Qiymali tok do'lma (qadam baqadam)  ( 7521 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  13 Sentyabr 2012, 01:36:18

 :asl3:

Tok do'lmamizni bu safar qiymali qildik, odatda faqat guruchli qilardik, shuning uchun shakli ham kattaroq bo'ldi:)

Masalliqlar:

1 kg yaproq- bizda tuzlangan yaproq bor edi, 1 kecha oldindan suvga solib, 2-3 soatda bir suvini almashitirib turdim, tuzi ketsin, deb.
2. 500 gr qiyma
3. 1 dona piyoz (qirg'ichdan o'tkazilgan)
4. Biroz: yalpiz, ukrop, petrushka. (hammasini mayda to'g'raymiz)
5. 200 gr guruch (guruchni yuvib solamiz, ya'ni ivitmaymiz)
6. 1 qoshiq pomidor tomati, 1 qoshiq qizil bulg'ori tomati
7. Qiymali qorishmani ichiga 0.5 stakan, o'rab bo'lgandan keyin yana ustiga 0.5 stakan salat yoki zaytun yog'i, chunki quruq do'lma mazali bo'lmaydi:)
8. Biroz: murch, garmdori.
9. Qiymali masalliqni ichiga 2 qoshiq tuz, suvini quygandan keyin 0.5 qoshiq tuz.


Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2012, 01:36:41

Tayyorlanishi:

Avvalo bargimizni suvdan olib, yaxshilab siqamiz, barglar yirtilmasligiga diqqat eting.
Qiymali qorishma masalliqlarini hammasini aralashtirib, ichini tayyorlaymiz.

Yaproqni yoyib, o'rtasiga qiymali masalliqdan solamiz:



Ikki chetini yopamiz:



Va o'raymiz:

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2012, 01:37:03

Tok do'lmalarimizni o'rab, qozonga tik joyladik bu safar, chunki bu safar anchagina edi:



Butun do'lmalar tugagandan keyin do'lmalarni ko'madigan qadar sovuq suv solamiz.


Odatda ko'pchilik do'lmalarni ustiga tarelka yoki og'ir narsa yopadi, biz yopmadik:)



Qaynab chiqquncha baland olovda, qaynagandan keyin o'rta olovda 45-50 daqiqa pishiramiz. Siz yana bir dona olib, yeb ko'ring, pishgan bo'lsa darrov olovni o'chiring, zotan guruch qozonning tafti bilan pishib yetiladi, tagidagi suviga qarang, ko'p bo'lsa suzib oling, guruchlar ezilmasligi uchun.


Qayd etilgan