Qizil bulg'ori tomati.  ( 2681 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  17 Sentyabr 2012, 12:48:30

 :asl3:

Kerakli masalliqlar:

3 kg qizil bulg'ori
1 qoshiq tuz
0,5 stakan suv (agar oddiq qozonda qiladigan bo'lsangiz bulg'orilar ko'madigan darajada suv)

Bulg'orilarni iloji bo'lsa o'zingiz tanlab oling bozor yoki magazindan. Uyga olib kelgandan keyin avval yaxshilab sirtini (hali kesmasdan yuvib olsangiz tarang bo'lgani uchun yaxshi yuviladi) keyin bo'laklarga bo'lib, ichini urug'laridan tozalang, yuving.

Skorovarka (duduklu deyiladi Turk tilida) solib, bostiring, meniki zo'rg'a siq'di qozonimga:) ustidan 0,5 stakan (100ml) suvni solib, 15 daqiqa pishiring. Suvini suzib (suzilgan suvni men shorvaga soldim, foydali, deb) pishgan bulg'orilani maydalab oling (blender, robot, qiymalagichlar). Issıg'ida qozonga qaytarib solib, ustiga 1 qoshiq tuzini aralashtiring. O'rta olovda qaynaguncha kovlab turing, toshmasin. Qaynayotganda toshishi mumkin, ehtiyot bo'ling. Paqqillab otib turdi menikiyam. Issıg'ida bankalarga solib yoping. Menda 3 kg-dan 2 kg chiqdi. (Biroz qismi albatta po'choqqa chiqadi)


Qayd etilgan


Ansora  17 Sentyabr 2012, 12:54:07

O'tgan safar qaynatib qilgandim, bu safar inshalloh maydalab olgandan keyin quyoshda "pishirib" qilmoqchiman balkonda, natijalarni yozarman:)

Qayd etilgan