Islom Ensiklopediyasi  ( 566575 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 96 97 98 99 100 101 102 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:04:30

HIJRIY YIL HISOBI - xalifa Umar ibn Xattob tomonidan joriy qilingan musulmonlar yil hisobi. Muhammad (sav) va safdoshlarining Makkadan Madinaga ko‘chishi (q. Hijra) b-n bog‘liq. Qamariy (hijriy-qamariy yil) va shamsiy (hijriy-shamsiy yil)ga bo‘linadi. Qamariya bo‘yicha H. y. h. 622 y.ning 16 iyulidan boshlanib, sinodik oy (29, 530588 kun)ga asoslangan. 12 oydan iborat bir qamariy yil 354,3671 kundan iborat. Qamariy yidda 1, 3, 5,-7, 9 va 11-oylar 30 kundan qolganlari 29 kundan butun qilib olingan, Oylar tartibi b-n muharram, safar, rabiul avval, rabiul oxir, jumodil avval, jumodil oxir, rajab, sha’bon, ramazon, shavvol. zulqa’da, zulhijja deb ataladi. Qamariy yil tropik yildan (hoz. figoriy taqvimidan) 10-12 kun qisqa. Agar grigoriy taqvimida oddiy yil, qamariy taqvimda esa, kabisa yili bo‘lsa. ularning farqi 10 kun, ikkala taqvimda oddiy yoki kabisa yillari bo‘lsa, farqi 11 kun. qamariy taqvimda oddiy va grigoriy taqvimida kabisa yili bo‘lsa, ularning farqi 12 kun bo‘lib, oylar, fasllar bo‘ylab qishdan kuzga, kuzdan yozga va h.k. surilib boradi. Qamariy yilning ba’zilari kabisa bo‘lishiga sabab yilning kasr qismi (0,3671 kun) har 30 yilda 11,013 kunni tashkil etishidir. Uning 19 yili oddiy (354 kunlik), 11 yili kabisa (355 kunlik), 30 yillik arabcha tsiklning 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26 va 29-yillari kabisa deb qabul qilingan. Qamariy hisobi Yaqin va O’rta Sharqning ko‘p mamlakatlari va b. ba’zi mamlakatlarda qo‘llaniladi. Hijriy-shamsiy yil hisobi 622 y.ning bahorgi tengkunlik kuni - 21 martdan boshlab hisoblanadi; keyingi yil boshlari esa, 20, 21 yoki 22 martga to‘g‘ri keladi. Davomiyliga grigoriy taqvimidagi kabi 365 yoki 366 kundan iborat. Shamsiy bo‘yicha oylarning nomlari xut, hamal, savr, javzo, saraton, asad, sumbula, mezon, aqrab, qavs, jady va dalv bo‘lib, bu oylar doimo yilning ma’lum bir vaqtlarida keladi. Shamsiy hisobdan Afg‘oniston, Eron, Turkiya va b. mamlakatlarda foydalaniladi. Islom diniy an’anasi qamariya H.y.h.ga asoslangan, barcha diniy urf-odat va bayramlar ana shu taqvim asosida o‘tkaziladi. O’rta Osiyoda yangicha yil hisobi keng ommaviylashganiga qadar qamariya hisobi ham, shamsiya hisobi ham ishlatilib kelingan. Hoz. vaqtda O’zbekistonda H.y.h.dan diniy muassasalar va ruhoniylar foydalanadi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:04:44

HIZBULLOH (arab. - Alloh partiyasi) -islomdagi fundamentalistik firqa. 80-y.larning o‘rtalarida tashkil topgan. Bir necha musulmon mamlakatlarda, asosan, Eron va Livanda faoliyat yuritadi. H.ning asosiy shiori - "Islom respublikasi"ni tuzish uchun islom inqilobini amalga oshirish. Irokda, Isroil bosib olgan G’azo sektorida, Livanda xam H. guruxlari bor. Hozirda H. Falastin -Isroil munosabatlari keskinlashgan sharoitda o‘ta jangari faoliyati b-n ajralib turmokda.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:05:10

