Bugungi kunda tilimizning saviyasi qanday darajada???  ( 21870 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B

Muattar  21 Sentyabr 2006, 13:41:35

Assalomu alaykum azizlar!!!
Avvalo,barchangizni kirib kelayotgan ulug'
ramazon ayyomi bilan chin dildan qutlayman..
Bugungi kunda barcha narsa ; xarakatlarimiz ,kiyinishimiz ,yurish turishimiz ....
zamonaviy holatga moslashayotgani kabi o'z milly tilimiz ham o'zgacha ohanglarda quloqqa chalinmoqda...Bu holat ayrimlar uchun tabiiydek tuyular,
ammo mana shu "tabiiy"likni yuzaga keltirishda o'zlarining ham biroz bo'lsada hissalari qo'shilayotganini bilisharmikin???
Tilimizni qandaydir begona tillar b-n qorishtirib gapirish hozirgi kunda ,ayniqsa talabalar orasida modaga aylanib bormoqda.
Biz bo'lajak tilchilar bu holatga chetdan qarab turmasligimiz kerak...
Qandaydir tushunarli holda yangi metodlarni o'ylab topishimiz va uni xalqqa singdirishimiz kerak deb o'ylayman.Bunda esa siz azizlar biroz yordam berishingiz va tilchilarni qo'llab quvatlashingizni so'rab qolaman.
Axir tilimizning tafovuti milliyligimizning yo'qolishiga olib keluvchi eng daxshatli
yo'llardan biri emasmi???
Fikrlaringizni kutib qolaman... :)

Qayd etilgan

Nodi  21 Sentyabr 2006, 13:48:46

Sizga ham salom!
Ramazon ayyomi sizga ham qutlug' bo'lsin!
gaplaringizga qo'shilaman.
Taraqqiyotning kuchayishi bilan tilimizga e'tibor ham susaymoqda.
Bir tomondan tilimiz yengi so'zlar bilan boyivotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan keresiz har xil narsalar qo'shilib borvotti.
Masalan, yoshla orasi "Hello, Hi, OK" kabi ingliz so'zlari urf bo'lgan.
undan ko'ra o'zimizani chiroyli so'zlarimiz bor-ku, masalan:
"hi"ni o'rniga "Salom"
"OK"ni o'rniga "yaxshi" va h.

Qayd etilgan

Shoxjahon12  21 Sentyabr 2006, 17:03:39

Muammoni bir chekkaga qo'yaylikda.. Sizga savol:Siz shu muammo yechimi uchun nima qildim yoki qilyapman, deb o'ylaysiz? Ana shunda muammo yechimi o'z-o'zidan kelib chiqaveradi...

Qayd etilgan

Muattar  22 Sentyabr 2006, 14:05:17

Assalomu alaykum Shoxjahon!
Avvalo, ushbu mavzuga qiziqib o'z fikringiz b-n ishtirok etganingiz uchun
minnatdorligimni qa'bul eting...Savolingizga keladigan bo'lsam,
Man bu muammoni yechimini avvalo o'zimdan qidirdim .
Topishga ham harakat qilyapman....
Manimcha bu narsa barchamizni o'zimizga bog'liq.
Shuni faxr bilan aytishim mumkinki, man ayrim insonlar kabi
o'zimni chiroyli ko'rsatish yoki kimningdir diqqat markazida bo'lish uchun
o'z milly tilimni boshqa tillarga qorishtirib gapirmayman.
Sizga ham savol, aytaylik avtobus yoki omma transportida ketyapsiz...
Shunda ko'zingiz chiroyli o'zbek qizlarga tushadi. Ularni tashqi ko'rinishini ko'rib
yuragingizda qandaydir faxr uyg'onadi.Chunki barchaga ma'lumki o'zbek ayollari
o'zining go'zalligi va iffati b-n boshqa sharq ayollaridan ajralib turishadi.
O'sha iffatli o'zbek qizlari sekin asta suhbatni boshlashdi...
Birozdan so'ng ilk taassurotlaringizdan asar ham qolmaydi
Chunki ular o'zlari bilmagan holda har kunlik ishlatadigan
chet tillaridan olingan g'alati jargonlardan foydalanib gapirishadi...
Siz mana shu holga qanday qaraysiz???
Nima deb o'ylaysiz ,ular o'zlari bilmagan holda o'zligidan
voz kechayotganini bilsharmikin???
Mani fikrim barcha teng harakat qilsa ,atrofdagilarga befarq bo'lmasak
shundagina milliylik, o'z milly qadriyatlarimiz va asosiy narsa,milliy tilimizni qadrsizlanishini
oldini olgan bo'lamiz..

