Muallif Mavzu: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!  ( 13151 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #30 : 05 Sentyabr 2012, 21:01:27 »
Hamma gap gapirilib bo'lingan bo'lsa endi asl maqsadga qaytamiz.
O'zlaringizga ma'lum bo'lganidek, mavzu bir kuni natijasini hammamiz ko'ramiz degan maqsadda ochildi. Buni to'g'ri tushunib, qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Mavzu to'htab qolmaydi, boshlagan ishimizni ohirigacha yetkazamiz. Bunga hammamiz hissamizni qo'shamiz deb o'ylayman.

Arkmon va Turkmentug haqida: Avvaldan aytishim kerak bo'lgan narsa bor edi, sal hayoldan ko'tarilgan ekan. Bu ikki qardosh do'stimiz va yana a'zo bo'ladigan ular kabi userlarga mavzuda chetlanishlar bo'ladi. Ular hali o'zbek tilini ancha-muncha o'zbeklardan mukammalroq bilib olishsa ham kerak.
Mavzu boshida ko'zda tutilgan maqsadga ko'ra, kichik xatolarga e'tibor bermadik va bundan keyin ham bermaymiz. Qaysiki, behos ba'zi harflarni o'rni almashgan bo'lsa, ortiqcha belgi-harflar tushib qolgan bo'lsa.
Bugungi postlarni o'qib chiqdik, ayrim forumdoshlarimiz bugungi ikki-uch postlarida qo'pol xatolar qilishgan. Buguncha, odatimizcha faqat bitta postlarini tahrirga qo'yamiz. Zero, habardor bo'lmaganliklari sababidan shunday qilishgandir, - degan o'y bor bizda.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #31 : 06 Sentyabr 2012, 14:03:43 »
Assalamu alaykum ,yaxshimisizlar ...

Man to'qishda yengiman , sharf va shapka to'qimoqchi edim 2 -3 yoshlarga qizlaga, shuni onson sxemasi bo'lsa qo'yilasizlarmi, kryuchokda  to'qivomman hozircha ....

Mahdiyah shu obadok gizga oshiq bo'ldim :),guli qanday to'qiladi ....

bunisi birinchi ishim , jiyaniga to'qidim ...
Tahrir: Assalomu alaykum, yaxshimisizlar...
Men to'qishda yangiman. 2-3 yoshdagi qizlarga sharf va shapka to'qimoqchi edim. Shuning osonroq sxemasi bo'lsa qo'ya olasizlarmi? Hozircha ilmoqda to'qiyapman.
Mahdiyah, shu gardishchangizga oshiq bo'ldim :), guli qanday to'qiladi?
Mana bu birinchi ishim, jiyanimga to'qidim:
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #32 : 06 Sentyabr 2012, 14:16:43 »
Английский пирог с сыром (и ветчиной) ман, ичига гоштли кийма ва бринза солдим..мархамат..
Пишлоқли инглиз пироги (дудланган чўчқа гўшти билан). Мен ичига гўштли қийма ва бринза солдим. Мархамат.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #33 : 06 Sentyabr 2012, 14:19:27 »
hm.,.... shu rasim qoyaman diyman-u.. radikal.ru ga kirib koynim aynib chiqib ketaman ;(
Tahrir: Hm, ... shu, rasm qo'yaman deyman-u, "radikal.ru"ga kirsam ko'nglim aynib chiqib ketaman. ;(
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #34 : 06 Sentyabr 2012, 14:27:57 »
:asl3: Allohdi uzi asrasin bunaqa oqibatdan ota qatiyatsizlik qilgan qizlar esa zulum qilgan endi bu gaplaru qizlarning afsuslaridan foyda yuq otaning borgan joyi.... da hech qanday foydasi yuq afsus.... :(((
Tahrir:
 :asl3: Bunday oqibatdan Allohning o'zi asrasin. Ota qat'iyatsizlik qilgan, qizlar esa zulm qilishgan. Bu gaplar-u, afsuslardan endi foyda yo'q. Otaning borgan joyi ...da hech qanday foydasi yo'q, afsus... :(((
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Saliha

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 863
  • -oldi: 1120
  • Xabarlar: 477
  • Jins: Ayol
  • eng befayz hayot,umidsiz yashashlikdir.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #35 : 06 Sentyabr 2012, 18:07:07 »
Английский пирог с сыром (и ветчиной) ман, ичига гоштли кийма ва бринза солдим..мархамат..
Пишлоқли инглиз пироги (дудланган чўчқа гўшти билан). Мен ичига гўштли қийма ва бринза солдим. Мархамат.

