Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!  ( 144513 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 B


Shuhrat_  25 Aprel 2011, 21:16:00

 :as:
Yuqoridagi vidio rolikka minglab ,millionlab raxmatlar xam kam
juda tasirli,men avvalroq kurgandim

SIZ XAM KURING BEIXTIYR YIG`LISZ[/size][/color]

Qayd etilgan


AsiRa  26 Aprel 2011, 07:42:23

Yo, Rasulalloh

Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..


Mirzo Kenjabek.

She'r muallifi Mirzo Kenjabek emas, Yunus Emro.
Mirzo Kenjabek turk tilidan o'zbekchaga o'girganlar.


Kechirasiz.

Qayd etilgan


Shukrona  17 May 2011, 08:28:36

Assalomu alaykum.
Olamlarni yaratgan Haq Taologa bitmas tuganmas hamdu sanolar bo'lsin,olamlarga rahmat qilib yuborilgan sarvari koinot Rasulimiz Muhammmad s.a.v. ga go'zal salom va salovatlar bo'lsin.

FARQLASH ZARUR HAR BIR KISHIGA!

Farqlash zarur har bir kishiga,
Savob ila zarar, gunohni.
Puxta erur, biling,ishiga,
Kim tanisa Rasulullohni.

Har kim yo'lda horib toladi,
Ohir kelib qulab qoladi.
Islom yo'lin bilib oladi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Ibodati bir istirohat,
Ko'rmas aslo ruhiy talofat.
Ko'ksin silar haqiqiy rohat,
Kim tanisa Rasulullohni.

Musibatni kim qarshi olar,
Degan savol,yangrasa agar,
Musibatni jim qarshi olar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Najas xokim etmas didini,
Qo'rqitolmas ko'kning tutuni.
To'ymas hidlab zamin hidini,
Kim tanisa Rasulullohni.

Tushida ham aytar zikrini,
Tark aylamas,aslo shukrni.
Tushunadi Abu Bakrni,
Kim tanisa Rasulullohni.

O'limga tik yura oladi,
Jannatni ham ko'ra oladi.
Taxajjudga tura oladi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Yana do'stlar nelarni deyin?!
Qiziqtirmas uni so'm,tiyin.
Ovqat yeydi, qo'shnidan keyin,
Kim tanisa Rasulullohni.

Onasiga tik qarolmaydi,
Otasiga tik borolmaydi,
Ahliga ham o'shqirolmaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Umid qilmay aslo birovdan,
Do'zax qattiq degay olovdan,
Bilmas nedir qochishlik yovdan,
Kim tanisa Rasulullohni.

Qayd etilgan


Shukrona  17 May 2011, 08:32:53


Bilishlik uchun,xilqat qilmini,
Va etishga kashf tilsimini,
O'rganadi dunyo ilmini,
Kim tanisa Rasulullohni.

Obro' ila mansab talashmas,
Do'sti bilan marra talashmas,
Mo'min bilan mazxab talashmas,
Kim tanisa Rasulullohni.

Hargiz ilm tomon otlatar,
Ba'zan majbur qilib dodlatar,
Bolasiga Yosin yodlatar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Tillarini tiyib yuradi,
Dinim deya kuyib yuradi,
Toza kiyim kiyib yuradi,
Kim yanisa Rasulullohni.

Saxovatdan hulla to'n bichar.
Faqirlarga kiyimin yechar,
Shaxsiyatdan din deb voz kechar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Din ishiga xodim bo'ladi,
U o'lsa gar motam bo'ldi,
Eng chiroyli odam bo'ladi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Rizqlarini haloldan terar,
Va uyiga jilmayib kirar,
Salomini birinchi berar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Siyrat ila dil topar malham,
Ul zot uyi ma'naviy mahram,
Ozor bermas chumoliga ham,
Kim tanisa Rasulullohni.

Peshonasin shamol ham silar,
Baliqlar ham saodat tilar,
Qalbida ham tahorat qilar,
Kim tanisa Rasulullohni.

Qayd etilgan


Shukrona  17 May 2011, 08:36:55

Birodar der har bir kishini,
Kulsa oydek ko'ring tishini,
O'ngda qilmas chap qo'l ishini,
Kim tanisa Rasulullohni.

Faqirligi juda ham chiroy,
O'rta holi,ko'rmaydi saroy,
Boy bo'lsa ham eng chiroyli boy,
Kim tanisa Rasulullohni.

Yosh holati ipakdan harir,
Yigitligi vazmin va og'ir,
Qarisa ham chiroyli qarir,
Kim tanisa Rasulullohni.

Halol yo'lda xorib,tolmaydi,
Haqiqatga indayolmaydi,
Savdo qilsa aldayolmaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Yolg'ontakam gul tutolmaydi,
Musibatda bol yutolmaydi,
Qiyomatni unutolmaydi,
Kim tanisa Rasulullohni.

