Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!  ( 143136 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 16 B


Zakiya1  27 Mart 2008, 00:14:06

Assalomu alaykum!
Alloh taoloning lutfu inoyati ila bahor faslini ham kutib oldik. Alhamdulillah!

     Bu fasl ichra qutlug’ tavallud ayyomi o’z tarixiga sharaf ila bitgan Rabi’u-l-avval oyini ham birga kutib olamiz.
   Har gal Rabi’u-l-avval oyida quvonch aralash mahzunlik hukumron qalblarda! ...
....Allohim, Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga O’z huzuringdan yuksak maqom nasib et, maqomi mahmudga erishtir ul zotni, yo Rabbim! Ul zotni (sallallohu alayhi vassallam) Rafiqi a’loga yuksaltir!
Biz bechoralarni ham O’z izning va marhamating ila ul zotning shafoatlaridan nasibador ayla! Havzi Kavsar yoqasida ul zoti sharif bilan ko’rishmoqlik baxti ila masrur et bizlarni, Allohim! Biz ul zotni juda sog’indik, Rabbim, ul zot bilan ko’rishishga juda mushtoqmiz"¦

Sodiq Nosir.
"œIrfon taqvimi" 2007/1428 (III)

Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Rosulullohning SAV shafoatlariga erishishni duo qilib qolaman!

Qayd etilgan


siddiqa  24 Dekabr 2008, 07:04:28

To olguncha aytay sizga salovat,
jonim fidi sizga sarvari koinot
mahshargohda kutib sizdan shafoat,
RASULULLOH sizni KO"RGIM keladi,
sizga loyiq Ummat bo'lgim keladi.

Alloh nasib etdi ummatlik bahtim ,
sizni hammadan ziyod ko'rmoqlik ahdim,
bu maqom meni boru toju tahtim,
RASULULLOH sizni KO"RGIM keladi,
shafoatga loyiq bo'gim keladi.

tosh otib tishingizni sindirsalar ham ,   
lek azizi joningiz og'rib tursa ham,
iymon so'rab duo qildingiz shu dam ,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi ,
sabringizdan o'rnak olgim keladi

kovushingiz qora qonga to'lsa ham ,
aziz boshindizni urib yorsa ham
huzur avf....va oyatida mustahkam,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi ,
Hulqingizniodat qilgim keladi,

Ummat uchun jon berdingiz esimda,
ummatlikni orzu qildi-ISOda,
yig'ladinggiz Robbingizga Hiroda,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi,
ohiratda qo'shni bo'lgim keladi

Qabringizdan ummat deb uyg'onasiz,
Jibriildan ummat holin so'raysiz,
gunohimiz Haqdan so'rab turasiz,
RASULULLOH sizni ko'rdgim keladi ,
jannatlarda birga yurgim keladi

Ilohim ummat deb tanib olarsiz.
qiyomatda bizga nazar solingiz,
INSHALLOh shafoatga izni olingiz,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi,
qo'lingizdan kavsar ichgim keladi

toyilmas iymon bersin bizga ALLOh ,
sunnatingiz bizga doim bo'sin hamroh,
qo'lingizdan tuting ro'zi mahshargohda ,
RASULULLOH sizni ko'rgim keladi,
Haq yo'lida voris bo'lgim keladi
 :2 :2 :2

