Muallif Mavzu: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!  ( 13150 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« : 02 Sentyabr 2012, 16:13:25 »
Assalomu alaykum forumdoshlar!

Forumimizda adabiy tilga rioya qilinmasdan, sheva va jargon aralashtirib, yoki boshqa tillar bilan qorishtirib postlar yozish hollari ko'plab uchrayapti. Albatta bundan o'zim ham mustasno emasman. Lekin forum - ziyouz forumi! Shunday ekan, bu yerda yozilayotgan postlar ham ziyoli odamlar tilidan yozilishi lozim. Yozganlarimizdan o'quvchilar ham ma'no tarafdan, ham imloviy bilim olishsa yaxshi emasmi?
Internet sahifalari xatolarga boy bo'lib yotgan hozirgi paytda biz forumimizda tilimiz sofligini saqlaylik azizlar! Ajabmaski, boshqa forumlar ham bir kuni shunga harakat qilishsa.

Mana shunday fikrlar asnosida, shu maqsadlarimizni amalga oshirish uchun qadam bo'lar degan o'y bilan ushbu mavzuni ochdik. Bu yerda, shu vaqtdan boshlab, userlarning boshqa mavzularda qo'pol xatolar, jargon yoki shevaga hos so'zlar bilan yozgan postlarini ogohlantirish sifatida keltiriladi, hamda ostiga adabiy jihatdan to'g'ri yozilishini ko'rsatiladi. Bunday e'tiborsizlarcha yoki ataylab qilinayotgan xatolar beshtaga yetganida, administratorimiz bilan kelishilgan holda, user ikki kunga ban bilan jazolanadi. Faqat latifalar mavzusi, shevaga oid mavzular, kino, multfilmlardan va boshqa manbalardan ko'chirmalar bundan mustasno qilinadi.
Do'stlar, tilimnizga hurmatni saqlaylik, kimlardir bizdan o'rnak olishadi, kimlardir bizga qarab to'g'ri yozishni o'rganishadi...

Asos: http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=20.0

Azizlar, bu yerga postingiz tushib qolishligidan saqlaning!
« So'nggi tahrir: 04 Sentyabr 2012, 20:41:02 muallifi Donishmand »
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #1 : 02 Sentyabr 2012, 17:36:12 »
бу дегани бир бирига тушмайди деганимас худди USB 1.1 ва USB 2.0, USB 3.0 лар бир биридан қандай фарқ қилса худди шундай. Масалан: USB 1.1 тезлиги USB 2.0 дан секин лекин USB 2.0 подержка қиладинае аппаратга USB 1.1 ни уласа бўлади лекин USB 1.1 поддержка қиладиган аппаратга USB 2.0 ни уласа Ñ‘  ишламайди Ñ‘ секин ишлайди, USB 3.0 ли аппаратга USB 2.0 ни уласа тезлик USB 2.0 лигича қолади худди шундай блутозхам шундай босқич бўйича ривожланмоқда. Масалан блутоз 2 нинг ахборот алмашинув тезлиги  2.1 мб/секун га, блутоз 3.0 эса 24 мб/секундга тенг.

Бу дегани бир-бирига тушмайди дегани эмас. Худди USB 1.1, USB 2.0 ва USB 3.0 лар бир-биридан қандай фарқ қилса, у ҳам шундай. Масалан, USB 1.1  тезлиги USB 2.0 никидан секин. USB 2.0 билан ишлайдиган аппаратга USB 1.1 ни уласа бўлади, ишлайди, лекин USB 1.1га мосланган аппаратга USB 2.0 ни уласа Ñ‘ ишламайди, ёки секин ишлайди. USB 3.0 га мослаштирилган аппаратга USB 2.0 ни уланса тезлик USB 2.0 дагича қолади. Худди шундай, Bluetooth қурилмаси ҳам босқичма-босқич ривожланаяпти. Масалан, Bluetooth 2.0 нинг ахборот алмашинув тезлиги 2.1 Мб/секундга, Bluetooth 3.0 ники эса 24 Мб/секундга тенг.

Eh Abdulhafizaka, asli biz kattalar sal hushyorroq bo'lishimiz kerak emasmi?...
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #2 : 03 Sentyabr 2012, 08:54:42 »
soat 22:00dan 06 gacha uxlash shart emas. eng asosiysi 22:00 dan soat 01:00 gacha bo`lgan vaq ichida uxlashlik odamga ko`proq kalci keltiradi shart emas 06 gacha.

