Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!  ( 145552 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 B


MASTURA 1  01 Avgust 2010, 00:23:52

Eng katta musibat

Bu dunyoda iymon bilan
nurga cho‘mgan bir ummat bor,
Ul ummatning yo‘li kengdir,
Barchasida ming rahmat bor,
Hayotida hotirjamlik,
O’limida ming hikmat bor,
Rozi bo‘lar taqdiriga
Tutar ikki enlik xat bor:
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Kimdir o‘lar, kimdir nafas
olmoq ekan, anglab yetdik.
O’zni mangu da’vo qila,
Go‘ristonni manzil etdik.
Oling, mana, dunyongizni,
Habibulloh birla ketdik,
Endi bizga na go‘zallik,
Va na sokin halovat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Holatingiz ko‘rdik, mahzun,
Asliyatga tezroq qayting,
Ajal o‘qi aniq erur,
Unga boqmang, kulib "Hay" deng,
Dunyo ostin-ustin bo‘lib
ketmaydimi, endi ayting,
Yelkamizdan qolib ketgan
O’lim tutar omonat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Otangiz ham, onangiz ham,
Bir kun sizni tashlab ketmish,
Yuraklarni tilka-pora
Aylabon, zor g‘ashlab ketmish,
Ko‘zlaringiz balki namlab,
So‘nggigacha yoshlab ketmish,
Ajal kelsa, siz qochguvchi
Qandayin bir imorat bor:
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Chakki tomgay, endi aslo
yamab bo‘lmas bu uy tomin,
Oinasi parchalanmish,
O’rnatmoq na singan romin
Qiyomatga qarab yo‘lin
Tutib bo‘lgach soqov zamin,
Ayting, to‘sib qolar qay kuch,
Va qandayin tumonat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Barchamizning qalbimizda
Dunyoga bir muhabbat bor,
Muhabbatdan hosil bo‘lgan
Razillik bor, qabohat bor,
Oxirlamish so‘zim mening,
Xitobimda nadomat bor,
Ayo, ummat, bu dunyoga
Nechun qattiq sadoqat bor,
Zamin og‘ir nafas olar,
Unda qanday halovat bor,
Rasululloh vafot etdi,
yana qanday musibat bor?!

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Sentyabr 2010, 06:14:52

Assalam aleykum varahmatullohu vabarakatuh.Barcha dunyolar agasi Mehribon Ollohga behisob hamdu sanolar , Ikki dunyo Rasuli Muhammad(s.a.v) behisob salovatlar bo'lsin . Bir insonni sog'inish uchun avvalo albata u insonga nisbattan qalbda eng ezgu tuyg'ular bo'lishi lozim.....Siz haqingizda esimni taniganimda bilganman. Lek meni kechiring Yo Rasulluloh shuncha yillar ichida sizni haqiqiy sevmabman, sog'inmabman..... Bu ilohiy tuyg'uni yaqindan beri  his qilayapman. Siz aytgan so'zlarni o'qib ovozingizni eshitgim keladi..... siz bo'lgan davralarni eshitib eng uzoqdagi bir burchakda bo'lsa ham,o'sha davralarda bo'lgim keladi...... Nurli yuzingizni bir marta bo'lsa ham ko'rgim keladi. Yoningizda bo'lgan Sahobalar, ahlingiz qanday katta baxtga musharraf bo'lgan insonlar, ularga qanchalar havas qilishimni bilsangiz edi.... Bilaman siz ham bizni sevasiz, sog'inasiz. Ahir biz sizning ummatlaringizmiz.Bu dunyoni tark etar chog'ingizda ham bizni o'ylab hidoyat qilgansiz. Sizga bo'lgan sog'inchimni , bizga bo'lgan sevgingiz, maxshar kunida siz bilan uchrashuv borligi bilan oz bo'lsada yengaman. O'sha kunlarni intizorlik bilan kutaman Yo Rasalulloh..........