ветчина, u dudlangan cho'chqa go'shtimas..vetchina mol go'shtidan ham indyuk go'shtidan ham bo'ladi ..faqat cho'chqa go'shtidan bo'midi...

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #36 : 06 Sentyabr 2012, 19:00:33 »
Aslida "vetchina" deb cho'chqa go'shtini yog'siz biqin qismining dudlanganiga aytiladi. Agar postingizda buni nazarda tutmagan bo'lsangiz uzr so'raymiz. Mana shunaqa anglashilmovchiliklar bo'lmasligi uchun ham sof o'zbekcha yozish kerak.
« So'nggi tahrir: 06 Sentyabr 2012, 19:12:12 muallifi Donishmand »
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Saliha

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 863
  • -oldi: 1120
  • Xabarlar: 477
  • Jins: Ayol
  • eng befayz hayot,umidsiz yashashlikdir.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #37 : 06 Sentyabr 2012, 20:29:39 »



man bu erda diktant darsidan imtihon topshirmayabman shakil..prosta pirog nomi nima bo'lsa shuni yozdim..shun chun har-hil anglashmovchili bo'lmasli uchun siz ham vetchina nimaligini yahshi bilib olishiz kerey....

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #38 : 07 Sentyabr 2012, 09:28:29 »
assalomu alykum aziz forumdoshlar men ham buforumdaзиеуз forum tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirgan holda forum ishtirokchilariga ham bir taklifim bor forum hakida sayt hakida bu saytga kirmagan uz yakinlarimizga tushuntiraykik bekordan odna yana allambalo saytlarda vakt utkazgandan kura bu sayt ular uchun foydalirok ekanini (sarflagan pulinga ham achinmaysan)  :asl3:           
Tahrir:
Assalomu alaykum aziz forumdoshlar. Men ham bu forumda Ziyouz("yangiman" demoqchilar shekilli). Forum tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirgan holda forum ishtirokchilariga ham bir taklifim bor:
Forum haqida, sayt haqida bu saytga kirmagan o'z yaqinlarimizga bildiraylik. Bekordan "odnoklassniki" va yana allambalo saytlarda vaqt o'tkazgandan ko'ra bu sayt ular uchun foydaliroq ekanligini tushuntiraylik (sarflagan pulingga ham achinmaysan).

