Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!  ( 142444 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 16 B


IXLOS  24 Avgust 2009, 10:04:54

Bismillahir rohmanir rohiym.
Payg'ambarimiz betob bo'lib yotib qolishlaridan ikki kun avval minbarga chiqib xutba qilishdan
avval saxobalarga qarab shunday degan ekanlar: Ey birodarlar Olloh bandalariga ikki narsni taklif qildi
birinchisi bu dunyoda abadiy qolib dunyoni mulkiga musharraf bo'lishlik.
ikkinchisi bu dunyoni tark etib Ollohni jamoliga yetishlikni ixtiyor etdi.
Inson ikkinchisini lozim deb bildi dedilar. Xamma jim tursa xam Abu Bakr Saddiq xo'ngrab yig'ladilar
shunda sarvari koinot ey Abu Bakr nimaga yig'laysan man dunyodan o'tib ketganimdan keyin xam xuddi
tirikligimdagi singari sizlarga yordamim tegib turadi, farishtalar menga amallaringizni yetkazib turishadi
yaxshi amallaringizni ko'rsam sevinaman, yomon amallaringni eshitganimda kechirishini so'rab Ollohga iltijo qilaman
degan ekanlar.
Yo Rab xatto olamdan o'tganlaridan keyin xam ummatlarini bizni o'ylaydilar. Yo Rab biz ul zoti sharifga ummat
bo'la turib, biz u kishini ummatimiz deb jar solib ne ishlarni amalga oshiryapmiz.........
Biz u kishini izlaridan borishimiz o'rniga nega zalolatga qarab ketyapmiz, Ey ummati Muxammadiylar ko'zingizni
kattaroq ochinglar axir Rasulini sevmoq Ollohni sevmoq,Rasulini yomon ko'rmoq Ollohni yomon ko'rmoqdir!
Shunday ekan biz u kishini sevamiz va Ollohga yetamiz faqatgina ul zoti sharifni sunnatlariga amal qilishimiz lozimdir.
Barchalarimizni Alloh xidoyatdan adashtirmasin...

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 03:33:55

Bir bahar,senin doğduğun gün gibi
Bir bahar gecesi idi
Dilimde adın ,dualarla seni andım,yattım
Dilimde sen vardın ey sevgili
Sendin huzuru getiren içime
Senin adındı ey sevgili,beni mutlu eden
Sendin sevgili,sendin güllerin kokuşunda sen

Her gece rüyalarımda dilerim ki
Seni göreyim seni duyayım ey sevgili
Bu gece rüyamda dilimden acı döküldü
Hüzün döküldü,senin adına dualar
Senle mutluluklar yaşamak istedim
Ya Muhammet
Lebbeyk ya Muhammet lebbeyk Ya Muhammet demek
Ağlamak dizlerinde,ellerinde,ağlamak istedim peygamberim

Ya Muhammet seni canlı göremedim
Huzuruna gelemedim
Yüzüm yoluna süremedim
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

Ya nebi sen alemlere,son peygamber
Yattığın yerler kokar mis-i anber
Ah bir gidebilsem yanlarına bir sefer
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

Ya Muhammet kuranı kerimi öğreten sensin
O yolda gitmeyi rabbim nasip etsin
Rabbim hep senden razı gelsin
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

Ya nebi senin ismin mutluluk demek
Seni sevmeyen yürek bilmez,aşk ne demek
Bu dünyada en güzel şey, yolunda gitmek
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

ALLAH ALLAH diyen diller ile
Seni bilen gönül ile aşk ile sevgi ile
Durmaksızın akan göz yaşı ile
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

Duada sen varsın,namazda sen
Rabbimden bir lütufsun ümmetine sen
Hem bu gündesin hem dünde hem gelecek de sen
Peygamberimi seviyorum,Muhammedi seviyorum

Rabbime şükürler olsun sen vardın
Hem ümmetine hem alemlere yardın
O büyük sevginle tüm kainatı sardın
Peygamberimi seviyorum Muhammedi seviyorum







Ali Sevimli

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 03:39:27



Payg'ambarimiz va İslom dini bilan bog'liq yozuvlarning futbolkalarda yozilganini eshitganmidingiz?

Xabar uchun: http://www.nethaber.com/Ekonomi/61527/I-Love-My-Prophet-Peygamberimi-seviyorum-yazili

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 03:43:36


Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 04:17:06

Minik dualar guruhidan, Sevgili Payg'ambarim ashulasi:

http://video.google.com/videoplay?docid=-4789862827092102909

Qayd etilgan


Hadija  04 Sentyabr 2009, 20:55:54

Rasulullohdan, sallollohu alayhi vasallam, nasihat

Sufyon al-Saqafiy rivoyat qiladi: "œMen dedim: "œEy, Rasululloh, sizdan boshqa hech kimdan so’ramasligim uchun menga Islomni bir so’z bilan aytib bering (Abu Muoviyaga ko’ra, "œsizdan keyin hech kimdan so’ramasligim uchun", deyilgan)". Payg’ambar (sallollohu alayhi vasallam) shunday dedilar: "œAllohga ishonaman deb ayt va keyin mustahkam bo’l".

