Oshni yaxshi o'tkazganga o'xshaysizlar,rasmlar uchun rahmat azizbek_mx.Chustiyakani qo'llaridan osh yeyish bu safar nasib qilmadi afsus(oshni rostdan o'zlari qildilarmi?!)
Osh (gap!) emas, to'yni yaxshi o'tkazib keldik:-) Shukr, juda fayzli o'tdi. Oshni juda boplashibdi, buni Bahriddinni o'zi qilganmi yo boshqa oshpazmi nima bo'lsa ham qo'li juda shirin ekan, mazasi og'izda qoldi.
mayli akaxon, rasmlar bizdan, tanishtirish sizdan
AbdulAziz kirguncha rasmdagi forumdoshlarni o'zim tanishtirib o'tsam.
Kostyum shim, qora do'ppi kiyib o'ng qo'lini yuragidan bo'shatolmay turgan bola Chustiy. Qolganini kiyimlaridan taniy olmadim, kameraga teskari turib olishibdi.
Chustiy nega bunchalik xursand ekanligini bo'ydoqlar tushunib yetmaydi, oldidagi 3 kishi uylanganlar, Chustiyning kayfiyati ularga ham yuqdi. Chapdan Abu Muslim, Chustiy, AbdulAziz va Shahbozbek.
Chapdagi birodarimizni eslay olmadim. Chapdan o'ngga baxtdan sarmast Chustiy, Islom Web admini Abu Muslim, shoir Mas'ud akamiz, forumdosh Muzaffar. Pastgi qator: ZiyoUz admini AbdulAziz, kamgap Shahbozbek.
AbdulAziz, Shahboz, Shuhrat_, Muhammad Said, Muzaffar.
O'rtadagi yigit amerikalik mashxur aktyor Jeyms Marsden emas, o'zimizning qadirdon forumdoshimiz Azizbek_mx.