Shavvol ro'zasidagi iftorlik.  ( 2864 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Abdullah Isa  24 Avgust 2012, 09:31:27

Assalamu alaykum Alloh yo'lidagi Aka
Ukalarim va, Opa singillarim!
 Mana bir yildan oshdi
musulmon
bo'lganimga.Haqiqiy hayotda
musulmon do'stlarim yo'q edi. Bor endi ular musulmonman
deydi, lekin ularda islom yo'q.
Faqat har hil saytlarda
musulmon do'stlarim bor.
Masjidlarga borsamham
uyalganimdan burchakda namoz o'qirdimda ketardim.
Bir birodarim bilan saytda
tanishgandik va, haqiqiy
hayotda uchrashdik
AlhamduliLlah u meni bir
masjidga olib bordi! Men aytib bermoqchi bo'lgan iftorlik,
sizlar uchun oddiy voqea bo'lib
tuyular, yoki unchalik
qiziqmasdir. Bunday voqealar
hayotlaringda har kuni bo'lib
turgandir. Lekin men yolg'izlikga o'rganib
qolganimdan va, islomiy
birodarchilikni umrimda
ko'rmaganimdandir. balki
islomiy tarbiyam bo'lmagani
uchundir menga bu iftorlikda voqea juda tasir qildi.

Qayd etilgan


Abdullah Isa  24 Avgust 2012, 09:31:56

Har doimgidek masjidda shom
o'qidik. Keyin yonginamizdagi
choyhonaga chiqik do'stim
bilan. Stollarni bir biriga
qo'shib olib bir guruh
musulmonlar o'tirishgandi. Bizniham taklif qilishdi, birga
o'tirdik. Afsuslar bo'lsinki
birodarlarimizdan juda
ko'pchiligini puli joyi yo'q
ekan. Ikkitasi Marokashlik,
bittasi Azarbayjan, Turk, Dog'istonlik ikki kishi, bitta
Tojik, bitta Qirg'iz, men
o'rtog'im ikkita O'zbekmiz.
Millatlarimiz tilimiz boshqa
boshqa lekin qalblarimiz bitta
edi. Hammalarini yuzida tabassum, bir birlariga mehr
to'la ko'zlar boqib turishardi.
Puli borlarimizni buyurtmamiz
kelguncha, puli yo'qlarimiz
o'zlaridagi yemishlarni
chiqarishdi, kimdadir shirinlik, kimdadir pecheniya, yana
kimdadir slafanga o'ralgan bir
to'g'ram non (hleb). Ularham
bizlarni o'zlariga o'hshagan
puli joyi yo'q deb o'ylab
o'zlaridagi narsalarni mehr to'la ko'z, tabassum bilan ilina
boshlashdi. O'zlarida juda oz
bo'lishiga qaramay chin dildan
bizga ilinishi meni hayratda
qoldirdi.

Qayd etilgan


Abdullah Isa  24 Avgust 2012, 09:32:13

Birodarlarim shu ahvolda
ekanu, men burchakda o'tirib
yeb ichib turib ketarkanman
afsus. Iftorlik shunaqa go'zal
va, yoqimli ediki yozish
qo'limdan kelmaydi. Hamma bir biriga tilini ruschada
o'rgatar, oldidagi o'zidagi
yahshi narsani birodariga
ulashar, haqiqiy aka ukalardek
bir birimizni yahshi ko'rib
o'tirardik. Meni bu davradan umuman turgim kelmasdi,
qambag'algina lekin juda
fayzli davra edi. Harkim borini
chiqarar bir biridan hechniman
qizg'onmasdi. Bizlarni
qandaydir bir muhabbat bog'lab turardi. Meni bir umr
shunday o'tirsak degan hayol
chulg'ab olgandi. Lekin baribir
vaqt o'tib borardi. Keyin
huftonga azon aytildi namoz
o'qidik va, tarqalib ketdik. Menga birodarchilik juda yoqib
qoldi, kvartiramdan chiqib
ketdim. Bir birodarim bilan
birga kvartira izlayabmiz.
Hozircha menham ko'chada
qolganlardanman va, menga bu yoqdi. InshaAlloh kvartira
topsak birga yashaymiz.

Qayd etilgan