Muallif Mavzu: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!  ( 12979 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #45 : 12 Sentyabr 2012, 12:23:20 »
:asl3:
Haqiqatan ham kerakli mavzu,davomli bo'lsin.
Lekin muallifi qattiqqo'lroq ekan.Ayniqsa yangi Userlar(o'zim ham eski emasman) xatolarini topishingizdan ko'ra ko'proq ochiq yuz bilan kutib olishingizga muhtojroq.

Paygamnarimiz s.a,v har bir ishning o'rtasini tutganlari kabi o'rtasini tutsak,yani

Juda ham,huddi hokimiyatga ariza yozayotgandek diqqat bilan ham yozmasak va
Kishi o'qiganda asabi buziladigan darajada qo'pol xatolar bilan ham yozmasak.Qalbimizdagi o'y fikrlarimizni emin-erkin bayon qilsak.

Ayniqsa mavzu boshidagi topilgan imlo xatolarni ko'rib o'ylab qoldim.
Sizning tillolarga ham qaytmaydigan vaqtingiz, yozilayotgan har bir postni sinchiklab tekshirishizga sarflashingizga arzirmikan?Axir bizni kutib turgan narsalar juda ko'p.

Yana bir taklif, xatolarimizni jamoat oldida aytmasdan, xato qilgan kishining o'ziga PM yozsangiz,shunda ham kor qilmasa bu yerga yozsangiz.
Aql egalari uchun bir marta aytish kifoya,inshaalloh.

Bu postimni birorta birodarimni ko'nglini og'ritish uchun ham, bahslashish uchun ham yozmadim. Qur'on oyatlari (Alloh asrasin) noto'gri yozilayotgan yoki o'qilayotganmidiki bunday qilsam.

Ishingiz xayrli va davomli bo'lsin.


Qaysi imlo xatolarini nazarda tutayapsiz?
Aslida, hozir sizga javob yozishga ham vaqtim yo'q, umuman. Mening vaqtim siz o'ylagandan ham tig'izroq. Ammo bir ishni boshlagandan keyin yozishga majbur bo'layapman.
Qattiqqo'llik deyapsiz, bu yerda qattiqqo'llik bo'layotgani yo'q, aksincha, anchagina y'l qo'yib berilayapti.
Yangi a'zo bo'layotgan uzerlar qoidalarni o'qib, roziliklarini bildirishmaganmidi boshida? Yoki sizga bunday so'rov chiqmaganmi?
Mavzu boshlanganidan beri bir necha userlar PM orqali maktub yo'llab, o'zlarining adabiy tilda yozishga qiynalishlarini ma'lum qilishdi. Shu bilan birga, o'rganishga harakat qilishlarini  ham aytib o'tishdi.
Ko'pchiligimiz rus tilida behato gap tuza olamiz-u, o'z ona tilimizda so'zlarning oyog'ini osmondan keltiramiz. Bu yaxshimi? Shuni nuqsonlarimizni to'g'rilashga bo'lgan urinish qattiqqo'llikmi?
Men forumga a'zo bo'lgan vaqtlarimda va undan oldin faqat adabiy tilda yozardim, nima yozsam ham, hoh qog'ozga bo'lsin, hoh kompyuterda. Sal noto'g'ri ketib qolsam qandaydir ko'nglim to'lmasdi, to'g'rilardim. Bir yil davomida o'zimni kuzatib bildim-ki, men ham moslashib bo'libman, shundaylarning ta'sirida, tilni buzib yozishga. Menga o'xshaganlar ancha bo'lsa kerak.
Turli xil forumlar odamlarni to'g'ri yozishga emas, aksincha, to'g'ri yozadiganlarni ham buzib yozishga o'rgatayotgani aniq - bu mening kuzatishlarim. Buning oldini olish qattiqqo'llik bo'lsa, demak, tilni to'g'rilash uchun qattiqqo'llik kerak ekan-da! Aslida hali qattiqqo'llik qilganimiz yo'q. Xatolarning ko'piga ko'z yumayapmiz. Behos qilingan xatolarni hisobga olmayapmiz ham.
Boya aytganimdek, mening vaqtim siznikidan ham tig'iz. Agar bu ishni davom etdirishga rozi bo'ladigan user bo'lsa yaxshi bo'lardi. Aslida hamma ham yozishi mumkin bu yerga, tahrir qilib. Ammo ba'zi userlar kabi "x" bilan "h" ni, yoki noto'g'ri bosilib ketgan biror harfni  ro'kach qiladiganlar emas, asl maqsadni tushunib unga amal qiladiganlar yozsa yaxshi bo'lar edi.
Aql egalari uchun mana shu mavzuning ochilishini o'zi kifoya, alohida PM yozish emas.
« So'nggi tahrir: 12 Sentyabr 2012, 12:33:29 muallifi Donishmand »
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Lu`lu`

