Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!  ( 142326 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 16 B


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:58:21



Ushbu maqolani o'qib chiqishni barchaga tavsiya qilaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:58:56

Muhammad:

Allohumma solli ala sayyidina Muhammadiv va ala ali sayyidinaa Muhammadin Salllolohu alayhi vasallam.

Allohumma solli vasallim wa barik alayh!
Sollalohu alayka ya habiballoh!
Ya rosulalloh!

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:59:26

Abdurahmonqizi:

Salatulloh salatulloh alaa Yosin nabiyulloh,
Tavasaalna bi-bismillah, vadni hodiy Rasululloh,
Vakilli mujohidin lillah bi-ahlil badri yo Alloh,
Allohi-l-salim-mi-l-ummah, mina-sh-shafaati va-n-nigmah,
Va min hammin va min hummah,
Bi-ahlil badri yo Alloh va-li-l-hummah,
Salatulloh, salatulloh ala' Toha Rasululloh,
Salatulloh, salatulloh ala' Yosin habibulloh.
Ilohig'fir va akrimna bi-hayri matholibin minna
Vadafi masaa-ati anna bi-ahli badri yo Alloh
Salatulloh, salatulloh ala' Toha Rasululloh,
Salatulloh, salatulloh ala' Yosin habibulloh.
Tavassalna bi-bismillah va bi-l-hodiy Rasululloh

Bi-smi-llohi-r-rahmoni-r-rahiym. Allohumma navvir ayni bi-hurmati ismi Muhammad. Allohumma navvir ayni bi-hurmati fe'li Muhammad. Allohumma navvir ayni bi-hurmati sirri Muhammad. Allohumma navvir ayni bi-hurmati sidqi Muhammad. Allohumma navvir ayni bi-hurmati hilmi Muhammad. Yo anvara-n-nur, yo munavvaru-l-umur. Yo Shaf'i, yo Kafi, yo Muafi, ashshiq Muhammadan bi-hurmati hozohi-l-asma'i yo Alloh.
Ey, Allohim, Muhammadning ismi hurmatidan, uning bajargan amallari hurmatidan ko'zlarimni nurlantir, har tarafdan meni nurga cho'mdir, Muhammadning sirlari hurmatidan uning muloyim hulqi hurmatidan ko'zlarimni nurlantir. Ey, nurlarni nurlantirauvchi, porlantiruvchi! Ey, shifo beruvchi, ey, kifoya etuvchi, ey, tinchlik-hotirjamlik beruvchi! Shu ismlaring hurmatidan meni Muhammadga oshiq qil, Allohim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 05:59:46

Abdurahmonqizi:

Rasululloh s.a.v: menga bir marta salovot aytgan kishiga,Olloh subhana va taolo 10 marta rahmat e'lon qiladi.Qiyomatgacha bo'lgan bashariyatga,u kishi Ollohning muhabbatiga sazovor bo'laman degan kishiga na'muna bo'lib qolganlar.Rasululloh s.a.v ni sahobalar shunchalik yahshi ko'rishganlarki,u kishilar Jannatda Payg'ambarimiz s.a.v ning Jannatdagi bo'lishlarini va o'zlarining ham Jannatda bo'lishlarini o'ylaganlarda,u kishining martabalarini balandligini o'ylab,ranglari o'zgarib ketar ekan,u kishi bilan birga bo'lmasligini o'ylab.Ashoblarning bittalari ranglari o'zgarib ketganlaridan savol qilib aytdilar: sizning maqomingiz baland,meni maqomim past.Shuning uchun men Jannatda siz-siz bo'lishligimni o'ylab rangim o'zgardi deganlari-da! Rasululloh s.a.v: bir toyfani yahshi ko'rgan kishi,ularning jamoasida mahsharda birga bo'ladi dedilar.Shundan keyin hursand bo'lishgan ekanlar.Payg'ambarimiz s.a.v ni otalaridan,farzandlaridan va o'zlarining jonlaridan ham yahshi ko'rishardilar.Hubayb roziyallohu anhuni baylahshib o'ldirishlik uchun kamonlar otib o'ynab,mashara qilib o'ldirayotganlarida,shunchalik nayzalarning badanlariga sanchilayotganlarida,biror tovush qilmagan kishi.Shunda ana Muhammadga ergashishlikning oqibatini ko'rdingmi?! Endi seni yoningda Muhammad bo'lishligini hohlayapsanmi?-deganlarida.Habbob r.u shunda dod deb yuborgan ekanlar.Muhammad alayhissalomning oyog'lariga tikon kirgandan,meni jon taslim qilganligim afzal deb yuborgan ekanlar.Shunaqa muhabbat qilishgan ekanlar.Bizning endi ba'zi bir oddiy sunnatlarda ham ergasholmasak,bu Payg'ambarimiz s.a.v ga bo'lgan muhabbatni da'vo qilmasak ham bo'laveradi.Olloh subhana va taolo bugungi darsimizdagi sunnatni mahkam ushlashlikka hammamizga tavfiq bersin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyun 2006, 06:00:05