FORUM.ISLOM.UZ


Qayd etilgan


siddiqa  17 Mart 2009, 08:04:12

Kelsangiz edi
Ey,Suyukli Rasulimiz ! Biz huddi bugun Abdulloh ibn UMMU Maktum kabi  Muborak yuzingizni ko'rmay turib Sizga murojaat etmoqdamiz ............Nafastovushlaringizni his qilib ,ko'zimizni ochishimiz bilan nurli chehrangizni ko'radigandek hitob qilmoqdamiz Sizga.
  Huzuringizda baland ovozda gapirilmaydi ,odob bilan so'zlanadi ,odob bilan sukut saqlanadi .Aslida bu eshikning biz kabi gadolariga qo'l ochib kutishdan boshqa ish tushib qolmagandi ,agar o'rtamizdagi yillar devori bo'lmaganida ,Madinaga uzangan yo'llar dovoni bo'lmagandadargohingizda ilinjla termulishdan boshqa ishimiz bo'lmasdi .
 Sizni kutmoqdamiz ey,Olamlar Sarvari !.........jilla qursa tushlarimizda bo'lsaham tashrif buyurarmikinsiz deb,deya.....Hech kimni ko'rishga bunchalik mushtoq bo'lmagan ko'zlarimizni intiqlik bn yo'lingizga tikkanmiz .
 G'oyibdan sog'inish yomon bo'lar ekan ,chunki Siz bilan ko'rishish ,suhbatingizdan bahra olishga erishgan sahobalar Sizni sog'inishardi ,holos.Bizda esa o'sha sog'inchdan tashqari ,Sizni bir ko'rish ishtiyoqi ,shamoyil kitoblari rasululloh( sav )ni to'la tariflay oldimiikin degan maroq ham bor.Bu ikkisi qo'shilib ruhimizni iskanjaga olganda , siz haqingizda kitoblarni o'qib taskin topamiz biroz.
  Kelsangiz edi ,saodatli asringizdan turib yo'llagan salomingizni "birodarlarim " daya qilgan lutfingizni bir birimizga qanchalik zavq bilan aytayotganimizga guvoh bo'lardingiz .........
 bi-ir kelsangiz edi ....!   
 
 irfon 2009

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Mart 2009, 08:20:32

RASULULLOH SOG’INCHI

Gul yuzingiz ro’yomizda,
Ko’raylik, yo Rasululloh!
Gul bog’ingizga dunyoda
Kiraylik, yo Rasululloh! 

Sizsiz ko’ngillar sultoni,
Keltirgan buyuk Qur’onni,
Siz uchun tandagi jonni,
Beraylik, yo Rasululloh! 

Ishqingiz-la, yosharar ko’z,
Hasratingiz-la, yondik biz,
Muborak ravzangizga yuz
Suraylik, yo Rasululloh! 

Vido etib mosuvoga,
Yolvorib buyuk Mavloga,
Shafoati Mustafoga,
Yetaylik, yo Rasululloh! 

Lavlaka dedi sizga Haq,
Yuzimizga boqing ul vaqt,
Huzurullohga yuzi oq
Boraylik, yo Rasululloh! 

AbdulAziz tarjima qildi.

Qayd etilgan


siddiqa  17 Mart 2009, 17:49:51

Rasululloh sizni qattiq  so’g’indim!!!!!!!!!!!!

Yashashga mador yo’q, ho’p to’ydim holdan
saodat davriga hosdir sog’inchim,     
yo’lboshchi axtarib adashdim yo’ldan
Rasululloh sizni qattiq so’g’indim.                     
Nasixat olmagach dilbandim farzand,     
biror bir go’zallik qilolmas xursand     
otam ham tuzukroq berolmadi pand,               
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.             
Gala kas ichida tentirab horib,               
o’zimni sezyapman tamoman g’arib,               
Oyisha onamni tushimda ko’rib             
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.             
Hech qanday foyda yo’q ming bir tamirlar,       
xatto to’shagimda ilon g’imirlar         
hiyonatning boshi bu kun amirlar,         
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.                     
Tamom gunohkorman qo’ysam bir qadam,             
qalbimga topolmam tuzik bir odam       
dalda bo’lolmaydi goho volidam ,                 
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.                       
Axlimda ko’rinmas Xaqning talabi,           
yopilib is bosgan islom maktabi                                 
quchib qo’yvormagan Ukkosha kabi,                   
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.             
O’ttiz yil teran bir nigohla o’sdim.
Oxir do’stlik uyin ko’nglimla buzdim,       
dushmanga aylandi,eng yaqin do’stim     
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.                     
Omon-omon yurtda deganlar balli,             
og’ir kun tushganda yo’qdir tasalli,                 
 Ustoz deb nom olmish munofiq fe’lli         
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.                         
Sizning boshingizga nurin sochib bir ,                         
ajabki shams nechun yig’lamayotir                   
 bugungi kunimdan ketib xavotir,                 
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.                     
Sezdim bu yog’iga omadim kulmas,                         
qolgan umrimdan ham yuragim to’lmas,                 
sal toza imonda ketmasam bo’lmas                     
Rasululloh sizni qattiq sog’indim.
 H.Hamidov