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2118
  • -oldi: 2046
  • Xabarlar: 927
  • Jins: Ayol
  • лу'лу, иймонингни куткар!
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #46 : 13 Sentyabr 2012, 00:33:45 »

Aslida, hozir sizga javob yozishga ham vaqtim yo'q, umuman. Mening vaqtim siz o'ylagandan ham tig'izroq........................
.........................
.........................
.........................


 :)
Кечиккан адолат адолатсизликдир.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #47 : 13 Sentyabr 2012, 07:56:21 »
forumdoshlar sizdan iltimos bir ukamizni uylantirayotgan edik shunga taniqli xonandala kere edi qale qip kantakt qilsa ular bilan agar tel nomerini bilsayizlar yozib qoldiringlar oldindan rahmat sizlarga
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #48 : 16 Sentyabr 2012, 11:32:11 »
ishqibozlik yomonda ,
menam rosa minganman jaa harli masu java, ij(qo'sh) staj 3yildan 6yil ,qattiq qiziqardim sovuqni sovuq demay ,kechayu kunduzni farkiga bormay haydayverardu, tezligimiz 140 ga arang chiqardi holos, yaxlab muzlab lablarimiz ko'karib ketsayam minaveradik, shuning uchun bir kasalik ortirganman, ozgina shabada busayam darrov ko'rpa to'shak dasmaya, hoziram kurpa tushada shif mix larini sanab yotimman. Dushmanimgayam maslahat bermayman moto minishni, undan kura eeeski busayam moshna min

Shuhrat_, postingizni qayta yozib o'tirmadik. O'zingiz to'g'rilab qo'ya olasiz deb o'ylayman.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Wonder

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 12
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 8
  • Jins: Erkak
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #49 : 16 Sentyabr 2012, 15:29:13 »
Ajoyib! Kerakli mavzu ekan. Mavzu muallifidan xuddi shu ruxda davom etishini so`rab qolaman
Oddiylik - mukammallik demakdir

Muslimahon

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 349
  • -oldi: 338
  • Xabarlar: 372
  • Jins: Ayol
  • Forum.Muslimaat.uz
Re: Ogohlantiruv! Ona tilimizga e'tibor beraylik!
« Javob #50 : 29 Sentyabr 2012, 06:59:36 »
 :bsm3:
 :asl3:

Uqish bilan o'qishning farqini Uqimagan o'qimishli biladi...
Har kishini dardi bo'lsa....

Har kishini dardi bo'lsa, yig'lasun yor oldida,
Qolmasun armon yurakda, etsun izhor oldida.

Andalibi benavodek nola-yu afg'on bila
Doimo yig'lab turarman ayni gulzor oldida.

Mansuri Xallojdek ichib sharobi antahur,
Charx urub,yig'lab turarmen ushbu dam dor oldida.

Har kishi bir jur'ae no'sh aylasa bu bodadin,
Ul qiyomatda qilur arzini Jabbor oldida.

Telba Mashrab,qilmag'il sirringni zohidga ayon,
Aytib-aytib yig'lagaysan oshiqi zor oldida.

 

Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?

Muallif AnsoraBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 26104
So'nggi javob 21 Yanvar 2014, 14:58:19
muallifi IRFON-2012
Nega hozirda yoshlar namoz o'qimasligiga e'tibor bermayapmiz?

Muallif ferry_samarqandBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 7614
So'nggi javob 25 Iyul 2010, 11:51:18
muallifi elnura
Baxs va munozara qilganda nimalarga e'tibor qaratish kerak deb o'ylaysiz?

Muallif Shokir63Bo'lim Umumiy

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 12235
So'nggi javob 08 Mart 2011, 05:14:01
muallifi ibnUyayna
Farzand tarbiyasiga e’tibor beraylik

Muallif okahon.8800Bo'lim Umumiy

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2314
So'nggi javob 07 May 2015, 05:21:51
muallifi MirzoMuhammad
Ogohlantiruv!!!

Muallif AbdulAzizBo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 32
Ko'rilgan: 18180
So'nggi javob 05 Iyul 2013, 18:44:36
muallifi AbdulAziz