YO RASULALLOH! Odam Ato boshlab bergan manhajni
Aylagan qabulsiz, yo Rasulalloh.
Tasdiqlab shahodat kalimasini,
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Me`rojga "marhaba" deb ko`tarilgan,
Yig`lagan Musoni ovutib ketgan,
Iysoni eng yaqin birodar tutgan
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Halilulloh bo`lmish Ibrohimga ham
Salovat aytishga undagan odam,
"Namoz - ko`zim nuri" degan so`nggi dam
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Og`ir yo`llarda ham bosib ming tikan
Har lahza ummatning qayg`usin egan,
So`nggi lahzada ham "Ummatim" degan
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Ba`zilar sunnatdan voz kechib ketmish,
Siz aytgan firqalar bo`ldilar etmish...
Bashar garchi turli yo`llar kashf etmish,
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Bilaman, dahshatdir tirilguvsi Kun!
Sizga izn bo`lgay shafoat uchun,
Tavhidni tutganlar salomat butun...
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Tinmagay ummatning tilovatlari
Qur`on taratmish hush tarovatlarin.
Allohning salomi, salovatlari
Siz so`nggi rasulsiz, yo Rasulalloh,
Ham Allohga qulsiz, yo Rasulalloh.
Sherni kim yozganligini bilolmadim...
Manba