Muallif Mavzu: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!  ( 69170 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #75 : 16 Sentyabr 2009, 03:35:31 »
Yurorida Siddiqa singlimiz Kel, ey Payg'ambarim, deb duo qilibdilar. Turkiyalik Dursun Ali Erzinjanli ham "Kelsang edi" degan she'e yozgan edilar. Bu she'rni qo'limdan keguncha tarjima qildim, sizlarga havola qilayabman. Kamchiliklar bo'lsa, affola!


Sevgili!

Ummu Maktum kabi

Seni ko’rmasdan seni chaqiryabmiz

Olib-bergan nafasingni eshitganday
Huddi ko’zlarimizni ochganimizda
Seni ko’radiganday
Senga ovoz beryabmiz!

Sen huzuringda ovoz yuksalmaz
Odobla gaplashiliar, odob ila sukutda turilar

Yana bizkim, bu eshikning tilanchilari
Qo’llarimizni ochib kutmoqdan o’zga
Bizga boshqa ish tushmasdi ammo!

Shu oraga kirgan yillar bo’lmasa
Madinaning uzoq yo’llari bo’lmasa
İsming esga kelganda yuraklar yonmasa
Eshigingda kutishdan boshqa 
Bizga bir narsa qolmasdi.

Kutayabmiz Sultonim!

Ro’yolarda bo’lsa ham
Balki tashrif buyurarsan, diya
Hech kimni kutmaganimizchalik
Seni kutyabmiz
 
Kelsang edi,
Biz uchun Jannat bo’lardi kelishing.

Kelsang edi
Saodat asridan jo’natgan salomingni
 â€œQardoshlarim” deyishingni
Bir-birimizga aytib berganimizni ko’rarding.

Kelsang edi,
Kezsang edi dasturxonlarimizni
Bir dona tavoq ortiqcha ko’rar eding
Bir piyola, bir qoshiq ortiqcha...
Va dasturxonda bir bo’sh joy
Bosh taraf!
Balki Sen (S.A.V)kelarsin deya

Kelsang edi
Kezsang edi kechalarimizni
U “Qutlug’ tug’ilish” kechalarini
Onalar ko’rar eding.

Sen endigina tug’ilganday
Yer yuziga endigiga tashrif buyurganday
Sen mazza qilib uhlagin, diya
Seni sabohlarga qadar
Xayolan oyoqlarida tebratgan onalar ko’rar eding.

Sevgili!

Kelsang edi,
Madinai Munavvaradan dunyoga yoyilgan Ashobing kabi,
Ayyub Sulton kabi,
Ka’b bin Malik kabi
Bir fajr vaqtida
Hanuz yigirmasida, yigirma beshida
Tashlab yurtlarini, o’chog’larini
Nishonlariga ilohiy rizoni olgan
Orqalariga qarashni or, deb hisoblagan
Yigitlar ko’rar eding...

Ular sening yigiting
Qo’llari, shu o’pilajak qo’llari
Kim biladi, qaysi mamlakatning qahraton sovuqlarida muzlar ekan
Sening qishlog’ingning xayoli bilan isindilar

Kelsang edi
Kechaning zimiston qorong’uligida
Uyquning eng totli orasida
Robiyatul Adeviyya kabi Rabbi bilan yakka yolg’iz duoda
Yoshlar ko’rarding

Ko’zyosh to’kar ekan gunohlari uchun
Vaysal Qoroniydan istaganing kabi
İnsoniyat uchun duo etayotgan yoshlar ko’rar eding.

Kelsang edi,
Asri Saodatdagiday bo’lmasa ham
Hidlashga arzigulik atirgullarimiz bor edi,
Yana sening iqlimingda yetishgan

Ammo sen kelsang edi,
Tikonlar ham gul bo’lar edi AFANDİM (S.A.V)

Sen bilan ko’z-ko’zga kelmasdan, yashirincha seni tomosha qilmoq,,,
Hazrati Vahshiy kabi...