Suvni esa ertalab ko`p kechqurun kam ichish kerak dganizzi bilmadim Inson kuniga 1,5 litr yoki 2 litr suv ichishi kerak!

Soat 22:00 dan 06:00 gacha uxlash shart emas. Eng asosiysi 22:00 dan soat 01:00 gacha bo'lgan vaqt ichida uhlashlik odamga ko'proq naf keltiradi.
Suvni esa, ertalab ko'p, kechqurun kam ichish kerak deganingizni bilmadim. Inson kuniga 1,5 yoki 2 litr suv ichishi kerak!


Jamilun, ishtahamizni qitiqlab mazali ovqatlarning rasmini joylaganingiz kabi, postlaringizni ham chiroyli qilib yoza olishingizga ishonamiz. Iltimos, bunga harakat qiling.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #3 : 03 Sentyabr 2012, 13:17:44 »
Assalomu alaykum, man kompimga win 7 o'rnatdim, lekin ovoz chiqmayapti. dispetcher ustroystvo da hammasi OK. ammo ovoz yo'q. materinskiy ASUS P945, nima qilsam bo'ladi? oldindan rahmat
Assalomu alaykum. Men kompyuterimga Windows 7 OS o'rnatdim. Endi ovozi chiqmayapti. "Диспетчер устройств" da hammasi yaxshi, ammo ovoz yo'q. Asosiy plata (yoki bosh plata) ASUS P945. Nima qilsam bo'ladi?
Oldindan rahmat.

hero_5525, siz forumda yangi ekansiz, bu birinchi postingiz bo'libdi. Avvalo, forumga hush kelibsiz! Keyingiz yozuvlaringizda bunday holatlar ko'rmaymiz deb umid qilamiz.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #4 : 04 Sentyabr 2012, 13:36:49 »
ho'jaynimni ukalari uylanvotti, kelin bola-ku uzbekchaniyam bilmiydi lekin ukamiza, toyimizga Ozodbek nazarbekovni chaqiramiza dib turvobdi, kelin tarap uzbekcha mas, afghoncha bosin diyishvotti..
ozodbek nazarbekov jaa qimmatga kelarkanla.. narxni eshitib onamni oyog'ini quchoqlab yig'lagim keldi, agentlari ozgina betga chopar ekan, qulog'ini tishlab chandiq qoygim keldi, sudrab chang kochalarda tepgim keldi...

kelin tarap yuttdii...mani toyimga kegan artist kevotti, kelin bola ozgina yoshla, sizi toyizga kegan artisi maniyam toyimga chaqirishvotti dib kozini suzib yuribdi... eyyy bunaqa narsalar juda hunuk korinarkan bolajak kelinlarga., qizla etim qoydim-de..
marhamat osha artsidan bitta ashula silaga ;))

http://www.youtube.com/watch?v=mwuM-DiF9F0
Tahrir:
Ho’jayinimning ukalari uylanayapti. Kelin bola o’zbekchani bilmaydi. Lekin ukamiz: – “To’yimizga O’zodbek Nazarbekovni chaqiramiz!” – deb turvolibdi. Kelin taraf, o’zbekchamas, avg’oncha bo’lsin, - deyishayapti.
Ozodbek Nazarbekov juda qimmatga kelarkan… Narhini eshitib onamning oyog’ini quchoqlab yig’lagim keldi. Agenti ozgina betga chopar ekan, qulog’ini tishlab chandiq qilib qo’ygim keldi, sudrab chang ko’chalarda tepgim keldi…
Kelin taraf yutdi… mening to’yimga kelgan artist kelayapti. Kelin bola ozgina yoshlar, “Sizi to’yizga kegan artisi maniyam to’yimga chaqirishvotti,” – deb ko’zini suzib yuribdi… Eyyy, bunaqa narsalar juda hunuk ko’rinarkan bo’lajak kelinlarga. Qizlar! Aytdim-qo’ydimda…
Marhamat, o’sha artistdan bitta ashular sizlarga:

BelleQizcha, bilamizki, doim hazil qilib shunday postlar yozasiz. Hayolga kelmagan jumlalarni topib yozishingizga ham gap yo'q, qoyil. Doim o'qiganimizda kayfiyatimiz ko'tariladi. Agar gaplarni buzmasdan, adabiy tilda yozganingizda har bir postingizga "rahmat" bergan bo'lardim.
"65ga kirgan user"ni ogohlantirish o'zimizga ham ma'qul kelmaydi (haliyam 65 mi o'zi?). Keyingi postingizni otkazib yuborayapmiz. Bundan keyin forum qoidalariga mos holda yozishingizdan umidvormiz.
« So'nggi tahrir: 04 Sentyabr 2012, 14:00:56 muallifi Donishmand »
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Arkmon

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 121
  • Xabarlar: 177
  • Jins: Erkak
  • Ana Tilim Jan Tilim!
    • Erkman
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #5 : 04 Sentyabr 2012, 13:57:46 »
  
    
                  Ona Til

       Qutluq Haji Shewqiy  (Mahmud Kashghariy Jamatidan)

      

Ona til bilgan kishining izzatin qilg'um kelur,

Ona tilni og'zidan oltin barib olg'um kelur.



