Islom Ensiklopediyasi  ( 567292 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 ... 103 B


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:27:55

TAK’YAXONA - shia yo‘nalishiga mansub musulmonlar ibodatxonasi, masjidi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:28:23

TALAB al-ILM - ilm izlash, ilmga intilish. T. al-I. har bir musulmonning eng muhim vazifalaridan ekanligi ma’lum qilingan bo‘lib, asosan hadislar va fiqhni o‘rganishga qaratilgan; T. al-I.ni konkret shakllari va uni amalga oshirish islomning tegishli yo‘nalishi (mazhabi)da ilmning ta’rifi va ijtimoiy-tarixiy sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan. T. al-I. uchun sayohat qilish (rixla) tavsiya etilgan, munosib yosh deb, garchi ma’lum cheklanishlar bo‘lmasa ham yoshlik yillari hisoblangan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:29:11

TALOQ (arab. - qo‘yib yubormoq,   ajralmoq) -   shariatga ko‘ra, nikohning bekor qilinishi. Er tomonidan shu so‘zning aytilishi xotinni barcha xotinlik majburiyatidan to‘la ozod qiladi. Bu holatda er tomonidan xotinga berilgan mol-mulk (mahr) xotinda qoladi, er xotinni  idda  muddati  o‘tguncha  moddiy ta’minlab turishi kerak. Shariatda 2-T.dan keyin ham er-xotinni qaytadan yarashtirishga ruxsat etiladi (Kur’on, 2:229). 3-marta T.dan keyin esa, shariat bunga yo‘l qo‘ymaydi. T. qilingan xotin boshqa erga chiqishi uchun belgilangan idda   muddatini o‘tashi kerak. Er 3 marta T.dan   keyin yarashmoqchi bo‘lsa, xotin boshqa erga birga yashash niyatida turmushga chiqishi, 2-er xotinni T. qilsa yo vafot etsa, xotin idda muddatini o‘tagandan so‘ng qayta nikoxlash mumkin. Bolalar onasi b-n qolishi mumkin, xususan o‘g‘il bolalar 7-8 yoshgacha, qizlar turmushga chiqish vaqtigacha (13-15 yoshgacha). Mana shu muddat orasida ota ularni moddiy ta’minlab turmog‘i lozim bo‘ladi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:30:03

TALHA ibn UBAYDULLOH (taxm. 594-656) -   sahoba,  makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan  Kuraysh qabilasining Banu Tamim urug‘idan bo‘lgan. Talha islomga kirgan paytlari mushriklardan ko‘p zulm ko‘rgan. Badr jangidan boshqa ham g‘azovotlarda Muhammad (sav) b-n birga bo‘lgan. Badr jangida Rasuli Akram uni quraysh karvoni haqida ma’lumot keltirish uchun Shomga yuborganlari sababli bu jangda qatnashmagan,  biroq o‘ljalardan unga ulush  ajratilgan.  Uhud jangida, Rasuli  Akramning yonlaridan jilmagan,    hatto    dushman    tarafidan payg‘ambarimizga serpalgan bir qilichni qo‘li b-n qaytarib, qattiq jarohat olgan. Usmon (ra) vafotidan so‘nggi voqealarda Oisha tomonida  bo‘lgan.  Jamal  jangi  (656)da yaralanib,  Basrada  vafot  etgan.   Talha payg‘ambarimizdan 38 ta hadis rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:30:27

TANZIH ("poklash",   "barcha yaramas  va nomunosiblikdan xoli deb hisoblash") - Allohga nisbatan har qanday tavsiflar (ausaf) va ta’riflar (xudud)ni inkor etishni  anglatuvchi musulmon ilohiyotidagi istiloh; chunki Alloh yaratgan maxluklar orasida Unga o‘xshashi yo‘qdir (Qur’on, 42:11/9). T. istilohining ziddi (antonimi) bo‘lib at-tashbix, istilohi ishlatilgan. T.ning sinonimi sifatida taqdis va tasbih istiloxlari qo‘llanilgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:30:46

TANOSUX, tanosux al-arvoh(arab.) - ruhning ko‘chib yurishi haqidagi diniy ta’limot. T. xaqidagi tasavvurlar juda qadimdan ma’lum bo‘lgan. O’lganlarning ruhi (joni) yangi tug‘ilgan insonlarda, hatto hayvon va o‘simliklarda qayta mujassamlanishi haqidaga tasavvurlar diniy e’tiqodning ilk shakllari (animizm) b-n bog‘liq ravishda vujudga kelgan. U ba’zan qadimgi diniy va falsafiy ta’limotlarda (mas., Yunonistonda metempsixoz, brahmanizm va hinduizmda sansara nomi b-n) keng tarqalgan. An’anaviy islom ilohiyoti T.ni rad etadi, lekin undan o‘ta yiroqlashgan ayrim firqalar (mas., ismoiliylarning ba’zi shaxobchalari)da T. qisman e’tirof qilingan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:31:04

