Muallif Mavzu: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!  ( 12956 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Best friend

  • Mehmon
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #15 : 04 Sentyabr 2012, 20:57:30 »
Iqtibos
hero_5525, siz forumda yangi ekansiz, bu birinchi postingiz bo'libdi. Avvalo,
forumga hush kelibsiz! Keyingiz yozuvlaringizda bunday holatlar ko'rmaymiz deb umid qilamiz.

 Qattiq "x", yumshoq "h"larni o'zbek maktabda o'qib turib bizchalik ham bilmaysizmi, e uyat-e.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #16 : 04 Sentyabr 2012, 21:00:27 »
Iqtibos
Do'stlar, tilimnizga hurmatni saqlaylik, kimlardir bizdan o'rnak olishadi, kimlardir bizga qarab to'g'ri yozishni o'rganishadi...

Bratan, belgilab qoyganim - owixcha "n" xaripti o'4irvormasez oma, mawi mavzuga tuwib qolasiz.
Tahrir:
Aka, agar belgilab qo'yganim - oshiqcha "n" harfini o'chirvormasangiz siz ham mana shu mavzuga tushib qolasiz.

Buni ko'rsatganingiz uchun rahmat.
Ammo, ataylabdan bu usulda yozganingiz uchun postingizni shu mavzuga tahrir uchun tushgan deb hisoblang.
Ha to'g'ri, "h" va "x" harflarida adashishim mumkin, buni til haqidagi oldingi postlarimda ham aytganman. O'nglashga harakat qilayapman ham.
« So'nggi tahrir: 04 Sentyabr 2012, 21:26:19 muallifi Donishmand »
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Best friend

  • Mehmon
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #17 : 04 Sentyabr 2012, 21:12:56 »
Iqtibos
Tahrir:
Ho’jayinimning ukalari uylanayapti. Kelin bola o’zbekchani bilmaydi. Lekin ukamiz: – “To’yimizga O’zodbek Nazarbekovni chaqiramiz!” – deb turvolibdi. Kelin taraf, o’zbekchamas, avg’oncha bo’lsin, - deyishayapti. Ozodbek Nazarbekov juda qimmatga kelarkan… Narhini eshitib onamning oyog’ini quchoqlab yig’lagim keldi. Agenti ozgina betga chopar ekan, qulog’ini tishlab chandiq qilib qo’ygim keldi, sudrab chang ko’chalarda tepgim keldi…
Kelin taraf yutdi… mening to’yimga kelgan artist kelayapti. Kelin bola ozgina yoshlar, “Sizi to’yizga kegan artisi maniyam to’yimga chaqirishvotti,” – deb ko’zini suzib yuribdi… Eyyy, bunaqa narsalar juda hunuk ko’rinarkan bo’lajak kelinlarga.
Qizlar! Aytdim-qo’ydimda… Marhamat, o’sha artistdan bitta ashular sizlarga: BelleQizcha, bilamizki, doim hazil qilib shunday postlar yozasiz. Hayolga kelmagan jumlalarni topib yozishingizga ham gap yo'q, qoyil. Doim o'qiganimizda kayfiyatimiz ko'tariladi. Agar gaplarni buzmasdan, adabiy tilda yozganingizda har bir postingizga "rahmat" bergan bo'lardim.
"65ga kirgan user"ni ogohlantirish o'zimizga ham ma'qul kelmaydi (haliyam 65 mi o'zi?). Keyingi postingizni otkazib yuborayapmiz.
Bundan keyin forum qoidalariga mos holda yozishingizdan umidvormiz.

 ...yana belgilanmagan qancha xatolar qolib ketdi. BelleQizda ham ozroqmidi bundan ko'ra deb o'ylanib qoldim. BelleQizni nomidan yozish shunchalik qiyin ekan, BelleQizchaga "rahmat" ayto'rin!

