Tuzlamalar bilan bog'liq maslahatlar.  ( 6274 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  08 Oktyabr 2012, 16:41:00

 :asl3:

Bu mavzuda Turk oshxonasiga oid tuzlamalar bilan bog'liq maslahatlar berib boriladi.

1. Tuzlama uchun ishlatagidan idishingiz judayam tozalab yuvilgan bo'lishi shart. Chunki tuzlama 1 oygacha qolgani uchun tozalik judayam muhim!

2. Sabzavotlaringiz tozalab yuvilgan bolishi shart- buning uchun xohlasangiz sabzavotlarni avvaldan sovuq suvga solib qoying, orada 3-4 marta suvini toking, sabzavotlarni oralariga kirgan changlar chiqsin.

3. Tuzlamada mumkin marotaba qaynatib, sovutilgan suv ishlating, bu esa xlorlardan, suvdagi turli xil zararli moddalardan tuzlamangizni qoriydi va buzilishini oldini oladi.

4. No'xat tuzlamaning tez bijg'ishini ta'minlaydi, shuning uchun tuzlamalaringizga oz miqdorda no'xat solishga harakat qiling. Buning uchun no'xatni yuvsangiz yetadi, shishishi kerakmas, zotan suvni ichida no'xatlar shishadi.

5. Tuzlamalaringizni bijg'ishi uchun shakar ham muhim, bankangizni kattaligiga qarab 1-2 qoshiq shakar solishni unutmang.

6. Limon- ham ko'rinishi, ham shirin hidi va sabzavotlarning bijg'ishi uchun muhimdir. Shuning uchun tozalab yuvilgan limonni parrak parrak kesib, banka chetlariga joylashni unutmang. Lekin limonni miqdorini oshirmaslikka harakata qiling, chunki limon me'yoridan kop solinsa sabzavotlarni "eritib" yuborishi mumkin.

Qayd etilgan


Ansora  08 Oktyabr 2012, 16:41:34

7. Tuzlamaning tuzi judayam muhim, shuning uchun belgilangan tuzni suvga solib, aralashtirgandan keyin tuzning kam emasligini bilish uchun- tuxum testi qilib ko'rishingiz mumkin.

1 dona tuxumni tuzli suvga solsangiz suzishi keraki yani chokmasligi kerak, agar tuxum tagiga chokib qolsa- tuzlamaning tuzi kamligini korsatadi.

8. Tuzlamalar turiga qarab 1 hafta, 2-3 haftadan tayyor boladi, siz shu vaqt otgandan keyin 1 dona bodringni olib ortasidan kesib, yeb koring. Agar hali tayyor bolmagan bolsa, bankani yana aynan zich qilib yopib qoying, kuting.

9. Tuzlamalar salqin, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlanishi shart. Bolmasa bankalar qizib, tuzlamani buzishi mumkin.

10. Tuzlamalarda kundalik ishlatganimizday tuz ishlatilmaydi- kaya yoki salamura tuzi, degan tuz turi ishlatiladi.
http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%93%D0%B0%D0%BB%D0%B8%D1%82

11. Tuzlamaga oziga xos hid berish uchun yalpiz yaproqlaridan ham foydalanishingiz mumkin.

12. Bodring tuzlamasi uchun oddiy bodringlar kamdan kam ishlatiladi, asosan:

kornishon bodring, deyilgan turidan ishlatiladi. Katta bodringlardan foydalanganimizda tuzlama yaxshi chiqmaydi, sababi esa oddiy bodring yumshoq bolganligi uchun uzun muddat (2-3) hafta tuzli, sirkali suvda bodringlar "eriy" boshlaydi, shuning uchun tuzlamalar uchun maxsus- kornishon, badem (mitti mitti)  va Chengelkoy (tarang boladi) bodringlaridan foydalaniladi.

Qayd etilgan