Mubashshir:

Sevdim sizni, sevdim sizni, sevdim Yo Rasululloh,
Sevdim sizni, sevdim sizni, sevdim Yo Habiballoh.

Sevdim sizni har jonlarga jonon deya sevdim,
Bir men emas olam sizga qurbon deya sevdim.

Tog'dek qalbim bir lahzacha ey, nuri dilorom,
Savdoni qongil ko'nglima darmon deya sevdim.

Alloh,deya birlikda eslar ismingizni dillar,
Asllarga lutfin oliy farmon deya sevdim.

Arshga chiqar har kechada oshiqlarning ohi,
Robbim sizga, siz Robbimga oshiq deya sevdim.

Avlodi-yo'ldan kechibon ravzangizga keldim,
Raf sofini madh etmoqqa Qur'on deya sevdim.

Bechorani Shohu Rasul quvma eshigingdan,
Olamlarga rahmat dedim, rahmon deya sevdim.

Sevdim sizni har jonlarga jonon deya sevdim...
--------------------------------------------------------------------------------

Hatoliklar bo'lishi mumkin,chunki bu izhori dilni faqat bir martagina eshitganman.Shuning uchun Allohdan mag'firat sizlardan uzr so'rayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Aprel 2007, 11:37:12

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ozod qilgan qullari qullari Savbon roziyallohu anhu Rasuli akramni qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga sabr qilolmas edi. Bir kuni Savbon Rasulullohning huzuriga yuzlari qizargan va titragan holda kirib keldi. U zot Savbonning bu holatini ko‘rib, sababini so‘radilar. Shunda Savbon: "œBetob emasman, ammo ozgina vaqt sizni ko‘rmay qolsam, dahshatga tushyapman. Mana hozirgina oxiratni esladim.

Shubha yo‘q, siz jaggatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men, garchi Alloh rahmat qilib jannatga kirsam ham, siz bilan bo‘lolmayman. Chunki sizning manzilingiz baland. Agar jannatga kirolmaydigan bo‘lsam, keyin sizni hech qachon ko‘ra olmayman. Oxiratda holim ne kechishini o‘ylab titrab ketyapman", dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: "œKimda kim Alloh va payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar — payg‘ambarlar, siddiqlar (haq-rost iymon egalari), shahidlar va solihlar bilan birga bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi hamrohlardir." (Niso surasi, 69).
davomi...

Mavludunnabiy muborak!

Qayd etilgan


Laylo  02 Aprel 2007, 07:11:08

Assalomu alaykum!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!
Rabiul avval oyida va boshqa oylarda ham Payg'ambarimiz Muhammad SAVni qancha ko'p eslasak, shuncha zavq olamiz.
Mavlud muborak bo'lsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Noyabr 2007, 21:04:06

YO,MUHAMMAD SAV!!!

Buroq otni keltirdilar,
Min Muhammad, dedilar.
Minmagayman Jabroil,
Ashobim minmaguncha.
Minmagayman Jabroil,
Ummatim minmaguncha.

Sirotni keltirdilar,
O't Muhammad, dedilar.
O'tmagayman Jabroil,
Ashobim o'tmaguncha,
O'tmagayman Jabroil,
Ummatim o'tmaguncha.

Kavsarni keltirdilar,
Ich Muhammad, dedilar,
Ichmagayman, Jabroil
Ashobim ichmaguncha,
Ichmagayman,Jabroil,
Ummatim ichmaguncha.

Jannatni keltirdilar,
Kir Muhammad, dedilar,
Kirmagayman Jabroil,
Ashobim kirmaguncha.
Kirmagayman Jabroil,
Ummatim kirmaguncha.

