Hamma gap gapirilib bo'lingan bo'lsa endi asl maqsadga qaytamiz.
O'zlaringizga ma'lum bo'lganidek, mavzu bir kuni natijasini hammamiz ko'ramiz degan maqsadda ochildi. Buni to'g'ri tushunib, qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Mavzu to'htab qolmaydi, boshlagan ishimizni ohirigacha yetkazamiz. Bunga hammamiz hissamizni qo'shamiz deb o'ylayman.
Arkmon va Turkmentug haqida: Avvaldan aytishim kerak bo'lgan narsa bor edi, sal hayoldan ko'tarilgan ekan. Bu ikki qardosh do'stimiz va yana a'zo bo'ladigan ular kabi userlarga mavzuda chetlanishlar bo'ladi. Ular hali o'zbek tilini ancha-muncha o'zbeklardan mukammalroq bilib olishsa ham kerak.
Mavzu boshida ko'zda tutilgan maqsadga ko'ra, kichik xatolarga e'tibor bermadik va bundan keyin ham bermaymiz. Qaysiki, behos ba'zi harflarni o'rni almashgan bo'lsa, ortiqcha belgi-harflar tushib qolgan bo'lsa.
Bugungi postlarni o'qib chiqdik, ayrim forumdoshlarimiz bugungi ikki-uch postlarida qo'pol xatolar qilishgan. Buguncha, odatimizcha faqat bitta postlarini tahrirga qo'yamiz. Zero, habardor bo'lmaganliklari sababidan shunday qilishgandir, - degan o'y bor bizda.