Tinglab dam olasiz so'zini,
Shod bo'lasiz ko'rib yuzini,
Tanigaydir hullas o'zini,
Kim tanisa Rasululohhni!!!
                                                           Xayrulla Xamidov

Alloh barchamizga rasulimizning sunnatlariga og'ishmay amak qiladigan va shafoatlariga muyassar bo'ladigan bandalari qatorida qilsin omin.

Qayd etilgan


Shukrona  17 May 2011, 08:38:39

АААªТИ ААБИЙ
(с.а.в.)
Жумла оламга сармад,
Кук ичра номи Ахмад,
Ер узрадур Мухаммад,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Хакдин келмиш бароти,
«Лавлок» унинг сифоти,
«Асин» срур бир оти
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

«+оба кавсайн» камоли,
«Кашфи дужо» жамоли,
Оби хайвон- зулоли,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Лайгамбари инсу жон,
Умматига мехрибон
Жон ичрадур жонажон.
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Тавхид йулини очган,
Иймон нурини сочган,
Хак келиб, ботил кочган,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Оламларга рахматдир,
Хар бир сузи хикматдир,
Факирлиги ибратдир,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

А уза, намоз, кил дуо,
Шариати-муктадо,
Шафоати-муддао...
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Гавхари насли Халил,
Ходимидур Жабраил,
«Мунтахо»дан утди бил,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Меърожи- фазли илох,
Сифоти - Хабибуллох,
Восили- жамолуллох,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Qayd etilgan


Shukrona  17 May 2011, 08:40:06

Буюкларнинг буюги,
Суюгимнинг суюги,
Утли калбим куюги,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Тасбих айтар хору хас,
Имон истайди хар кас,
Алгон даъволар абас,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Холикимга ёлворсам,
Макка, Мадина борсам,
А авзада кунгил ёрсам,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Озор берди бединлар.
Абужахл, малъунлар,
Огох булинг муминлар,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Орифлар жуёнадир,
Ошиклар парвонадир,
«А расул!», деб ёнадир,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Бандаси тадбир килар,
Аллос‰им такдир килар,
Ае килса билиб килар,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад

Ваъда бордир Куръонда,
Аабийга сргаш банда,
Аллох севар ушанда,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад

Ибодатда баркарор,
Саховатда устувор,
Мархаматли, хушгуфтор,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад

Мухожир, ансор ёри,
Жон нисор стар бори,
Аа гузал хулк - атвори,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад

Мс‹ъжиза срур Куръон,
«Дуруд айт», дейди А ахмон,
Ганиматдир хар бир он,
Салли ало Мухаммад!
Саййидино Мухаммад!

Sallollohi alayxi vasallam..........

Qayd etilgan


Bonuxon  17 May 2011, 11:31:35

А амазоннинг файзли кечаларидa.
Сизни кургим келади ё Pосулуллох.
Макка-ю мадина кучаларида.
Сизни кургим келади ё Pосулуллох...
Согиндим-согиндим дийдорингизни.
Зиёратлар килдим мозорингизни.
Афсус куролмадим рухсорингизни.
Сизни кургим келади ё Pосулуллох...
Бир ахли суннатман сизга умматман.
Савоблари йугу гунохла бандман.
Шунча ёлгонлар килиб чарчабман.
Сизни кургим келади ё Pосулуллох...
Тушларимда курсам бирбор курсайдим.
Аурли юзингизга бирбор туйсайдим.
Армоним колмасди кейин улсайдим.
Сизни кургим келади ё Pосулуллох...

