Ismaloqli "kelinchak" bo'rek:) (qadam-baqadam)  ( 3145 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  11 Sentyabr 2012, 23:42:08

 :asl3:






Bu bo'rekning shaklini nimagadir kelinni ko'ylagiga o'hshataman, shuning uchun nomini shunday qo'ydim:)

Masalliqlar:

4 dona yufqa

Ismaloqli ich uchun:

1 dona piyoz
300 gr ismaloq
300 gr qiyma
5-6 qoshiq yog’
Keragicha tuz

Ustidagi sousi uchun:

1.5 stakan sut
2 dona tuxum
0.5 stakan yog’
0.5 stakan pishloq (qirilgan holda)
1 qoshiq razrıxlitel’

Tayyorlanishi:

Odatdagiday piyoz, qiyma, ismaloqni qovurib, bo’rekning ich masallig’ini tayyorlab olamiz, biroz ilisin.



Yufqaninq yana birini dumaloq idishimizga chetlarini balandroq qilib yoyamiz.



Yufqaning yana birini yoyib, iligan qiymali masalliqdan yoyib chiqamiz va ikki chekkasini biroz bukib, relet shaklida ohirigacha o’rab chiqamiz.



O’ragan ruletimizdan 2 barmoq qalinligida bo’laklar kesamiz va yufqa yoyilgan dumaloq idishimizga yuqoriga qaratib terib chiqamiz. Qolgan 2 yufqani ham shu tahlit o'rab, kesib, joylang.



Qayd etilgan


Ansora  11 Sentyabr 2012, 23:42:37


Bo’rek sousi uchun butun masalliqlarni aralashtirib, ustidan tekis qilib sepib chiqamiz.





Ustiga sous to'kilgan bo'regimizni 180 darajada 1 soatga yaqin pishiramiz.





Yoqimli ishtaha. Uydagilardan juda yaxshi maqtov oldi, ayniqsa qaynonamlardan:)


Qayd etilgan