Sen Honai Saodatdan Masjidi Nabaviyaga ketar edingku
Oisha onamiz orqangdan mast bo’lganday termulardi

Seni masjidigning yonida kutgan Ashobingning esa
Boqishlari yerda edi.
Odobdan ko’zlaringga tik qaramas edilar.
Sen (S.A.V.)ham  tabassum bilan nazar tashlarding
Mo’tabassum chehrangni bir Abu Bakr (R.A) ko’rar  edi.
Bir da O’mer (R.A)

Endi o’qilganda Azoni Muhammadiy
Derazalarida, eshik oldilarida
Seni (S.A.V) kutayotgan namli ko’zlar bor.

Kelsang edi,
Va yurub o’tsayding oldimizdan,
Atirgullarni ham hushdan ketkazgan hidingni ichimizga tortardik.

Sevgili!

Haqiqiy oshiqlaring senga qarab uchar ekan,
Bizning bu qilganlarimiz faqatgina yo’lda emaklash edi.

Dunyo go’zalligi bilan qo’llarini ochar ekan,
Bizga tushgan qo’l ochib kutmoq edi..

Sevgili !  Sevgili’


Kutyabmiz!..

Dursun alini hamma hamma sevikli sav ga yozgan maktubotlari judayam tasirli ,opa boshqalarini tarjima qilsangiz yahshi bo'lar edi .

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #76 : 16 Sentyabr 2009, 10:24:18 »
İnsholloh Siddiqa, sekin sekin tarjima qilishga harakat qilaman...

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #77 : 18 Sentyabr 2009, 03:28:04 »


Sizni juda qo'msadim yo Rasululloh ,taftingizni sog'indim .............
ayni chog'da g'aflatdaligim uchun abgorman ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,keling iltimos ......
rasululloh........... sizni sog'indim .
[/quote]
Qora bilan belgilab qo'yilgan iltimosnoma kimga oid???? Uzrku singlim bunday duo qilishlik yoq .Rasululloh sollallohu alayhi vasallam endi kelmaydilar,ularni sevgan ularga har ishda ergashgan ummatlari boradilar endi Allah nasib qilsa..
[/quote]

assalamu aleykum imlaah opa ,men bu yerda tushda kelishlarini nazarda tutgandim .

Munavvara

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 371
  • -oldi: 426
  • Xabarlar: 844
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #78 : 20 Sentyabr 2009, 14:39:06 »
Dunyo nega bir kam...

Ko'nglim qoldi dildordan ham,yordan ham,
O'tkinchi bu dunyodan ham zardan ham,
Qo'msayman-u topolmayman hech yerdan,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Gunohlarim dunyochadir boshim ham,
Vujudimni poklagan - dir anduh - g'am,
Sog'inaman yig'lab mudom ko'zda nam,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Ma'siyatlar yuz bermoqda har qadam,
Gunohsiz-u,beozormas hech odam,
Izlab-izlab sabablarin so'rasam,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Dunyo yolg'onlarga to'ldi ushbu dam,
Zulmatlarni yoritguvchi yo'qdir sham
Ummatlari qoldi bo'zlab ko'zda nam
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Siz bo'lganda bir kam dunyo to'lardi,
Ummatingiz hulqingizni ko'rardi,
Hech shubhasiz yo'lingizdan yurardi,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Vorislarni saflaridan izlayman,
Hech olimni sizga o'hshatolmayman,
Hatto gardingizni topa olmayman,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Sog'ich ila, firoq ila yig'layman,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Muallifi nomalum
Panoh tilab, to`kilsa edi ko`z yoshlarim,
Robbim ishqida ketsa edi bardoshlarim,
Ahli din, ko`paysa edi safdoshlarim,
Qalbim shod etuvchi iymonim bo`lsaydi.