HIZBUT-TAHRIR (to‘la nomi "Hizbut tahrir al-islomiy" - "Islom ozodlik partiyasi") — norasmiy siyosiylashgan diniy tuzilma (oqim). 1953 y.da Isroilda paydo bo‘ldi. Asoschisi - shayx Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979). U Misrdagi "al-Azhar" universitetini tamomlagan, Quddus i.da shar’iy shikoyat sudining a’zosi lavozimida ishlagan. Iordaniyadagi "Musulmon birodarlar" diniy ekstremistik tashkiloti rahbarlaridan biri bo‘lgan. "H.t." tuzilma jihatdan piramida ko‘rinishida tashkil topgan. "Doris"lardan tarkib topgan "halqa"dagi 4-5 kishi guruh rahbari -"mushrif"dan saboq oladi. Bunday kichik "halqa"larga bo‘linish, tashkilot asoschilarining fikricha, fosh bo‘lish imkoniyatini mumkin qadar kamaytiradi. Mashg‘ulot haftada kamida 1 marta o‘tkazilishi shart. Bunday "dars"larda nomigagana diniy ta’lim berilib, asosiy e’tibor yoshlar tarbiyasidagi ma’naviy bo‘shliqdan foydalanib, ularning ongiga g‘arazli siyosiy fikrlarni joylashga qaratiladi. Halqa a’zolari bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladi. Tashkilotga a’zo bo‘layotgan nomzod har qanday sharoitda ham hizb faoliyati haqidagi ma’lumotni sir saqlash haqida qasam ichadi. Mintaqaviy rahbar - "mu’tamad", butun dunyo bo‘yicha "H.t." harakati rahbari, ya’ni "amir" tomonidan belgilanadi va viloyat darajasida ishlaydigan "mas’ul" hamda tuman miqyosida faoliyat ko‘rsatuvchi "musoid"ga rahbarlik qiladi. Tumanlar ham alohida hududlarga bo‘linadi va 4 mushrifdan iborat "naqib" rahbarlik qiluvchi "mahalliy jihoz"ni tashkil etadi. "H. t." ko‘pgana musulmon davlatlari, jumladan Misr, Iordaniya, Tunis, Iroq, Jazoir, Sudan, Yaman va b. davlatlarda o‘z faoliyatini yashirin olib bormokda. Bugungi kunda bu tuzilmaga falastinlik Abulqadim Zallum rahbarlik qilmokda. Mazkur diniy tashkilot 1992 y.dan O’zbekistonda maxfiy faoliyat yurita boshladi. Hizbchilarning maqsadi: tinch, osoyishta davlatda fuqarolar urushini boshlash, mamlakat iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish, millatlar va dinlararo nizolarni keltirib chiqarish, mamlakatga qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarni olib kirib, fuqarolarning tinch hayotiga raxna solish, mustaqil davlatni kurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi xorijiy mamlakatlarga qaram qilish. Bu diniy tashkilotning 3 kurash bosqichi bor. Bular 1) tasqif - tushuntirish ishlari. Onga to‘liq shakllanmagan yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirish. Fikri zaif, ta’sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari, hokimiyatlardagi mas’ul shaxslarni o‘z tarafiga og‘dirish; 2) tafoul - birgalikda harakat qilish, fikriy kurash orqali "ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi yo‘lida fikriy inqilobga etishish; 3) inqilob - to‘ntarish, hukumatni ummat orqali qo‘lga kiritish. "H.t."ning g‘oyasi islom ta’limotidan uzoq, demokratik-huquqiy davlat konstitutsiyasiga ziddir. U vijdon erkinligini suiste’mol etib, siyosiy hokimiyatga intilish yo‘lini tutgan.
"H.t." 1989 y.dan turli tillarda "al-Va’y" (Ong) nomli oylik jurnal chiqarib, maxfiy ravishda tarqatib keladi. "H.t."ning rasmiy faoliyati arab davlatlarida taqiklangan. Ushbu tashkilotning Iordaniyadagi mas’uli shayx Axmad ad-Daur 1969 y. hukumatni egallashda ayblanib qatl etilgan, 32 a’zosi Misrda sudlangan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:05:27

HISBA - vijdon amri yoki xizmat yuzasidan shariat normalariga amal etilishini nazorat qilish; uni amalga oshiruvchi shaxs muhtasib deb ataladi. Dastlab xalifa Ali (kv) davrida qayd etilgan, lekin H. istilohi o‘rniga dastlab amr bi-l-ma’ruf va nahy anil-munkar ("yaxshilikka buyurish va yomonlikni man etish") iborasi qo‘llanilgan, u keyinchalik H. istilohini izoxlash uchun ishlatilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:05:52