bir muslim, taklifingiz juda ham o'rinli, buning uchun rahmat!
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #39 : 07 Sentyabr 2012, 13:47:08 »
Assalamu alaykum vr.vb Kecha bir joyga oshga bordim, o'gil uylantirvotudila, borsam u yerga 1 toshkent shahridagi bir mashhur domlalaridan birlari kelgan ekanlar.(ismlarini aytmay qolay) juda chiroyli maruza qildilar barcha mazza qilib eshitti so'ng osh tortildi birinchi bo'lib domlaga berishdi shunda domlaga ko'zim tushib qoldi qarasam domla chap qolda choy ichvottila man o'yladim yanishkan bo'lsala kere disam yo'q yana chap qo'lda choy ichvotkanlarini ko'rdim. bundan xulosa shuki domlani aytkani qilginu, qilganini qilma degan so'z bekorga aytilmagan ekan....
Tahrir:
Assalomu alaykum vr.vb. Kecha bir joyga oshga bordim, o'g'il uylantirayotgan edilar. Borsam u yerga Toshkent shahrining mashhur domlalaridan birlari kelgan ekanlar (ismlarini aytmay qo'ya qolay). Juda chiroyli ma'ruza qildilar, hamma mazza qilib eshitdi. So'ng osh tortildi, birinchi bo’lib domlaga berildi. Shunda domlaga ko’zim tushib qoldi. Qarasam domla chap qo’lida choy ichayapti. Avvaliga yanglishgan bo’lsalar kerak, deb o’yladim. Yo’q, yana chap qo’llarida choy ichayotganlarini ko’rdim. Bundan hulosa shuki, domlaning aytganini qilgin-u, qilganini qilma, - degan so’z bekorga aytilmagan ekan…
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #40 : 10 Sentyabr 2012, 18:32:33 »
Boburbek nokia 5228 yana 1 yomon tomoni bor ekrani issiq sovuq havoga ketib qoladi blakirovkaga tushursez ekan palasa palasa chizula paydo bo'ladi faqat hafa bo'men mani gapimga man xaqiqati gapirvomman
Tahrir:
Boburbek, Nokia 5228 ning yana bir yomon tomoni bor - ekrani issiq-sovuq havo ta'sirida ishdan chiqadi. "Blokirovka" qilsangiz ekranda yo'l-yo'l chiziqlar paydo bo'ladi. Faqat gapimga hafa bo'lmang, men haqiqatni gapirayapman.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #41 : 11 Sentyabr 2012, 19:27:48 »
Shokoladli tort..judayam qulay tuhumsiz va yogsiz ham mazali, mikser ishlatmasdan tez tayyor bo'ladigan...oddiygina, dangasalar uchun  : ) ..
masallig..
2-st un
6-osh qoshu  : ) : )kakao
4-chay qoshu razrihlitel
1,5-st un
2-st sut....
oldiniga un, kakao,razrihlitel,shakarni qoshuda yahshilab aralashtirib olamiz..so'gnra sutni sekin astali bn quyib yahshilab aralashtiramiz..yoglangan qolibga solib 180 gr-ga 30-35 minutga qo'yamiz..
orasidegi krem uchun: 2-st sut,2 dona tuhum, 3 osh qoshu un,1-osh qoshu krahmal,1 st shakar..yani zavarnoy krem..
Tahrir:
Shokoladli tort.
Judayam qulay, tuxumsiz va yog’siz, ham mazali. Mikser ishlatmasdan tez tayyor bo’ladi… Oddiygina, dangasalar uchun : )
Masalliq:
2 stakan un,
6 osh qoshiq kakao,
4 choy qoshiq oshirgich,
1,5 stakan un,
2 stakan sut.
Oldiniga un, kakao, oshirgich, shakarni qoshiqda yaxshilab aralashtirib olamiz. So’ngra sutni sekin-astalik bilan quyib aralashtiramiz. Yog’langan qolipga solib 180⁰C da 30 minutga qo’yamiz.
Orasidagi kremi uchun: 2 stakan sut, 2 dona tuxum, 3 osh qoshiq un, 1 osh qoshiq kraxmal, 1 stakan shaker kerak bo’ladi.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Lu`lu`

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2118
  • -oldi: 2046
  • Xabarlar: 927
  • Jins: Ayol
  • лу'лу, иймонингни куткар!
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #42 : 12 Sentyabr 2012, 08:07:04 »
 :asl3: форумдош Донишманд.
Ажойиб мавзу очибсиз, лекин жазо масаласида сал каттикрок олибсиз деб уйлайман.
Касбимдан келиб чиккан холда шу ма'лумотни келтирсам: адабий тил ме'ерларидан огишмаган холдагина киши уз тилида фикрини аник баен кила олади.
Лекин шундай ма'лумотлар борки, уларни етказишда вактдан унумли фойдаланиб, юкорида "йул куйилган хатолар"дан куз юмиш окилона иш буларди.
Чунки адабий тилдаги хар бир сузни уз номи бн ишлатиш учун киши лоакал атамашунос булиши керак.
Иккинчидан, атамаларнинг узи 2 хил: илмий ва касб-хунарга оидлигини хисобга олсак, Илмий атаманинг камрови канчалар кенглиги куз унгизга келяпгандир. Касб-хунарга оид атамаларда эса хунар эгаси кайси шева вакили булса, уша шевада сузларини изхор килади.
Шунгаям жазо шаклини юмшатишга тугри келади, шекилли  :D
Кечиккан адолат адолатсизликдир.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #43 : 12 Sentyabr 2012, 10:38:45 »
:asl3: форумдош Донишманд.
Ажойиб мавзу очибсиз, лекин жазо масаласида сал каттикрок олибсиз деб уйлайман.
Касбимдан келиб чиккан холда шу ма'лумотни келтирсам: адабий тил ме'ерларидан огишмаган холдагина киши уз тилида фикрини аник баен кила олади.
Лекин шундай ма'лумотлар борки, уларни етказишда вактдан унумли фойдаланиб, юкорида "йул куйилган хатолар"дан куз юмиш окилона иш буларди.
Чунки адабий тилдаги хар бир сузни уз номи бн ишлатиш учун киши лоакал атамашунос булиши керак.
Иккинчидан, атамаларнинг узи 2 хил: илмий ва касб-хунарга оидлигини хисобга олсак, Илмий атаманинг камрови канчалар кенглиги куз унгизга келяпгандир. Касб-хунарга оид атамаларда эса хунар эгаси кайси шева вакили булса, уша шевада сузларини изхор килади.
Шунгаям жазо шаклини юмшатишга тугри келади, шекилли  :D
:vsl3:
E'tibor bergan bo'lsangiz, bu yerda aytib o'tganlaringiz hisobga olingan. O'rinsiz atayin shevada yoki jargon aralashtirib yozilgan postlar, hamda gap tuzishda yo'l qo'yilayotgan qo'pol xatolar, gapni oxirida tugallamasdan uzun qilib davom etdirib ketish kabi hollarga nisbatan qo'llanilayapti holos bu mavzu. Ba'zi forumdoshlarimizning bunga bepisandlik bilan davom etayotgan harakatlariga ko'ra, jazoni yengillatish emas, aksincha, sal kuchaytirish kerakmikin, - deb o'ylayapman.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

