Abdurrohman  ( 62183 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Абдурроҳман  12 May 2014, 21:28:32

Boshqalarning o'tmishdagi qilgan nojo'ya ishlari to'g'risida gapirib yurishni bas qiling. Alloh ularning o'tmishdagi ishlarini sizning kelajagingizga joylab qo'yishi ham mumkin.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  12 May 2014, 21:34:18

Alloh tomonidan biz uchun tayin qilingan rizq boshqaga nasib etmaganidek, boshqaga tayin etilgan rizq  hech qachon bizniki bo'lib qolmaydi. Shu sababli hotirjam bo'laylik, hech qachon kibr yoki hasad qilishga odatlanmaylik. Qalbimizni mudom pok tutaylik. Hamisha Alloh bilan birga bo'laylik. Shunda Alloh ham biz bilan birga bo'ladi.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  12 May 2014, 21:51:32

Allohning ota-onamizdan mehribonroq ekani haqida hikoya. Bu hikoya Buhoriy va Muslimning sahih to'plamlarida kelgan. Havozin jangi tugaganidan so'ng kofirlarning oila va bola chaqalari keltirilib, bir joyga jamlandi. Nabiy (s.a.v.) ularga boqib turib ajablaanrli hodisani ko'rdilar. Havozin ayollaridan biri tutqunlar orasini kezardi. Goh o'nga, goh so'lga boqardi. Duch kelgan go'dakni qo'liga olib ko'rardi. Uzoq aylandi. Birovning rahmi kelsa, birov turtkilardi. Aylana-aylana ohiri bir go'dakni qo'liga oldi-yu, mahkam quchoqlab, bag'riga bosdi. O'tirib, anchadan beri emizmagani uchun to'lib ketgan ko'kragini tutqazdi. Go'dak ham darrov yig'ini yig'ishtirib emishga tushdi. Bo'lgan voqeadan ta'sirlanib turgan sahobalarga Rasululloh (s.a.v.) yuzlanib so'radilar: - Nima deysizlar, shu ona farzandini o'tga tashlashi mumkinmi?Tasavvur qiling shunday mushtipar ona o'z farzandini kimlardir yonib turgan olovga tashlamoqchi bo'lishsa, bunga befarq qarab tura oladimi?! Shunga rozi bo'ladimi?! Albatta, sahobalarning javobi inkor bo'ldi: Yo'q, ey Rasululloh! Bunday qilishi aslo mumkin emas! - Shuni yaxshi bilinglar: Alloh bandalariga mana shu ayolning farzandiga ko'rsatayotganidan ham mehribonroqdir!

Hulosa:
Agar Alloh bizni o'z onamiz sevganidan ko'ra ko'proq sevar ekan, biz hech qashon unga go'dak onasiga yig'lagani kabi yig'lashdan uyalmasligimiz kerak!

Qayd etilgan


Абдурроҳман  12 May 2014, 22:03:50

Bilib, bilmay, biror bir gunohni qilganimizdan keyin qalbimizda yuzaga keladigan afsus va nadomatning o'zi ham Allohning bizga bo'lgan rahmati tufaylidir. Ba'zilarning qalbi toshdan ham qattiq holga kelgan, ular uchun gunoh hech narsa emasdir! O'shalar kabi tosh qalb egasi bo'lib qolishimizdan Allh bizlarga panoh bersin.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  12 May 2014, 22:14:35

Yer yuzidagi, daryo, dengiz, okeanlardagi hamma suv do'zah olovini o'chirish uchun ozlik qilishi mumkin. Lekin uni o'chirish qudratiga ega bo'lgan bir tomchi bor! U ham bo'lsa gunohlarimizga nadomat qilib Allohga to'kilgan ko'z yoshdir.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  18 May 2014, 07:51:07


Qayd etilgan


Абдурроҳман  21 May 2014, 08:38:35

Duo muammolarga, iymon esa tahlikalarga qarshi qo'limizdagi kuchli qur'oldir.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  30 May 2014, 02:08:59

Kimningdir Allohga isyon qilib, o'z nafsiga zulm qilayotganini ko'rsangiz, kibr havo va man-manlikka berilganing guvohi bo'lsangiz, hullas insoniylikka zid amallar qilayotganini ko'rgan vaqtingizda undan nafratlana ko'rmang. Shuni unutmangki Alloh ahvolimizni o'nglab, hidoyatiga yo'llamasidan avval, qachonlardir biz o'zimiz ham jahannam jarligining qirg'og'iga borib qolgandik. Qulashimizga bir bahyagina qolgandi holos...

Gunohkordan emas gunohdan hazar qilishni o'rganishimiz kerak.

Betgachoparlik qilish boshqalarning gunohda bardavom bo'lishiga sababchi bo'lsa bo'ladiki qaytishiga sababchi bo'la olmaydi.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  30 May 2014, 02:28:31

Biron martta bo'lsa ham, Alloh "Ey bandam, nima uchun bu gunohni qilding" dab so'rasa nima deb javob beraman deb o'ylab ko'rganmizmi?

Alloh BIZNING gunohlarimizni kechiririshni istaydi! Shuning uchun istig'forda bardavom bo'lishimiz kerak, Ana shunda U bizning gunohlarimizni berkitib jannatiga kiritadi inshaalloh.

Shuni unutmasligimiz kerakki, Alloh biz bandalarni gunohlardan ma'sum qilib yaratmadi. Agar mening hech qanday gunohim yo'q deb aytgan kishi bo'lsa aniqki u yolg'onchi bo'ladi!

Barcahlarimizning ham o'zimiz va Allohgagina ma'lum bo'lgan gunoh(lar)imiz bisyor. Ehtimol ba'zilarimiz o'sha gunohlarda bardavomdirmiz. Ehtimol to'htashga kuchimiz yetmaydigandek tuyulayotgandir.

Lekin noumid bo'lmasligimiz kerak. Alloh aslida biron gunohni qilishga qilib qo'yib, keyin ojiz qo'llarini O'ziga cho'zib horu zor holda ko'zida yosh bilan Undan gunoh(lar)ini avf qilishni so'ragan qulini yaxshi ko'radi. Inshaalloh o'shanday bandasiga gunohlardan qaytishda O'zi yordamchi bo'ladi, va qilgan gunoh ishlarini yaxshiliklarga aylantirib qo'yadi.

Odam alayhissalomning jannatdan tushitilish qissasi yodingizdadir? Gunohni qilib qo'yib darhol ortidan kechirim so'ragani... Shaytonchi? U o'shanda nima qildi? Kibr qildi, kechirim so'ramadi, so'ngra abadul abad noumidlikka mahkum bo'ldi.

Hullas noumid bo'lish biz odamlarga begona. Chunki biz Shaytondan boshqachamiz. Biz noumod bo'lmaymiz. Abadul abad Allohning rahmatidan umidvor bo'lib, gunohlarimizdan havfda yashaymiz.
O'rgangan ilmimiz va qilgan amalimiz bilan ham gerdaymaymiz hech qachon. Chunki o'sha ilm va amalni ham Alloh imkon bergani uchun qilganimizni his etamiz.

Alloh barchalarimizni gunohlarimizni kechirsin, rahmatidan noumid bo'ladiganlardan qilmasin..

Qayd etilgan


Абдурроҳман  30 May 2014, 02:58:47


Qayd etilgan