Муҳаммад Соҳиб

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 364
  • -oldi: 1816
  • Xabarlar: 807
  • Jins: Erkak
  • Аллоҳ иймонимиздан айирмасин
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #79 : 20 Sentyabr 2009, 22:59:05 »
Ассаламу алайкум!
Гап Аллоҳнинг Расули Муҳаммад Мустафо :sw:га бўлган соғинч ҳақида кетаётган экан. Айтиш мумкин-ки, у киши ила дийдор ИншаАллоҳ қиёматда бўлади(агар тушда кўриш насийб этмаса). Демакким, Расулуллоҳнинг муборак дийдорларига муштоқ эканлигимизни изҳор этар эканмиз, у гўзал онларни қандай юзага чиқаришни ўйлашимиз керак! Буни эса, бизга Ислом жуда чиройлик кўрсатган. Аллоҳга мукаммал  тақво қилганлар ИншаАллоҳ, қиёматда ўзларига тенгсиз лаззатларга бой ушрашувга, яъни мушфиқ Пайғамбаримиз Расулуллоҳ :sw:нинг дийдорларига эришадилар.
Аллоҳ, ҳар бир мўмин бандани ана ўша кунга етказсин!

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #80 : 21 Sentyabr 2009, 09:16:19 »
OMIYN OMIYN OMIYN.

Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #81 : 10 Oktyabr 2009, 10:57:43 »
Jobir :ra: hikoya qiladilar: Bir oydin tun edi, men bir osmondagi to'lin oyga, bir Rasuli Akram  :sw: ga qarardim. Rasululloh  :sw: to'lin oydanda nurli edilar."
Izoh: Bularni hammasi nisbiy o'xshatish xolos, bir oy nima bo'pti ming oy ham husni Nabaviyaga tenglasha olmaydi. (bir ma'ruzadan)
Mana shunga o'xshash ta'riflarni eshitgach inson hayolga tolasan, bizgacha yetib kelgan asarlarda Rasululloh  :sw: ga to'liq ta'riflar keltirildimikin?!
qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #82 : 11 Oktyabr 2009, 08:08:32 »
Abu Abdulloh al-Jadaliy aytadi: Oyisha roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oilada xulqlari qanday bo’lganini so’radim. Aytdilar: “U kishi insonlarning eng chiroyli xulqligi edilar. Fahsh va qo’pol muomilali, baqirib so’zlovchi, yomonga yomon bilan javob qaytaruvchi emasdilar. Lekin afu va kechirimli edilar”

Yana qayerda bor bundayin inson?

Muzayyana

  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 269
  • -oldi: 756
  • Xabarlar: 1010
  • Jins: Ayol
  • Alhamdulillah Ya Rabbil A'lamiyn!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #83 : 13 Oktyabr 2009, 15:19:01 »
Qur'oni Karimda U Zot  :sw: "Siz buyuk xulq ustidasiz" deya ta'riflangan Zotdirlar.
Shunday insonni, insonlarni gultojini sevmay bo'larkanmi?!
« So'nggi tahrir: 13 Oktyabr 2009, 15:27:50 muallifi Muzayyana »
qalamlar ko'tarilgan...sahifalar qurigan...


ziyoda_aliyeva

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 77
  • Allohnig do’stlari faqat Taqvoliy kishilar!!!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #84 : 13 Oktyabr 2009, 15:29:58 »
Quroni Karimda Rasulluloh s.a.v ni kelgan ism va vasiflari!

