Bugungi kunda tilimizning saviyasi qanday darajada???  ( 21959 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B

Mas'ud  24 Sentyabr 2006, 22:49:27

assalamu alaykum...Muhtaram forumdoshlar, ushbu mavzuda aynan tilimiz haqida so'z borayotgan ekan, iltimos tilimiz qoidalariga rioya qilgan holda suhbatlashaylik...

hurmat ila...

Kishi aybing desa, dam urmag'ilkim, ul erur ko'zgu,
Chu ko'zgu tiyra bo'ldi, o'zga aybing zohir aylarmu?

Alisher Navoiy

Qayd etilgan

Foniy  27 Sentyabr 2006, 12:14:13

Assalomu alaykum!
Agar malol kelmasa, faqat adabiy tilda post qilishni maslahat berardim, hech bo'lmasa shu mavzuda...
Barchangizdan uzr so'rayman!

Qayd etilgan

Shoxjahon12  27 Sentyabr 2006, 12:29:15

Assalomu alaykum Shoxjahon!
Avvalo, ushbu mavzuga qiziqib o'z fikringiz b-n ishtirok etganingiz uchun
minnatdorligimni qa'bul eting...Savolingizga keladigan bo'lsam,
Man bu muammoni yechimini avvalo o'zimdan qidirdim .
Topishga ham harakat qilyapman....
Manimcha bu narsa barchamizni o'zimizga bog'liq.
Shuni faxr bilan aytishim mumkinki, man ayrim insonlar kabi
o'zimni chiroyli ko'rsatish yoki kimningdir diqqat markazida bo'lish uchun
o'z milly tilimni boshqa tillarga qorishtirib gapirmayman.
Sizga ham savol, aytaylik avtobus yoki omma transportida ketyapsiz...
Shunda ko'zingiz chiroyli o'zbek qizlarga tushadi. Ularni tashqi ko'rinishini ko'rib
yuragingizda qandaydir faxr uyg'onadi.Chunki barchaga ma'lumki o'zbek ayollari
o'zining go'zalligi va iffati b-n boshqa sharq ayollaridan ajralib turishadi.
O'sha iffatli o'zbek qizlari sekin asta suhbatni boshlashdi...
Birozdan so'ng ilk taassurotlaringizdan asar ham qolmaydi
Chunki ular o'zlari bilmagan holda har kunlik ishlatadigan
chet tillaridan olingan g'alati jargonlardan foydalanib gapirishadi...
Siz mana shu holga qanday qaraysiz???
Nima deb o'ylaysiz ,ular o'zlari bilmagan holda o'zligidan
voz kechayotganini bilsharmikin???
Mani fikrim barcha teng harakat qilsa ,atrofdagilarga befarq bo'lmasak
shundagina milliylik, o'z milly qadriyatlarimiz va asosiy narsa,milliy tilimizni qadrsizlanishini
oldini olgan bo'lamiz..

Salom,Muattar!
Men sizning fikrlaringizga qisman bo'lsa-da, qo'shilaman. Albatta, tengdoshlarimiz orasida ham, hattoki, o'zimizda ham bilib-bilmagan holda "modniy" so'zlar uchrab turadi. Lekin o'sha tilimizga kirib kelgan so'zlarning hammasidan voz kechishimiz juda qiyin...

Qayd etilgan

Fikrim Mening  28 Sentyabr 2006, 01:25:51

Assalomu alaykum birodarlar!
Hammalaringizga Ramozon qutlug' bo'lsin!
Juda dolzarb mavzu ko'tarilgan. Yuqoridagi fikrlarning ba'zi birlari bilan tanishib chiqdim.
Menimcha bugungi kunda ona tilimiz "yuzida" ikkita "chandiq" paydo bo'ldi. O'qingizlar-u, agar noto'g'ri bo'lsa aytingizlar. Ulardan birinchisi, uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan tilni buzib va boshqa qillar so'zlari bilan qorishtirib gapirish. Ikkinchisi esa, meni kechiringizlar-u Toshkent shahri. Nima uchun desangiz, azizlar bir televideniega yoki radioga e'tibor beringizlar ular qanday gapirishayapti. Votti-votti bo'lib ketdi-ku hamma yoq. Insoflaringiz bormi o'zi, madaniyatdan asar ham qolmapti-ku.
Men o'zim "J" lahjasiga gapiruvchi qishloqlardan biridanman, lekin qishloqda balkim shevada gapirarmiz, ammo shaharda albatta badiiy tilda gapiraman. TV va radioni tinglab faqat jig'ibiyronim chiqadi. Yana marhamat qo'shiqchilar ham boshlashdi aralash-quralash qilib...

