Abdurrohman  ( 62181 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 13 B


Абдурроҳман  07 Oktyabr 2012, 07:05:53




Allohdan qo'rqib to'kilgan ko'z yosh garchi oz bo'lishiga qaramay, dengiz miqdoricha gunohlarni yuvib tashlashga qodir...

Qayd etilgan


Абдурроҳман  07 Oktyabr 2012, 07:11:40



Alloh singan ko'ngillar, og'rigan dillar bilan birgadir, bu yaxshi narsa, chunki dilning og'rishi qalbga Allohdan bo'lgan nurning kirib kelishiga sababchi bo'ladi. Dunyo bizning qalbimizni yaralash uchun, juda ko'p orzu-havaslarimizning armonga aylanishi uchun yaratilingandir...

Qayd etilgan


Абдурроҳман  07 Oktyabr 2012, 07:24:02


Qayd etilgan


Zohid85  07 Oktyabr 2012, 08:17:40

Jazakallohu xoyron kasiro. Ta'sirli postlar kiritibsiz. O'qiganlar sergak tortib, yon atroflariga bir nazar tashlaydilar inshaalloh.

Qayd etilgan


ibnUyayna  07 Oktyabr 2012, 16:30:30



 <a href="http://www.youtube.com/watch?v=UYVTeylwkqA" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=UYVTeylwkqA</a>

Qayd etilgan


Абдурроҳман  08 Oktyabr 2012, 21:27:33

18 yillik turmushdan so'ng u o'z eri uchun birinchi martta kechki ovqatni ko'ngildagidek tayyorlay olmadi. Sabzavotlar va go'sht kuyib, salat esa sho'r bo'lib ketgandi.

Er kelib to ovqatni yeb bo'lguniga qadar lom-mim demadi. So'ngra u oshhonada idishlarni yuvayotgan vaqtda er uning oldiga keldi, unga qarab tabassum qilib peshonasidan o'pdi.

"Bu nima uchun" deya so'radi u erining qilgan ishiga ishongisi kelmay.

Bu kecha pishirgan ovqating menga sening yangi kelinchaklik vaqtlaringni yodimga soldi, shu sababli men ham senga yangi kelinchakka bo'lgani kabi muomilada bo'lishni istadim" ♥

Bu yaxshi va to'g'ri yo'ldagi, o'z ayolining hatolarini to'g'rilab, uni yaxshilik bilan hal qila oladigan erning timsolidir, chunki payg'ambarimiz s.a.v. "Sizlarning yaxshilaringiz o’z ahlu ayoliga yaxshi munosabatda bo’lganlaringizdir. Men sizlardan ko’ra ham o’z ahlu ayolimga yaxshiman. Xotinlarni faqat yaxshi odamlargina izzat-ikrom qilur, ahlu ayollarni faqat yomon odamlargina xoru zor qilur." deya marhamat qilganlar

Qayd etilgan


Абдурроҳман  09 Oktyabr 2012, 00:30:41

Ba'zida ko'z yoshi sabab "ko'zimiz tozalanadi" va biz oldimizdagi narsalarni yaxshiroq ko'ra boshlaymiz

Qayd etilgan


Абдурроҳман  09 Oktyabr 2012, 00:37:57



Hayot menga hayol qilgan narsam qanchalik qiyin bo'lishiga qaramay Alloh subhanahu va taologa bo'lgan iymonim u maqasadga yetish uchun yetarli ekanligini o'rgatdi.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  09 Oktyabr 2012, 00:42:13

Bizning qalbimizdagi kasalliklarni Yaratgandan boshqa kim ham davolay olardi? Ey Robbim bizning qalbimizdan o'zingdan boshqasiga nisbatan muhabbat qoldirma!

Qayd etilgan


Абдурроҳман  09 Oktyabr 2012, 02:19:52

Siz tunning zulmatidan tushkunlikka tushib o'tirishingiz, yohud yulduzlarning go'zalligidan bahra olishingiz mumkin. Shayh Yosir Qadhi

Qayd etilgan