Ahmad, Amiyn, (omanatdor)  Mo'minlarning birinchisi, Musulmonlarning birinchisi, Obidlarning birinchisi, Hujarat, Hushhabarchi, Payg'ambarlarning ohirgisi, Allohga davat etuvchi, Olamlarga rahmat, Rahimdil, Elchi-Rasul, Allohning elchisi, Omonatdor, Elchi, Ochiq bayon  qiluvchi elchi, Mehribon, Porlagan, Chiroq, Guvoh, Do'st, Toha, Abdulloh, Bashoratchi, Omonatdor, Nasihat go'y, Nabiy, Savodsiz Nabiy, Ochiq ogohlantiruvchi, Valiy(do'st), Yosin,
«ÐÐ»Ð±Ð°Ñ‚та, менинг бир неча исмларим бор. Мен Муҳам-мадман. Мен Аҳмадман. Мен ал-Моҳий-ўчирувчиман. Аллоҳ мен билан куфрни ўчиради. Мен ал-Хашр-тўпловчиман. Одамлар қадамим остида тўпланадилар. Мен, ал-Оқибман. ал-Оқиб-ортдан келувчи-ундан кейин набий келмайдиган зотдир». (Бухорий, Муслим).
ÄàðҳГ қГЁқГ ГІ, ñ¢çëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ÀëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ Êèòîáè, é¢ëëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ГЊГіҳàììàä ñîëëàëëîҳГі àëàéҳГЁ ГўГ  ñàëëàìíèíã é¢ëëàðè, èøëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ¸ìîíè (äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàíèäèð. (Äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàí ҳГ Г° ГЎГЁГ° ГЁГё áèäúàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° áèäúàò çàëîëàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° çàëîëàò ä¢çàõäàäèð.

ziyoda_aliyeva

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 77
  • Allohnig do’stlari faqat Taqvoliy kishilar!!!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #85 : 13 Oktyabr 2009, 15:31:03 »
Paygambarimiz s.a.v.ning ismlari 5 marta
( 4 marta Muhammad: Al-Imorn-144, Azhob-40, Muhammad-2, Fath-29; 1 marta Ahmad: Sof-6 oyatlarida)

Muhammad - bu payg'ambarimizzi yer yuzidagi ismlari,
Ahmad - bu payg'ambarimizzi osmonlardagi ismlari
 Mahmud - bu payg'ambarimizzi jannatdagi ismlari ekan
« So'nggi tahrir: 13 Oktyabr 2009, 15:32:42 muallifi ziyoda86 »
ÄàðҳГ қГЁқГ ГІ, ñ¢çëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ÀëëîҳГ­ГЁГ­ГЈ Êèòîáè, é¢ëëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ÿõøèñè ГЊГіҳàììàä ñîëëàëëîҳГі àëàéҳГЁ ГўГ  ñàëëàìíèíã é¢ëëàðè, èøëàðíèíã ГЅГ­ГЈ ¸ìîíè (äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàíèäèð. (Äèíäà) ГїГ­ГЈГЁ ïàéäî қèëèíãàí ҳГ Г° ГЎГЁГ° ГЁГё áèäúàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° áèäúàò çàëîëàò, ҳГ Г° ГЎГЁГ° çàëîëàò ä¢çàõäàäèð.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #86 : 16 Oktyabr 2009, 07:24:43 »
 :as:

Uhud ..........hamma yerda rasululloh qatl qilinibdi degan habar tarqalgan .musulmon tushkun ahvolda .
bu habar tog'dek sahobalrni qulata yozdi .
shunda Anas ibn Nazr to'p bo'lib o'tirgan sahobalar yoniga lekdi va nima qilib o'tiribsizlar dedi ..............
Rasululloh deyishardi yig'lashardi .......
shunda anas yig'lab baqira boshladi : Ey.mo'minlar ,ey iymon keltirganlar .......
Turinglar !!
jangga kiringlar .!
sevikligingiz rasululloh (SAV)o'lgan bo'lsalar sizlar ham
o'linglar !!
usiz (sav)yashab nima qilasizlar dedida .........
ey .Sad men uhud tomonidan jannatning hidini sezayapman deb ..shahid bo'ldi ...

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #87 : 24 Oktyabr 2009, 08:30:13 »
U zotga salavot va salom ayting!)
Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)

Albatta, Alloh va uning farishtalari Payg'ambarga salovat ayturlar. Ey mo'minlar (sizlar ham) unga salavot va salom aytinglar! (Ahzob, 56).

