Beva qolgan ota (ona) ni uylantirish (turmushga berish)  ( 9859 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Mahdiyah  06 Sentyabr 2012, 08:37:58

Assalamu alaykum.
Shu mavzuni ochishni anchadan beri o'ylab yurardim, bugunga nasib qilgan ekan.

Mavzu juda dolzarb, lekin ko'pchilik bu mavzuni chetlab o'tishni xohlaydi.
Ayniqsa shu axvolda yurganlar.

Qarilar duo qilishsa "qo'sha qaringlar" deb duo qilishadi a?
Bu ham bejiz emas, inson nikoh atalmish muqaddas yo'lga qadam qo'yar ekan, kelajakda jufti bilan bir odam, bir butun bo'lib qoladi.
Allohning taqdiri ila bu juftidan ajralar ekan, hayotning qolgan qismi qiyinchilikda o'tadi.
Shuning uchun qarilarimiz yoshlarni darrov uylab-uzatib yuborishadi.
Lekin yoshi kattaroq ota-ona bo'lganlarchi?
Deylik 35 va undan kattasi?
Ayrimlar "Ular hayotini yashab bo'lishgan, endi hayotlarini farzandlariga bag'ishlab o'tkazsalar ham bo'ladi" deyishadi.

Shu mavzuda kimning qanday fikri bor?
Islomda bu haqida bilganlar yozsalar...
Bu mavzuni ham o'rgansak.
Zero "o'zbekchilik... andisha..." ni kerakli o'rinlarda ishlatib, muhim joylarda esa hadeb bu iborani pesh qilavermasak.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  06 Sentyabr 2012, 09:21:38

 :vsl3:
Ҳақиқатда жуда долзарб мавзу.
Ҳаётда бахтли онлар каби мусибат онлари ҳам учраб туради, менинг бу мавзуда илмим йсқ, борлар ёзар. Аммо бир ибратли воқеани гувоҳи бслганман ва шу воқеани сизларга ибрат учун баҳам ксрмоқчиман.
40 ёшлар атрофидаги бир инсон Аллоҳнинг иродаси билан Турмуш сртоғидан ажраб қолди. Уч нафар катталари бсйи етиб қолган қиз билан ота ёлғиз қолди, бир мунча вақт стгач қариндош-уруғлар йиғилиб, снди ҳаёт давом стади бир аёл топиб уйлангин дедилар. Бечора ота қизларига қаради, қизлари сса кескинлик билан: йсқ бизнинг онажонимизнинг срнига бегона аёл келишига асло йсл қсймаймиз, деб туриб олишди. Бу мунозара бир неча кун давом стди, қизларнинг юмшашидан дарак йсқ сди. Қариндошлар бирлашиб хам хеч нима қилишолмади, шунда аросатда қолган ота бир дахшатли қарор қабул қилди.
У сз жонига қасд қилди.
Бу сринда ким айбдор, аччиқ устида нотсғри ишга қадам босган отами, ёки хақиқатни ксролмаган қизларми, ёки шу қизларга тсғри йсл ксрсатолмаган қариндошларми.
  Асосий нуқта сса Исломдан бехабарлик еканини балки қизлар отадан кейин вақтлар стиб сзлари хам оила қургач тушиниб етарлар, лекин ота абадий Аллох қахрига гирифтор бслиб бслди, бунга фарзандлар сзларини кечира олармикинлар.

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Sentyabr 2012, 09:33:10

Alloh asrasin bunaqa oqibatdan.
Shu qizlar ham oila qurishgandan kn albatta buni tushunishadi.

Qayd etilgan


ummuMuhammad  06 Sentyabr 2012, 09:43:42

 :asl3: Allohdi uzi asrasin bunaqa oqibatdan ota qatiyatsizlik qilgan qizlar esa zulum qilgan endi bu gaplaru qizlarning afsuslaridan foyda yuq otaning borgan joyi.... da hech qanday foydasi yuq afsus.... :(((

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Sentyabr 2012, 20:02:28

Nimaga bu mavzuda hech kim yozmayabdi?

