Islom Ensiklopediyasi  ( 567110 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 ... 103 B


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:38:49

TA’LIMIYLAR - qarmatlarning ikkinchi nomi. Bularda firqaga yangi kirganlarga ta’lim berish qattiq qoida asosida olib borilgani sababli, ular T. nomi b-n ham atalgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:39:01

TA’TIL ("mahrum qilish, mahrum deb hisoblash") - musulmon ilohiyotchilari tomonidan ba’zi ta’limotlarni ta’riflash uchun qo‘llaniladigan istiloh. Bu ta’limotlarga ko‘ra, 1) dunyo Yaratguvchidan mahrum (ta’til al-olam anas-soni’), "ba’zi dahriylar"ning da’vosiga ko‘ra, olam tasodifan yaratilgan deb hisoblash; yoki 2) Yaratguvchi yaratishdan mahrum (ta’til as-soni’ anas-sun’), dahriylar dunyoning abadiy ekanligani da’vo qilishlari kabi; yoki 3) Yaratguvchi sifatlari, ismlari, ta’riflaridan mahrum deb hisoblash (ta’til al-bori’ an as-sifat va-l-asmo va-l-ahkom), "ba’zi qadimgi faylasuflar"ning, shuningdek, "o‘ta" shialar va botiniylarning ta’limotiga ko‘ra; yoki 4) Yaratguvchi Uzining mohiyati va ijobiy ma’nodagi sifatlaridan mahrum (ta’til al-bari’ an as-sifat az-zatiya va-l-ma’naviya), sharqiy peripatetiklar (mas., Ibn Sino) ta’limoti Allohga faqat munosabatdor (sifat al-idafa) va salbiy (sifat al-salb) xususiyatlar xos deb da’vo qiladilar; yoki 5) Yaratguvchi faqat o‘ziga xos azaliy sifatlardan mahrum (ta’til al-bori’ an as-sifot al-azaliya az-zotiya al-qo’ima bi-zotihi), mu’taziliylarning at-tavhid ta’limotiga ko‘ra; yoki 6) Kur’on va sunnaning matniy mazmuni undagi ma’nodan mahrum qilinadi (ta’til zavohir al-kitob va-s-sunna an al-ma’oniy allati dallat alayho), qachonki mazmunan "ravshan" bo‘lgan muqadtsas matnlar ramziy-majoziy talqin etilsa (at-ta’vil). Mana shu barcha ma’nolarda T. istilohi Allohni yuqoridagi 3-5 moddalardagi sifatlardan, ismlar va ta’riflardan "mahrum" qilgan mutafakkirlarni ta’riflashda ishlatiladigan al-mu’attila istilohi kabi nojo‘ya ma’no kasb etdi. Bu mutafakkirlarning o‘zlari esa, tegashli nuqtai nazarlarini at-tanzih deb baholab uni at-tashbihga qarshi qo‘yganlar.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:39:14

TAYAMMUM (arab.) - tahoratning bir turi. Suv bo‘lmaganda qum yoki tuproq b-n tahorat qilib, ramziy poklanish. Suv bo‘lmaganda yoki suv bo‘lsa ham undan foydalanish kasallikka olib kelsa, suvni olish imkoniyati yo‘q hollarda T. g‘usl hamda tahoratning o‘rniga o‘tadi. T. qilish Qur’on oyatlari va sunnat ila sobit bo‘lgan. Payg‘ambarimiz "agar ummatim o‘n yil suv topa olmasa T. kifoya qiladi", deganlar. T.ning 4 ta farzi bor. 1. Niyat. 2. Yer jinsidan bo‘lgan toza tuproq, 3. Ikki qo‘lni tuproqqa yoki yer jinsidan bo‘lgan narsaga yoki ursa changgi chiqadigan ko‘rpa, yostiq va b. toza matoga bir bor urib, yuziga surtadi. 4. Ikkinchi bor yana ikki qo‘lni urib, ikkala qo‘lini tirsagi ila qo‘shib surtadi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:39:27