Qayd etilgan

Mavlon  28 Sentyabr 2006, 13:36:19

  Assalomu alaykum Hurmatli AZIZlarim.
  Bu foniy dunyoda barchasi muhayyodur ammo INSON zoti aql ila ish ko'rsalar,odob axloq bilan ibrat bo'lsalar JANNATDA yashamoqdan farqi bo'lmas.Muborak MOHI RAMAZON OYIDA bir birlarimizdan ayb nuqson qidirmasdan SABR ila astoydil amalda turmushda ibrat ko'rsatmoqdan boshqasini ko'rmayapman.Hayot bu katta KARVONga o'xshaydi goh chap tomonga goh o'ng tomonga og'ishi bila oldinga harakatini davom etaveradi.Agar har bir inson o'z aql farosati ila ish ko'rmas ekan siz uning qulog'iga ming bora vaz o'qigan bilan foydasi amri mahol.Men ham oddiy bir inson sifatida fikrimni bildirdim xalos ammo bir bilguvchi YARATGANNING O'ZLARIDIR.Xatosi bo'lsa uzr so'rab qolguvchi Xo'jaylilik Mavlon.

Qayd etilgan

Muslima_subh  29 Sentyabr 2006, 01:22:26

Assalomu alaykum birodarlar!
Hammalaringizga Ramozon qutlug' bo'lsin!
Juda dolzarb mavzu ko'tarilgan. Yuqoridagi fikrlarning ba'zi birlari bilan tanishib chiqdim.
Menimcha bugungi kunda ona tilimiz "yuzida" ikkita "chandiq" paydo bo'ldi. O'qingizlar-u, agar noto'g'ri bo'lsa aytingizlar. Ulardan birinchisi, uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan tilni buzib va boshqa qillar so'zlari bilan qorishtirib gapirish. Ikkinchisi esa, meni kechiringizlar-u Toshkent shahri. Nima uchun desangiz, azizlar bir televideniega yoki radioga e'tibor beringizlar ular qanday gapirishayapti. Votti-votti bo'lib ketdi-ku hamma yoq. Insoflaringiz bormi o'zi, madaniyatdan asar ham qolmapti-ku.
Men o'zim "J" lahjasiga gapiruvchi qishloqlardan biridanman, lekin qishloqda balkim shevada gapirarmiz, ammo shaharda albatta badiiy tilda gapiraman. TV va radioni tinglab faqat jig'ibiyronim chiqadi. Yana marhamat qo'shiqchilar ham boshlashdi aralash-quralash qilib...

Va Alaykum as-Salam va Rahmatulloh
Brother, to'g'risi sizni sheva haqidagi gapingizga uncha qo'shila olmayman, chunki shu shevada gapirib katta bo'lgan odamlarga boshqa shevada gapirishlik qiyinchilik tug'diradi, shuning uchun Alloh hohlagan joyda tug'ilib, o'sha shevada gapiradiganlarga unaqa munosabatda bo'lmang, balki radio va TVdagi ayrim bachkana narsala to'g'ridir, lekin votti-vottilab gapirish shu yerliklar uchun tabiiy, boshqalar uchun o'zining shevasi tabiiy, shuning uchun buni ayb  sanamang!
Avvalo jargon so'zlarni gapirish islomga to'g'ri kelmaydi, islomda chiroyli gapirish lozim. Lekin hozir tilimizda ayrim ruzcha so'zlarni ishlatib gapirish osonroq bo'lib qolgan, to'g'risini aytsam shu soz'lardan foydalanib gapirilsa osonroq, lekin albatta buni Mass mediada chiqarish yaxshi emas, lekin bundan saqlanishga harakat qilish kerak!

