Islom Ensiklopediyasi  ( 567178 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 ... 103 B


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:24:20

TABLIG’ (arab. - xabar yetkazmoq, tushuntirmoq) - biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish. 'Tablig‘"chilar jamoasiga 20-a.ning 20-y.larida Hindistonda Muhammad Ilyos asos solgan. Oqimning maqsadi aholini yoppasiga islomlashtirishga erishish. Har o‘n "tablig‘"chini bir amir boshqaradi. Hozirda ushbu oqim Pokistonda keng tarqalgan. Juda sayoz diniy bilimga ega bo‘lgan "tablig‘"chilar 90-y.larning boshida O’zbekistonda ham faoliyat ko‘rsatishga harakat qildi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:24:56

TAVAKKUL ("tavakkal" so‘zidan - "biron-bir zotga umid bog‘lash", "ishonish") - o‘zini Alloh irodasiga topshirish, faqat u beradigan rizqqa umid bog‘lash. T. amallari zohidlar va sufiylar orasida keng yoyilgan. Ular Qur’onga asoslanib, T.ni imon b-n bog‘lashgan, Alloxdan chinakam umidvor bo‘lgan insongana kundalik turmush tashvishlaridan voz kechishga, Alloh yo‘lida xolis xizmat qilishga qodir, deb hisoblashgan. Keyinchalik sufiylik yo‘li (tariqat)ning boshlang‘ich maqomlaridan biri T. istilohi b-n atala boshlandi. T. sufiylikning boshqa bir maqomi - "qoniqish" (rido) b-n ham bog‘langan. T.ga amalda rioya etish sufiyning deyarli har qanday mehnat faoliyatini to‘xtatib qo‘yishida ham namoyon bo‘lardi. Faqixlar va ilohiyot olimlarining aksariyati bu masalaga boshqacha yondashgan. Ular fikricha, T. mehnatdan butunlay voz kechishni bildirmaydi, ya’ni inson ishlashi, tijorat b-n shug‘ullanishi mumkin. Ammo, bu kabi ishlarni hayotning asosiy maqsadi qilib qo‘ymay, shu bugungi ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli darajada ishlab topish, ertanga kun haqida o‘ylamaslik kerak va h.k.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:25:31

TAVBA (arab. - qaytish, pushaymon bo‘lish) -tasavvufda soliqning tariqat sari qadam qo‘yishidan oldin qilgan barcha gunoxlaridan tavba qilib, kelajakda biror gunoh ishni qasddan qilmaslikka azmu qaror etishi. T. solikning 1-maqomi sanaladi. Alloh tomonidan T. qabul bo‘lishining 2 sharti bor: 1) yomonlikni bilmasdan qilish; 2) T.ni kechiktirmaslik. Kimki T.ni kechga sursa, insoniy fazilatlardan mahrum va aksincha T. qilishga shoshilsa, o‘zini isloh qilgan bo‘ladi. T. - insonning o‘zini o‘zi tarbiyalashida muhim axloqiy vosita sanalib, yomonlikdan yuz o‘girib, yaxshilik sari qadam qo‘yishga, ezgu ishlar qilishga undab turuvchi xislat sanaladi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:25:44

TAVOF (arab. - atrofida aylanmoq) - Ka’ba atrofida aylanish jarayoni. Haj va umra marosimlari tarkibiga kiradi. Umra qiluvchilar 1 marta, hajga kelganlar 3 marta (T. al-qudum, T. az-ziyora va T. al-vado’) T. amalini ado etadi. Bundan tashqari, Makka ahli va uning mehmonlari Ka’baga yuksak izzat-ehtirom yuzasidan boshqa paytlarda ham, ayniqsa, juma kunlari va ramazon oyida uni T. qiladi. T.ning shartlari namozning shartlari kabidir. T. qiluvchi Ka’baga Bob as-Salom darvozasi orqali o‘ng oyog‘i b-n kiradi. T. qilishda masjid sahnining o‘rtasida turgan Ka’baga yaqinlashilgach, uning Qora tosh joylashtirilgan burchagaga kelib, qo‘lini unga qarata cho‘zadi va imkoniyat bo‘lsa o‘padi (taqbil yoki istilom qiladi). Shundan so‘ng Ka’ba atrofida soat miliga qarshi tarzda yetti marta aylaniladi. Har safar maxsus duolar o‘qiladi. Keyin Ka’ba eshigi oldidagi Multazam degan joyga suyanib, Allohga iltijo qilinadi. Gunoxdar kechirilishi so‘raladi. Pirovardida ikki rakaat nafl namoz o‘qiladi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:26:16

