Muallif Mavzu: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)  ( 5170 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« : 06 Sentyabr 2012, 08:37:58 »
Assalamu alaykum.
Shu mavzuni ochishni anchadan beri o'ylab yurardim, bugunga nasib qilgan ekan.

Mavzu juda dolzarb, lekin ko'pchilik bu mavzuni chetlab o'tishni xohlaydi.
Ayniqsa shu axvolda yurganlar.

Qarilar duo qilishsa "qo'sha qaringlar" deb duo qilishadi a?
Bu ham bejiz emas, inson nikoh atalmish muqaddas yo'lga qadam qo'yar ekan, kelajakda jufti bilan bir odam, bir butun bo'lib qoladi.
Allohning taqdiri ila bu juftidan ajralar ekan, hayotning qolgan qismi qiyinchilikda o'tadi.
Shuning uchun qarilarimiz yoshlarni darrov uylab-uzatib yuborishadi.
Lekin yoshi kattaroq ota-ona bo'lganlarchi?
Deylik 35 va undan kattasi?
Ayrimlar "Ular hayotini yashab bo'lishgan, endi hayotlarini farzandlariga bag'ishlab o'tkazsalar ham bo'ladi" deyishadi.

Shu mavzuda kimning qanday fikri bor?
Islomda bu haqida bilganlar yozsalar...
Bu mavzuni ham o'rgansak.
Zero "o'zbekchilik... andisha..." ni kerakli o'rinlarda ishlatib, muhim joylarda esa hadeb bu iborani pesh qilavermasak.

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #1 : 06 Sentyabr 2012, 09:21:38 »
 :vsl3:
Ҳақиқатда жуда долзарб мавзу.
Ҳаётда бахтли онлар каби мусибат онлари ҳам учраб туради, менинг бу мавзуда илмим йўқ, борлар ёзар. Аммо бир ибратли воқеани гувоҳи бўлганман ва шу воқеани сизларга ибрат учун баҳам кўрмоқчиман.
40 ёшлар атрофидаги бир инсон Аллоҳнинг иродаси билан Турмуш ўртоғидан ажраб қолди. Уч нафар катталари бўйи етиб қолган қиз билан ота ёлғиз қолди, бир мунча вақÑ‚ ўтгач қариндош-уруғлар йиғилиб, энди ҳаёт давом этади бир аёл топиб уйлангин дедилар. Бечора ота қизларига қаради, қизлари эса кескинлик билан: йўқ бизнинг онажонимизнинг ўрнига бегона аёл келишига асло йўл қўймаймиз, деб туриб олишди. Бу мунозара бир неча кун давом этди, қизларнинг юмшашидан дарак йўқ эди. Қариндошлар бирлашиб хам хеч нима қилишолмади, шунда аросатда қолган ота бир дахшатли қарор қабул қилди.
У ўз жонига қасд қилди.
Бу ўринда ким айбдор, аччиқ устида нотўғри ишга қадам босган отами, ёки хақиқатни кўролмаган қизларми, ёки шу қизларга Ñ‚Ñžғри йўл кўрсатолмаган қариндошларми.
  ÐÑÐ¾ÑÐ¸Ð¹ нуқта эса Исломдан бехабарлик еканини балки қизлар отадан кейин вақтлар ўтиб ўзлари хам оила қургач тушиниб етарлар, лекин ота абадий Аллох қахрига гирифтор бўлиб бўлди, бунга фарзандлар ўзларини кечира олармикинлар.
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #2 : 06 Sentyabr 2012, 09:33:10 »
Alloh asrasin bunaqa oqibatdan.
Shu qizlar ham oila qurishgandan kn albatta buni tushunishadi.

ummuMuhammad

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 10
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 7
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #3 : 06 Sentyabr 2012, 09:43:42 »
 :asl3: Allohdi uzi asrasin bunaqa oqibatdan ota qatiyatsizlik qilgan qizlar esa zulum qilgan endi bu gaplaru qizlarning afsuslaridan foyda yuq otaning borgan joyi.... da hech qanday foydasi yuq afsus.... :(((

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #4 : 08 Sentyabr 2012, 20:02:28 »
Nimaga bu mavzuda hech kim yozmayabdi?

