Islom Ensiklopediyasi  ( 566845 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 ... 103 B


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:41:30

TERMIZIY al-Hakim, Hakim Termiziy (to‘liq nomi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy) (9-a. oxirida vafot etgan) - sufiylikning yirik vakili. Termiz sh.da tug‘ilgan. O’zi yozgan "tarjimai holi"ga ko‘ra, 8 yoshidan boshlab diniy ilmlar b-n shugullangan. 28 yoshida haj ziyoratidan qaytgach, sufiylik yo‘liga kiradi. Abu Turob Naxshabiy, Yahyo Jalla Ahmad ibn Xadravayh va b. sufiylarni T.ning piri deb hisoblaydilar. T. asarlari (ular 80 ga yaqin) sufiylik tarixini o‘rganishda ahamiyatlidir. Ularda jon, uning holatlari va harakatlari, insonning o‘zini takomillashtirishi, tuban tug‘ma hirs-tuyg‘ularini jilovlab, o‘z-o‘zini poklashi zarurligi hakdtsagi fikrlar bayon etilgan, bu esa, keyingi davrlarda yashagan sufiylarga kuchli ta’sir o‘tkazgan. T. fikricha, aql-zakovat o‘zlashtira oladigan eng oliy bilim - ma’rifat yoki hikmatdir, bu - inson qalbini yorituvchi "ilohiy nur"dir. Turfa ilmlarni o‘qib-o‘rganish jarayonida uni egallash mumkin, ammo, asl ma’rifat Allohning o‘zi yarlaqagan zotlargagina nasib bo‘ladi. T. sufiy-avliyolarni ayni shunday zotlar sirasiga kiritadi. Ilm-fanning turli sohalarida mashhur bo‘lgani uchun zamondoshlari T.ni "al-Hakim" deb ulug‘lashgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:42:09

TERMIZIY YODGORLIK MAJMUASI - Termiz qal’asining shim.-g‘arbida barpo etilgan me’moriy yodgorlik (10-14-a.lar). Termiziy al-Hakim maqbarasi qad. xonaqoh hujralaridan biri bo‘lib, alloma shu yerda faoliyat yuritgan: muridlari, shogardlari va b. darvishlarni qabul qilgan, ular b-n suhbatlashgan. Shu xonaqoxda dafn etilgan. Qabr ustiga Amir Temurning o‘g‘li Shohrux davrida katta qabrtosh o‘rnatilgan. Hakim at-Termiziyning "Jome’ al-usul" asari O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmokda.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:42:21

TIJONIYA - Shim. Afrikadagi nufuzli sufiylik tariqati. 18-a. oxirida Ahmad at-Tijoniy (1737-1815) asos solgan. U o‘z ta’limotida Ibn Arabiy (1240 y. v.e.) qarashlariga tayangan. Tijoniy o‘zini "oliy qutb" (qutb al-aqtob) va ayni vaqtda "Muhammad valiyligi muhri" (xatm al-vilaya al-muhammadiya) deb e’lon qilgan. Shunga asosan, u o‘zini mutlaq "benuqson" (al-isma) ekanini, T. ta’limoti va ibodatlarini bevosita Muhammad (sav)dan olganligani da’vo qilgan. T. tarafdorlari o‘zlarini "Alloh tomonidan mumtoz hisoblangan" deb sanab, boshqa musulmonlarni "adashganlar" deb hisoblaganlar.
20-a. 20-y.larida Marokash, Jazoir va Tunisda T.ga qarshi chiqishlar bo‘lib, uning mavqei ancha pasaygan. Shunga qaramay, arab olamida, shuningdek, afrikaliklar orasida bugungi kunda ham T. tarafdorlari anchaganadir

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:42:31

TILOVAT - ko‘proq Qur’on o‘qish ma’nosvda ishlatiladi (q. Qiroat).

