Muslimasubh:
Parvardigori olam Muhammad s.a.v.ning nurlarini necha zamonlar koinot ichra yashirib va uning zarralaridan yeru osmonlarni yaratib, qanchadan qancha ashyolarni va farshtalarni xalq etib, oxiri ularning timsolarini oshkor qilmoqlikka qaror qildi va Jabroil aminga shunday deb buyurdi:
-Zamin yuzasiga ingin va eng pokiza joyidan bir siqim tuproq olib kel! Olib kelgan tuprog'ingni Salsabil suvi bilan pokla va jannatga qo'y!
Farishta maloikalar bilan yer yuziga tushdi va Alloh rizoligi yo'lida pok tupqorni axtardi. Yer yuzasini keza-keza oxiri Makka shahriga yetib keldilar va pokiza tuproqni ana shu yerdan oldilar-da, yewtti qavat osmonga ko'tarilib, Alloh farmoni bilan Salsabil suvida pokladilar, Kavsar suvi bilan tozaladilar va jannatga keltirib qo'ydilar.
Xaloqu olam O'zining qudrat qo'li bilan ana o'sha tuproqdan bir surat yasadi va unga jon ato qildi; Alloh taolo un odam deb nomladi, Odamda Muhammad s.a.v.ning muborak nurlarini jilva qildirdi. Buning jufti bo'lishi kerak deya unng chap qovurg'asidan Momo Havvoni yaratdi, ulardan keyin ko'p otalarni va onalarni bino qildi.
Bu muborak nur Odam safiullohdan tortib, Muhammad s.a.v.ning ota-onalarni peshonalarigacha aks etdi. Nurning muhofazasiga mas'ul bo'lgan farishtalar nur sohibini ehtirom qilishib, tahiyot aytar edilar. Bu nur avval Odam a.s.da , so'ngra ummul-bashar Momo Havvoda, so'ng ularning farzandlari Shis a.s.da aks etdi. Kimning peshonasida shu nur yaraqlasa, farishtalar o'sha bandaga ta'zimda bo'ldilar. Momo Havvo Shis a.s.ga homiladorligida nur uning peshonasida aks etdi. Farishtalar Momo Havvoga ta'zim va ehtiromda bo'ldilar. Buni ko'rgan Odam a.s. hafa bo'ldilar, u kishining dilgirliklarini ko'rgan Jabroil a.s. buning sababini anglatdilar:"Shuni bilingki, nur o'z sohibiga yetib borguncha, barcha avlodlaringizga o'tib boraveradi, sizda hamisha qolishi mumkin emas"
Assalotu vassalomu alayka, yo Rasululloh,
Assalotu vassalomu alayka,yo habibulloh
Assalotu vassalomu alayka,yu hayr hayqulloh