Best friend

  • Mehmon
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #18 : 04 Sentyabr 2012, 21:20:21 »
Iqtibos
Tahrir:
BelleQizcha opa, men ham ashaddiy muhlisiman shu qo'shiqchining. Ayniqsa "My ummah", "Never-never" degan qo'shiqlar jonu-dilim. My Ummah, shu qisqagina post bilan siz ham bu yerga tushasiz deb o'ylamagandim. Keyingi gal sal qarabroq yozarsiz.

 "ng" ortiqcha, yoki bu so'zni avval yozish kerak. "i" tushib qolgan. "o'ylamagandim" emas, "o'ylamagan edim". "yozarsiz" so'zi kitob tilimi?

Best friend

  • Mehmon
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #19 : 04 Sentyabr 2012, 21:39:14 »
Iqtibos
Tahrir:
Aka, agar belgilab qo'yganim - oshiqcha "n" harfini
o'chirvormasangiz siz ham mana shu mavzuga tushib qolasiz.

Buni ko'rsatganingiz uchun rahmat. Ammo, ataylabdan bu usulda yozganingiz uchun postingizni shu mavzuga tahrir uchun tushgan deb hisoblang.
Ha to'g'ri, "h" va "x" harflarida adashishim mumkin, buni til haqidagi oldingi postlarimda ham aytganman. O'nglashga harakat qilayapman ham.

oshiqcha - ortiqcha
o'chirvormasangiz - o'chirib yubormasangiz

 Tahrir uchun deb hisoblaganim bilan tahrirchilar tahrir qila olmayabdi.

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #20 : 04 Sentyabr 2012, 21:44:41 »
Mavzu yuzasidan bilganimni bo‘lishgim keldi.

O‘zbek lotin alifbosidagi "O‘", "o‘", "G‘" va "g‘" harflarining belgisini yozishda asosan " ' " (tutuq belgisi) yoki " ` " belgilaridan foydalanamiz. Lekin, bu harflarning belgilab qo‘yilgan o‘z belgisi bor. Mobil qurilmalarda yozishda esa bundan boshqa choramiz ham yo‘q.

Kompyuterda-chi? Kompyuterda ilojisi bor.

Buning uchun (Windows OS da) [Alt] tugmasini bosib turgan holda (qo‘yib yubormasdan) "NumPad" panelidagi raqamlar orqali (harflar tepa qatoridagi raqamlar emas) 0145 kodini yozamiz va [Alt] tugmasini qo‘yib yuboramiz. Biroz qiyinchilik tug‘diradi, lekin matnimiz "original" chiqadi, degan umiddaman :)

Shu kabi boshqa (o‘zim bilgan) boshqa simvollar kodlari:
® - 0174
© - 0169
â„¢ - 0153
« - 0171
» - 0187

va hokazo...
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #21 : 04 Sentyabr 2012, 21:45:00 »
:)
Best friend, to'g'ri aytayapsiz, xatolar meniki. Men ham xato qilaman, ba'zan shoshib, ba'zan boshqa sababli. Chunki har bir so'zni bittalab terishga vaqt bo'lmayapti.
Harflarda xato bo'lishi mumkin, ammo Ona tilimni buzmayman! Buzib yozganlarga-da rahmat aytmayman. Rahmat aytmasligim - bu indamay ketishim degani emas - teskarisini aytaman!
Siz kitobiy hisoblamayotgan so'zlar, aslida kitobiy. Bu haqida men bilan bahslashmay qo'ya qoling.
Best friend, har bir harakatning zamirida maqsad yotadi. Qandaydir maqsad... Yo hayrli, yoki g'ayrli.
Men hayrli bo'lsin uchun vaqt sarflab bu mavzuga qo'l urdim. Siz qanday niyyat bilan kinoyali tanqidlar qilayapsiz? Hayrlimi, g'ayrlimi?
Ko'p postlaringizni o'qiganmiz, Qur'on ilmiga ham da'vogarligingizni bilaman. Ammo bugungi qilayotgan harakatingiz, yozgan postlaringiz amalmi? Ilm nima uchun, Best friend? Bu mo'minlik alomatimi?
Men AbdulAziz kabi bu yerda ko'p mas'uliyat olmaganman bo'ynimga, oddiygina foydalanuvchiman holos. Uningdek sabr qilib kuzatish mening vazifamga kirmaydi. Sal hurmatni saqlang. Men sizdan hurmat so'ramayman, boshqalar bor, ular uchun.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Best friend