Qayd etilgan

shoir  01 Oktyabr 2006, 07:01:13

Assalomu alaykum birodarlar!
Hammalaringizga Ramozon qutlug' bo'lsin!
Juda dolzarb mavzu ko'tarilgan. Yuqoridagi fikrlarning ba'zi birlari bilan tanishib chiqdim.
Menimcha bugungi kunda ona tilimiz "yuzida" ikkita "chandiq" paydo bo'ldi. O'qingizlar-u, agar noto'g'ri bo'lsa aytingizlar. Ulardan birinchisi, uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan tilni buzib va boshqa qillar so'zlari bilan qorishtirib gapirish. Ikkinchisi esa, meni kechiringizlar-u Toshkent shahri. Nima uchun desangiz, azizlar bir televideniega yoki radioga e'tibor beringizlar ular qanday gapirishayapti. Votti-votti bo'lib ketdi-ku hamma yoq. Insoflaringiz bormi o'zi, madaniyatdan asar ham qolmapti-ku.
Men o'zim "J" lahjasiga gapiruvchi qishloqlardan biridanman, lekin qishloqda balkim shevada gapirarmiz, ammo shaharda albatta badiiy tilda gapiraman. TV va radioni tinglab faqat jig'ibiyronim chiqadi. Yana marhamat qo'shiqchilar ham boshlashdi aralash-quralash qilib...
Assalomu alaykum!
gaplaringizga qo'shilaman.
TV va radio millatning yuzidir. Unda shevadan foydalanish yaxshi emas. Bu milliy tilimizning buzilishiga sabab bo'ladi.
Yana hozir chiqayotgan filmlarda ham adabiy til o'rnini Toshkent shevasi egallamoqda.
Bu yosh avlodga yomon ta'sir ko'rsatadi.
Bu esa tilimizga nisbatan hurmatsizlikdir.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  17 Noyabr 2009, 12:25:48

...hozir chiqayotgan filmlarda ham adabiy til o'rnini Toshkent shevasi egallamoqda.
Bu yosh avlodga yomon ta'sir ko'rsatadi.
Bu esa tilimizga nisbatan hurmatsizlikdir.
Endi esa toshkent shevasi judayam kamayib bormoqda. Boshqa turli shevalar egallagan TV va ko'cha-ko'ylarni. Yosh avlodni bilmadimu, lekin bu asli toshkentliklarga yomon ta'sir qivotti!

O'ylab gapirayapsizmi gapizni? Toshkentliklarga yomon ta'sir qilayotganmish...??? Gapiray, gapiray deymanu... Foydasi yo'qda... Yana moderatorlar mendan xafa bo'ladi... Offpost qildiz deb... Bunaqa ahvolda... Ha, mayli....

Qayd etilgan

Nurzoda  19 Noyabr 2009, 04:40:27

Hozirda yengi olinvotgan kinolada ko'proq ruscha so'zlani ishlatishvotganiga guvohi bo'lyabmiz =)albatta bu yahshimas lekin shu kinolayam kundalik hayot tarzimizdan olinyabdi to'ri ...lekin shu hayotni ko'rsatvomiza dib kinoda "ruscha"so'zlani ishlatmasdan kelajey avloddi o'ylash kerey hozir ishlanvotgan kinolani kottayu yosh birdek tomasha qiladi o'sib kevotgan avlodga azgina bo'sayam shu ruscha so'zlani ta'siri bor dib o'yliman
chunki o'zimni sinilarim kinoladan ruscha so'zla ishlatilgan frazalani yoddan etib yurganini ko'p eshtaman

Manimcha hozirgi kunda tilimizni savyasiga shu kinoladagi ruscha gaplaniyam azgina bo'sayam ta'siri bor dib o'yliman noto'ri fikr bildirgan bo'sam uzr =)

Qayd etilgan

Shokir63  01 Dekabr 2009, 21:53:56

Kinolar har jabhada o'z tasirini ko'rsatmay qo'ymaydi. Albatta, tilga ham juda katta ta'sir ko'rsatadi. O'tkan kunlardagi ko'p ifodalarni bolaligimdan beri undan-bundan eshitib kelaman. Bu sizning fikringizga bir misol bo'lsin dedim. Kinolarimiz nafaqat til jihatdan, balki boshqa muhim jihatlardan ham katta kamchiliklarga ega. Bugungi hayotni ifolashga kelsak, faqatgina kiyinish va ba'zi bir doiralarning gapirishini aks ettira olyapti xolos. Afsuski buni ko'rganlar ichida o'zbeklar shunaqa ekanda, deb qaror berayotganlar va o'rnak olayotgan o'smirlar oz emas.

Qayd etilgan