Tovuq go'shtli, sabzavotli kotlet. (qadam-baqadam)  ( 6398 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  11 Sentyabr 2012, 23:37:21

 :asl3:





Tovuq go'shtli kotletlarni judayam yaxshi ko'raman. Uyingizda bor sabzavotlardan siz ham tayyorlab ko'ring, xush ta'mi va yengilligi bilan sizlargayam yoqadi, degan umiddaman.

Masalliqlar:

500 gr tovuq go'shti (file)
1 dona sabzi
1 dona qovoq (kabachok)
2-3 dona ko'k piyoz
Bir tutam ukrop
Bir tutam petrushka
1 qoshiq tuz
1/3 stakan kotletlik mayda bulgur
bulgurni ivitish uchun 1/3 stakan qaynagan suv
Biroz: murch, zira.
Kotletlarni qovurib olish uchun 0.5 stakan yog'.


Qayd etilgan


Ansora  11 Sentyabr 2012, 23:38:03

Tayyorlanishi:


Avvalo bulgurimizni ivitamiz.



Bulgurga rasmda ko'rganingizday qaynagan suv solib, shishini kuting.




Siz bu orada tovuq go'shtini maydalab oling. Sabzavotlardan qovoq va sabzini qirg'ichdan o'tkazing,ukrop, petrushka va piyozni maydalab to'g'rang.



Butun sabzavotlarni tayyorlab bo'lgandan keyin shishgan bulgur bilan ziravorlarni qo'shib aralashtiramiz va 15-20 daqiqa ustini yopib qo'yamiz.


Qayd etilgan


Ansora  11 Sentyabr 2012, 23:38:25

Vaqt o'tgandan keyin kotlet shakllari yasab olamiz:



Tovamizga yog'imizni solib, qizdiramiz va kotletlarimizni o'rta olovda qovurib olamiz:



Kotletlarimiz tayyor, yoqimli ishtaha:)


Qayd etilgan


Mahdiyah  12 Sentyabr 2012, 07:04:53

Avvalo bulgurimizni ivitamiz.



:asl3:
Bulguri nima ekan? O'zb.dayam bormi bunaqa narsa?

Qayd etilgan


Saliha  12 Sentyabr 2012, 12:51:25

Avvalo bulgurimizni ivitamiz.



:asl3:
Bulguri nima ekan? O'zb.dayam bormi bunaqa narsa?


uzbecha nomini bilmadimu.. chorsu tarapdegi Karzinka marketida bulgur borligini ko'rdim..

Qayd etilgan


Ansora  12 Sentyabr 2012, 16:32:08

 :asl3:

Pazandada qizlar bilan Bulgur haqda gaplashgandik:

Тошкентда булгурни "дробленнас пшенияа" деб сотишаётган скан. Хар калай шу номдаги махсулот булгурга жуда ухшар скан.

Korinishi mana bunday bolsa rostdan ham bulgur boladi, faqat bulgurni ham 2 xili bor, yirigi, maydasi. Maydasidan: kotlet qilinadi, yirigidan esa palov qilinadi.




Qayd etilgan


Ansora  12 Sentyabr 2012, 16:32:32

Bulgurdan yana nimala tayyorlasa bo'ladi? Kasha pishirsa bo'ladimi?

Albatta boladi, men kopincha guruchni orniga bulgur ishlataman. Dolmalarga solaman. Turk oshxonasi, Quyuq taomlar bolimida turli xil yeguliklar bor bulgurli, qarab koring.

Qiymalı teftel taomida teftelni ichiga, guruchni orniga mayda bulgur solaman, yaxshilab aralashtiraman, guruchday ezilib, maydalanib ketishin oldini oladi, dona dona boladi, ham mazali, ham foydali:) ham arzon guruchdan kora:)

Sabzavotli: ismaloq, karamli shorvalarga solaman yirik bulgurdan...

Qayd etilgan


_IYMONA_  12 Sentyabr 2012, 18:06:13

:asl3:





Tovuq go'shtli kotletlarni judayam yaxshi ko'raman. Uyingizda bor sabzavotlardan siz ham tayyorlab ko'ring, xush ta'mi va yengilligi bilan sizlargayam yoqadi, degan umiddaman.

Masalliqlar:

500 gr tovuq go'shti (file)
1 dona sabzi
1 dona qovoq (kabachok)
2-3 dona ko'k piyoz
Bir tutam ukrop
Bir tutam petrushka
1 qoshiq tuz
1/3 stakan kotletlik mayda bulgur
bulgurni ivitish uchun 1/3 stakan qaynagan suv
Biroz: murch, zira.
Kotletlarni qovurib olish uchun 0.5 stakan yog'.


ko'rinishi judayam chiroyli chiqibti, mazasiyam zo'r bo'lsa kerak.
(Opa sizlar faqat tovuq go'shti yeysizlarmi?)

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2012, 01:19:05

 :asl3:

Singlim, tovuq goshti 4-5 barobar arzon va tez hazm boladi:)

Qayd etilgan