Qayd etilgan


siddiqa  26 Mart 2009, 06:19:45

Yodingiz ila saodatmandmiz

Zalolat ichra edi dunyo "¦"¦Jaholat aro qolgan edi kurrai zamin "¦"¦"¦
Butun koinot qutlug’ tashrif-la sharaflanish orzusida yonardi"¦"¦ Va bir kecha muborak tavallud ila dunyo sharafga to’ldi .
     Siz keldingiz "¦"¦"¦"¦yo, Rasululloh  siz keldingiz"¦"¦"¦"¦
Nafis iforlaringiz bilan cho’l  bag’ri  jannat  bog’chalariga ,olam hushbo’y gulzorga aylandi .Sizni tanlagan Rabbim eng   buyuk vazifani yuklagangi Sizga .Shunday yashadingizki ,joningizga qasd etmoq istaganlar huzuringizdan jon topib orqaga qaytilar .Muborak vujudingizga tosh otganlar halok bo’lmog’Ii muqarrar bir paytda qo’llaringizni ochdingiz va duoyi hayr qildingiz g’ofillarning haqqiga "¦Zero  ,Siz rahmat Payg’ambari edingiz .Har qadamda sizni haqoratlashni o’ziga burch bilgan Abu Jahlni tiyib qo’yish o’rniga duo qilardingiz : "œAllohim  Islomni ikki Umardan biri ila quvvatlantir "œ.Va bu duolar Umar ibn Hattobni hidoyatga yo’naltirish bilan o’z ijobatini topdi .
"¦"¦.Siz bor edingiz "¦"¦"¦.Dunyo qanday bahtiyor edi .Tog’u toshlar ,daryolaru dengizlar ,o’simliklaru qushlar "¦"¦"¦hamma —hammasi saodatmand edi .Yoningizda sizni ota-onasi ,ahli oilasi ,o’zi-yu nafsidan ortiq sevgan ashobingiz —hazrati Abu Bakr ,hazrati Umar ,Hazrati Usmon ,Hazrati Ali ,Huzayfalar  Bilollar (r.a)"¦"¦"¦Eng saodatliasrni ,eng bahtli yillarni yashadi dunyo"¦"¦
Va birkun ketdingiz"¦"¦"¦shunday ketdingizki ya,Rasululloh"¦"¦"¦..
Koz’larimizni ochganimizda siz yo’q edingiz,yo’q edi saodatga to’lgan yillar ,yo’q edi ,kunlar ,lahzalar ,..faqat yodi sog’inchibor  edi,u toleli onlarning.SHukurki mujdalar boredi bizga yetib kelgan ."birodarimga salom bo’lsin degan so’zlaringiz".Yo’qsa bu hasratlarga qanday bardosh berardik.Biroq"¦"¦
Umrning siinovli yo’llarida adshib ,uloqqan paytlarimiz qancha .Gunohlarimiz zalvori bilan yelkalarimizdan bosib yerga kirgizgudek.Biroq"¦"¦..shu tugamasdek  ko’ringan qayg’ular aro bir nur bor-u Sizning yodingiz  yo,Rasulullloh.(sav) Asri Saodat      sog’inchidan yuragimiz     ko’ksimizdagai qafaslarni parchalagudek,bo’lgan onlarda to’kilgan ko’z-yoshlar  faqat yuzlarimiznimas ko’ngildagi barcha g’uborlarni yuvib ketdi.Sifatlaringiz sanalganda aytilmishki ,shafoatingiz katta kichik gunoh qilganlarga  barobardur.Biz ham shafoatingizdan umidvormiz.,yo,Raululloh (sav).
Shu muborak kunlarda   sog’inch va ishq to’la ko’ngillarimizdan minglarcha salotu salom yo’llaymiz .
Va Allohdan so’raymiz:
Ul nurli yuzga boqishga muborak toza yuz bergin ,visolga loyiq ish ber Allohim ! Janobimiz (as)bilan abadiy olamda abadiyan birga bo’lmoqlik uchun U zot (sav) munosib  seva olmoq bahtini nasib et .Rahmat va Shafoat eshiklaridan noumid qaytishdek musibatdan bizlarni asra.
 
