Abdurrohman  ( 62191 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 13 B


Ansora  31 Oktyabr 2012, 15:29:34

 :asl3:

Abdurrohman, mavzu uchun rahmat. Alloh rozi bolsin...Vaqtim bolishi bilan oqiydigan mavzularimdan biri...

Qayd etilgan


Абдурроҳман  03 Noyabr 2012, 14:34:48

Kattayu kichik gunohlardan ehtiyot bo'ling, tavba qilib qayta takrorlamaslikka harakati qiling.

Agar tuzatilmay qolsa hattoki kattakon kemalar ham kichkinagina ko'llarda chokib ketishi mumkin.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  03 Noyabr 2012, 14:39:33

Agar hozirgi kuningizga rozi bo'la olmayotgan bo'lsangiz, u holda bu Dunyodagi hech narsa sizni rozi qilish uchun yetarli bo'la olmaydi.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  03 Noyabr 2012, 14:48:02

Agar siz dunyoni qalbingizga egalik qilishiga ruhsat bergan bo'lsangiz. Huddi o'z qayig'ini ummon ihtiyoriga topshirgan odam kabi bo'libsiz. Demak endi sizning dengiz tubiga cho'kishingiz shubhasiz...

Qayd etilgan


Абдурроҳман  05 Noyabr 2012, 20:45:51

Erta tong. Kichkinagina, atiga ikki oylik chaqaloq özining ixchamgina krovatida uyqudan uyg'ondi. Uning oyisi ikki daqiqa oldin magazinga sut olib kelish uchun yugurib chiqib ketgan. Chaqaloq yig'lay boshladi. U uzoq yig'ladi. Uning yonida yotgan dadasi kecha tundagi öyin-kulgudan og'riyotgan boshini zörg'a kötardi va bög'ilib qolgan ovozi bilan baqirdi: "Jim böl, yig'lama!!!" Gödak töxtamasdan yig'lashda davom etdi.
Dadasi: -Uxlagani qöyasanmi yöqmi,- de diyu yonidagi yostiqni chaqaloq tomon uloqtirdi. Chaqaloq ön soniyadan söng yig'lashdan töxtadi...
15 daqiqa ötgach magazindan kelgan onasi chaqaloqning krovati yoniga kelib baqirib yubordi. Yostiq chaqaloqning ustiga tushgandi. Ona yostiqni olib hushidan ketdi. Kichkinagina, atiga ikki oylik norasida gödak közlari ochiq qolganicha bu dunyoni tark etgandi...
U özining kichkina qölchalari bilan yostiqni olib tashlamoqchi ham bölgandi. Lekin...
Nariroqda kechagi maishatda "charchagan" dadasi esa uxlashda davom etardi...

Bu dunyoda hammamiz osiy bandamiz. Lekin hali ona hidiga töymagan bu jajji gödakda gunoh nima edi?
Yig'la osmon... Gunohga botayotgan, g'ofil insonlar uchun... U axir kichkinagina, atiga ikki oylik edi...


Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Noyabr 2012, 21:33:58

:2  :2  :2
Tavba juda achinarli voqea ekan.
Shunchalik ham beparvolik bo'ladimi?
Alloh asrasin bunday xolatlardan.

Bir tanishim aytardi: "Hech bo'lmaganda 1 farzandni ota dunyoga keltirsa edi..."
Albatta Allohning har ishida hikmat bor.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  05 Noyabr 2012, 21:44:54

Albatta, ichkilik odamni bundan ham achinarli ahvolga tushirishi mumkin....

Qayd etilgan


xojar  06 Noyabr 2012, 02:34:47

 :asl3:
Inna lillahi va inna ilayhi roji'un'
Bu voqeada eng achinarli holdagi kishi Go'dak emas, uning Onasi ham emas, farzandining bilmayin qotili bo'lib qolgan go'dakning Otasi.

Go'dak o'lgan bo'lsa Ibrohim a.s ning atrofida aylanib , o'ynab yuradi inshaalloh.
Onasi agar sabr qilsa bolasi Qiyomatda oldiga suv ko'tarib chiqadi, inshaalloh.
Lekin Otasi nima qiladi,bu gunohiga Alloh subhanahu va ta'alaning huzurida qanday javob beradi???

 Mag'firatli Robbimiz gunohlarimizni kechirsin.Kechirgan bandasiga Yomonliklarini Yaxshiliklarga aylantirib qo'yishga Va'da bergan va U Zot  Va'dalariga xilof ish Qiluvchi emas.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  07 Noyabr 2012, 00:27:01


|"Hammadan ko'ra yaxshiroq bo'lishga harakat qilishni to'htating. Faqat hozirgi holatingizdan ko'ra yaxshiroq bo'lishga intiling"

Ey Allohim, Yaxshiroq musulmon bo'lishimizda va boshqa har qanday holatimizda ham biz Sening yordamingga muhtojmiz. Albatta biz zolimlardan bo'ldik va Sening diningda sobitqadam bo'lishda dangasalik qildik lekin baribir hech qachon rahmatingdan noumid emasmiz. Bizning kattayu kichik gunohlarimizni avf et va O'zing rozi bo'ladigan ishlarga muvaffaq ayla! Nafsimizni o'zimzga qul qilib bergin! Dinimizdagi musibatlardan o'z panohingda asra....

Qayd etilgan


Абдурроҳман  07 Noyabr 2012, 00:43:18


Boshqalar bizdafi kabi hayotga erishishni orzu qilib yurgan bir vaqtda, biz o'z hayotimizdan noliymiz.

Qayd etilgan