Alloh taolo ushbu oyat bilan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning naqadar sharafli ekanliklarini, qadrlari Yaratgan huzurida qay darajada yuksakligini ko'rsatib beradi. Hayotlik chog'larida ham, vafotlaridan keyin ham, oldilarida ham, ortalarida ham u zotga salavot va salom yo'llashni ta'lim bermoqda Alloh taolo. Chunki Allohning O'zi ham, Uning itoatkor farishtalari ham Nabiy(a.s)ga salavot yo'llaydilar. Imom Qurtubiy aytadilar: "Allohning salavoti Uning rahmati va rizosi demakdir. Farishtalarning salavoti esa, duo va istig'for ma'nosidadir. Ummatning salavoti bo'lsa duo va u zotning amrlariga xurmat ko'rsatishni bildiradi".

Bu oyat, yukorida aytilganidek, Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning avvalgi va keyingi barcha insoniyatning eng xayrlisi ekanliklarini ko'rsatib turibti. Shuning uchun ham Alloh oyatda bizlarga marhamat qilmoqdaki, "Ey mo'minlar siz ham Payg'ambar(a.s)ga ko'p-ko'p salavot aytingiz, chunki zimmangizda u zotning haqqi bisyordir". Chunonchi, sizlarni Alloh yordamida zulmatdan nurga, zalolatdan hidoyatga olib chiqqan u zot Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)dir. Shuning uchun ham u zotning muborak nomlari tilga olingani hamono: "Allohumma solli 'ala Muhammadin va 'ala oli Muhammad" ("Allohim, Muhammadga va u zotning oilalariga marhamat ko'rsat, uzotga ko'p salom yo'lla") deb ayting!

Ka'b ibn Ujradan shunday ruvoyat qilinadi: " Biz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)dan: "Ey Allohning rasuli, Sizga salom berishni bilamiz, ammo salavot qanday aytiladi?"- deb so'radik Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday javob berdilar: "Ey Allohim! Ibrohimga salavot aytganing kabi, Muhammad va oilalariga ham salavot ayt..." deng." (Buxoriy rivoyati).

Saviy aytdi: Maloikalar va mo'minlarning Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam)ga salavot aytishlarining hikmati ularning bu ish orqali sharaf topishlaridir. Zero, ular Payg'ambar (sollallohu alayhi vasallam) salavot yo'llash, u zotni ulug'lash haqidagi Allohning amriga bo'ysunganlar. Ayni paytda salavot Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ning ummat zimmasidagi halqlari evaziga mukofotdir. Chunki u zot Rosululloh (sollallohu alayhi vasallam) ummatlariga berilgan barcha ne'matlarining asosiy sababchisidirlar. Kishi birovdan bir yaxshilik ko'rsa, unga yaxshilik bilan javob qaytarishga uni taqdirlashga burchli bo'lib qoladi. Ammo insonlar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ni munosib taqdirlashga imkonlari etmasligi sababli, barcha narsaning mutlaq egasi va har ishga qodir Allohdan u zotni taqdirlashini so'raydilar. "Allohim, Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) salavot yo'lla", so'zlarning ma'nosi shudir."

Tafsir kitoblari asosida
"Irfon taqvimi" 2009 / 1430 (II)

Allohumma solli 'ala sayyidina Muhammad!

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #88 : 24 Oktyabr 2009, 08:37:27 »
Расулуллоҳга берилган, бошқа ҳеч бир пайғамбарга берилмаган беш хислат
Бошқа ҳеч бир пайғамбарга берилмаган беш хислат фақат Пайғамбаримиз Муҳаммад Мустафога (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) берилган ва бу ҳол у Зоти муборакнинг мақомлари Аллоҳ таоло ҳузурида нақадар юксак эканини кўрсатади.

