Allohning ota-onamizdan mehribonroq ekani haqida hikoya. Bu hikoya Buhoriy va Muslimning sahih to'plamlarida kelgan. Havozin jangi tugaganidan so'ng kofirlarning oila va bola chaqalari keltirilib, bir joyga jamlandi. Nabiy (s.a.v.) ularga boqib turib ajablaanrli hodisani ko'rdilar. Havozin ayollaridan biri tutqunlar orasini kezardi. Goh o'nga, goh so'lga boqardi. Duch kelgan go'dakni qo'liga olib ko'rardi. Uzoq aylandi. Birovning rahmi kelsa, birov turtkilardi. Aylana-aylana ohiri bir go'dakni qo'liga oldi-yu, mahkam quchoqlab, bag'riga bosdi. O'tirib, anchadan beri emizmagani uchun to'lib ketgan ko'kragini tutqazdi. Go'dak ham darrov yig'ini yig'ishtirib emishga tushdi. Bo'lgan voqeadan ta'sirlanib turgan sahobalarga Rasululloh (s.a.v.) yuzlanib so'radilar: - Nima deysizlar, shu ona farzandini o'tga tashlashi mumkinmi?Tasavvur qiling shunday mushtipar ona o'z farzandini kimlardir yonib turgan olovga tashlamoqchi bo'lishsa, bunga befarq qarab tura oladimi?! Shunga rozi bo'ladimi?! Albatta, sahobalarning javobi inkor bo'ldi: Yo'q, ey Rasululloh! Bunday qilishi aslo mumkin emas! - Shuni yaxshi bilinglar: Alloh bandalariga mana shu ayolning farzandiga ko'rsatayotganidan ham mehribonroqdir!
Hulosa:
Agar Alloh bizni o'z onamiz sevganidan ko'ra ko'proq sevar ekan, biz hech qashon unga go'dak onasiga yig'lagani kabi yig'lashdan uyalmasligimiz kerak!