Unda savol har bir odamga!

Deylik siz shunday vaziyatdasiz (avvalo Alloh asrasin):
Yigitlar beva qolgan onalarini yana uzatishni xohlashgan bo'lisharmidi?
O'zlari onalari uchun munosib inson qidirgan bo'lisharmidi?

Qizlar yolg'iz qolgan otalari uylanishlarini xohlasharmidi?
O'zlari bu yo'lda yordam berisharmidi?


FAQAT JAVOBINGIZ XOLIS BO'LSIN ILTIMOS!

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Sentyabr 2012, 22:19:52

Man bu mavzuni shu savollarga tayyor xolimda ochganman.
Bu savol qisman bizning ham oilaga tegishli bo'lgani uchun ham ochdim.
Bunaqa mavzuda fikr bildirish kimlarga bo'masa? Nega endi bizagamasakan? Qaysi mavzuda fikr almashishni foydasi bor ekan bo'lmasa?

Kerakli mavzular qaysi ekan. "LATIFALAR! YANGISIDAN BOR!"mi? yoki "Mavzuga sig'magan bekorchi gaplarmi?"

Qayd etilgan


Mufazzala  08 Sentyabr 2012, 23:11:06

 :asl3:


Bizning onamiz ham bizlarni yolg'izlikda katta qilgan.
Bunaqa narsa masalan meni hayolimga ham kelmagan,
chunki hali go'dak edik. Ulg'ayib aqlimizni taniganimizda
esa Onam olamdan o'tib ketdilar Alloh raxmat qilsin.
Agar hayotda bo'lganlarida albatta bu masala
bo'yicha taklif qilib ko'rgan bo'lardim.

Bizni o'zbekchilikda ayollarni qayta turmush qurishlariga
ijobiy qarashmaydi nimagadir, ayniqsa bolalari bo'lsa.
Shu narsa bizni ongimizga singib ketgan ekanmi "Ayol(ona)
otasidan ayrilgan farzandlariga bir umr yolg'iz holida mas'ul
bo'lib o'tib ketadi", degan fikr mavjud.
Xozir Yevropadagi oilasidan ajrashgan ayol(muslima)larni
farzandlarini shundoq otasiga tashlab boshqasiga turmushga
chiqib ketayotgani ko'rib hecham qabul qila olmayman.


InshaAlloh shu mavzuda sahobalar va sahobiyya ayollar
haqida ma'lumotlar biladiganlar bo'lsa kutib qolamiz.


Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Sentyabr 2012, 09:04:58


Mavzular ko'p, misol uchun:
1. Hozirgi kunda yosh oilalarning ajrashishi ko'payib borishi. Sababi qanday? Maqsadsiz turmush qurishmi? Yoki moliyaviy tomondan kelib chiqadigan muammolarmi? Yoki boshqa sabablar...
2. Rossiya va boshqa chet davlatlarda ishlab yurgan ota-onalarning uyda qolgan farzandlar tarbiyasi.
3. 13-14 yoshdan boshlab yigit va qizlarimizning telefonga "kasal" bo'layotganlari. Sabab nima, "sevgi"mi yoki bema'ni, foydasiz saytlarning ko'gayayotganimi? Voydod.uz, sayyod.uz, she'rlar.uz va boshqalar...

Assalamu alaykum.
O'sha misol qilgan mavzularni bemalol ochib muhokama qilaverin hech kimni qarshiligi yo'q.
Bu mavzuda esa fikr qoldirishni xohlaganlar qoldirar.

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Sentyabr 2012, 09:06:43

Sahobalar biror ayol beva qolsa, u yoshmi yo qari, albatta unga uylanishgan.
Uni ko'p muddat yolg'iz qolishini istashmagan.
Chunki yolg'iz qolgan ayol, uni ustiga bolalari bo'lsa qiyin axvolda qoladi.
Chunki ayol tabiatan nozik xilqat, oilani tebratish-boqish esa erkak kishining ishidir. Ayol esa uyda farzandlar tarbiyasi ila mashg'ul bo'lgani maqul.