Ушбу хислатлар қуйидагича:
Мақоми маҳмуд
Бутун ер юзининг Расулуллоҳга ва Ислом умматига саждагоҳ бўлиши
Душманларнинг қалбларига қўрқув солишлари ва Аллоҳнинг нусратига восил бўлишлари
Бутун оламларга пайғамбар бўлишлари
Пайғамбарларнинг охиргиси эканлари


Биринчи хислат - Мақоми маҳмуд
Бу мақом Расулуллоҳга (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) ояти карима билан ваъда қилинган бўлиб, Унга Аллоҳ таоло наздида бошқа ҳеч бир инсон зоти эриша олмайди. Бу бутун инсониятга шафоат мақомидир.

Саҳиҳ бир ривоятда келтирилишича: "Қиёмат кунида бутун инсоният гуноҳларининг кечирилиши учун ўзларига бир шафоатчи излайдилар. У кунда одамлар энг аввал яратилган ва биринчи пайғамбар бўлган, инсоният отаси Одам (алайҳиссалом) ҳузурига бориб:
– Эй ҳазрати Одам! Эй отамиз! Аллоҳ сизни ҳаммадан аввал яратган ва сизга ўз илоҳий руҳидан уфлади ва сизга фаришталарни сажда қилдирди. Сиз улуғ мақом эгасисиз. Аллоҳ таоло наздида биз гуноҳкорларга шафоатчи бўлинг, бизни бу ғамдан халос этинг, – деб ёлворади.
Ҳазрати Одам (алайҳиссалом):
— Сиз айтаётган у мақом менга берилган эмас. Мен ҳам қилган гуноҳим туфайли Аллоҳ таоло наздида айбдорман. Бу кун илоҳий ғазаб кунидир. Оҳ, нафсим, нафсим, – дейдилар.
Халқ бу ҳолдан янада ғамгин бўлиб, ҳазрати Нуҳ (алайҳиссалом) ҳузурларига боради:
— Эй ҳазрати Нуҳ! Сиз Одам отамиздан кейин иккинчи ота ва ер юзига юборилган илк расулсиз. Ҳақ таоло сиз ҳақингизда "шукр қилувчи бандам" дея марҳамат қилган. Ҳолимизга раҳмингиз келсин. Аллоҳ олдида биз осийлар учун шафоатчи бўлинг.
Ҳазрати Нуҳ (алайҳиссалом):
— Эй инсонлар! Бундай мартаба ва мақом менга насиб этмаган. Мен қавмим учун охирги дуойимни ҳам изҳор этиб бўлганман. Бугун эса Аллоҳ таоло энг кўп ғазаб қиладиган кундир. Бугун илоҳий ғазаб кунидир. Оҳ нафсим, — дейдилар.
Одамлар ҳазрати Иброҳимнинг (алайҳиссалом) ҳузурларига шошади:
— Эй ҳазрати Иброҳим! Сиз Аллоҳнинг халилисиз, дўстисиз, биз гуноҳкор бандаларни шафоат қилинг!..
Иброҳим (алайҳиссалом) шундай дейдилар:
– Эй инсонлар! Менга шафоат қилиш мақоми берилмаган. Бугун илоҳий ғазаб кунидир. Сизлар Мусога боринглар.
Талвасага тушган одамлар Мусо (алайҳиссалом) ҳузурларига келади. Ҳазрати Мусо уларни Исо (алайҳиссалом) ҳузурларига юборадилар. Ҳазрати Исо (алайҳиссалом) бундай дейдилар:
– Менга бундай мақом берилмаган. Бундай улуғ мақом ва мартабага эришган зотгина бугун сизга шафоатчи бўла олади. Ҳазрати Муҳаммаднинг (алайҳиссалом) ҳузурларига боринг. У муборак зот туфайлигина Аллоҳ сизга нажот бериши мумкин.
Шунда бутун Маҳшар аҳли умид билан Муҳаммад Мустафо (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) ҳузурларига йўл олади. Илгари ер юзида яшаган жами мункир, гуноҳкор бандалар кўзёш тўкиб, у зотдан шафоат истайди. Пайғамбаримиз Мақоми маҳмудда сажда қилиб, инсонларга шафоат сўрайдилар. Аллоҳ таоло:
— Саждадан бошингизни кўтаринг, эй Муҳаммад, дуойингиз ва шафоатингизни қабул қилдим, — дея марҳамат этади.
Расулуллоҳ (алайҳиссалом):
— Ё Раббим! Умматим, умматим, — деб кўзёш тўкадилар.
Ҳақ таоло яна у зотга марҳамат қилади:
– Эй Ҳабибим, бугун қалбида заррача имони бўлган киши афвимга лойиқ бўлади.
Расуллуллоҳ яна саждага бош қўядилар. Ҳақ таоло марҳамат қилади:
— Бошингизни саждадан кўтаринг. Дуо қилинг. Бугун сизнинг дуо ва шафоатингиз қабул бўладиган кун, эй Ҳабибим.
Муҳаммад (алайҳиссалом) яна:
— Умматим, умматим, — дея тазарру ва илтижо қиладилар. Аллоҳ таоло:
— Қалбида зарра қадар имони бўлган бандани кечирдим, — дея марҳамат қилади.
Расулуллоҳ яна саждага кетадилар. Ҳақ таоло яна:
— Саждадан бошингизни кўтаринг, — дея марҳамат қилади. Муҳаммад (алайҳиссалом) саждадан бош кўтарганларида Аллоҳ таоло қалбида заррача имони бор бандаларни кечирган бўлади. "Ла илаҳа иллаллоҳ" деганларни мағфират қилиб, азобдан қутқаради.