Unda savol har bir odamga!

Deylik siz shunday vaziyatdasiz (avvalo Alloh asrasin):
Yigitlar beva qolgan onalarini yana uzatishni xohlashgan bo'lisharmidi?
O'zlari onalari uchun munosib inson qidirgan bo'lisharmidi?

Qizlar yolg'iz qolgan otalari uylanishlarini xohlasharmidi?
O'zlari bu yo'lda yordam berisharmidi?


FAQAT JAVOBINGIZ XOLIS BO'LSIN ILTIMOS!

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #5 : 08 Sentyabr 2012, 22:19:52 »
Man bu mavzuni shu savollarga tayyor xolimda ochganman.
Bu savol qisman bizning ham oilaga tegishli bo'lgani uchun ham ochdim.
Bunaqa mavzuda fikr bildirish kimlarga bo'masa? Nega endi bizagamasakan? Qaysi mavzuda fikr almashishni foydasi bor ekan bo'lmasa?

Kerakli mavzular qaysi ekan. "LATIFALAR! YANGISIDAN BOR!"mi? yoki "Mavzuga sig'magan bekorchi gaplarmi?"

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #6 : 08 Sentyabr 2012, 23:11:06 »
 :asl3:


Bizning onamiz ham bizlarni yolg'izlikda katta qilgan.
Bunaqa narsa masalan meni hayolimga ham kelmagan,
chunki hali go'dak edik. Ulg'ayib aqlimizni taniganimizda
esa Onam olamdan o'tib ketdilar Alloh raxmat qilsin.
Agar hayotda bo'lganlarida albatta bu masala
bo'yicha taklif qilib ko'rgan bo'lardim.

Bizni o'zbekchilikda ayollarni qayta turmush qurishlariga
ijobiy qarashmaydi nimagadir, ayniqsa bolalari bo'lsa.
Shu narsa bizni ongimizga singib ketgan ekanmi "Ayol(ona)
otasidan ayrilgan farzandlariga bir umr yolg'iz holida mas'ul
bo'lib o'tib ketadi", degan fikr mavjud.
Xozir Yevropadagi oilasidan ajrashgan ayol(muslima)larni
farzandlarini shundoq otasiga tashlab boshqasiga turmushga
chiqib ketayotgani ko'rib hecham qabul qila olmayman.


InshaAlloh shu mavzuda sahobalar va sahobiyya ayollar
haqida ma'lumotlar biladiganlar bo'lsa kutib qolamiz.

« So'nggi tahrir: 09 Sentyabr 2012, 01:30:59 muallifi Mufazzala »

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #7 : 09 Sentyabr 2012, 09:04:58 »

Mavzular ko'p, misol uchun:
1. Hozirgi kunda yosh oilalarning ajrashishi ko'payib borishi. Sababi qanday? Maqsadsiz turmush qurishmi? Yoki moliyaviy tomondan kelib chiqadigan muammolarmi? Yoki boshqa sabablar...
2. Rossiya va boshqa chet davlatlarda ishlab yurgan ota-onalarning uyda qolgan farzandlar tarbiyasi.
3. 13-14 yoshdan boshlab yigit va qizlarimizning telefonga "kasal" bo'layotganlari. Sabab nima, "sevgi"mi yoki bema'ni, foydasiz saytlarning ko'gayayotganimi? Voydod.uz, sayyod.uz, she'rlar.uz va boshqalar...

