Bandalarini yo‘qdan bor etib, hisobsiz ne’matlarga burkagan, yaxshilik ila tanishtirib, yomonliklardan qaytargan, gunoh va xatolardan poklaguvchi ibodatlarni tayin etgan parvardigorimiz Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin.
Ummatlari uchun qayg‘urgan, ularga hidoyat yo‘lini ochiq-oydin va mukammal qilib ko‘rsatib, jannat sari chorlagan payg‘ambarimiz Muhammadga salovot va salomlar yog‘ilsin.
Assalomu alaykum, aziz birodarlar! Kutlug‘ kunlar ostonasida Siz azizlarn bilan uchrashish nasib qilsin Parvardigorimizning bizga bo‘lgan yana bir marhamatidir.
Mana, hayotimizga ma’no-mazmun bag‘ishlab, qalblarimizga sayqal-salohiyat berib, dillarimizdagi g‘illu g‘ashliklarni haydab, vujudlarimizdagi gunoh-isyon dog‘larini yuvib, yana Ramazan kelayotir! Marhabo, qutlug oy, marhabo!
Yana bir necha kunlardan keyin musulmonlar uchun eng aziz oy - Ramazonni kutib olamiz.
Ushbu muborak oy barchangizga qutlug' bo'lsin! OMIYN