Sizni sog'inaman, yo Rasulalloh!  ( 142408 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 16 B


imlaah  15 Sentyabr 2009, 14:20:24

Eyy Sevgili Payg'ambarim, men ham senga "kel", deyishga tayyormanmi...

Rabbim bizlarga ham seni "chaqirishga tayyor" qullaringdan bo'lishni nasib etsin insholloh...

Uzr singlim bahs yoki nuqson topish maqsadi bilan emas balki shunchaki o'qiganni baham ko'rish maqsadi bilan ba'zi e'tirozim. Ozbek tilida sen[/b ]bu oddiy muomala olmoshi .Ammo hurmatlik insonlar uchun siz olmoshi ishlatiladi.Allahga sen deb muomala qilinishligi tabiiy bir holat.Allah yaratguvchi Holiqdir.Ammo rasululloh sallollohu alayhi vasallamga nisbatan o'zbekcha suhbatlar va yozuvlarda sen deb ishlatishlik bu u zotga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi.

P.S.Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning yonlarida yashashlik bilan " keling iltimos" deyishlikni orasida juda katta farq bor.Rasululloh sallollohu alayhi vasallam vafot etganlar va endi bu dunyoga qayta kelmasliklari hammaga ayon ekanligini bilgan holda u zotdan bunday iltimos qilishlik bu islom shariati va aqiydasiga zid holat...
Fikrlarim kimnidir qalbini og'ritish uchun emas.Kimdir malollansa uzrlarim ,rozi bo'linglar..

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 14:29:20

Rahmat tushunchalaringiz uchun. E'tibor bergan bo'lsangiz, faqatgina O'zbeklar ota-onasiga, kattalarga "siz" deyishadi. Keyin har bir inson to'ppa to'g'ri so'zlar bilan emas, bazan she'r holida, tasavvufiy ma'nolar bilan to'la fikrlar bilan sevgan kishilariga tuyg'larini yetkazadilar. Bu menimcha ruh holi bilan bog'liq.

Qayd etilgan


imlaah  15 Sentyabr 2009, 14:39:59

Rahmat tushunchalaringiz uchun. E'tibor bergan bo'lsangiz, faqatgina O'zbeklar ota-onasiga, kattalarga "siz" deyishadi. Keyin har bir inson to'ppa to'g'ri so'zlar bilan emas, bazan she'r holida, tasavvufiy ma'nolar bilan to'la fikrlar bilan sevgan kishilariga tuyg'larini yetkazadilar. Bu menimcha ruh holi bilan bog'liq.

Arab yoki boshqa tildagi muomalani aytmadim men ham aynan o'zbek tilidagini aytdim.Yuqoridagi tanbehlarim ham fikrlarini o'zbekcha bayon qilingan postlarga nisbatan edi.Hatto tasavvufda ham o'zbek tilidagi yozishmalarda Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga nisbatan sen deb murojaat qilinmaydi.Turk tilida fikringizni bayon qilsangiz o'sha tilni grammatik qoidasini bemalol ishlatib yozasi.Ammo o'zbek tilida ham yozuv va o'zbekona muomala qoidalarini unutmaysizlar deb umid qilaman.
P.S.Siddiqahon sizga kamsitishlik yoki boshqa maqsadda emas shunchaki duoda bo'lsin boshqa maqsadda vafot etgan bandani chorlanishlik islomdan emasligini eslatib o'tdim umid qilaman mendan hafa bo'lmaysiz.

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 14:52:17

Men uchun bu mavzuda asos bo'lgan, İnsonning iymoniga zarra bo'lsa ham naf bera oladigan yozuv o'qish, yozish. E'tibor bergan bo'lsangiz she'r Turk tilidan tarjima qilingan va men ham asl holidan ta'sirlandim. Originalligini yo'qotmasligi uchun ham asliga yaqin shaklida tarjima qilishga harakat qildim. Bilaman, yana ham chiroyli, O'zbek tili qurollariga diqqat etgan holda tarjima qilinishi mumkin. "Sen" deyishga kelsak, men ko'proq Turkcha diniy matnlar o'qiganim uchun bu menga yana ham yaqin keladi.

Qayd etilgan


Muhammadali  16 Sentyabr 2009, 02:01:17

Yo Robbim. Ozing bizlarni tog'ri yo'linga boshlagin. Qiyomat kunida Rasululloh SAVning shafoat qilgan ummatlari qatorida turishlikni va U kunda OBI KAWSARNI O'z suyganlarimiz bilan birga ichishlikni nasib aylagin.

Har qanday gul bir kun kelib so'lib qolur,
Lek qalbdagi ishq otashi so'nmas ekan.
Oshiq kishi mashuquiga sodiq bo'lur,
Bir qalbimga ikkinchi yor sig'mas ekan.