Qayd etilgan


Muslimа  16 Fevral 2008, 10:15:52

Rasulullohni tarbiyalarini olish

    Faraz qiling: biz bugungi kunda emas, saodat asriga, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam zamonlariga qaytib qolsak. Ul zotning tarbiyalari, nasihatlari kunimizga, ko’nglimizga ziyo ulashsa. Masalan, bir kuni sahar vaqti eshigimiz taqillasa va : "œFotima! Jon qizim, otam payg’ambar, deya ishonib qolma! Qiyomat kuni har kim o’z amalidan hisob beradi. Qani, turaqol bomdod namoziga", - degan hitob bilan uyg’onsaydik, o’rnimizdan turib, o’z-o’zimizni hisob qilar, buyuk hisob-kitob kuniga tayyorgarlik ko’rardik.
    Yana bir kuni Oysha onamizni ziyoratlariga brogan singillari bo’lib qolsaydik, huddi hazrati Asmo kabi"¦ Oysha onamiz bilan o’zaro suhbatlashib o’tirganimizda, eshik qoqib, ichkariga Rasululloh sallallohu alayhi vassallam kirib kelsaydilar. Bizga ko’zlari tushib, yuzlarini chetga burgancha: "œEy Asmo! Qizlar balog’atga yetgandan keyin qo’llari va yuzlaridan tashqari butun a’zolarini nomahramlardan to’sishlari kerak", deya yoqimli nasihat qilsaydilar. Yuzimiz qanchalar qizarib, o’zimizni tartibga solib olgan bo’lardik.
Yana bir kun haujrai saodatda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallamning muhtaram zavjalari bilan birga bo’lib qolsaydik. Eshik taqillab, ostonada ko’zi ojiz Abdulloh ibn Ummu Maktum ichkariga kirishga izn so’rasaydi. Biz bir-birimizga: "œKiraversin, uning ko’zlari ojiz, baribir bizni ko’rmaydi-ku!" — deganimizda ikki jahon quyoshi yarim yoqimli, yarim qattiq ohangda boshqa honaga kirib ketishimizni buyurib: "œTo’g’ri uning ko’zlari ko’r, lekin sizlarniki-chi?" desaydilar.
Qiziq unda bugungi xato-kamchiliklarimizdan nima qolardi?
     Ibodatga loqaydligimiz, satri avrat borasida ba’zan me’yordan oshib, ba’zan e’tiborsiz bo’lib qolishimiz, ortiqcha hoyu-havaslarga berilib, qanoatsizlik qilishimiz, erkaklar bilan aralashib yuradigan o’rinlarda o’zimizga haddan ortiq erk berib, ular bilan ortiqcha hazil-mazah qilishimiz"¦ Bularning barchasi muammoga aylanmay, o’z vaqtida, hal bo’lgan bo’larmidi?!
      Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam tarbiyalari ostida bo’lish imkoni yo’qmi? Buning uchun faqatgina o’sha davrga qaytib yashash, Ul zot bilan bir havodan nafas olish, Madinai munavvarada istiqomat qilish kerakmikan o’zi? Yo’q! Madomoki, Ul zot Allohning elchisi ekan, so’zlari va hayot tarzlari ma’lumu mashhur bo’lib, butun — mayda tavsilotlarigacha kitoblarda yozilgan, hadis majmualariga kiritilgan ekan, Ul zotni o’n to’rt asr uzoqlikdagi masofadan axtarishga hojat yo’q! Ul zotning tarbiyalarini olish uchun ul zot bilan zamondosh bo’lishning ham keragi yo’q! Faqatgina niyatlarimizni tuzatishimiz, hayotimizni, yashash tarzimizni Ul zotning sunnati-saniyalariga hamohang holda tartibga solib olsak bo’lgani.

 Fotima Nur Jahon.
"œIrfon" taqvimi 2007/1428 (III)

Qayd etilgan


Muslimа  14 Mart 2008, 08:11:55

Assalomu alaykum!
Alloh taoloning lutfu inoyati ila bahor faslini ham kutib oldik. Alhamdulillah!