Qayd etilgan


siddiqa  27 Sentyabr 2010, 19:52:15

sado kelsa arshi A'lodan
man g'aribga gunohlar hamroh
Izn so'rab Alloh Taolodan,
ummatim deng yo rasululloh

Ummatim deng ya,habiballoh .














Qayd etilgan


Abdulhafiz  27 Sentyabr 2010, 23:56:49

Sado kelsa Arshi A'lodan,
Men g'aribga gunohlar hamroh.
Izn so'rab Alloh taolodan,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Goho qo'pdim ko'ngil mehrini,
Unutgandek hadis sehrini,
Begonaga chiqarmang meni,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Kechib ba'zan qazo, qadardan,
Qo'rqib yurdim jami xatardan,
Ajratmayin Havzi Kavsardan,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Ko'zimda dard uyg'otdi g'ubor,
Yuragimda ijtiboh qator,
Lek manglayda namoz izi bor,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Qiyomatni eslasam takror,
Botqoqzorga aylanar gulzor,
Ahlim bilan turibman bedor,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Qizartirib yursamda yuzni,
Uzmasamda faxshdan ko'zni,
Payg'ambarim deganman sizni,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Gunohim ko'p men ham bir banda,
Ammo quyosh sharqqa botganda,
Qiyomatning tongi otganda,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Allohga hamd avom ketmadi,
Sizga bo'lgan qalb muhabbati,
Qalbimdagi iymon hurmati,
Ummatim deng yo Rosululloh!
Jahannamdan tilarman panoh,
Qiyomat deb yuragim siyoh,
Ismimni bilasiz, Xayrulloh
Ummatim deng yo Rosululloh!

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  09 Oktyabr 2010, 09:44:30

Janobi payg'ambar hayit namozini o'qib chiqayotganlarida ko'chani chekkasida yerga qarab yig'lab o'tirgan 4 yoshlardagi yetim bolani ko'rdilar. Boshqa bolalar tuyalarga minib, ota-onalari qo'llariga shirinlik tutgan kunda haligi bola g'amgin edi. Payg'ambar s.a.v. shu bolani oldiga bordilar va so'radilar:
- Nima uchun yig'laysan, ey bola?
- Men yetimman yo Rasululloh. Mening otam ham, onam ham, aka-opalarim ham yo'q.
Janob payg'ambar s.a.v. bag'irlariga bosib, peshonasini silab:
- Yoshlikda men ham yetimlikda o'sdim, katta bo'lgach qavmim meni sig'dirmay boshqa shaharga hijrat qildim, - dedilar. Yana boladan so'radilar:
- Sen ota-onalik, aka-ukalik bo'lishni hohlaysanmi?
- Albatta hohlayman. Men ham boshqa bolalarga o'xshab o'ynashni hohlayman.
Rasulluloh bolani qo'llaridan ushlab, uylariga olib bordilar va bolaga dedilar:
- Men Muhammad s.a.v. sening otang bo'lay. Oisha onang bo'lsin. Ali sening akang-u, Hasan-Husanlar ukang bo'lsin. Fotima sening opang bo'lsin.
Bola xursand bo'ldi. Yuvintirib, biroz narsa berib, qornilarini to'ydirgandan keyin bola aytdi:
- Mening ham bolalarga o'xshab ko'chaga chiqiqb o'ynagim kelayapti.
Rasululloh bolani qo'llaridan ushlab ko'chaga o'ynatgani olib chiqdilar. Boshqa bolalarni ko'rgan haligi norasida:
- Ey, otajon. Anavu bolalarni qarang, ularni ota-onalari tuyaga mindirib qo'yibdilar. Mening ham ota-onam bo'lganida tuyaga mindirardilar, - dedi.
Rasululloh muborak qo'llarini yerga qo'yib, tizzalari bilan yurib, yetim xursand o'lsin deb Madina ko'chalarida yelkalariga mindirib yurdilar. Bola yana atrofdagi bolachalarga qarab:
- Yo Rasululloh, anu bolalarning tuyalarining og'zida jilovi bor ekan. Mening tuyamning jilovi yo'q-ku! - dedi. Rasululloh muborak sallalarining peshini olib, og'zilaridan o'tkazib, yelakalridan oshirib, bolaga berdilar. U bo'lsa goh-gohida oyog'ini silkitib qo'yardi, jilovni tortardi. Ba'zi tuyalarning ovoz berib "aff-aff" dedydigan odati bor edi. Hali bola Payg'mbar s.a.v.ga:
- Ey, otajon, bularning tuyasini qarang, ovoz berib, "aff-aff" deydi. Nega meniki afflamaydi, - dedi. Shunda Jabroil amin a.s. kelib:
- Yo, habibulloh! Alloh sizdan rozi bo'ldi. Yetimni xursand qildingiz. Alloh subhanahu va taolo amr qildiki, "Jamiki ummatimni gunohini avf qil deya ikki bor "aff-aff" deng. Habibimiz s.a.v. ikki bor "avf-avf" deganlarida, hazrat Jabroil aytdilar:
- Ey, Muhammad s.a.v. uchinchi avfni aytmang. Arshi a'lo larzaga tushdi. Uchinchi avfni qiyomatga qoldiring...



