Ko'rkam, dindor, o'qimishli yigitning ota-onasi uni uylantirish harakatiga tushib qolishbdi. Yigitni ko'p qizlar bilan uchrashtirishdi lekin hech biri yigitning didiga to'g'ri kelmasmdi. Shundan so'ng ota-ona yigitning o'z tanlagani borm bo'lsa kerak degan gumonga bora boshlashdi.
Har holda doimo biron biron qizning uyiga sovchilikka borib qaytishayotgan vaqtda o'gil hamisha "bu ham bo'lmaydi!" degan bir hil javobni berardi.
U yosh yigit faqatina dindorini, dindor bo'lganda ham o'z diniga qat'iyat bilan amal qiladiganini tanlash istagida edi holos. Bir kecha yigitning onasi yana bir qizning uyiga sovchilikka borishni rejalashtirdi. Onaning fikricha navbatdagi qiz dindor va diniga amal qiladiganlardan ekan. Hullas yigit bilan qiz uchrashishib suhbatlasha boshlashdi.
Yigit qizga iltifot ko'rsatib hohlagan savolini so'rashga ijozat beribdi.
Qiz yigitdan juda ko'p savol so'ray ketibdi. Qiz uning hayoti, o'qishi, uning do'stlari, oilasi, sevimli mashg'ulotlari, yashash tarzi, nimalardan zavq olishi, o'tmishi, nechanchi o'lcham (razmer) dagi oyoq kiyim kiyishi ... va h.k. lar haqida so'ray ketdi.
Yigit qizning har bir savoliga erinmasdan, malol ham olmay, tabassum va hushmuomalalik bilan javob qaytardi. Qiz savol so'rayverib ahiri o'zini noqulay his qila boshlabdi va yigitdan unda ham o'ziga nisbatan savol bor yoki yo'qligini sarabdi.
Yigit: "Menda faqat 3 ta savol bor"
Qiz: "Faqat 3 taginami? Marhamat so'rang".
- "Siz dunyoda kimni hammadan ham ko'ra ko'proq sevasiz?"
- "Bu judayam oson savol. Men hammadan ham ko'ra ko'proq onamni sevaman". Yigit yuzida tabassum bilan ikkinchi savolga o'tibdi.
- "Siz Qur'onni ko'p o'qiganman deb aytdingiz, menga o'zingiz bilgan biron bir suraning ma'nolar tarjimasini aytib bera olasizmi?". Bu savolni eshitishi bilan qizning yuzi qizarib, hijolat bo'lib ketibdi.
- "Men hali hech birining ma'nosini bilmayman. Ohirgi vaqtlarda judayam band bo'ldim, uncha vaqtim bo'lmadi. Lekin Agar Alloh hohlasa tez orada Qur'onning ma'nolar tarjimasi va tafsirini o'rganishga kirishmoqchiman."
- "Men shu vaqtgacha sovchiliklar sababli juda ko'p sizga nisbatan ancha go'zal qizlarni uchratdim. Nimaga endi shuncha chiroyli qizlar bo'la turib aynan sizga uylanishim kerak?". Qiz hayron bo'lib ota-onasiga qarabdi. Jahli chiqa boshlabdi, g'azabga minib:
-"Men bu yigitga turmushga chiqmayman chunki u meni haqorat qilyapti" debdi.
Bo'lib o'tgan bu voqeadan keyin, yana bir muvaffaqiyatsiz tugagan sovchilikdan so'ng yigit o'z ota-onasi bilan uyga qayta boshlashibdi. Bu safar yigitning ota-onasi judayam achchiqlanishibdi. "Nima uchun u qizning jahlini chiqarding? U qiz yaxshi, dindor oilaning qizi edi. Qizga nimalar deding? Bizga ayt!" deyishibdi.
Yigit aytibdiiki,
- "Birinchi bo'lib men undan hammadan ko'ra ko'proq kimni yaxshi ko'rishini so'radim, u esa onamni deb javob qaytardi."
- "Ho'sh buni nimasi yomon?"
- "Hech kim Alloh va uning Rasulini boshqalardan ko'ra ko'proq sevmagunicha chin musulmon bo'la olmaydi. Agar ayol Alloh va uning rasuliga nisbatan boshqalarga qo'ygandan ko'ra ko'proq muhabbat qo'ysa meni, ya'ni o'z erini sevadi va hurmat qiladi, menga o'sha muhabbat sababidan itoatli bo'ladi va Allohdan qo'rqadi. Chunki bu sevgi go'zallikka nisbatan bo'ladigan vaqtinchalik shahvoniy istakdan ko'ra ancha ustun turadi.
So'ngra men undan: "Ho'sh siz Qur'onni ko'p o'qiyman deb aytyapsiz. O'zingiz bilgan biron suraning ma'nolar tarjimasini aytib beringchi" deb so'radim. U esa ohirgi vaqtlarda band bo'lganini, Qur'on ma'nolarini o'rganishga vaqti bo'lmaganini aytdi. "Ilm o'rganmagan odamlardan boshqa hamma o'likdir" u esa 20 yil yashagan bo'lishiga qaramay Qur'on, ilm o'rganishga UMUMAN vaqti bolmabdi. Nimaga endi men o'zining shar'iy haq-huquqlarini va burchlarini bilmaydigan qizga uylanishim kerak? U mening bo'lajak farzandlarimga beparvo va g'ofil bo'lshdan boshqa nimani o'rgata oladi? Ayol oilada farzandlar uchun eng birinchi madrasa (maktab) ku, Allohi uchun vaqt topa olmagan ayol, o'z eri uchun vaqt ajratarmidi?
Uchunchi savolim:
- "Men shu vaqtgacha sovchiliklar sababli juda ko'p sizga nisbatan ancha go'zal qizlarni uchratdim. Nimaga endi shuncha chiroyli qizlar bo'la turib aynan sizga uylanishim kerak?" deb so'rash bo'ldi. Shu sababli uning qattiq jahli chiqdi." Yigitning ota-onasi:
- "Bu judayam daxshatli, har qanday qiz bolaning ham jahlini chiqaradigan savol, biz darhol qaytib borib qizdan va uning ota-onasidan kechirim so'rashimiz kerak" deyishdi. Yigit:
- "Men bu savolni atayin uning jahlini chiqarish uchun berdim" payg'ambarimiz s.a.v. dan qanday qilib dindor bo'lish to'g'risida so'ralganda "G'azablanma, g'azablanma, g'azablanma" deganlar, chunki g'azab shaytondandir. Agar ayol begona kishi qarshisida o'z jahlini nazorat qila olmasa, o'z eriga nisbatan jahlini tiya olishi mumkinmi??
Afriin Nawaz