Qayd etilgan


Best friend  19 May 2011, 08:03:27

 Sen yo’q eding yo Rasululloh s.a.v.! Hazrati Odamning a.s. vujudida eding. Avval Jannatni, so’ng esa yer yuzini sharaflantirding. Odam sening nuring tufayli avf etildi, Arofat bu avfga shohiddir! Sen yo’q eding! Nuhning a.s. kemasida eding. To’lqinlar yer yuzini bo’g’ar ekan, tuproqning bag’ridagi suv osmon bilan uchrashar ekan, va bu Ilohiy azob deyilar ekan, Alloh ming bir sabab ila ruhingni asradi. To’fon nuringa salom aytdi odob bilan. Sen yo’q eding! Xazrati Ismoilning a.s. peshonasida eding. Kimsasiz cho’llarda Ibrohim a.s. duosi yuksaldi: "œRobbim", dedi "œUlarga o’zlarining ichlaridan sening oyatlaringni o’qiydigan, kitob va hikmatni o’rgatadigan, ularni poklaydigan bir elchi yubor". Omin dedi o’n sakkizming olam, sening nuring bilan yog’du sochgan qo’llarini osmonga ko’tarib omin dedi Ismoil a.s., Xiro, Nur tog’i ham omin deb oyoqqa turdi, Madinada Uhud tog’idan omin sadosi yangradi. Sen yo’q eding yo Nabiyalloh s.a.v.! Hazrati Iso a.s. seni Ahmad deb yo’qladi, ikki olam sarvari deya yuzlandi senga. "œMen sizlar bilan ko’p gaplashmayman", dedi havoriylarga: "œChunki bu olamning raisi kelyapti. Kuting Ahmad kelyapti, olamlarga rahmat kelyapti!". Havoriylarni yuzini silagan, o’liklarni tiriltirgan bir nafas bo’lding ammo, sen yo’q eding! Sen yo’q eding! Hazrati Abdullohning peshonasida eding! Boshi egik, hafa bo’lib yurar edi u... Bu hayro ko’klardan seni so’rar, varaqa seni qidirardi samodan, onalar qiz farzandlarini yig’lab yasantirar edilar, yig’lab... yig’lab:"Qizim bobongnikiga borib kelasan" der edilar. Sen yo’q eding yo Habiballoh s.a.v.! Aslida qabrga tirik ko’milish edi boboga borish. Chorasiz qolgan volidayi muhtarama jigarbandini o’limga kuzatishdan boshqa iloji yo’q edi. Eng so’ngi qiz chohga uloqtirilar ekan, onasining suratida bir farishta ko’rindi unga va tabassum etib Xiro tog’ini ko’rsatdi, farishtalar Xironi yasantirar edilar, Nur tog’i sohibiga tayyorlanar edi, sayyidiga hozirlanar edi Makka, Koinot sarvari uchun bezanar edi, Koinot hazrati Ominaga r.anho ilhaq edi, tuproq Robbisiga yolvorardi, mazlumlar ko’zlarini samoga tikkan ko’yi: "Kel...", deya yig’lar edi. Sening kelishing kutilar edi yo Rasululloh s.a.v.! Bir tushishing bor edi yer yuziga, oldingda Jabroil, orqangda malaklar, yetimlarga eng huzurli kecha bo’ldi u kecha, nochorlar onalarini to’yib, to’yib quchoqladilar, so’ng sahar vaqtini bir sukunat qopladi, borliq narsa jim-jit bo’lgan edi "œQani", der edi yulduzlar, "œQani der edi oy, koinot bir ism eshitmoq istaydi. Ominaning r.anho uyidan bir ovoz yuksaldi: "œMuhammad s.a.v." zulmat o’z o’rnini nurga bo’shatib berdi, "œMuhammad s.a.v." farishtalar uning nurli qo’llaridan o’pdi, "œMuhammad s.a.v." seni yaratgan Allohga qurbonmiz ey durru yakto, senga bu ismni bergan Rohmanga qurbonmiz.

Qayd etilgan


Best friend  19 May 2011, 08:04:57

 Endi sen borsan! Suvsiz tuproqlarga rahmat nozil bo’ldi sen ila, onangdan so’ng, onang halima suyindi sen ila, yomg’irga ehtiyoj bormi? Ko’tar shahodat barmog’ingni, yomg’irlarni yog’dirsin Alloh, so’ng ushla daraxt bargini, tomirlaridaan qo’pib yoningda yurg’izsin Alloh, faqat sen ista yo Rasululloh s.a.v.! Degilki: "œMen kimman", tog’laar, toshlar tilga kirsin, murg’ak go’dak qo’lingdan tutib: "œSen Rasulullohsan s.a.v." desin. Sen bor eding! Badrda g’alaba yor edi, Uhud tor edi, Handaq yor edi. Yigitlaring, o’lim uchun musobaqalashgan yigitlaring bor edi, Anas ibn Molik r.a. ismli sahobang bor edi yo Rasululloh! Uhudda vafotingni eshitib do’stlariga: "œNimaga bu yerda o’tiribsizlar?", deb murojaat qildi u, "œAlloohning rasuli o’ldirildi", deganlarida: "œU o’lgan bo’lsa sizlar yashab nima qilasizlar? Turing! Va uning kabi o’ling!", degandi, o’zi ham jangda shahid etilgandi, shahid jarohatlardan tanilmas holatga keldi, singlisi faqat akasining barmoqlaridan taniy oldi. Uhudda nayzangni tashigan Mus’ab ibn Umayring r.a. bor edi sening!  Shunday bir muhabbat bilan senga bog’liq ediki, Alloh o’sha kuni farishtalarni Mus’abning r.a. suvratida tushirdi. Abu Hurayrang bor edi sening! Qorta ochib masjidning oldida seni kutar, va termulib qarab turar edi, sen ham: "œKel ey Abu Hir", derding.

Qayd etilgan