Irfon.2009
 

Qayd etilgan


siddiqa  02 Aprel 2009, 02:23:56

Yo, Rasulalloh

Ishqing ila oshiqlar
Yonsin, yo Rasulalloh.
Ichib ishqing sharobin,
Qonsin, yo Rasulalloh!

Shul seni sevgan kishi
Tikmish yo'lingda boshin,
Ikki jahon quyoshi
Sensan, yo Rasulalloh!

Shul seni sevganlarga,
Qil shafoat onlarga,
Mo'min bo'lgan tanlarga
Jonsan, yo Rasulalloh!

Darvish Yunusning joni,
Olam shafoat koni,
Ikki jahon sultoni
Sensan, yo Rasulalloh!..

Yunus Emro

Mirzo Kenjabek tarjimasi

Qayd etilgan


Muzayyana  10 Aprel 2009, 11:39:31

Assalamu alaykum!
Olamlarning Robbisi rahmon va Rahiym bo'lgan Zotga o'zi biladigan adadicha, uning saltanatining buyukligi qadar xamdu sano bo'lsin!
Zulmat ko'chalariga daydigan ummatlariga ziyo nurlarini sochgan, Alloh bergan ne'matlarga shukrona aytishni o'rgatgan, insonlarning eng mahbubi bo'lgan Zot sallallahu alayhi vasallamga to qiyomatga qadar Allohning salomi, saloti va durudlar bo'lsin!
Payg'ambar alayhissalomning ahli baytlari va shoblaridan Alloh O'zi rozi bo'lsin!

Hozirga kunda "ideal" degan tushuncha juda taraqqiy etdi.
Achinarlisi shuki yosh avlod qayoqdagi ideallarga, agar ularni shunday deb atash lozim bo'lsa, taqlid qilishyapti.
Masalan, dunyoni bir chekkasidagilar ham taniydigan Mayk Kekson yoki bo'masa Elton Jonni olaylik. Maykl Jekjson kim bo'pti, Alloh bergan rangiga rozi bo'lmagan bir shaxs. Elton jonchi, u bir nojins.
Ideal degani o'zi mukammal, komil inson degani. Hozirgi kunda ko'pchilik taqlid qiladigani estrada yulduzi, sport yulduzi va xokazo yulduzlar. Yulduzning vazifasi nima o'zi? Zulmatda insonlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatish emasmi? Ular yo'l ko'rsata olyaptilarmi, ularning o'zlari avval to'g'ri yo'lni topib olsinlar!
Mana men xam o'z ideal insonim xaqida ma'lumot bermoqchiman!U zotning yashash tarziga amal qilish mening bir umrlik orzuim! U zotdayini bashariyat boshqa ko'rmadi!
U Zot hulqi Qur'on bo'lgan Zotdir!
Muhammad sallallahu alayhi vasallam--payg'ambarlarning ohirisi va so'nggisi edilar!
Tug'ilgan yillari--milodiy 571-yilning aprel oyi, Rabbiul avvalning dushanba kunida tug'ilganlar.
Tug'ilgan shaharlari--Makkayi Mukarramadir.
Otalari: Abdulloh
Onalari:Omina
Yaxshi ko'rgan ranglari: yashil