     Bu fasl ichra qutlug’ tavallud ayyomi o’z tarixiga sharaf ila bitgan Rabi’u-l-avval oyini ham birga kutib olamiz.
   Har gal Rabi’u-l-avval oyida quvonch aralash mahzunlik hukumron qalblarda! Quvonchning boisi — ikki olam quyoshi, insonlarning eng hayrlisi Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vassallam o’z tavalludlari bilan dunyoni va to qiyomat kelib ketadigan butun insoniyatni sharaflantirdilar bu oyda"¦
   Mahzunlikka sabab — ikki dunyo saodatini baxsh etib, bu ummatning eng HAYRLI UMMAT bo’lishiga sabab bo’lgan, butun g’ami ummat tashvishi bo’lgan bu ulug’ zot Alloh tomonidan yuklangan vazifani qoyilmaqom tarzda ado etib, Parvardigor huzuriga yo’l oldilar ayni shu oyda"¦
   Har gal mana shu oyda hazin dillar samosining hijron bulutlari to’kkan sog’inch jolalari ko’ngillarimizga mangu cho’kkan RASULULLOH MUHABBATI uzra qo’ngan g’uborlarni yuvib yuborganida, ul zot sallallohu alayhi vassallam diydorlariga kamoli ishtiyoqdan orziqadi.
Axir qanday ham orziqmasin?! Risolat kelgan damdan e’tiboran insonlarni vahdoniyatga, insoniylikka va haqiqiy bandalikka chorladingiz, Rasululloh! Bu yo’lda qarshiliklar, qiynoqlar va hatto tahqirlarga uchrab, o’z ona diyoringizda yashashga qo’ymaganlarida ham oily maslagingizdan bir qadam bo’lsin chekinmadingiz.
Yoningizda Sizga, dinni islomga jonini tikkan fidokor do’stlaringiz bor edi. Do’stlarki, ularning ko’ngillari Sizning muhabbatingiz bilan limmo-lim edi: Mus’ab ibn Umayringiz bor edi — avvallari shohona hayot kechirgan, biroq iymon sharbatini totib, sizga erishgach, o’z ota-onasi va yaqinlari tomonidan eng haqir hayotga tashlangan, yirtiq-yamoq libosda qolgan Mus’abingiz. Uhudda bayrog’ingizni ko’tarib olgan Mus’abning Sizga bo’lgan sadoqati shunchalik kuchli ediki, Alloh o’sha kuni musulmonlarga yordam uchun yuborgan farishtalarni uning suratida tushirdi.
Yana Bilolingiz bor edi. U Sizga shu qadar bog’lanib qolgan ediki, vafotingizdan so’ng doimgi ishi — azon chaqira olmay qoldi. Qachon azon aytmoqchi bo’lsa, "œAshhadu anna Muhammadar Rasululloh", deyishi bilan hushidan ketib yiqilardi. U bir gal atrofidagilarga: "œBiror kecha yo’qki, Rasulullohni tushimda ko’rmasam", degandi"¦
Bolalik chog’ingizda amakingiz Abu Tolib savdo safariga jo’nayotgan payt tuyasining jilovidan ushlab: "œMeni kimga tashlab ketyapsiz amakijon?", degandingiz.
ENDI O’ZINGIZ BIZLARNI — BUGUNGI ZAIF UMMATLARINGIZNI KIMGA TASHLAB KETDINGIZ, YO RASULULLOH?
Umringiz poyonida birinchi va so’nggi bor bajargan haj ziyoratingizda (Vado hajida) chor atrofni to’ldirgan yuz minglab do’stlaringizga va asrlar osha bizlarga bir qator qimmatli hamda betakror vasiyatlar qildingiz. So’zingiz so’nggida: "œ Uchrashuv joyimiz HAVZI KAVSAR yoqasidir. Kim men bilan u yerda ko’rishishni xohlasa, Qur’on va sunnatimni mahkam ushlasin", dedingiz.
"¦Do’stlaringizdan biri Hazrati Umar Ka’ba ziyorztiga yo’l olayotganida unga: "œDuolaringizda bizni ham eslaysizmi?" — dedingiz. Biz Umar emasmiz. Lekin doimo duolarimizning boshida Allohga hamddan so’ng sizni yod etamiz, yo Rasululloh! Sizga qalbimiz qo’ridan minglarcha salot, minglarcha salom!..
Allohim, Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga O’z huzuringdan yuksak maqom nasib et, maqomi mahmudga erishtir ul zotni, yo Rabbim! Ul zotni (sallallohu alayhi vassallam) Rafiqi a’loga yuksaltir!
Biz bechoralarni ham O’z izning va marhamating ila ul zotning shafoatlaridan nasibador ayla! Havzi Kavsar yoqasida ul zoti sharif bilan ko’rishmoqlik baxti ila masrur et bizlarni, Allohim! Biz ul zotni juda sog’indik, Rabbim, ul zot bilan ko’rishishga juda mushtoqmiz"¦

Sodiq Nosir.
"œIrfon taqvimi" 2007/1428 (III)

Qayd etilgan