  • Mehmon
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #22 : 04 Sentyabr 2012, 22:16:53 »
 Huddi sizga o'xshab boshqalar ham xato qiladi aka, siz yangi userlardan ham bir zumda imloviy xatolar topishga ulgurdingiz, lekin ularning qilgan xatolari bilan o'zingiz qilgan xatolar sabablarini izlab ko'ring. Mavzuyingizning nomi o'zi qattiq ogohlantiruv bilan yozilibdi. Shunday ekan kichkina xatolarni deb userlarni kamsitganday qilib yozish to'g'rimikan? Agar izlasangiz, kerak bo'lsa admindan ham ko'plab xatolar topish mumkin, shuningdek xar bir userdan ham. Siz o'zingiz mening tanqidimni to'g'ri qabul qila olmadingiz, endi boshqa userlar haqida qanday fikrdasiz? Postimni samimiyat bilan o'qisangiz samimiy qabul qilasiz inshaalloh.
 Agar sizga boshidayoq bu gaplarni yozganimda aniq tortishuv bo'lardi, shuning uchun shu yo'lni tanladim. Sizdan topgan xatolarimni ham to'g'ri tushuning, chunki bu xatolarni faqat sizdan emas, istalgan userdan topish mumkin, hammamizda xatolar ko'p.
 Mana shu postingizni kutgandim. Bunday kichik - xatto o'qituvchining o'zi ham qiladigan xatolarga bunchalik katta urg'u bermasdan, shu hayotimizga va oxiratimizga zarar keltirayotgan kattaroq xatolarni o'nglashga harakat qilaylik. Forumda imlo qoidalarini ko'p buzayotgan va o'zbekchilikdan chiqib ketayotgan userlarni ogohlantiradigan mavzusi mavjud admin akamizni. Bunga alohida mavzu ochish shart emas, chunki huddi sizu bizdek oddiy userlarning tanqidlarini ijobiy qabul qila olmaydiganlar bor.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #23 : 04 Sentyabr 2012, 22:37:05 »

Bu o'zini oqlash holos. Qarahslaringizning qandayligini, maqsadingizni bu yerda ko'pchilik tushunib turibdi.
Ko'ngilni poklang, ko'ngilni!
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Best friend

  • Mehmon
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #24 : 04 Sentyabr 2012, 22:46:13 »

Bu o'zini oqlash holos. Qarahslaringizning qandayligini, maqsadingizni bu yerda ko'pchilik tushunib turibdi.
Ko'ngilni poklang, ko'ngilni!


 Mening ko'nglimni qayerdan bilasiz?

Siz o'zingizda bo'lmagan narsalarni or'gatyabsiz. Birinchidan xatodan holi bo'lmagan holda birovni aybini izlayabsiz. Ikkinchidan bir musulmon haqida ko'nglizdan yomon gumon qilgan holingizda, unga ko'ngilni poklashni nasihat qilyabsiz.

Alloh qalblarimizda nima borligini yaxshi biladi.

Meni boshqa gapim yo'q.
« So'nggi tahrir: 04 Sentyabr 2012, 23:03:20 muallifi Best friend »

Turkmentug

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 7
  • -oldi: 12
  • Xabarlar: 8
  • Jins: Erkak
  • TukmenTug
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #25 : 04 Sentyabr 2012, 23:46:14 »
Tilni,Milliylikni asrash,asrashimiz kerak.bu,bugunki kunda juda xam muhum deb oylayman.

   (tugri yozdimmi ?)
...