TAQVO (arab. - saklanish, parhezkorlik, xudodan qo‘rqish) - islomda dindorlikni ifodalovchi tushuncha. Kur’oni karim va hadisi shariflarda T. bir necha mazmunlarda keladi. Mas., Alloxdan qo‘rqish, do‘zaxdan saqpanish, parhezkorlik va b. Odatda dinga juda berilgan, o‘zini harom va shubhalardan saqpab yuruvchi odam taqvodor deb atalgan. Allohga T. qilish undan qo‘rqishdir. Alloxdan qo‘rqish esa, gunoh ishlarni tark etish va b. savob ishlarni ko‘plab qilish b-n sodir bo‘ladi. Islom dinini bir tomonlama talqin qiluvchilarda taqvodorlik to‘g‘risida noto‘g‘ri tushuncha shakllangan. Aksarilar T.ni tarki dunyo qilish, qorong‘i xonaga kirib zikru ibodat b-n mashg‘ul bo‘lish deb tushunadilar. Hazrati Umar (ra)dan T. nima, deb so‘raganda, arablar sertikon maydondan yalang oyoq bo‘lib, tikondan saqlanib o‘tib ketishni T. deb ataydilar, deganlar. Xayotda gunoh ishlar ham xuddi tikonlarga o‘xshaydi, kim ulardan ehtiyot bo‘lmasa, ozor chekadi, ulardan saqlanib yurgan kishi esa, T. qilgan bo‘ladi. Oqibatda T. inson qalbidagi holatga aylanadi. Bu holat qalbni hassos qilib, har doim Alloxdan qo‘rqish sezgisi b-n yashaydigan qilib qo‘yadi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:39:45

TAQDIR (arab. - oldindan belgalangan hayot yo‘li), q i s m a t - inson hayoti va faoliyatini hamda olamdagi barcha hodisalarni Alloh irodasiga bog‘lovchi diniy tasavvur. Islomda (sunniylikda ham, shialikda ham) rasman e’tirof etilgan aqidalardan biri. T.ga ishonish barcha dinlarga xosdir. Lekin ularning har birida o‘ziga xos xususiyatlar b-n talqin etiladi. Islomda T. xudoning qudrati tarzida namoyon bo‘ladi. Qur’onda "odamlar faqat xudo xoxlaganinigina xoxlay oladilar", "xudo o‘z istaganini qiladi" degan oyatlar b-n ta’kidlanadi. Islomda T. masalasida qadariylar b-n jabariylar o‘rtasida tortishuvlar bo‘lgan, kalomda o‘rtacha yo‘l topishga harakat qilingan. Mutakallimlar taqdirni inson iroda erkinligi b-n kelishtirishga harakat qilgan, bandaning gunohlardan xoli bo‘lishi, uning diniy e’tiqodiga, diniy faoliyatiga - savob ish, xayr-ehson qilishga bog‘liq deb bilgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:39:57

at-TAQIYA (taqiya; "aql b-n ish ko‘rish"; "ehtiyotkorlik") - "akl b-n ish ko‘rib o‘z dinini yashirish"ni anglatuvchi termin. Shialikning yetakchi tamoyillaridan biri. Musulmon ilohiyotchilari uchun at-T.ga ruxsat etilishiga asos bo‘lib Qur’on va Payg‘ambar sunnati xizmat qiladi; ularning talqiniga ko‘ra, Qur’on o‘ta zarur hollarda dindan yuzaki ravishda qaytishga (16:106/108), kofirlar b-n do‘st tutinishga (3:28/27), diniy ko‘rsatmalarni buzishga (6:119; 5:5) izn bergan. Ilohiyotchilar at-T.ning mumkinligi haqida misol tariqasida Rasululloh (sav)ning birinchi safdoshlaridan biri Ammor ibn Yosirning qilgan ishini keltiradilar, unga ko‘ra, Ammor garchi islomdan yuzaki ravishda qaytgan bo‘lsa-da, ammo, qalbida Alloh va uning rasuliga bo‘lgan imonini asrab qolgan. Sunniy musulmonlar uchun at-T. faqat nazariy ahamiyatga ega. U faqat musulmon uchun o‘lim xavfi tug‘ilgan chog‘idagana lozim, shunda ham u fikran izoh berishi kerak bo‘ladi.
Hoz. islom olamida, shialar ozchilikni tashkil etgan mamlakatlarda (Livan, Pokiston, Afg‘oniston va b.) at-T. tamoyili o‘z kuchini saqlab qolgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:40:08

TAQLID (arab. - boshqaga ergashish) - islom an’anasida nufuzli ta’limot yoki shaxsni to‘lig‘icha e’tirof etish va unga ergashish qoidasi. Islom ilohiyotida 11-12-a.dan keyin ulamolarga diniy ta’limot sohasida mustaqil fikr yuritish (ijtihod) man etilgan bo‘lib, faqat ilgarigi mujtahidlar ta’limotiga ergashish, taqlid qilish hukuqi qoldirilgan. Bu qoida T., unga amal qiluvchi ulamolar (mujtahidlardan farq qilgan holda) muqallidlar deb yuritilgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:40:36