Assalamu alaykum.
O'sha misol qilgan mavzularni bemalol ochib muhokama qilaverin hech kimni qarshiligi yo'q.
Bu mavzuda esa fikr qoldirishni xohlaganlar qoldirar.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #8 : 09 Sentyabr 2012, 09:06:43 »
Sahobalar biror ayol beva qolsa, u yoshmi yo qari, albatta unga uylanishgan.
Uni ko'p muddat yolg'iz qolishini istashmagan.
Chunki yolg'iz qolgan ayol, uni ustiga bolalari bo'lsa qiyin axvolda qoladi.
Chunki ayol tabiatan nozik xilqat, oilani tebratish-boqish esa erkak kishining ishidir. Ayol esa uyda farzandlar tarbiyasi ila mashg'ul bo'lgani maqul.

Imom ibn Ahmad Hanbal qilgan rivoyatda Ummu Salama r.a.quyidagilarni aytadi:
"Bir kuni Abu Salama Payg'ambar alayhissalomning huzurlaridan keldi-da, Payg'ambar alayhissalomdan ir gap eshitib juda hursand bo'ldim, u kishi:
"Musulmonlardan biriga musibat yetganda istirjo' aytsa va so'ngra "Allohumma ajirni fi musiybati vaxful li xoyrom minha" (ma'nosi: "Ey Alloh, menga musibatimda ajr bergin va uning o'rniga yaxshirog'ini bergin") desa, aytgani bo'ladi", dedilar deb aytdi.
Bularni men yodlab oldim. Abu Salama vafot etganida, istirjo' aytdim va haligi duo o'qidim. So'ngra o'zimcha, menga Abu Salamadn yaxshiroq er qayda, dedim.
Iddam chiqqanidan so'ng Rasululloh kelib kirishga izn so'radilar. Teri oshlab o'tirgan edim, qo'limni yuvib, kirishlariga izn berdim. U kishiga ichiga xurmoning yumshoq qobig'i to'latilgan teri yostiq berdim. O'tirganlardan so'ng, menga uylanmoqchi ekanliklarini aytdilar. U kishi gaplarini tugatgach, men:
Ey Allohning Rasuli, sizga rag'bat qilmasligim mumkin emas, lekin men juda rashkchi ayolman, sizga yoqmaydigan narsa menda sodir bo'lib, Allohning azobiga duchor bo'lmay, deb qo'rqaman. So’ngra yoshim kata bo’lib qoldi, buning ustiga bolalarim bor", dedim.
Rasululloh alayhissalom:
“Sen aytgan rashkni Alloh tezda ketkazadi. Yosh to’g’risida gapirsang mening ham yoshim bir yerga borib qoldi. Bolalaring bo’lsa, ular mening ham bolalarim”, dedilar.
Alloh menga Abu Salamaning o’rniga undan yaxshi zotni – Rasulullohni berdi.

“Hadis va hayot” 25 juz

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #9 : 09 Sentyabr 2012, 09:15:12 »

Bizni o'zbekchilikda ayollarni qayta turmush qurishlariga
ijobiy qarashmaydi nimagadir, ayniqsa bolalari bo'lsa.
Shu narsa bizni ongimizga singib ketgan ekanmi "Ayol(ona)
otasidan ayrilgan farzandlariga bir umr yolg'iz holida mas'ul
bo'lib o'tib ketadi", degan fikr mavjud.
Xozir Yevropadagi oilasidan ajrashgan ayol(muslima)larni
farzandlarini shundoq otasiga tashlab boshqasiga turmushga
chiqib ketayotgani ko'rib hecham qabul qila olmayman.

Ilgari ishlagan joyimda 50 yoshga yetib qolgan ayol bo'lardi.
Bolasi qornidaligida eridan judo bo'lib shu shu turmushga chiqmaga.
Butun umrini o'g'liga bag'ishlagan edi...

