‘silib turadi. Albatta, men ham har kuni Alloh taologa yuz marta istigfor aytaman», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:12:53

1050/2. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, albatta men Alloh taologa bir kunda yetmish martadan ko‘p istigfor aytib, tavba qilaman», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:13:32

1051/3. Shaddod ibn Avsdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim sayyidul istigfor -

«Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka va ana ‘ala ‘ahdika va va’dika mastato’tu a’uvzu bika min sharri ma sona’tu, abu'u laka bini’matika ‘alayya va abu'u bizambiy fag‘firliy fainnahu la yag‘firuz zunuba illa anta»ni kechki payt aytib, shu kuni vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot etsa, unda ham jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga bergan va’damda va Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne’matlaringga iqror bo‘ldim. Va yana gunohlarimga ham iqror bo‘ldim. Mening gunohlarimni kechir. Chunki Sendan boshqasi gunohlarimni kechira olmaydi.) Imom Buxoriy  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:14:22

1052/4. Ibn Umardan (r.a.)  rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir majlisda yuz marta
«Robbig‘firliy va tub ‘alayya innaka anta tavvobur rohiym», deb aytganlarini hisobladik. Abu Dovud , Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:14:28

1053/5. Ibn Abbosdan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki istig‘forni lozim tutsa, Alloh taolo har bir tanglikdan chiquvchi yo‘l va har turlik g‘amdan yengillik hamda uni hech bir o‘ylamagan tomonidan rizqlantirib qo‘yadi», dedilar. Abu Dovud va Ibn Mojalar  rivoyati.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:14:35

1054/6. Abu Hurayradan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening nafsim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, agar sizlar gunoh qilmasangizlar, Alloh sizlarni ketkazib, (o‘rningizga boshqa) gunoh qiladigan qavmni olib keladi. Bas, ular (gunohlariga) istig‘for aytishadi, Alloh esa ularning gunohlarini kechiradi», dedilar. Imom Muslim  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:14:41

1055/7. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.)  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uch marta duo qilgan va uch marta istig‘for aytgan qoyil qoldirar edi. Abu Dovud  rivoyatlari.

Qayd etilgan


Doniyor  22 Oktyabr 2006, 07:14:47

1056/8. Abu Bakr Siddiqning (r.a.) ozod qilingan qullaridan  rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki istig‘for aytishda bardavom bo‘lsa, bir kunda yetmish marta gunohga qaytsa ham, u kechiriladi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy  rivoyatlari. Termiziy bu hadisni isnodi kuchli emas deb aytdilar.

Qayd etilgan