(Imom Ahmad Musnadi, 14869)

Qayd etilgan


siddiqa  05 Sentyabr 2009, 07:20:16

Sizga salom bitdim, yo Rasululloh! (tasirli ekan ,o'qib chiqishni maslahat beraman )

Poklik iymonning yarmidir debon,
So’zingizga kirdikku bosh egibon.
Islom baxtli karvon, dastlabki sarbon,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ona yurt sevishni sizdan o’rgandik,
Makka, Madinani ko’zda ko’rgandek.
Qalbda iymon, shayton uchun qo’rg’on bek
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Kim kelsa ham "œyo’q" demadingiz,
Dengiz, shamoldan tez sahovatingiz.
Mahmud jannatdadir manzilgoh tengiz,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

"œSizdek inson nurli, ko’rkam"- sahoba:,
Ko’rmadim der tengi yo’q musobaqa.
Qo’shinlar zo’r kofirga mahoraba.
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

O’t yoqmadi ahlingiz oylarda bir,
Bo’ladi qalbida boylarda kir.
Boraringiz saodat joylardadir,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

"œEy ummatim, oh ummatim, ummatim voh",
Deb qiyomat turasiz qabrdan shu choq.
Odamzod, nabiylarga xujjat guvoh.
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Amin bo’lib jaholatda zamonda ,
Va shunda ham qalbi doim omonda.
Alloh sobit qadam qilgan iymonda,
 Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ketdingizku Xiro sari xilvatga,
Uchrashmoqqa kelgan haq nubuvvatga.
"œIqro" deb barham berib jaholatga.
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Xazrati Fotima Aliga yordir,
Muhabbatingiz ham ul zotga zo’rdir.
Qulog’iga aytdingiz ajib bir sir,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Kerak bo’lsa Uxud bo’ladi tillo,
Dunyo kalitini olmadiz illo.
Iml afzalligin anglab men mullo,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Musulmonlik mo’tadil, o’rta millat,
Bizga yotdir har xil zalolat, illat.
Din birodar nomidan cheksiz xurmat,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Alloh berdi maqom, vahiy ulug’ ish,
Hammaga nasibmas payg’ambar bo’lish.
Alloh buyurgani haqiqat yoyish,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Eng taqvodor obid, amal qilguvchi,
Allohimga habib, afzal bo’lguvchi.
Robbisini bizdan yaxshi bilguvchi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Mujdasidir mangu, abadiy jannat,
Iymon amal uchun Allohdan rahmat.
Do’zax yomon degan, qo’rqitib zaxmat,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Olam nima va hamda Odam nima?
Ko’pam o’ylab aslo g’am-anduh yema.
Kelgan Qur’on bizga Buyuk qo’llanma,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Darkor juda, inson, tanishi Haqni,
Ziyo nima ekan, zulmatni yoqni.
O’yg’otgan uyqudan, dunyoni, xalqni,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Buyuksan barcha hamd, mehribon Zotga ,
Shukr salovatni soldinku yodga .
She’rim asrab ketkazmay yomon yotga ,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Boshimiz bor oxirimiz qiyomat ,
Hisob-kitob kuni mag’lub yo omad.
Suyukli eslatgan buni salomat
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Sizni sevganlarku ko’p salom berar,
Yurganda ham ular kamtarin yurar.
Tushida va so’ngra Maxsharda ko’rar,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Qalbim to’ldi ko’zim, qog’ozlar jiq ho’l,
Qanday yozsin buni dilim, ojiz qo’l .
Jon chiqar oningiz qildiku mashg’ul,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Mayusman, jimman sukutda ne qilay?
Bu ishni adosin Allohdan so’ray.
Yo’lingizda jonim fidolar bo’lay,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

G’arg’ara jon chiqar inson taqdiri ,
Mishkuldir bu ishni yozish tasviri.
Bu shunchaki o’limmas insonning biri,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ey Alloh rasuli, go’zal husni xulq,
Butun Olam odamzot Allohga mulk.
Firoqqa ko’ngim yo’q,tuzgim kelmas sulh,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Abu Bakr aqlini yig’di dastlab,
O’z gapirdi o’zini tutib eplab.
Mening esa labim, qo’llarim titrab,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