Ukishi kishilarning eng yaxshisi va eng jasuri edilar. Dushmanlari orasida qo'riqchilarsiz yurar edilar. Goh eshakda, goh tuyada, goh piyoda, yalangoyoq yurar edilar. Tarixdan ma'lumki qaysi raxbar o'ziga aytilgan haqoratni ko'tara oladi, baribir bir kuni kelib boplayman deb ichiga tugib qo'yadi.Toifga safarni eslaylik...U kishi(s.a.v.) Toif axlini islomga davat etish uchun tutingan o'g'illari Zayd(r.a.)ni olib yo'lga chiqishdi. Payg'ambar alayhissalom ularni islomga davat qilayotganlarida ularni yani toifliklarni nima qilganlari bizga ma'lum, ular U zot (s.a.v.)ni toshbo'ron qildilar, shunda Zayd(Alloh u kishidan rozi bo'lsin) tutingan otalari, Payg'ambarlarini goh orqa tomonlariga, goh yonlariga, goh old tomonlariga o'tib U Zot(s.a.v.)ni toshlardan himoya qila boshladilar, shunda xam Nabiya alayhissalomning oyoqlarida qon oqa boshlaydi. Shunda ular orqaga qaytayotganlarida, yo'lda Jibriyil alayhissalom ularga dush kelishdi va agar Payg'ambar alayhissalom hohlaslar, Makkada ro'parama-ro'para turgan Qayqaon va Abu Qubays tog'larini bir-biriga urib, Toif axlini yer bilan yakson qilishi aytiladi. Shunda Uzot9s.a.v.) bashariyat xali ko'rmagan javobni beradilar."Yo'q, ularni hammasi xozir halok bo'lgandan ko'ra, kelakakda ular avlodidan xattoki bir kishining bo'lsada islomga kirishi sevimliroq "deb aytadilar!
Allohga xamd bo'lsin, hozir magazinlarda va kitob rastalarida U Zot (s.a.v.)ning sunnatlarini tiriltirishni istaganlar uchun risolalar yetarli deb o'ylayman. Rasuli Akram(s.a.v.) ning umr yo'llarini va sunnatlarini qattiq tutsak, InshaAlloh Robbimiz vada qilgan ikki dunyo saodatiga yetamiz, birodarlar!
Zero, :Alloh vadasida haqdir!"!


Qayd etilgan


Muzayyana  10 Aprel 2009, 11:41:56

Gyote yozadi:" Men dunyo tarixini o'rganib shuni bildimki, dunyo shohlari qurgan saroy va qasrlar va to'plagan mol-davlatlar Muhammad alayhissalomning yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan!

Qayd etilgan


Hadija  13 Aprel 2009, 18:01:55

 :as:

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг очиқ қсллиги

Абдуллоҳ ибн Аббос (разисллоҳу анҳу) айтди: А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам очиқ қслликда ҳар нарсани учириб келган шамолдан ҳам саховатпеша сдилар (Имом Муслим ривости, ҳадис â„– 2308).

А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг кулгиси ва ҳазиллари

Термизий ривост қилди: Абу Ҳурайра (разисллоҳу анҳу) айтди: (Саҳобалар): А А асулуллоҳ, Сиз биз билан ҳазиллашаспсизми?,- деганларида: «Ҳа, бироқ мен фақатгина ҳақиқат билан ҳазил қиламан!»- дедилар (Саҳиҳ ҳадис. «Мухтасаруш-шамааилил-Муҳаммадийс», ҳадис â„– 202).

Qayd etilgan