Shu ona til bo'lsa gar Amerika yu Afriqada,

Sarf etip minglarche tillo onda man barg'um kelur.



Ay ona til bizga san qolgan ulug'lardan nishon,

San ila bu jahonda iftixorlan’g'um kelur.
Ko'rindi hur kabi husning qadahta --- yoquti mayda,
ichipmanho ichipman, surating may birla maydamda.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #6 : 04 Sentyabr 2012, 14:06:27 »
belle qizcha opa manam ashaddiy muhlisiman shu qushiqchini
ayniqsa ,,my ummah'' ,,never-never'' qushilari jonu dilim
Tahrir:
BelleQizcha opa, men ham ashaddiy muhlisiman shu qo'shiqchining. Ayniqsa "My ummah", "Never-never" degan qo'shiqlar jonu-dilim.

My Ummah, shu qisqagina post bilan siz ham bu yerga tushasiz deb o'ylamagandim. Keyingi gal sal qarabroq yozarsiz.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Arkmon

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 121
  • Xabarlar: 177
  • Jins: Erkak
  • Ana Tilim Jan Tilim!
    • Erkman
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #7 : 04 Sentyabr 2012, 14:08:46 »
Ona Tilim

Marhum Haji Abdul Hamid Yüsüfi

Ey tilim Uyghur tili, sen ana til elning tili,
Sen büyük til, sen yétük til, barche tillar serxili.
Sen güzel til, sen süzük til, sen huzurum, tatliqim,
Sen yuwash til hem asan til sende nusret, shadliqim.

Ewwili ”ingnge“de singding jan’gha, dilni lal qilip,
Keynidin bulbulgha oxshatting zuwanni bal qilip.
Sende chiqti pushti Uyghurning tili Uyghurchilap,
Sen bilen tarqaldi Uyghur lewzidin xushbuy gulab.

Sende hazirlandi, ”millet“ shertning bir maddisi,
Sen bilen bix sürdi ”millet“ shaxlirining qaldisi.
Milliyet mewjut ”yaran“ milliting yoq bolmisa,
Nede u milli sherep, izzet tiling ”toq“ bolmisa.

Til digen ejdad bilen ewladni baghlar, rishte bil,
Rishte chingliqta toqulghay ne isil uz keshte bil.
Ana til-milliy tiling bolghachqa Uyghurluq séning,
Ana til birle jahan ichre yüzüng nurluq séning.

Ana til-til ghelibiside qiliptu bay bilsem méni,
Erebi, Farsi hem ögendim, Orduche, Xenzuchini.
Ey yaran! men ”haji“ liqta qaysi yurtni kezmidim,
Ana til- Uyghur tilidek temde balni sezmidim.

Jan yashardi öz zuwanim birle bir söz anglisam,
Qaldi heyran xeq shu tilda öz élimni danglisam.
Chünki bu til qan’gha singgen etiwar til-yurt tili,
Ushbu tilda pütti dastan sha’irlirim-yurt bulbuli.

Ushbu tilda yazdi ellame-edibler köp zaman,
Ushbu tilda qaldi mewjut Xas Yüsüf, Mahmud haman…
Ushbu tilni sepke tizsaq nechche persengler qatar,
Birsi Uyghur, birsi Özbek hem Qazaq, Qirghiz, Tatar.

Tilgha el heghda, uning wayi qelemkesh tilkidin,
Öchmisun bu til Ili, Turfanu, Kashgher, Ilchidin.
Dewrimiz berdi hoquqni, til sapliqin  saqla dep,
Til-yeziq erki séning ilkingde burchni aqla dep.

Ey zamanim yashliri ejringde perwish tapsa til,
Shir Nawo’idek chüshüp beygige yengse, chapsa til.
Kim xushhal bolmaydu, rohlar shad bügün hem ete shad,
Ana til-bayliq! uni qoghda, bu yolda tohpe qat.