Yana bir qo'shnimiz ham huddi shunday.
Eri vafot etganda 2-3 yashar qizi bn qolgandi.
Tog'alari baraka topsin o'zlarini eplab olishlariga ko'p yordam berishdi.
Hozir shu dugonamiz turmushga chiqdi, farzandli bo'ldi, lekin onasi yolg'iz xovlida qoldi.
O'zlari bn olib ketishmoqchidi ko'nmayabdilar.
Kiyovni uyida, yana qudalarim bn yasholmayman, uyalaman deb.
Haliku yoshlar, 10-15 yildan kn haqiqiy yolg'izlik nimaligi yanada kuchli bilinadi.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #10 : 09 Sentyabr 2012, 12:37:55 »
Mavzu yuzasidan shularni aytishim mumkin:

Bir qo'shnim bor. Endi-endi aqlimizni taniyotganimizda eri olamdan o'tgan. 4 nafar o'g'il bilan yolg'iz qolgandi. Kattasi 7 yashar, ikkinchi o'g'li biz bilan teng, eng kichigi bir oylik edi shekilli.
Qo'shnim qayta turmush qilmadi. To'rt o'g'ilni katta qildi, hammasini uylab-joyladi. Baraka topsin...
Yana bir qo'shnim bor. Ikki o'g'il, ikki qizni uylab-joylaganidan keyin xotini olamdan o'tdi. Akaga qiyin bo'ldi. Erkak kishi yolg'iz qolsa yomon. Hali qariyalik ostonasiga qadam bosmagan bo'lsa undan yomon. Supur-sidir, ovqatini-ku kelin qilib berar, ammo kir-pir degandek, yana betoblik bor... Hullas qo'shnim uylandi. Biroq o'g'illari (aniqrog'i kelinlari) yanga bilan chiqisholmadi. Har doim farzandlari ko'ngliga qaraydigan ota bu safar o'z aytganini qildirdi, baraka topsin... Farzandlar ham bir kuni otasini tushunib qolishar, juda bo'lmasa boshga tushganda...

Yolg'iz qolsa ayol kishi o'zini eplab yashashi mumkin, ammo erkak kishiga doim ayol kerak bo'ladi, ayniqsa qarilik davrida.
Oppoqim aytadilar: Eridan oldin o'tib ketgan ayol jannati bo'larkan, chunki eri bu dunyoda yolg'iz qolgach kampirining qadri o'tib "ming-ming marta roziman," - der ekan.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #11 : 09 Sentyabr 2012, 13:29:53 »
 Javob yozmoqchi bo'ldim,hatto bu holatni tasavvur ham qildim ,bir otasining qizi sifatida ichimga g'ashlik,qizg'anish,keldi. Chuqur o'ylagan Farzandlar rozilik beradi ,lekin bu juda qiyin,bildirmasdan ichdan ezilish hissi kuchlilarga.