TARIQAT (arab. - yo‘l, usul) - sufiylikka xos tushuncha. Uch ma’noda ishlatiladi: 1) umuman sufiylik yo‘li; 2) sufiylikning muayyan tarmog‘i, yo‘nalishi; 3) sufiylik bosqichlaridan biri. Lekin T.ni sufiylik yo‘nalishlari (suluklari), tarmoqlari ma’nosida qo‘llash kengroq tarqalgan. Sufiylikning bosqichi sifatida T. sufiylar oldiga qo‘yiladigan o‘ziga xos talablar majmuasini, xilma-xil ruhiy-jismoniy xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. T.ga qadam qo‘yish - tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pir-murshid (eshon)ga topshirishdan boshlanadi. Undan keyin T. yo‘lida sufiy yana bir necha bosqich (maqom)larni, jumladan doim kambag‘allikda, tasodifiy rizq hisobiga yashash (faqr), tarki dunyo qilish (zuxd), har narsani faqat xudoga solish (tavakkul), uni sevish va unga intilish (muhabbat, shavq) va b. bosqichlarni o‘taydi. Sufiylikning ba’zi yo‘nalishlari insonni nafaqat zohidlik, balki mutaassiblik yo‘liga ham yetaklaydi. Sufiylikda T.lar g‘oyatda ko‘p bo‘lgan. Hozirgacha ayrim Sharq mamlakatlarida saqlanib kelayotgan qodiriya (Eron va Afg‘onistonda), rifoiya (Eron), tayfuriya (arab mamlakatlari), mavlaviya (Turkiya), chishtiya (Hindiston, Pokiston), bektoshiya (Turkiya), safaviya (Eron) va b. shular jumlasidandir. O’rta Osiyoda esa, ilgaridan naqshbandiylik, kubroviylik, yassaviylik T.lari tarqalgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:31:20

TARKIDUNYOCHILIK - odamlardan, tashqi dunyodan, shuningdek, jamiyat va oiladan ajralib yashash, kimsasiz joylarga bosh olib ketish, darbadarlikda hayot kechirish. Islomdan boshqa yirik dinlar (brahmanizm, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik)ga ham xos xususiyatdir. Uning mohiyati - din yo‘lida riyozat chekish. Tarkidunyo qilganlar odamlardan uzokda va g‘orlarda hayot kechirishgan, o‘zlarini xilma-xil ukubatlarga duchor qilganlar, och-yalang‘och yashaganlar va h.k. Ayniqsa, uylanish, avlod qoldirishga, kundalik hayot tashvishlari b-n yashashga nafrat b-n qarashgan. T. islom dinida o‘rta asrlarda keng tarqalgan, sufiylik oqimlarining vujudga kelishi b-n bog‘liq bo‘lgan. Ular faqir, darvish, qalandar (arab., fors. - qashshoq, darbadar, gado ma’nosida), zohid deb atalgan. Ular gadolik va xayr-ehson b-n kun kechirganlar. Ilgari O’rta Osiyoda ham T. keng yoyilgan, darvipshar, qalandarlarning faoliyati b-n bog‘liq qalandarxonalar va xonaqoxlar mavjud bo‘lgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:31:31

TAROVIH (arab. - xordiq chiqarish, tin olish) - ramazon oyi davomida kechalari o‘qiladigan qo‘shimcha namoz. T. namozi 20 rakaat, xufton namozidan keyin o‘qiladi. Uni masjidda jamoa b-n o‘qish sunnatdir. Jamoatga kelishga imkoniyatlari yo‘q kishilar uylarida o‘qisalar ham bo‘ladi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:32:02

TAROZIY, Sayyid Abu Nasr Mubashshir (1896, Avliyoota - 1977, Qohira) - ulamo, adib. Toshkentdagi "Abulqosim", Buxorodagi "Mir Arab" madrasalarida o‘qidi. Taniqli ilohiyotchi shayx Muhammad al-Asaliy ash-Shomiy (Shomiy domla)dan saboq oldi. 20-y.lar boshida avj olgan xudosizlikka qarshi "Qur’on va nubuvvat" ("Qur’on va payg‘ambarlik") kitobini yozdi. T.ning o‘zbek tilidagi bu kitobi fors, arab tillarida yozilgan boshqa asarlari b-n birga ko‘p o‘tmay sho‘rolar tomonidan musodara qilindi. T. "Ulamoi Turkiston" jamoasining jurnali -"Izoh ul-Marom" tahririyatida ishladi (1923), Taroz sh. diniy idorasiga rahbarlik qildi, maktablar ochib islom dinini targ‘ib etdi. Uning bu faoliyati sho‘rolarga yoqmas edi. T. 1930 y. Vatanini tark etishga majbur bo‘ldi, umrining oxirigacha muhojirlik (Afg‘oniston, Misr)da yashadi. 1960 y. Misr Prezidenti J.A. Nosir uni shaxsan qabul qilib, Turkistonni ozod qilishga qaratilgan siyosiy faoliyatini to‘xtatishni talab qildi. Shundan so‘ng T. faqat ilmiy-ijodiy ish b-n shug‘ullandi. T.ning islom ilohiyotiga oid 47 asari bor, uning diniy mavzudagi maqolalari Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya, Iroq, Livan, Hindiston, Yaponiya, Pokiston, Indoneziya, Afg‘onistonda chop etilgan.

Qayd etilgan