"œAr-Rofiq, Al-A’lo" aytib so’ngi so’z,
Bu Olamdan ketdi nurli qalbu yuz.
Ey g’ofil shoir, sen, aytgin salom tez,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ey Alloh, Mehribon madad ber menga ,
Bu ishni yetkazay oxiri enga.
Hissa qo’shay yuborganing haq dinga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Shu onni alishmam hech bir narsaga,
Dunyo matoh, arzimas bir zarchaga.
Nabiy, Olamlarga bizga barchaga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Xazrat Umar shijoati zo’r kuchli,
Chuchiyman shu yerda bo’lmay deb duchli.
"œMuhammad o’lmagan" degandir o’chli,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
 
Ey Ummat, birodar, musulmon, yoron,
Ittifoq bo’laylik, ezguga xar on.
Degan:"Najot, madad Sunnat va Qur’on",
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Sinov dunyo, borarimiz yer, tuproq,
Zikr, shukr, salovot diylik ko’proq.
Qur’on so’gra hikmat unagadir hamroh,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Alloh Mehribon Zot, bizni yaratgan,
Barcha ne’mat undan berib taratgan.
Najot uchun Rahmatini qaratagan,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

To qiyomat mavjud abadiy Qur’on,
Alloh vahiy ila bildirdi iymon.
Rahmon berdi baxtga yo’l, Rahmat inson,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Mushruk masxarasi o’tib tushardi,
Kofir xarhashasi o’chib jo’shardi.
Iymon tantanasi yutib yashardi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Mas’ul bo’ldingizku Haqni tanitish,
Shirkni hayot, qalbdan butkul aritish.
Ezgulik quyoshin mangu balqitish,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Allohga shukrlar, Buyuksan Iloh,
Qur’on, hikmat berding rasul-la ogoh.
Buni to’g’ri qilgin bo’lmasin gunoh,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Qayd etilgan


siddiqa  05 Sentyabr 2009, 07:21:14

Sizga salom bitdim, yo Rasululloh 2


Ko’p axtarib topdim durni, ziyoni,
Rasul salom, she’rim oldi riyoni.
To’g’irlash-chun uni,tepib dunyoni,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Odamlar olqishi yoqibdi quloq,
Endi, she’rlar misli qaynaydi buloq.
Lek, yoqib zulmat she’r olamga chiroq,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Badr kuni yoningizda bo’lgim keldi,
Shahid bo’lib o’shanda o’lgim keldi.
Yozgan botil she’rimga kulgim keldi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Siz keldingiz, Allohimning haq Rahmati,
Qur’on berdi, dilga joylab Hikmati.
Menga oson , shukr, yo’qdir zahmati,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Sahobalar ergashdi yo’lingizga,
Sherik ular, duo qilgan qo’lingizga.
Foyda bo’lar Alloh bergan dinigizga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Otangiz erta ketdi, ko’rmadingiz,
Jahalotda haromga yurmadingiz.
Dunyo ham, oxiratda omadingiz,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Salomni yuz bora keltirib kunda,
Bizga ming bor bo’lib,qaytar shunda.
Zikrimdan so’ng navbatim kelur dinda,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Haqning farishtasi Jabroil salom,
Xiro uzra ilk bor bildirdi kalom.
Saodat yo’lchisi, yorishdi Olam,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Hadicha onamga yoqqan suyukli,
Haq yelkadan og’irni olgan yukli.
Pok dil, zikri ulug’, xulqi buyukli,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Alloh Olam, Odamlarning Ilohi,
Sizni tanlab, qildi mujda, ogohi.
Avval, oxir kechirilgan gunohi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Oisha onamiz, boshqa onalar,
Mo’’minlarning onasi parvonalar.
Olib tashlab she’rimdan begonalar,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ko’p hislatlar kimda ham bor bo’lardi,
Sizda edi, yuksak xulq yor bo’lardi.
Johil, mushrik, kofirga dor bo’lardi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Qo’y boqdingiz so’ng, xalqni ummat qilib,
Ularning boshiga soyabon ilib.
Bular savobligin hadisdan bilib,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Hamma Nabiy, Rasul duosi edi,
Shu dunyoda ko’rdi, adosi yedi.
Shafoatga asrab, ummatga dedi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Qur’on Buyuk Haqdan, oliy va najot,
Javob, ko’mak bo’lsa, gar kimda xojat.
Sunnnatingizga sevgim ushbu xujjat,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Nahotki, sen, ey so’z, jonlan bu ishga,
Sen mahkusan baxt, saodat yumushga.
Shu so’z ila gunohlarni yuvishga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Biz ojiz bandangmiz ey, Buyuk Alloh,
Sen berursan najot va hamda panoh.
Alloh bersin jannat Mahmud manzilgoh,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Go’zal xulqli salom-alik keng yoygan,
Ilm ila jaholatga chek qo’ygan.
Dil quvonchda iymon, naqadar suygan,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Hosil bo’lsa riyo o’t gulzor dilga,
Nifoq siyoh uchun yozishga qo’lga.
Tutilmas-chun endi jaladan do’lga,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Iymonimiz salomat Qur’on ila,
So’ng hadisga to’yar to’kis bir yo’la.
Sohili mo’l daryo, muhabbat to’la,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Olamlarni yaratgandir Pok Xoliq,
Eshitdimki bu ne’mat sizga bog’liq.
Salomning ma’nosi tinchlik va sog’liq,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Muhammadsiz, Ahmadsiz, Mahmud yana,
Abdullohning o’g’li, Amina- ona.
Robbiyul avvaldir siz kelgan sana,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!
 