Qayd etilgan

Shohi  22 Sentyabr 2006, 14:09:06

Assalomu alaykum !
Muattar men fikrlarizga qo'shilaman. Ayniqsa bu muammo biz -yoshalar orasida global muommo desa ham bo'ladi. Lekin buni bartaraf etish qiyin bo'lsa k-k. Sizningcha qanday yo'llari bor?

Qayd etilgan

Foniy  24 Sentyabr 2006, 10:36:10

Assalomu alaykum!
Barchangizga Muborak Mohi Ramazon qutlug' bo'lsin!
Juda ajoyib mavzu ustida ish boshlabsizlar, lekin bu yerda bu mavzuni sanoqli kishilargina o'qib ko'rishayapti, menimcha bu dolzarb muammoni OAV dan foydalanib hal qilish zarurmidi?

Qayd etilgan

ibrohim  24 Sentyabr 2006, 15:36:29

Assalomu alaykum.
Avvalambor barchangizni Ro'za-i ramazon oyi bilan muborakbod etaman.
Menimcha, bu narsani bartaraf etish mushkul bo'lsa kerak.Qancha urinmaylik, baribir bu narsa odamlar orasida yoyilib ketgan. Ishqilib, o'z ona tilimizni esdan chiqarmasak bo'ldi.

Qayd etilgan

Shahina  24 Sentyabr 2006, 17:44:29

Ona tilimizni unutish - buyuk inqirozdan darak beradi.
Yuqoridagidek muammo tobora yoyilib ketvotti.
Uni bartaraf etish uchun avvalo ommaviy axborot vositalarini shunday so'zlardan tozalsh kerak.

Qayd etilgan

Foniy  24 Sentyabr 2006, 19:46:43

Assalomu alaykum!
Ona tilimizni unutish - buyuk inqirozdan darak beradi.
Yuqoridagidek muammo tobora yoyilib ketvotti.
Uni bartaraf etish uchun avvalo ommaviy axborot vositalarini shunday so'zlardan tozalsh kerak.
...baliq boshidan demoqchisiz-da!?. Gapingiz to'g'ri, OAV da shunaqa oldi-qochdi jargonlarga ruxsat berib qo'yilgandan keyin barcha harakatlar bir pul,.. ko'pchilik yoshlarimiz o'sha TV larda chiqish qilib o'zlarinig "sun'iy" tillarida so'zlab turganlarni "ideal"lariga aylantirib olishga harakat qilishayapti,  bu albatta o'ta ayanchli holat!Barchangizning xabaringiz bor, ayrim xususiy TV(radio)larda ba'zi o'ta darajada(bachkana) jargonlarida gapirishadi?.. Ularning ish faoliyati bilan shug'ullanadigan tashkilotlar yo'qmi axir!?.
Bu albatta achinarli darajada buyuk inqiroz emasmi, o'zligimizni, o'z tilimizni yo'qotishimiz bu katta fojea-ku axir, o'zlikni yo'qotish bu ma'naviyatni yo'qotish bilan bir xil emasmi?!.
Gaplarim og'ir botgan bo'lsa ming bor uzr so'rayman!

Qayd etilgan

Mas'ud  24 Sentyabr 2006, 22:44:53

Sizga ham salom!
Ramazon ayyomi sizga ham qutlug' bo'lsin!
gaplaringizga qo'shilaman.
Taraqqiyotning kuchayishi bilan tilimizga e'tibor ham susaymoqda.
Bir tomondan tilimiz yengi so'zlar bilan boyivotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan keresiz har xil narsalar qo'shilib borvotti.
Masalan, yoshla orasi "Hello, Hi, OK" kabi ingliz so'zlari urf bo'lgan.
undan ko'ra o'zimizani chiroyli so'zlarimiz bor-ku, masalan:
"hi"ni o'rniga "Salom"
"OK"ni o'rniga "yaxshi" va h.

Izoh talab qilmaydi, deb o'ylayman!....

Qayd etilgan