TAHAJJUD (tahajjada fe’lidan - bedor bo‘lmoq, bedorlik) - tungi namoz yoki tunda Kur’on o‘qish. T. amaliyoti, xuddi istilohning o‘zi singari Qur’onda qayd etilgan (17:79/81; shuningdek, q. 51:17; 25:64/65; 76:25/26; 11:114/116; 73:1-4). Muhammad (sav)ning Makkada yashagan davrlarida tungi ibodat farz sanalgan va musulmonlar tunning ko‘p qismini ibodatda o‘tkazganlar. Biroq Madinada T.ning farzligi bekor qilingan (q. Qur’on 73:20). Shunga qaramasdan islomda tungi ibodatlar saqlanib qolgan. Ayniqsa, ramazon oyida, tarovih (birligi - tarvixa - orom olish) o‘qish maqtovga sazovor amallardan hisoblanadi. Tungi namozga bir yoki bir necha (13 tagacha) rakaat qo‘shib o‘kilishi (bunda umumiy rakaatlar soni toq bo‘lishi kerak bo‘lgan) ham ma’qullangan. Bunday namozni vitr (toq, juft emas) deb atashgan.
Hanafiylar fikricha, vitr farz sanaladi. Boshqa mazhabdagilar uni ma’qullashadi, biroq farz emas, deb hisoblashadi. Tungi ibodat juft rakaatlardan tashkil topsa uni shaf’ ("juft") deb ataladi. Vitr yoki shaf’ni tunning xohlagan paytida amalga oshirish mumkin, lekin u bir kechaning o‘zida ikki marta o‘qilmasligi shart. Muazzin tungi ibodatga ikki marta chaqirishi va u "ibodat uyqudan afzal" so‘zlari b-n boshlanishi lozim

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:40:49

TAHORAT - namoz o‘qish, ibodat, qiroat oldidan yuvinish, poklanish. Bunday poklanish odati deyarli barcha dinlarda bor. Islomda T.ning ikki turi mavjud: vuzu’ - kichik tahorat - qo‘l-oyoq va yuzni yuvish; g‘usl - katta tahorat - to‘la yuvinish, cho‘milish. T.ning to‘rtta farzi, ya’ni qilinishi zarur qismi bor. Yuzni, ikki qo‘lni tirsak ila qo‘shib yuvmoq, boshning to‘rtdan bir qismi miqdoriga mash tortish - ikki qo‘lni ho‘llab surtish, ikki oyoqni to‘pig‘i ila qo‘shib yuvish.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:41:11

TERMIZIY Abu Iso, Imom Termi-z i y (to‘liq nomi Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sulamiy Bug‘iy Termiziy; 824/825 - 892) - mashhur muhaddis. Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida tug‘ildi. Yoshlik chog‘laridan ilmga katta qiziqish va ishtiyoq ko‘rsatdi. Samarqand, Buxoro, Marv va b. shaharlardaga mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini o‘rgana boshladi. T. hadis o‘rganish va ularni YIEISH uchun 20 y. o‘zga yurtlarda bo‘ldi. Nishopurda Imom Buxoriy b-n uchrashib, ko‘p hadislar xususida fikr almashdi. Bu uchrashuv va buyuk alloma b-n besh yil birgalikda yashashi T. hayotida katta o‘rin tutdi, "al-Jomi’ as-sahih" ("Ishonarli to‘plam" yoki "Sunani Termiziy") asarining yaratilishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi. T. hadisning sahixdigani aniklashda yana bir bosqichga ko‘tarildi. Agar Imom Buxoriy har bir hadisning ishonchliligini belgilashda barchadan ustun bo‘lsa, T. hadisning darajasini aniqlashda "sahih"dan keyin "hasan" bosqichini ham kiritdi. Hasan - zaif bo‘lmasa-da, sahixdan darajasi pastrok hadislarga nisbatan berilgan baho. U hadisning qonunshunoslikka qanday taalluqli ekanini ham ko‘rsatdi. Imom Muslim va Imom Abu Dovudlar b-n ham suhbatlashgan. T. "Jomi’ as-sahih"dan tashqari "Shamoili Nabaviya" ("Payg‘ambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "Kitob uz-zuad" ("Zohidlik kitobi") "Asmo’ us-sahoba" ("Sahobalarning ismlari"), "al-Asmo’ val-kuno" ("Ismlar va kun’yalar"), "Kitobul-ilal" ("Illatlar kitobi") va b. asarlar yozgan. "Shamoili Nabaviya" ("Shamoili Muhammadiya", Toshkent 1991), "Sunani Termiziy" (Toshkent, 1999) kitobi o‘zbek tilida chop etilgan. T. fiqhga oid kitob ham yozgan, lekin u bizgacha yetib kelmagan. 1990 y.da T. tavalludining 1200 yilligi O’zbekistonda keng nishonlandi.

Qayd etilgan