Имом Бухорий ва Имом Муслим ривоятларида келтирилишича, ал-Исро сурасида зикр этилган "Мақоми маҳмуд"дан мурод ана шу шафоат мақомидир. Демак, инсонларга шафоатчи, дуоси қабул қилинадиган ягона зот пайғамбаримиз ҳазрати Муҳаммаддирлар (алайҳиссалом).

Имом Бухорий "ъасо ан йабъасака роббука мақомам маҳмудан" (ал-Исро,79) ояти каримасини тафсир қилиб, қўйидаги ҳадиси шарифни келтирадилар: "Қиёмат куни ҳар бир уммат ўз расулига шафоат қилишини сўраб ёлворади. Ниҳоят, Расулуллоҳга (алайҳиссалом) мурожаат қилиб, шафоат сўрайдилар. У Кунда Расулуллоҳ Маҳмуд Мақомига кўтариладилар".

Расулуллоҳга (алайҳиссалом) муҳаббат юзасидан ҳар бир мўмин итоатга, намозга даъват бўлган азонни эшитаркан, унга шундай жавоб қилади: "Эй бу мукаммал даъватнинг ва қоим бўлган намознинг Рабби! Муҳаммадга (алайҳиссалом) василани ва фазилатни эҳсон айла. Ва унга ваъда қилганинг Мақоми маҳмудни ато эт. Уни у мақомга етказ. У мақом Қиёмат кунида шафоат мақомидир".

Имом Бухорий ривоятига кўра, Расулуллоҳ бундай марҳамат қиладилар: "Ҳар ким азон айтилганидан сўнг ушбу дуони Ñžқиса, уни Қиёмат куни шафоат қиламан". Ушбу дуодаги "васила" дан мурод жаннатдир.

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!
« Javob #89 : 24 Oktyabr 2009, 08:38:20 »
Иккинчи хислат - бутун ер юзининг Расулуллоҳга ва Ислом умматига саждагоҳ бўлиши
Ҳар миллат фақат ўз ибодатхоналарида диний маросимларини ижро этар экан, мусулмонларга ҳамма ерда намоз Ñžқиш ва ибодат қилиш неъмати ато этилган. Шу боис Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам): "Бутун ер юзи менга саждагоҳ бўлди", дея марҳамат қилганлар.

