Umumiy bo'lim > Forumchilar blogi

Abdurrohman

(1/26) > >>

Абдурроҳман:


Muslima ayolning husni boshqa biron bir ayolnikidan kam deb o'ylamang, ular o'z go'zalliklarini turmush o'rtoqlari uchun o'rab, asrab-avaylaydilar.

Bu huddi inju, marvaridga va olmoslarga o'xshaydi.

Agar men sizning uyingizga kelib sizadn: "Sizning marvaridingizni ko'rsam maylimi?", "Sizning pullaringizni ko'rsam maylimi?",  "Sizning olmosingizni ko'rsam maylimi?", "Bank plastik kartangizdagi PIN KODingizni menga aytib bera olasizmi?" deb so'rasam siz bu so'rovlarimning birontasini bajarishni istamagan bo'lardingiz!

Shunday ekan, bizning ayollarimiz, onalarimiz, opa-singillarimiz va qizlarimiz biz uchun inju marvaridlardan, olmoslardan, tilla va bank plastik kartalarimiz parolidan ko'ra qadrliroqdirlar.

Абдурроҳман:


Bironta kishiga berishimiz mumkin bo'lgan eng buyuk hadyalarimizdan biri "VAQT" dir. Bu huddiki o'zimiz hech qachon qaytara olishimiz mumkin bo'lmagan hayotimizning bir qismini sovg'a qilishimizga o'xshaydi.

Абдурроҳман:
Telefonimiz jiringlagan vaqtda albatta uni olishga va javob berishga shoshilamiz, shunday emasmi?

Endi, Azon chaqirilgan vaqtdagi o'z holatimizga e'tibor beraylikchi? O'z Robbimizga, Egamizga javob berishga shoshilamizmi? O'z farzandlarimizga qanday na'muna bo'lyapmiz?

Alloh bizni namozlarini o'z vaqtida qoim qiladigan bandalari qatoriga qo'shsin...!!

ossiyobinti:
Assalamu alaykum!
Allohim ochgan mavzuyizni hayirli barokatli qilsin, har bir postizni hayojon bn o'qidim!

Абдурроҳман:


Ko'rkam erkak bu nomahram ayolning ro'parasida turib nigohlarini yerga qadagan kishidir. Go'zallar esa o'z iffatini pokiza saqlay olganlardir

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version