Choriyorlar atrofingizda baxtli,
Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali taxtli.
Men ham borib baxtingizga erta vaqtli,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Salomlarimga siz, alik oldingiz,
Jum’a har kun to’lur qabr oldingiz.
To qiyomat mahbub bo’lib qoldingiz,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Sunnat barpo qilib buzilmas bino,
Qoraladi shirkni, g’iybatni, zino.
Salom aytur malaklar avval Xudo,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Tig’ ko’tardi Abu Jahl, Lahablar,
Jonliq so’ydi, ular butga atablar.
Tushunmadi haqni ba’zi arablar,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Ko’ngillar hurlik nasimdan to’ydi,
Shayton la’in bergan odatni qo’ydi.
Aql ishlab, nafslar iymonni suydi,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Inson edik, aslimizga biz qaytdik,
"œLa ilaha illallohni " ho’p aytdik.
Huddi xayot dunyoda jannat paytdek,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Holis Olim vorisingiz U mana,
Ilm, iymon, hayo, sog’ dilu tana.
Har soniya, har kun, yana va yana,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Elchi xushxabarchi, qutlovga loyiq,
Ogohchisiz, iymonsizlarga toyiq.
Dilim ishq, muhabbat faqat shu boylik,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Shayton dushman avval, nafs ammora ham,
Dunyo ishqi-la mast, avvora ham.
Dushman ne, tanimasa she’rpora ham,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

Tongda, peshin, asr, shomda, tunu kun,
Ibodatlar ila oladi mazmun.
Dunyo uchun xafa, ham bo’lmay mag’zun,
Sizga salom bitdim, yo Rasululloh!

                                                                                   (forum.islom.uz)

Qayd etilgan


siddiqa  06 Sentyabr 2009, 14:03:56

Salovoti sharif.
Ezgulikka targ’ib etgan Muhammad,
Alloh yo’lin maqbul degan Muhammad,
G’arib dilga nur taratgan Muhammad,
Iymonsizni yo’lga solgan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.

Ummatim, ummatim deb qayg’urgan,
Ummatining mushkulini hal etgan,
Ummat uchun Allohimga yolvorgan,
Ummat qalbin chirog’isan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.

O’zinimas o’zgalarni o’ylagan,
Bechorayu, yetim boshin silagan,
Ummatim deb ne kuylarga tushmagan,
Bardoshingga tasannolar Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.

Mushriklarning tanasiyu dashnomi,
Turli tuman tuhmatiyu bo’htoniyi,
Zarba uchun ko’tarilgan tug’yoni,
Irodangni bukolmmadi Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.

Zero seni qo’llaguvchi Alloh bor,
Vahiysi — la bo’lib turli madadkor,
Sen bo’lmading Allohdan o’zgaga zor,
Qanoatning timsolisan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.


                                                                              Xoji Ahmadjon Bobamurod

Qayd etilgan


siddiqa  07 Sentyabr 2009, 08:36:17

Ezgulikka targ’ib etgan Muhammad,
Alloh yo’lin maqbul degan Muhammad,
G’arib dilga nur taratgan Muhammad,
Iymonsizni yo’lga solgan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.


Ummatim, ummatim deb qayg’urgan,
Ummatining mushkulini hal etgan,
Ummat uchun Allohimga yolvorgan,
Ummat qalbin chirog’isan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam
.

O’zinimas o’zgalarni o’ylagan,
Bechorayu, yetim boshin silagan,
Ummatim deb ne kuylarga tushmagan,
Bardoshingga tasannolar Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.


Mushriklarning tanasiyu dashnomi,
Turli tuman tuhmatiyu bo’htoniyi,
Zarba uchun ko’tarilgan tug’yoni,
Irodangni bukolmmadi Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam
.

Zero seni qo’llaguvchi Alloh bor,
Vahiysi — la bo’lib turli madadkor,
Sen bo’lmading Allohdan o’zgaga zor,
Qanoatning timsolisan Muhammad,
Sallallohu ala Muhammad,
Sallallohu alayhi va sallam.


                                                                              Xoji Ahmadjon Bobamurod

Qayd etilgan