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #26 : 05 Sentyabr 2012, 09:33:19 »
Менга бу мавзу маъқул, анча этибор билан ёзадиган бўлдим. Мўъмин мўъминнинг ойнаси, танқид бу ривожланишга ва мукаммаллашишга бир туртки деб биламан. Давом этаверинг оғайни бу ижтимоий тармоқ хаммани ўз фикри ва дунё қараши бор. (Хатто агентда хам, бошқа форумда хам Донишманд кўриб қолмасин деб шошилмай Ñ‚Ñžғри ёзяпман.  ;D )
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Муҳаммад Соҳиб

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1816
  • Xabarlar: 807
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #27 : 05 Sentyabr 2012, 15:27:29 »
Тўғриси, шу мавзу очилганда жуда бир хурсанд бўлган эдим. Кўрдим-ки, кўпчиликка манзур келган экан. Лекин, орамизда ҳар хил тушунмовчиликлар, хусусан бировга ён беряпти, кераксиз мақтаяпти каби ўйлар келмасин дея, аввал бошда мавзу юзасидан ўз фикрларимни билдирмаган эдим. Аммо ушбу мавзу аслида қандайдир майда ишлар билан ўралашиш эмас, балким ҳақийқатда ўта долзарб... Барчамизга маълум-ки, бутун катта муаммолар майдаларга эътибор бермасликдан бошланади. Мавзунинг  Ñ…олисликлигини, ундан кўзланган мақсадда ғализлик йўқлигини деярлик бутун форум тушуниб етган эди.
Очиғи, айни шу каби мавзуларни бошқа форумларда кўриб, "шундоқ тартибга чақирувчи иш бизнинг форумда ҳам бўлиши керак" деб қўярдик... Лекин ишни муқаддимасини биздан кўра катталар ва илмлилар бошлашса деган хаёлда эдик. "Шукр-ки, шунга етишдик" деганимизда, бунақа гап сўзлар.

Best friend оғайни Donishmand акамизнинг чиқишларида биз бировни қоралашга бўлган уриниш, катта муаммолар турганда майдаси билан ўралашиш ва яна бошқа мақсадларни кўрмаяпмиз. Буни сиздан бошқа бирор ким эътироф ҳам этмади. Сиздан илтимос, акамиз айтганларидек кўнгилни кенгроқ қилинг. Ва, яна ўша сиз айтмоқчи "катта-катта муаммолар"нинг келиб чиқишига асос бўлаётган омилларни йўқ қилишга уринилаётган бир паллада ўзингиз бунга тўсиқ бўлманг.
Ўтган йили эди адашмасам, Россия федерацияси томонидан мигрантларнинг рус тилини яхши билиши кераклиги Ñ‚Ñžғрисида қарор қабул қилинди. Барчамизга кундек аён мигрантлар ичида ўзбеги ҳам бор. Ўша қарорни Ñžқиб ўйланиб қолдим. "Ўз тилига беэътибор қандай қилиб ўзга тилни ўргансин" деб. Бугун орамизда бўлган инсон ҳоҳ тижорат, ҳоҳ зиёрат билан четга чиқиши бор. Аэропортларда энг биринчи қилинадиган ишлар сарасига декларация тўлдириш киради. Охирги марта сафарга бориб келиб, аэропортда хатто-ки, намуна сифатида қўйиб қўйилган декларацияларга қараб туриб ҳам хатоларга йўл қўйиб, навбати орқага сурилаётганларни кўриб жуда ачиндим. Аслида, оддий саволларга жавобларни ўз-ўзича ёза олмай, қанақадир намуналарга қараб ёзишга одам уялиши керак... Россия аэропортларида  Ñ€ÑžÐ¹Ñ…атдан ўтиш учун энг кўп  ÐŽÑ€Ñ‚а Осиё вакиллари вақÑ‚ сарфлашади. Бу менинг кузатувимдан. Бунинг сабаби нима? Айни сиз кичик санаган муаммоларга беэътиборлик. Биладиганларнинг кўра туриб хатти саводни ўргатмаслиги. Ёки холис чаласаводликни камайтиришга киришганларнинг шаштини сиз каби пасайтирилиши эмасми?
Катта-катта бартараф этилиши лозим бўлган муаммолар хусусида гапирдингиз. Шуларни санаб ўта оласизми? Йўқ, бу мавзуда эмас. Алоҳида мавзу ташкил қилинг. Ўша муаммоларга тўхталинг. Сабаб ва ечимларини ташланг ўртага. Муҳокама қиламиз. Таг замирига боқайлик-чи нима бор экан. Ушбу мавзуда сиз ўйлагандек майда хатоларга ҳам даво ахтарилаяпти. Хўп, шунга ҳам қўйиб беринг. Шу майда бўлса ҳам хатоларни бартараф этиб турилсин бекор турмай.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари ўзларининг "Мукаммал саодат йўли" китобларида ҳозирги кишиларнинг кўплари нима учун ўз мазҳаблари, динлари, йўллари қолиб бошқаларники тутиб кетаётганлари ҳақида қўйидагига ўхшаш мулоҳаза билдирдилар. Яъни, шу омиларга ўз вақтида керакли маълумотларни тақдим эта олмаганлик, ўз йўли, ўз дини ўз мазҳаби ҳақида оми мусулмон оммасига илм аҳли сифатида вақтида қизиқарлик ва Ñ‚Ñžғри маълумотларни бера олмаганликда ўзларини айбдор санабдилар...