HISHOM ibn al-XAKAM, Abu Muhammad al-Kufiy (? - 814) - kinda qabilasi mavlosi -mashhur ilohiyotchi-munozarachi, shialik aqidasi asoschilaridan biri, shialar tarixchisi va nazariyotchisi; uning izdoshlari o‘zlarini al-hishomiya deb atashgan. Vosit sh.da tug‘ilib o‘sgan, Kufada yashagan. Imom Muso al-Kozimdan 50 ming dirham olib savdogarchilik b-n shug‘ullangan va Bag‘dodga ko‘chib borib savdo uyini boshqargan. Bag‘dodda vafot etgan. Ja’far as-Sodiqning shogirdi bo‘lgan H.i. al-H. yoshlikdan falsafa va ilohiyot muammolariga qiziqqan. Ilmning yetuk namoyondalari b-n muloqotda bo‘lishi natijasida u imomiylik haqidagi ta’limotning eng zo‘r bilimdoni va nazariyotchisi bo‘lib yetishgan. Muso al-Kozim o‘z tarafdorlarini quvg‘in qilinishidan saqlash maqsadida uni ilohiyot b-n shug‘ullanishini va munozaralar qilishini taqiqlagan.
O’rta asr musulmon olimlari X- i. al-H.ni antropomorfizm (Allohni inson qiyofasida tasavvur etish) haqidagi ta’limot asoschisi deb hisoblashgan. Dastlab u Allohni yorqin, ko‘zni qamashtiruvchi nurga, shaklsiz yombiga, kristallga  qiyoslagan. So‘ngra. U bundan kaytib, xudo - bu jism, u hech qanday jismga o‘xshamaydi, u o‘z holicha mavjud. Uning intihosi va o‘zaro teng uch o‘lchamida cheklangan. rang, hid, harakat qilish, orom olish va b.ga ega, biroq bu sifatlarning barchasi bir-biriga o‘xshashdir (uning rangi uning hididir, uning hidi uning harakatidir va b.). Uning turar joyi - taxt, lekin bu joy xudoning harakati natijasida paydo bo‘lgan.
H. i. al-H. 26 ta asar yozgan, jumladan "Ixtilof an-nos fi-l-imoma" risolasi shialikdagi ilohiyotga doir ilk asarlardan sanaladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:06:12

HOJI - haj marosimlarini to‘la-to‘kis bajargan shaxs. Odatda bunday kishilarga H. so‘zini qo‘shib murojaat qiladilar (mas. Ahmad hoji, hoji buva, hoji ota, hoji ona va h.k.). Kurbon hayiti kunlaridan boshqa vaqtlarda Makka va Madinani ziyorat qilganlar umrachi yoki arabcha "mu’tamir" deb ataladi. Kuyidagi shartlarga javob bergan kishilar H. bo‘la oladi; 1) islom dinida bo‘lish; 2) balog‘atga yetmoq; 3) esli-hushli bo‘lmoq; 4) qodir bo‘lmoq, ya’ni: a) jismonan sog‘lomlik, b) haj safari uchun hamda Vatanda qolayotgan oila a’zolarining xarajati uchun kifoya qiladigan mablag‘ga ega bo‘lmoq, v) ayol kishi uchun mahram (unga uylanishi mumkin bo‘lmagan er qarindosh) b-n borishi. O’zi bormasdan birovga haq to‘lab, sirtdan haj (hajji badal) qilgan odam ham H. hisoblanadi. H.lik - biror imtiyoz beradigan mansab yoki lavozim emas. Aksincha, u kishiga jamoada kamtarin, taqvodor, husni xulkli bo‘lib yurish mas’uliyatini yuklaydi. Nogiron kishilar haj qilmoqchi bo‘lsalar, ularga doim qarab turadigan yordamchi lozim.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:06:34

