To olguncha aytay sizga salovat,
jonim fidi sizga sarvari koinot
mahshargohda kutib sizdan shafoat,
RASULULLOH sizni KO"RGIM keladi,
sizga loyiq Ummat bo'lgim keladi.
Alloh nasib etdi ummatlik bahtim ,
sizni hammadan ziyod ko'rmoqlik ahdim,
bu maqom meni boru toju tahtim,
RASULULLOH sizni KO"RGIM keladi,
shafoatga loyiq bo'gim keladi.
tosh otib tishingizni sindirsalar ham ,
lek azizi joningiz og'rib tursa ham,
iymon so'rab duo qildingiz shu dam ,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi ,
sabringizdan o'rnak olgim keladi
kovushingiz qora qonga to'lsa ham ,
aziz boshindizni urib yorsa ham
huzur avf....va oyatida mustahkam,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi ,
Hulqingizniodat qilgim keladi,
Ummat uchun jon berdingiz esimda,
ummatlikni orzu qildi-ISOda,
yig'ladinggiz Robbingizga Hiroda,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi,
ohiratda qo'shni bo'lgim keladi
Qabringizdan ummat deb uyg'onasiz,
Jibriildan ummat holin so'raysiz,
gunohimiz Haqdan so'rab turasiz,
RASULULLOH sizni ko'rdgim keladi ,
jannatlarda birga yurgim keladi
Ilohim ummat deb tanib olarsiz.
qiyomatda bizga nazar solingiz,
INSHALLOh shafoatga izni olingiz,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi,
qo'lingizdan kavsar ichgim keladi
toyilmas iymon bersin bizga ALLOh ,
sunnatingiz bizga doim bo'sin hamroh,
qo'lingizdan tuting ro'zi mahshargohda ,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi,
Haq yo'lida voris bo'lgim keladi
FORUM.ISLOM.UZ