Ko'k piyozli, kartoshkali kotlet (qadam-baqadam)  ( 3950 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  11 Sentyabr 2012, 23:35:13

 :asl3:


Ko'k piyozni men "yashil piyoz" der ekanman Turk tilini ta'siri bilan, kecha sezib qoldim:) aslida kok-moviyku, bizda eskidan beri ko'k deyilgani uchun tilimiz moslashib ketgan ekan-da qarang:) ha mayli, sizlarni ko'p kuttirmay yengil shabbodaday kotletlarga o'ta qolay azizlar:)





Masalliqlar:

3 dona kartoshka
100 gr qadar ko’k piyoz
300 gr qiyma
Yarim bog’ petrushka



1 dona tuxum
2 qoshiq irmik (mannaya krupa) —agar yo’q bo’lsa non maydasi solsangiz ham bo’ladi. Agar kartoshkangiz suvli bo’lsa, miqdorni ortirishingiz mumkin, yo’girganingizda bilinadi qancha miqdor solish kerakligi.
1 choy qoshig’i murch
1 choy qoshig’i zira
0.5 qoshiq tuz
Xohlaganlar garmdori solishi mumkin, men o’g’lim achchiq yemagani uchun totli bulg’ori maydasi soldim.



Qayd etilgan


Ansora  11 Sentyabr 2012, 23:35:48

Tayyorlanishi:

Kartoshkani qirg’ichdan o’tkazing, qolgan yashilliklarni to’g’rang, ichi keng va chuqurroq idishga butun masalliqlarni solib, 5 daqiqa qadar yo’g’iring.





Qo’lga yopishmaydigan, bergan shaklingiz buzilmaydigan holga kelganda qorishmadan yong’oqday bo’laklar olib, kotlet shakllari yasang.


Yana bir idishga un solib, kotletlarni unga botirib oling.


Tovaga yog’ni solib, qizdiring va unga botirilgan kotletlarni 10 daqiqa qadar o’rta olovda pishirib oling.



Kotletlar pishganda kartoshka va mannaya krupaning yordamida qanchalik ichi yumshoq ekanligini ko’rasiz. Kotletni yonida kecha tayyorlagan "œSevgi izhori" salatimni yedik, salat judayam muloyim (qirg’ichdan o’tkazilgani uchun) va mazali edi, tavsiya etaman ;)


Qayd etilgan