TAVROT (qad. yahudiycha "Tora" - qonun) -islom akdtsasi bo‘yicha Allohning Muso (as)ga Jabroil orqali tushirgan ilohiy kitobi. Kur’onda T. haqida bir qancha oyatlar bor. Ulardan birida kuyidagilar aytiladi: "Biz Tavrotni nozil qildik. Unda hidoyat va nur bor. U b-n U zotga taslim bo‘lgan Payg‘ambarlar, Allohning kitobini muhofaza qilishga mukallaf bo‘lgan robboniylar va axborlar yahudiy bo‘lganlarga hukm yuritarlar. Ular bu kitobga guvoh qilinganlar. Odamlardan qo‘rqmanglar, Mendan qo‘rqinglar. Mening oyatlarimni arzon bahoga sotmanglar. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o‘shalar kofirlardir". (Moida 44) Qur’onga ko‘ra, Injildagi kabi T.da ham Ahmad ismli "yahudiylardan bo‘lmagan payg‘ambar"ning dunyoga kelishi haqida aytilgan. 8-10-a.larda T. bir necha bor yunon (mas., Xunayn ibn Ishoq), qad. yahudiy (Saadiya Gaon) va lotin tilidan arabchaga tarjima qilingan. Keyinchalik T.ning qibtiy, suryoniy, qad. yahudiy tilidan nasorolar va samariylar o‘zlarining ehtiyojlari uchun tarjimalar qilishgan. Taxm. 9-a.dan musulmon mualliflari T.ning Muhammad (sav)ning payg‘ambarliklari haqidagi xabar keltirilgan qismini dalil qilib keltira boshlashgan. T.ni asrlar davomida talqin va qayta talqin etish natijasida iudaizmning yana bir muqaddas kitobi Talmud (qad. yahudiy tilida ta’limot) shakllangan, unda iudaizm aqida va marosimlari batafsil yoritilgan. Shuning uchun Talmud yahudiy diniy jamoalarida kenfoq amaliy rol o‘ynaydi. T.ning asosiy aqidalari va rivoyatlari muayyan tarzda Qur’onda ham uchraydi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:26:40

TAVHID (arab. - yakkaxudolik) - umumiy ma’noda yakkaxudolik haqidagi ta’limot (q. Vahdoniyat). Shar’iy istilohda esa, T. -islomda Allohga shirk keltirishning turli ko‘rinishlaridan voz kechish va Alloh subhanahu va taoloning zotida ham, sifatlarida ham, ishlarida ham, ismlarida ham, hukmlarida ham sherigi yo‘q, deb e’tiqod qilishdir. T. Qur’on va sunnat ulamolari nazdida uch qismdan iboratdir: Sifatlar T.i, Robbilik (Parvardigorlik) T.i va Ilohiylik (ibodatga sazovorlik) T.i. So‘ngra Ilohiylik T.ining o‘zi yana ikkiga bo‘linadi: Isbot va ma’rifatdagi T. hamda talab va qasddagi T. T. islomda (sunniylikda ham, shialikda ham) rasman e’tirof etilgan aqidalarning birinchisi, mohiyatan, asosiy va markaziy aqida. Mazmunan shunday tasavvurni ifoda etgani uchun Qur’onning 112-"Ixlos" ("Poklanish") surasi ham ba’zan T. deb yuritiladi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:27:02

TAJALLI (ko‘pligi tajalliyot) - "xudoning namoyon bo‘lishi", Allohning dunyoda namoyish etishi. T. tushunchasini dastlab basralik zohid Raboh ibn Amr al-Qaysiy (796 y. v.e.) kiritgan.
Mashhur sufiy Saxl at-Tustariy (896 y. v.e.) T.ning uch turini farqlagan: a) ilohiy mohiyatning namoyon bo‘lishi (tajalli az-zot), yoki ilohiy vahiy (mukashafa); b) ilohiy mohiyatning o‘z sifatlarida namoyon bo‘lishi (tajalli sifat az-zot), yoki nur taratish (maudi'an nur); v) ilohiy hukmning namoyon bo‘lishi (tajalli hukm az-zot), yoki kelajak hayot (al-axira va ma fiha). Al-Hallojga ko‘ra, Alloh doimo insonlarga narsa va atrofdagi hodisalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi (yatajalli), lekin Uni faqat ozgina mumtoz insonlargina tanishlari mumkin.
T. atamasini sufiylar - vahdati vujud ta’limoti tarafdorlari keng ishlatganlar

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:27:16

TAJVID - Qur’onni qiroat b-n o‘qish; bunday o‘qish tartibi va tegishli Kur’on ilmi (ilm at-T.)- T. qadimdan ijro san’ati hisoblangan, uni asosan professional qorilar egallashgan va u avloddan avlodga o‘tgan; uning eng sodda usullari boshlang‘ich maktab va madrasalarda o‘qitilgan. T.ning uch turi farklanadi: sekin (tartil), tez (xadr) va o‘rta (tadvir) maromda o‘qish. T.ga ko‘plab risolalar bag‘ishlangan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:27:29

TAJSIM (jassama fe’lidan -"mujassamlamoq") - mujassamlash, Allohni jism ko‘rinishida tasavvur etish; ko‘pincha at-tashbihning sinonimi sifatida ishlatiladi. T. izdoshlarini al-mujassima deb atashadi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:27:45

TAKBIR (arab. - ulug‘lash) - islom an’anasida Allohni ulug‘lash b-n bog‘liq bo‘lgan (arab. Allohu akbar - Alloh buyukdir) iborani talaffuz etish. Bu faqat azon va namoz vaqtida aytiladigan ibora bo‘lmay, ayni vaqtda duo -ibodatning bir shakli ham hisoblanadi. T. musulmonlar qoidalariga binoan go‘shti taom uchun mo‘ljallangan molni so‘yish paytida ham aytiladi. T. iborasi tushirilgan bezak diniy inshootlar (masjid, madrasa, xonaqox va b.) naqshining asosini tashkil etadi, u amaliy san’atda, husnixat ilmida keng qo‘llaniladi. Ilk va o‘rta asrlarda islom mamlakatlarida T. jangchilarning jangovar da’vati bo‘lib xizmat qilgan. Hozirgi paytdagi musulmon diniy-siyosiy guruxdar T.dan shior o‘rnida ham foydalanishadi.

Qayd etilgan