Haqiqiy muhabbat bo'lmish Allohni sevishdan o'zga muhabbat qalbga sig'mas ekan.
Allohim bizlarni Rasulingni hurmatidan O'zingni muhabbatinga oshno aylagin. O'tkinchi bu dunyoda o'tkinchi narsalarga muhabbat qo'yib, Seni unitib qo'yishlikdan asragin. Kimnidurning qalbini ojizlarcha og'ritgan bo'lsam ozing kechirgin. Men shohmanmi, gadomanmi bari-bir bir kun kelib bu dunyoni tark etaman. Ey Allohim Rasulungni hurmatidan Sen uchun sajdaga bosh qo'yganimda kozimdan san uchun ko'z yosh tokishimni, doimo sani Zikringni qilib yurishimni nasib aylagin.
Islom dinining ichida zarracha bo'lsa ham inson uchun foydasiz narsa bo'lmaganidek, Islomning tashqarisida ham zarracha foyda yo'qligini tushunib yetgan bu jismimni faqatgina Islomiy ishlar bilan mashgul aylagin. Allohim bizlarni doimo san suygan bandalaring bilan birga qilgin.

Qayd etilgan


siddiqa  16 Sentyabr 2009, 03:35:31

Yurorida Siddiqa singlimiz Kel, ey Payg'ambarim, deb duo qilibdilar. Turkiyalik Dursun Ali Erzinjanli ham "Kelsang edi" degan she'e yozgan edilar. Bu she'rni qo'limdan keguncha tarjima qildim, sizlarga havola qilayabman. Kamchiliklar bo'lsa, affola!


Sevgili!

Ummu Maktum kabi

Seni ko’rmasdan seni chaqiryabmiz

Olib-bergan nafasingni eshitganday
Huddi ko’zlarimizni ochganimizda
Seni ko’radiganday
Senga ovoz beryabmiz!

Sen huzuringda ovoz yuksalmaz
Odobla gaplashiliar, odob ila sukutda turilar

Yana bizkim, bu eshikning tilanchilari
Qo’llarimizni ochib kutmoqdan o’zga
Bizga boshqa ish tushmasdi ammo!

Shu oraga kirgan yillar bo’lmasa
Madinaning uzoq yo’llari bo’lmasa
İsming esga kelganda yuraklar yonmasa
Eshigingda kutishdan boshqa 
Bizga bir narsa qolmasdi.

Kutayabmiz Sultonim!

Ro’yolarda bo’lsa ham
Balki tashrif buyurarsan, diya
Hech kimni kutmaganimizchalik
Seni kutyabmiz
 
Kelsang edi,
Biz uchun Jannat bo’lardi kelishing.

Kelsang edi
Saodat asridan jo’natgan salomingni
 "œQardoshlarim" deyishingni
Bir-birimizga aytib berganimizni ko’rarding.

Kelsang edi,
Kezsang edi dasturxonlarimizni
Bir dona tavoq ortiqcha ko’rar eding
Bir piyola, bir qoshiq ortiqcha...
Va dasturxonda bir bo’sh joy
Bosh taraf!
Balki Sen (S.A.V)kelarsin deya

Kelsang edi
Kezsang edi kechalarimizni
U "œQutlug’ tug’ilish" kechalarini
Onalar ko’rar eding.

Sen endigina tug’ilganday
Yer yuziga endigiga tashrif buyurganday
Sen mazza qilib uhlagin, diya
Seni sabohlarga qadar
Xayolan oyoqlarida tebratgan onalar ko’rar eding.

Sevgili!

Kelsang edi,
Madinai Munavvaradan dunyoga yoyilgan Ashobing kabi,
Ayyub Sulton kabi,
Ka’b bin Malik kabi
Bir fajr vaqtida
Hanuz yigirmasida, yigirma beshida
Tashlab yurtlarini, o’chog’larini
Nishonlariga ilohiy rizoni olgan
Orqalariga qarashni or, deb hisoblagan
Yigitlar ko’rar eding...

Ular sening yigiting
Qo’llari, shu o’pilajak qo’llari
Kim biladi, qaysi mamlakatning qahraton sovuqlarida muzlar ekan
Sening qishlog’ingning xayoli bilan isindilar

Kelsang edi
Kechaning zimiston qorong’uligida
Uyquning eng totli orasida
Robiyatul Adeviyya kabi Rabbi bilan yakka yolg’iz duoda
Yoshlar ko’rarding

Ko’zyosh to’kar ekan gunohlari uchun
Vaysal Qoroniydan istaganing kabi
İnsoniyat uchun duo etayotgan yoshlar ko’rar eding.