HOKIM ("hal qiluvchi") - sudlanuvchi taraflar o‘zaro kelishuvga binoan ishni hal etish uchun murojaat qilishadigan xolis sudya (hakam). H.ga qozi huzurida ish qo‘zg‘alguncha murojaat qilish tavsiya qilingan. H. hech qanday ijroiya hokimiyatiga ega bo‘lmagan, uning maqomi belgilanmagan, u hech kim tomonidan tayinlanmaydi, balki hayotiy tajribasi va obro‘-e’tiboriga ko‘ra, atrofdagilar tomonidan qo‘yilgan. Shuning uchun bir qabila yoki qishlokda bir paytning o‘zida bir necha H. bo‘lib, boshqasida esa, umuman bo‘lmasligi mumkin. H. shaxsiga nisbatan qandaydir maxsus talablar qo‘yilmagan: xar qanday kishi. garchi uning hech qanday ma’lumoti bo‘lmasa-da va biron-bir jismoniy nuqsoni bo‘lsa-da H. bo‘lishi mumkin. H.ning asosiy maqsadi tomonlarni kelishtirish bo‘lib, u o‘z qarorlarida biron-bir huquqiy manbalarga suyanishi shart bo‘lmagan, shu b-n birga u islom huquqi normalari (fiqh), odatiy hukuq (odat) yoxud o‘zining hayotiy tajribasiga birday suyanishi mumkin edi.
O’rta asr davlat-ma’muriy amaliyotida H. deb ba’zan kichik shahar yoki qishloqning saylab qo‘yiladigan rahbariga, shuningdek, biron-bir viloyatni boshqarish uchun tayinlanadigan hukumat amaldorlariga aytilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:06:45

HOL (ko‘pligi ahvol; yoxud hola, ko‘pligi holat) - buyum, inson, xudo va b. holati. Qur’onda ushbu ma’noda qo‘llanilmagan.
Sufiylik "psixologiya"sida H. - Allohga intilish "yo‘lida" sufiy, uning irodasidan tashqari va mukammallikka erishganlik darajasidan qati nazar tushadigan holati.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:06:57

HORUN (as) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri, Muso(as)ning akasi. Alloh taolo Muso (as)ni payg‘ambar etib, unga Fir’avnni da’vat qilish mas’uliyatini yuklaydi. Fir’avndek zolim podshoga ro‘baro‘ bo‘lib uni imonga, hidoyatga da’vat etish kishidan shijoat va kuchli iroda talab qilar edi. Muso (as) biroz tezroq va duduqlanibroq gapirar edilar. Shu bois, Muso (as) Parvardigorga tazarru ila duo qilib, bu mas’uliyatli va og‘ir vazifani ado etishda o‘ziga akasi H.ni yordamchi qilib berishni so‘raydi. Qur’onda yozilishicha, nihoyatda fasohatli va ta’sirli so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgan X-mas’uliyatli va og‘ir vazifani ado etishda Muso (as)ga yordamchi qilib beriladi (Toho surasi 25-36-oyatlar). Aka-uka Fir’avnni hidoyat yo‘liga da’vat etadilar. Ammo Fir’avn Allohning birligi va borligini e’tirof qilmay, zalolatdan qaytmaydi. O’zini xudo deb bilgan Fir’avnni Alloh g‘arq etib halok qiladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:07:15

HORUT va MORUT - qilgan gunoxlari uchun Bobiddagi zindonga tashlangan ikki farishta ismi. Ular Qur’onda sehr bilimdonlari va uni odamlarga o‘rgatuvchilar, lekin uni qo‘llash oqibatlaridan ularni ogoh etuvchilar sifatida qayd etilgan (Qur’on, 2:102/96).
Aqidaga ko‘ra, Alloh insonlarni gunohkor ekanligini qoralayotgan farishtalarni ta’na qilib, ular ham yerdagi yo‘ldan ozdiruvchi narsalardan o‘zlarini imonda tiyolmay, poklikni saqpab qola olmasliklarini aytgan. Uchta farishta o‘zlarining barqaror ekanliklarini isbotlash maqsadida yerga ravona bo‘lishgan. Ularning biri yerdagi ehtiroslar o‘zidan g‘olib kelayotganini darhol sezgan va osmonga qaytgan. Qolgan ikkitasi -H. va M. - yerda qolib, go‘zal ayolga ilakishib, uning ta’sirida ko‘p bema’ni ishlar qilishgan - butlarga sig‘inishdan tortib qotillikkacha borishgan. Ularga kelajakdagi hayotda yoki hoz. hayotda jazolanishlari muddatini tanlash taklif qilingan. Ular hoz. hayotda jazolanishni tanlashgan va shundan beri Bobildagi zindonga tashlanganlar, u yerda zanjirband holda, tashnalik azobida qiyomatdan keyin ozod bo‘lishlarini kutib yotishmokda. Kimki sehrgarlikni o‘rganmoqchi bo‘lsa, ularning yoniga keladi.

Qayd etilgan