Ислом динимизнинг оламшумуллиги, бошқа динларга насиб этмаган бундай неъматнинг исломиятга берилиши унинг энг охирги ва мукаммал дин эканига далилдир. Яҳудийлар фақат ҳавраларда йиғилиб ибодатларини бажо келтиришади: насронийлар ўз калисоларида ибодат ва маросимларини қилишади. Ислом динимизда ибодат деворлар орасига, қуббалар остига қамалмаган. Исломият инсонларга истаган жойларида ибодат қилишлари мумкинлигини эълон этди. Бутун ер юзи мусулмонларга саждагоҳ эканини маълум қилди ва бу билан Аллоҳга юзланиш йўлини кўрсатди. Чунки Аллоҳ жалла жалалуҳу ҳар ерда ҳозиру нозирдир. "Машриқ ҳам, Мағриб ҳам Ёлғиз Аллоҳникидир. Бас, қай тарафга юз бурсангиз, ўша жой Аллоҳнинг тарафидир" (Бақара, 115). "Сизлар қаерда бўлсангизлар, У сизлар билан биргадир. Аллоҳ қилаётган амалларингизни Кўриб тургувчидир" (Ҳадид,4). Мазкур ояти карималарда Аллоҳ таолонинг фақатгина ҳавра ва калисоларда эмас, ҳар ерда ҳозиру нозир экани билдирилмоқда. Исломият исталган ерда ибодат қилиш ҳурриятини эълон қилди. Мусулмон киши тоғ тепасида ҳам, чўлда ҳам, уйда ҳам, қуруқликда ҳам, денгизда ҳам Раббига юзланиб, ибодат қилаверади. Масжидлар қуббасигина эмас, осмон қуббасининг ости ва бутун коинот Аллоҳга ибодат маконидир. Мусулмонлар жомеларда ибодат қилганлари каби, ундан ташқарида ҳам йиғилиб ибодат қилаверадилар. Чунки исломиятда одам қаерда бўлмасин, юзини қиблага бурса, бўлди, Аллоҳ ўша ердадир. Мусулмонлар учун ҳамма ер саждагоҳ бўлишининг маъноси шу.

Яҳудийлар ибодатларини синагогларида қиладилар. Фақат ўша ерда улар қурбонлик келтириб, тақдим этадилар. Насронийлар фақатгина калисолар ичида ибодат қиладилар. Бутпарастлар маъбадларини безатиб, бутларини хурсанд қилиш билан оворадирлар. Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) эса: "Бутун Ер юзи менга саждагоҳ бўлди" (Имом Бухорий, Муслим ва Насаий ривоятлари, "Масжидлар" боби) дея марҳамат қилиш билан ҳеч бир динга насиб этмаган тенгсиз неъмат у Зотга ва у Муборак Зотнинг (алайҳиссалом) умматига берилганини эълон қилдилар.
Кўриниб турибдики, бу хос неъмат бошқа набий ва расулларга насиб қилмаган ва фақат Расулуллоҳга (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) лутф этилган юксак илоҳий неъматдир.


 

Seni sog'inaman Ko'hna Shaharim!!!

Muallif muxbirBo'lim Samarqand viloyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 10613
So'nggi javob 07 Avgust 2006, 08:37:37
muallifi muxbir
Iqbol Mirzo. Sizni kuylayman (she’rlar to’plami)

Muallif ZiyoBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 205
Ko'rilgan: 144037
So'nggi javob 24 Fevral 2010, 09:14:09
muallifi AbdulAziz
Sizni hidoyatga eltgan voqea!

Muallif ossiyobintiBo'lim Islom

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 7749
So'nggi javob 07 Dekabr 2010, 23:37:25
muallifi Saliha
Oshiq Erkin. O'lguncha sizni derman

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3613
So'nggi javob 30 May 2012, 10:37:52
muallifi AbdulAziz
Shukur Qurbon. Sizni xudo yetkazdi

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 1237
So'nggi javob 30 May 2012, 10:48:46
muallifi AbdulAziz