Kelsang edi,
Asri Saodatdagiday bo’lmasa ham
Hidlashga arzigulik atirgullarimiz bor edi,
Yana sening iqlimingda yetishgan

Ammo sen kelsang edi,
Tikonlar ham gul bo’lar edi AFANDİM (S.A.V)

Sen bilan ko’z-ko’zga kelmasdan, yashirincha seni tomosha qilmoq,,,
Hazrati Vahshiy kabi...

Sen Honai Saodatdan Masjidi Nabaviyaga ketar edingku
Oisha onamiz orqangdan mast bo’lganday termulardi

Seni masjidigning yonida kutgan Ashobingning esa
Boqishlari yerda edi.
Odobdan ko’zlaringga tik qaramas edilar.
Sen (S.A.V.)ham  tabassum bilan nazar tashlarding
Mo’tabassum chehrangni bir Abu Bakr (R.A) ko’rar  edi.
Bir da O’mer (R.A)

Endi o’qilganda Azoni Muhammadiy
Derazalarida, eshik oldilarida
Seni (S.A.V) kutayotgan namli ko’zlar bor.

Kelsang edi,
Va yurub o’tsayding oldimizdan,
Atirgullarni ham hushdan ketkazgan hidingni ichimizga tortardik.

Sevgili!

Haqiqiy oshiqlaring senga qarab uchar ekan,
Bizning bu qilganlarimiz faqatgina yo’lda emaklash edi.

Dunyo go’zalligi bilan qo’llarini ochar ekan,
Bizga tushgan qo’l ochib kutmoq edi..

Sevgili !  Sevgili’


Kutyabmiz!..

Dursun alini hamma hamma sevikli sav ga yozgan maktubotlari judayam tasirli ,opa boshqalarini tarjima qilsangiz yahshi bo'lar edi .

Qayd etilgan


Ansora  16 Sentyabr 2009, 10:24:18

İnsholloh Siddiqa, sekin sekin tarjima qilishga harakat qilaman...

Qayd etilgan


siddiqa  18 Sentyabr 2009, 03:28:04



Sizni juda qo'msadim yo Rasululloh ,taftingizni sog'indim .............
ayni chog'da g'aflatdaligim uchun abgorman ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,keling iltimos ......
rasululloh........... sizni sog'indim .
[/quote]
Qora bilan belgilab qo'yilgan iltimosnoma kimga oid???? Uzrku singlim bunday duo qilishlik yoq .Rasululloh sollallohu alayhi vasallam endi kelmaydilar,ularni sevgan ularga har ishda ergashgan ummatlari boradilar endi Allah nasib qilsa..
[/quote]

assalamu aleykum imlaah opa ,men bu yerda tushda kelishlarini nazarda tutgandim .

Qayd etilgan


Munavvara  20 Sentyabr 2009, 14:39:06

Dunyo nega bir kam...

Ko'nglim qoldi dildordan ham,yordan ham,
O'tkinchi bu dunyodan ham zardan ham,
Qo'msayman-u topolmayman hech yerdan,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Gunohlarim dunyochadir boshim ham,
Vujudimni poklagan - dir anduh - g'am,
Sog'inaman yig'lab mudom ko'zda nam,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Ma'siyatlar yuz bermoqda har qadam,
Gunohsiz-u,beozormas hech odam,
Izlab-izlab sabablarin so'rasam,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Dunyo yolg'onlarga to'ldi ushbu dam,
Zulmatlarni yoritguvchi yo'qdir sham
Ummatlari qoldi bo'zlab ko'zda nam
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Siz bo'lganda bir kam dunyo to'lardi,
Ummatingiz hulqingizni ko'rardi,
Hech shubhasiz yo'lingizdan yurardi,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Vorislarni saflaridan izlayman,
Hech olimni sizga o'hshatolmayman,
Hatto gardingizni topa olmayman,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Sog'ich ila, firoq ila yig'layman,
Chunki oramizda Rasululloh kam.

Muallifi nomalum

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  20 Sentyabr 2009, 22:59:05

Ассаламу алайкум!
Гап Аллоҳнинг А асули Муҳаммад Мустафо :sw:га бслган соғинч ҳақида кетаётган скан. Айтиш мумкин-ки, у киши ила дийдор ИншаАллоҳ қиёматда бслади(агар тушда ксриш насийб стмаса). Демакким, А асулуллоҳнинг муборак дийдорларига муштоқ сканлигимизни изҳор стар сканмиз, у гсзал онларни қандай юзага чиқаришни сйлашимиз керак! Буни сса, бизга Ислом жуда чиройлик ксрсатган. Аллоҳга мукаммал  тақво қилганлар ИншаАллоҳ, қиёматда сзларига тенгсиз лаззатларга бой ушрашувга, съни мушфиқ Лайғамбаримиз А асулуллоҳ :sw:нинг дийдорларига сришадилар.
Аллоҳ, ҳар бир мсмин бандани ана сша кунга етказсин!

Qayd etilgan