Abdulhafizaka

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 707
  • -oldi: 965
  • Xabarlar: 587
  • Jins: Erkak
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #12 : 09 Sentyabr 2012, 15:16:33 »
 :asl3:
Аллоҳ инсонни кўникувчи қилиб яратган хамма вазиятга, бошга тушганни кўз кўрар деб бекорга айтилмаган. Фикр ва мулохазалар хам шунга кўра айтилади, хозирги вазиятда мен хам хеч қачон ва хеч қачон ота-онамнинг хар иккалаларини бундай вазиятга тушишларини, тушишлари тугул бу хақда ўйлашни хам хохламайман.
Бир оилада бир Ñžғил ва икки қиз болалик чоғларида онадан ажраб қолдилар. ÐŽғил ўн ёш атрофида, қизлар етти ва тўрт ёшлар чамаси эдилар, бир муддатдан кейин ота яна уйланди фарзандлар буни хеч қабул қилгиси келмас эди бу орада яна бир қизалоқ дунёга келди. Яна бир икки йилдан сўнг бир Ñžғил туғилди, болалар хам аста кўниккандай эдилар, шу орада қайнота куёв ўртаси сал бузилиб қолди,шу кунлари бахтга қарши янги чақалоқ нобуд бўлиб қолди ва шу зарба билан никох бўлиниб кетди, орадан кўп йиллар ўтиб ота оламдан ўтиб кетди, орадан 35-40 йиллар ўтиб ўша кетиб қолган ая еталаб кетган қизининг қизини бу Ñ‘қда қолган қизлардан бирига келин қилиб берди ва орадаги алоқаларни тиклади, шу билан ўтиб кетган отанинг рухини шод айладилар. Хозирда опа-сингиллар ўртасида борди келдилар тикланиб ўша ая хам бу ишидан кўнгли тўлиб ўтиришибди.
Қаранг хатто бахтсизликдек туюлган ишдан бир бахт ташкил топди, демак хамма ишда бир хикмат бор шундай экан Аллоҳ хар бандани вазиятга Ñ‚Ñžғри бахо беришда оқиллик билан иш тутишни насийб этсин.
Хақиқатда дўстимиз Донишманд айтгандай аёл киши болалар билан ўралашиб хаётда турмуш ўртоғидан кейин кўп холларда яхши яшаганини кўрдик чунки она фарзандларига хох Ñžғил хох қиз бўлсин хатто келинига хам хар қандай гапини айта олади, лекин эркак киши бу масалада анча ожиз у аёлидан кейин анча қинчиликларга дуч келади чунки дардини қизига айтолмайди, келинга эса хеч қачон, Ñžғил бола эса кўча одами ўзи билан ўзи оввора, бундан ташқари эркак кишида бу маслада болалар билан гаплашгани ғурур хам йўл қўймайди. Шунинг учун эркак кишини хотини вафот этса атрофдагилар астойдил шуғулланиб, сўраб суриштириб бир лойиқ топилган аёлни никохлаб бериши лозим бўлади. Хотин кишига эса ўз ихтиёри ўзига берилади хохласа фарзандларига қолган хаётини бағишласин, хохласа яна турмушга чиқсин, бу ёзилмаган қоидага хозиргача бизнинг атрофда амал қилинади.
« So'nggi tahrir: 09 Sentyabr 2012, 21:09:54 muallifi Abdulhafizaka »
Abadiy hayot haqida ko'p oyladim va chorasini topdim; Huddi mayin tong shabbodasi kabi hammaga barobar sahiylik bilan yahshilik qilish kerak ekan!

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)
« Javob #13 : 12 Sentyabr 2012, 07:12:25 »
Bir yaqin sinfdoshimni onasi yaqinda turmushga chiqayotgan ekan. Eshitib juda xursand bo'ldim.
Ilohim baxtlari butun bo'lsin.
Ayol 2 farzandi bo'lib eri bn ancha oldin (bolalari hali maktab yoshida bo'lmaganida) ajrashgan edi.
Qizini uzatdi, o'g'lini uylantirdi. Nevarali bo'ldi.
Endi o'zlaridan tinchib turmushga chiqayotgan ekanlar.
Unga sinfdoshimni gapi:
"Endi erimga nima diman?"  ???  :(

Gohida o'z baxtimizni, O'ZIMIZni o'ylab yaqinlarimiz ham baxtli bo'lishga haqli ekanligini unutib qo'yamiz.
Asl BAXT yaqinlarimiz quvonchida emasmi?


 

Shimsiz qolgan erkaklar...

Muallif qaysarBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 65
Ko'rilgan: 28929
So'nggi javob 06 Oktyabr 2010, 01:42:25
muallifi BelleQizcha
Darsxona bo`limida dars kiritish va savol berish qoidalari

Muallif MaxCmdBo'lim Darsxona

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 8831
So'nggi javob 27 Sentyabr 2006, 08:33:35
muallifi MaxCmd
Necha yoshda uylanish/turmushga chiqish kerak?

Muallif MuslimаBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 66
Ko'rilgan: 48001
So'nggi javob 20 May 2011, 12:07:19
muallifi Safida
Musulmonlarga ozor berish va haqorat qilish...

Muallif AbdulAzizBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 6257
So'nggi javob 15 Sentyabr 2009, 04:28:00
muallifi siddiqa
Allohga qarz berish...

Muallif Mr.TwisterBo'lim Islom

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 2697
So'nggi javob 16 Fevral 2009, 16:01:19
muallifi Mr.Twister