Imom ibn Ahmad Hanbal qilgan rivoyatda Ummu Salama r.a.quyidagilarni aytadi:
"Bir kuni Abu Salama Payg'ambar alayhissalomning huzurlaridan keldi-da, Payg'ambar alayhissalomdan ir gap eshitib juda hursand bo'ldim, u kishi:
"Musulmonlardan biriga musibat yetganda istirjo' aytsa va so'ngra "Allohumma ajirni fi musiybati vaxful li xoyrom minha" (ma'nosi: "Ey Alloh, menga musibatimda ajr bergin va uning o'rniga yaxshirog'ini bergin") desa, aytgani bo'ladi", dedilar deb aytdi.
Bularni men yodlab oldim. Abu Salama vafot etganida, istirjo' aytdim va haligi duo o'qidim. So'ngra o'zimcha, menga Abu Salamadn yaxshiroq er qayda, dedim.
Iddam chiqqanidan so'ng Rasululloh kelib kirishga izn so'radilar. Teri oshlab o'tirgan edim, qo'limni yuvib, kirishlariga izn berdim. U kishiga ichiga xurmoning yumshoq qobig'i to'latilgan teri yostiq berdim. O'tirganlardan so'ng, menga uylanmoqchi ekanliklarini aytdilar. U kishi gaplarini tugatgach, men:
Ey Allohning Rasuli, sizga rag'bat qilmasligim mumkin emas, lekin men juda rashkchi ayolman, sizga yoqmaydigan narsa menda sodir bo'lib, Allohning azobiga duchor bo'lmay, deb qo'rqaman. So’ngra yoshim kata bo’lib qoldi, buning ustiga bolalarim bor", dedim.
Rasululloh alayhissalom:
"œSen aytgan rashkni Alloh tezda ketkazadi. Yosh to’g’risida gapirsang mening ham yoshim bir yerga borib qoldi. Bolalaring bo’lsa, ular mening ham bolalarim", dedilar.
Alloh menga Abu Salamaning o’rniga undan yaxshi zotni — Rasulullohni berdi.

"œHadis va hayot" 25 juz

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Sentyabr 2012, 09:15:12


Bizni o'zbekchilikda ayollarni qayta turmush qurishlariga
ijobiy qarashmaydi nimagadir, ayniqsa bolalari bo'lsa.
Shu narsa bizni ongimizga singib ketgan ekanmi "Ayol(ona)
otasidan ayrilgan farzandlariga bir umr yolg'iz holida mas'ul
bo'lib o'tib ketadi", degan fikr mavjud.
Xozir Yevropadagi oilasidan ajrashgan ayol(muslima)larni
farzandlarini shundoq otasiga tashlab boshqasiga turmushga
chiqib ketayotgani ko'rib hecham qabul qila olmayman.

Ilgari ishlagan joyimda 50 yoshga yetib qolgan ayol bo'lardi.
Bolasi qornidaligida eridan judo bo'lib shu shu turmushga chiqmaga.
Butun umrini o'g'liga bag'ishlagan edi...

Yana bir qo'shnimiz ham huddi shunday.
Eri vafot etganda 2-3 yashar qizi bn qolgandi.
Tog'alari baraka topsin o'zlarini eplab olishlariga ko'p yordam berishdi.
Hozir shu dugonamiz turmushga chiqdi, farzandli bo'ldi, lekin onasi yolg'iz xovlida qoldi.
O'zlari bn olib ketishmoqchidi ko'nmayabdilar.
Kiyovni uyida, yana qudalarim bn yasholmayman, uyalaman deb.
Haliku yoshlar, 10-15 yildan kn haqiqiy yolg'izlik nimaligi yanada kuchli bilinadi.

Qayd etilgan