Ko'rindi hur kabi husning qadahta --- yoquti mayda,
ichipmanho ichipman, surating may birla maydamda.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #8 : 04 Sentyabr 2012, 16:03:13 »
youtube-ни телефонлар учун махсус дастури бор шуни телефонга ўрнатиб ва шу дастурга кириб поиск деган жойига видео номини киритиб, топиб кўрсангиз бўлади.
Tahrir:
Youtube нинг телефонлар учун махсус дастури бор. Шуни телефонга ўрнатиб ва шу дастурга кириб, "Поиск" деган жойига видео номини киритиб-топиб кўрсангиз бўлади.

Abdulhafizaka, noutbukda yozish unchalik ham qiyin emas-ku?
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #9 : 04 Sentyabr 2012, 16:34:26 »
шошип кетамиста узур. (ие яна хато ёзибман :o )
Шошилиб этибор берамаймизда узр, яна хам этиборлироқ бўлишга харак қиламан.

 Ð”онишманд буни сиз Ñžқиманг  ;)
Энди бу Донишмандни дастидан камроқ ёзамиз шекилли  ;D
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

bir muslim

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 12
  • -oldi: 27
  • Xabarlar: 24
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #10 : 04 Sentyabr 2012, 17:32:30 »
 :asl3:ажойиб мавзу булибди,рахмат тилга эътибор давр талаби шундок хам тилимиз хар хил жаргонлар билан тулиб кетди сизга хам бир эътироз бор исмингиздаги хатолик буйича ёки у мавзудан олдин ёзилганми  ;D(албатта хазил)

Музаффар

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1443
  • -oldi: 2068
  • Xabarlar: 1132
  • Jins: Erkak
  • Orbita.Uz лойиҳаси муаллифи
    • http://www.orbita.uz/
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #11 : 04 Sentyabr 2012, 18:38:30 »
Мавзу муаллифидан Оллох рози бўлсин!
Худди шунга ўхшаш мавзуда, русча аралаштириб ёки бутунлай русча гапираиб, ёзаётганларни танқид қилганим учун uForum дан қувилган эдим. Тил - миллат кўзгуси, миллатни миллат қилиб турувчи асосий қадрият хисобланади.
http://www.orbita.uz/ - Ilm fan fazosi uzra!

My Ummah

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 61
  • -oldi: 15
  • Xabarlar: 40
  • Jins: Ayol
  • Mutaxara
    • pazanda.uz
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #12 : 04 Sentyabr 2012, 19:31:15 »
 ;D ;D ;D
ming bor uzr so'rayman endilikda bunday hatolarga umuman yo'l qo'ymayman degan umiddaman (hato yo'mikin ishqilib yana bir uqiychi ;D ;D ;D)hazil
mavzu uchun kattakon rahmat
Islom dini Alloh taologa eng sevimli dindir

Best friend

  • Mehmon
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #13 : 04 Sentyabr 2012, 20:30:49 »
Iqtibos
Do'stlar, tilimnizga hurmatni saqlaylik, kimlardir bizdan o'rnak olishadi, kimlardir bizga qarab to'g'ri yozishni o'rganishadi...

Bratan, belgilab qoyganim - owixcha "n" xaripti o'4irvormasez oma, mawi mavzuga tuwib qolasiz.

Best friend

  • Mehmon
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #14 : 04 Sentyabr 2012, 20:50:46 »
Iqtibos
Eh Abdulhafizaka, asli biz kattalar sal hushyorroq bo'lishimiz kerak emasmi?...

 Ha, xushyorroq bo'lishimiz kerak.

 

Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?

Muallif AnsoraBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 26276
So'nggi javob 21 Yanvar 2014, 14:58:19
muallifi IRFON-2012
Nega hozirda yoshlar namoz o'qimasligiga e'tibor bermayapmiz?

Muallif ferry_samarqandBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 7679
So'nggi javob 25 Iyul 2010, 11:51:18
muallifi elnura
Baxs va munozara qilganda nimalarga e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz?

Muallif Shokir63Bo'lim Umumiy

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 12390
So'nggi javob 08 Mart 2011, 05:14:01
muallifi ibnUyayna
Farzand tarbiyasiga e’tibor beraylik

Muallif okahon.8800Bo'lim Umumiy

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2366
So'nggi javob 07 May 2015, 05:21:51
muallifi MirzoMuhammad
Ogohlantiruv!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 32
Ko'rilgan: 18299
So'nggi javob 05 Iyul 2013, 18:44:36
muallifi AbdulAziz