"Qush uyasi" somsasi (qadam baqadam)  ( 3050 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  18 Sentyabr 2012, 13:35:29

 :asl3:



Masalliqlar:

4 dona yufqa
200 gr ismaloq
150 gr brınza (men Tulum peyniri soldim)
2 dona tuxum (1 donasining sarig’ini ustiga surtish ajrating)

Xamir orasiga surtish uchun

1 stakan qatiq
0.5 stakan eritilgan saryog’ yoki salat yog’i
Ustiga sepish uchun 1 stakan qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq


Qayd etilgan


Ansora  18 Sentyabr 2012, 13:36:18

Tayyorlanishi:

Ismaloqnli, yaxshilab yuvib, mayda-mayda to’g’rang.
Pishloqni aralashtiring, tuxumini esa somsalarni ichiga soladigan paytingiz solib, aralashtiring.




Yufqaning birini yoying, ustiga qatiq va yog’li aralashmani hama joyiga keladigan qilib surtib chiqing.



Ikkinchi yufqani yog’langan yufqani ustiga yoying. 6 bo’lakka bo’ling.



Har bir uchburchak xamir bo’lagini keng tarafidan boshlab o’rtasiga qadar o’rang,




o’rtasiga kelganda ikki tarafda qolgan bo’laklarni ichiga joylashtiring, uchburchak bo’lakning ingichka uchli tarafini dumaloq shaklning ichiga joylang.



Qolgan yufqalardan ham xuddi shunday shakllar tayyorlang. Duxovkangizni yog’langan listiga terib chiqing.



Ismaloqni ichiga tuxumni chaqib, aralashtiring.



Qorismadan "œqush uya"larini ichiga to’ldiring.




Ajratgan tuxum sarig’ini uyalarning chekkasiga surting.
200 darajada pishiring. Duxovkadan olmasdan 5 daqiqa oldin qirilgan pishloqlarni uyalarning ustiga seping. Issiqqina dasruxonga torting, yoqimli ishtaha.


Qayd etilgan