Биродар сиз ҳам бошқаларга эртанги кунларда шундай айбдорлик ҳиссини туйиб қолишларига сабабчи бўлиб қолманг.
Ўз тили, имлоси, алифбоси ҳурматини жойига қўйишни жон куйдириб уқтираётган кишига майда ишлар билан ўралашаяпти деган нигоҳ билан майли сиз ҳам фақат ўз-ўзингизча қараб қўя қолинг. Зотан, сизнинг кўнглингизга бошқалар ҳоким эмас. Аммо шу иш бизга жуда маъқул келди. Бизнинг хатоларимизни бартараф этиш йўлидаги ҳаракатимизга тўсиқ бўлманг. Бу қаттиқ самимий илтимос.
Бундан бошқа яна анча гапим бор эди. Аммо ўзи шу ҳам мавзудан ташқари бўлди.
« So'nggi tahrir: 05 Sentyabr 2012, 15:42:23 muallifi Мухаммад Сохиб »

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #28 : 05 Sentyabr 2012, 16:38:00 »
 :asl3:

Tilimizni va uni barcha qoidalarini asrab-avaylashimiz kerak.
Har bir O'zbekzabon kishi bunga mas'ul, deb bilaman.

Kichkina xatodan vujudga kelgan katta muammolardan kichkinagina misol:

Elchiga o'lim, yo'q ozodlik!

Buni o'qib elchini aniq o'ldirishadi. Aslida esa bunday edi.

Elchiga o'lim yo'q, ozodlik!

Муҳаммад Соҳиб

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1816
  • Xabarlar: 807
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #29 : 05 Sentyabr 2012, 16:46:20 »
Tilni,Milliylikni asrash,asrashimiz kerak.bu,bugunki kunda juda xam muhum deb oylayman.

   (tugri yozdimmi ?)

Mana bunday bo'lsa to'g'riroq bo'ladi inshaalloh:
Tilni, milliylikni asrash, avaylashimiz kerak. Bu bugungi kunda juda ham muhim deb o'ylayman!

 

Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?

Muallif AnsoraBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 26081
So'nggi javob 21 Yanvar 2014, 14:58:19
muallifi IRFON-2012
Nega hozirda yoshlar namoz o'qimasligiga e'tibor bermayapmiz?

Muallif ferry_samarqandBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 7597
So'nggi javob 25 Iyul 2010, 11:51:18
muallifi elnura
Baxs va munozara qilganda nimalarga e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz?

Muallif Shokir63Bo'lim Umumiy

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 12213
So'nggi javob 08 Mart 2011, 05:14:01
muallifi ibnUyayna
Farzand tarbiyasiga e’tibor beraylik

Muallif okahon.8800Bo'lim Umumiy

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2304
So'nggi javob 07 May 2015, 05:21:51
muallifi MirzoMuhammad
Ogohlantiruv!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 32
Ko'rilgan: 18128
So'nggi javob 05 Iyul 2013, 18:44:36
muallifi AbdulAziz