Sizni sog'indik Yo RasulALLOH...!!! s.a.v.

Qayd etilgan


Aqoid  09 Oktyabr 2010, 10:20:30

 :as: Shu postingizni mp3 varianti ham bor edi.

Qayd etilgan


yoqutxon  02 Noyabr 2010, 20:45:31

 :as:
 :bsm:

Yo Ollohning Rasuli bugun sizni bir boshqacha sog'indim.Ko'chalardagi insonlarni ko'rib, zamoning ahvolini ko'rib, siz o'limni qarshi olayotganingizda ham hidoyatga boshlab ketganingiz , ummatingiz ahvolini ko'rib sog'indim. Balki faqat bitta men sog'inmagandirman. Sizni bugun hazon sochib yotgan dov darahtlar, muborak qadamlaringiz bosib o'tgan yo'llar sog'indi.Sizni ibo-hayo, ibodat sog'indi. Sizni Olloh yo'llida sevaman, sog'inaman Rasululloh.

Qayd etilgan


yoqutxon  02 Noyabr 2010, 20:54:38

Shu o'rinda mavzu uchun minaddorchilik bildirib o'tmoqchi edim.

Yuqoridagi postni yozayotganimda qalbimdan qanday his

tuyg'ular o'tgani yolg'iz Ollohga va o'zimga ayon.

 Ollohning  Rasulini sevuvchi va

sog'inuvchi insonlar borligini bilish men uchun  qanchalar katta

ahamiyatga egaligini , bu meni qanchalar quvontirishini tassavur

etishingiz dushvor. InshaAlloh bu sog'inchlarimiz, sevgimizni

ohirini Haq taolo mukofatlagay. Zero u Buyuk adolat va Mehr

sohibidir.

Olloh barchamizdan rozi bo'lsin.


Qayd etilgan


Aqoid  25 Noyabr 2010, 09:09:34

Mavzu muallifi baraka topsin, bu mavzuga kirganki inson payg'ambarimiz(s.a.v)ga salavot aytadi.

Qayd etilgan


Hadija  28 Dekabr 2010, 12:37:59

Sizni sog'indim Yo Nabiyalloh! Allohim berayotgan ushbu sinovli yaxshi-yomon kunlarimning qalbimda muhrlangan sirlarimni aytib, boshimga qo'lingiz qo'yib, eng yaqin sirdoshim bo'lib, otamdan ulug'im maslahatlar berishingizni hohladim yo Rasululloh, suyukli, mehribon yo'qdan bor qilguvchi Robbial A'lamin Alloh azza va jallaning tanlangan suyukli bandasi Habibulloh sizni ko'rgim, maslahatlar olgim, qizim, ummatim deb sizdan taskin eshitgim keldi yo Rasululloh!!! Sizni juda qattiq sog'indim yo RASULULLOH!!! Sizni ko'rgim keldi yo Habibulloh!!!

Qayd etilgan