xojarnur

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 104
  • -oldi: 34
  • Xabarlar: 29
  • Riyodan va jamiki gunohlardan O'zing asra Robbim.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #44 : 12 Sentyabr 2012, 11:52:56 »
 :asl3:
Haqiqatan ham kerakli mavzu,davomli bo'lsin.
Lekin muallifi qattiqqo'lroq ekan.Ayniqsa yangi Userlar(o'zim ham eski emasman) xatolarini topishingizdan ko'ra ko'proq ochiq yuz bilan kutib olishingizga muhtojroq.

Paygamnarimiz s.a,v har bir ishning o'rtasini tutganlari kabi o'rtasini tutsak,yani

Juda ham,huddi hokimiyatga ariza yozayotgandek diqqat bilan ham yozmasak va
Kishi o'qiganda asabi buziladigan darajada qo'pol xatolar bilan ham yozmasak.Qalbimizdagi o'y fikrlarimizni emin-erkin bayon qilsak.

Ayniqsa mavzu boshidagi topilgan imlo xatolarni ko'rib o'ylab qoldim.
Sizning tillolarga ham qaytmaydigan vaqtingiz, yozilayotgan har bir postni sinchiklab tekshirishizga sarflashingizga arzirmikan?Axir bizni kutib turgan narsalar juda ko'p.

Yana bir taklif, xatolarimizni jamoat oldida aytmasdan, xato qilgan kishining o'ziga PM yozsangiz,shunda ham kor qilmasa bu yerga yozsangiz.
Aql egalari uchun bir marta aytish kifoya,inshaalloh.

Bu postimni birorta birodarimni ko'nglini og'ritish uchun ham, bahslashish uchun ham yozmadim. Qur'on oyatlari (Alloh asrasin) noto'gri yozilayotgan yoki o'qilayotganmidiki bunday qilsam.

Ishingiz xayrli va davomli bo'lsin.

La ilaha illalloh! Hamd egasi yolg'iz Allohdir. Xulqimizni Qur'on qilsin.O'limimizni  lazzat qilsin. Qabrimizni Jannat bog'chalaridan bir bog'cha qilsin.Qiyomatda Kavsar bo'yida uchrashadigan Muhammad s.a.v ummatiqilsin. Jannatda Rasuli s.a.v. ga qo'shni qilsin Robbim. Amin.

 

Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?

Muallif AnsoraBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 26276
So'nggi javob 21 Yanvar 2014, 14:58:19
muallifi IRFON-2012
Nega hozirda yoshlar namoz o'qimasligiga e'tibor bermayapmiz?

Muallif ferry_samarqandBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 7680
So'nggi javob 25 Iyul 2010, 11:51:18
muallifi elnura
Baxs va munozara qilganda nimalarga e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz?

Muallif Shokir63Bo'lim Umumiy

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 12390
So'nggi javob 08 Mart 2011, 05:14:01
muallifi ibnUyayna
Farzand tarbiyasiga e’tibor beraylik

Muallif okahon.8800Bo'lim Umumiy

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2366
So'nggi javob 07 May 2015, 05:21:51
muallifi MirzoMuhammad
Ogohlantiruv!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 32
Ko'rilgan: 18299
So'nggi javob 05 Iyul 2013, 18:44:36
muallifi AbdulAziz