Pomidor tomati.  ( 5466 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  17 Sentyabr 2012, 12:59:19

 :asl3:


Ozgina oldin qaynonamlarnikiga borgandim, qaynonam tomat qilibdilar, tezda tayyorlanishini oldim. Nasib bo'lsa ertaga pomidor olib, qilmoqchiman.

Kerakli masalliqlar:

6 kg pomidor (2 kg tomat chiqarkan, albatta bu pomidorni turigaqarab ham o'zgarishi mumkin)
4-5 qoshiq (1 hovuch) tuz

Tayyorlanishi:

Pomidorlarni mumkin marotaba yumshoqlaridan oling. Yaxshilab yuvib, 4ga bo'lib, kattaroq idishga soling. Ustidan 1 hovuch tuzni seping, aralashtirmang.

Shu shaklda balkoningizni oz bo'lsada quyosh tushadigan joyiga qo'ying. Orada qarab, pastga ajrab chiqqan suvini suzing, hech aralashtirmang.

Oradan 5-6 kun! o'tgandan keyin (agar pomidoringizni suvi qurib, idishingizga yopisha boshlagan bo'lsa vaqtliroq qaynatishingiz mumkin) pomidorlarni olib po'stlarini yaxshilab ajratish uchun makaron suzadigan asbobga o'hshagan teshikli idishda suzib oling. Hech po'sti qolmasin, po'stini yaxshilab siqib oling ki, suvi zoy'e bo'lmasin.

Pomidor sousi sig'adigan qozonga solib, o'rta olovda to qo'yilgunga qadar qaynating.

Tahminan 4-5 soatlardan keyin qoshiqda olib qarab ko'ring, bilsa bo'ladi tomat bo'ldimi yo'qmi.

Agar muzlatgichda saqlaydigan bo'lsangiz oddiy qopqoqli idishlarga solib, ustiga havo o'tkazmaslisi va ko'karmasligi uchun 1 sm atrofida yog' quying. Agar keyinchalikka olib qo'ymoqchi bo'lsangiz, tomat qaynab turganda bankalarga yoping.

Yaxshi kunlarda ishlating:)

Qayd etilgan


Ansora  17 Sentyabr 2012, 13:00:28

Kecha tomatimni boshladim. Rasmlar va natijalarni keyinroq bo'lishaman nasib bo'lsa.
5-6 kunga niyyat qildim, ko'ramiz qanaqa bo'lar ekan:)

Qayd etilgan


Ansora  17 Sentyabr 2012, 13:10:44

Holodilnikga qo'yilmasakanmi. Pomidor tez achib qoladi-ku... Qiziq...mayli,ta'assurotlarni kutib qolamiz...
(baribir tasavvur qilolmayapman   :5 )

:) uylarda pomidorlarni bijg'itishganini ko'rmagansiz shekilli hali boshga tushmagandir-da singlim:)

pomidor bijg'iydi, po'stini ajratadi, hammasini suzib olib, ohirida go'shtli qismini qaynatib olamiz:)

Qayd etilgan


Ansora  18 Sentyabr 2012, 12:31:07

 :asl3:

Avval 8kg, keyin 5 kg pomidor oldim, hammasini yuvib, o'rta yiriklikda to'g'rab, tozalab yuvilgan bankalarda soldim, oralariga tuz sepdim, o'rtalama 5-6 qoshiq:





Ertalab qaraganimda yarim suv toplangandi, suvlarini tokdim:



Sababi pomidorlarning suvi qurib, tomatning qo'yiq bolishi uchun suvini tokish kerakligi.

Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2012, 17:42:40

Xullas, pomidorlarim 3 kunda tayyor bo'ldi tomatga:)

Pomidorlarni suzib, po'stlarini ajratib, siqib oldim:



Suzgichni tagidan ham suyuq ham qoyiq suv oqadi.

Menda 13 kg pomidordan 5 litrga yaqin sok hosil boldi, 1kg yaqin post desak, 7 kgga yaqin faqat suv chiqibdi, uni orada tokib turdim:



Sokni kattaroq qozonga solib (atrofga sachramasligi, bemalol qaynashi uchun) 3,5 soat qaynatdim, 2 qoshiq tuz soldim. Bu orada bemalol ishlarimni qildim, chunki ohirgi 30 daqiqa muhim edi holos. Yuqorida yozganimday atfoga sachramasligi uchun teshikli metal idishimni yopdim qozonga.
2 litrga yaqin tomat hosil boldi. 2 bankasini qishga saqladim, birozini ishlatishga ajratdim.


Qayd etilgan


Ansora  21 Sentyabr 2012, 17:42:54

Domda tomat qilish ham unchalik qiyin emas ekan, faqat gazga chidab bersangiz bas:)

Hojayinim ancha qimmatga tushdi tomating, deyabdilar:) haqlilar, lekin sof, tabiiy tomatga ega bolish uchun biroz chiqim qildim:)

Yana 6 kg pomidorni tomat uchun qoydim, bunisiga nasib bolsa qizil bulgorini qoshib tomat qilmoqchiman, Alloh nasib qilsa uning natijalariniyam bildiraman:)

Qayd etilgan