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:42:52

TOAT (arab. - itoat qilish, bo‘ysunish) -Allohga e’tiqod qilish, xatti-harakat yoki itoat etishni namoyon qilish, diniy majburiyatlarni ado etish. O’rta asr sunniy ulamolari T.ni ilohiy amrga rioya etish yoki mos kelish (muvofaqat al-amr) deb ta’riflashgan va uni bir necha darajaga bo‘lishgan. T.ning insonni Allox oldida taqvodor (mo‘min) qiluvchi va unga jannatni va’da etuvchi eng yuqori darajasi - bu dinning asosi (usul ad-din)ni Allohning yagonaligi, ilohiy adolatni takdiri azal va b.ni hamda islom dinining beshta asosiy arkonini (arkon shariat al-islom: Allohning yagonaligi va Muhammad (sav) uning payg‘ambari ekanini, namoz, zakot, ro‘za va haj amallarini) bilishni o‘z ichiga oladi. Shariat tomonidan belgilab qo‘yilgan ushbu amallar (majburiyatlar)ni ado etish ham T. deb ataladi. T.ning keyingi darajalari e’tiqod qilishning sanab o‘tilgan arkonlariga amalda rioya etishni, belgilab qo‘yilgan diniy majburiyatlarga nafaqat rioya etishni, balki har qanday gunoxdardan xoli bo‘lish uchun qo‘shimcha (navofil) majburiyatlarni bajarishni ham o‘z ichiga oladi. T.ning darajalarini musulmon ulamolari insonning bu dunyodagi (jizyadan, asirlikdan ozod bo‘lish, musulmon odatiga ko‘ra dafn etilish, xudoning marhamatiga sazovor bo‘lish va h.k.) hamda narigi dunyodaga o‘rni (do‘zaxda abadiy qolishdan xalos bo‘lish, jannatga kirish tartibi va h.k.) b-n ham bog‘laganlar.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:43:10

TOBE’INLAR (arab. - qaram, izdosh) -islom tarixida sahobalardan keyin ularning ishini davom ettirgan ilohiyotchilar qatlami T. deb, undan keyingi davrdaga ilohiyotchilar T.ning tobe’inlari (taba T.) deb yuritilgan. T. uch tabaqa: kubro (katta), vusto (o‘rta) va sug‘ro (kichik) tobe’inlar. Sahobalardan ko‘proq rivoyat olgan Sa’id ibn al-Musayyab, Urva ibn Zubayr, Alqama ibn Qays - kubroga, Hasan Basriy, Muhammad ibn Sirin, Mujohid, Ikrima, Qatoda, Umar ibn Abdulaziz va b. - vustoga, ko‘proq T.dan rivoyat olgan Ibrohim an-Naxaiy kabilar sug‘roga kirishgan. Barcha ulamolar eng mashhur va eng fozil sifatini T.dan Sa’id ibn Musayyabga nisbat beradilar. Abu Abdulloh Muhammad ibn Xafif Sheroziy aytadiki:
1)   Madina axdi Sa’id ibn Musayyabni;
2)   Kufa axdi Uvays Qaraniyni;
3)   Basra axdi esa, Hasan Basriyni eng afzal va eng mashhur tobe’in deb biladilar.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:44:16

TOSHKENT ISLOM INSTITUTI,  Imom   al-Buxoriy    nomidagi    Toshkent   Islom   instituti - oliy diniy o‘quv yurti.  1970 y. tashkil etilgan. 1971   y.   okt.dan  faoliyatini  boshlagan. O’zbekiston     musulmonlari      idorasi tasarrufida. Dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan,  islom dini  asoslarini o‘zlashtirgan, arab tilida so‘zlasha oladigan mutaxassislar, imom xatiblar tayyorlaydi. O’qish  muddati  4  yil.   O’z  faoliyatini O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun,   ta’lim haqidaga boshqa hujjatlar hamda O’zbekiston musulmonlari idorasi qaror va ko‘rsatmalari asosida olib boradi. Darslar o‘zbek va arab tillarida o‘qitiladi. Ingliz, fors va rus tillari ham o‘rgatiladi.
Respublikamiz istiqloliga qadar sobiq Ittifokda yagona oliy islom o‘quv yurti bo‘lgan, unda Zakavkaze, Shim. Kavkaz, sobiq SSSRning Yevropa qismi va Sibir, O’rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorapari uchun diniy xodimlar tayyorlangan. T.i.i. O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida o‘rta umumta’lim hamda o‘rta maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lgan 35 yoshgacha yoshlarni qabul qiladi.
Bu yerda 130 talaba tahsil oladi (2003 y.). Talabalarga diniy fanlar b-n bir qatorda "Islom tarixi", "Dinlar tarixi", "Arab mamlakatlari tarixi va geografiyasi" hamda O’zbekiston tarixi kabi fanlar o‘qitiladi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:44:49

TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI - oliy o‘quv yurti. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 y. 7 apreldagi Farmoniga binoan tashkil etilgan. Asosiy vazifasi va maqsadi - islom diniga oid boy va noyob ma’naviy-madaniy merosni chukur o‘rganish, uni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish, shu sohada yuqori malakali mutaxassis xodimlar tayyorlash. Un-tning f-tlari: islom tarixi va falsafasi; shariat (fiqh), iqtisod va tabiiy fanlar. Uquv bosqichlari: bakalavriat - 4 y.; magistratura - 2 y. Un-tning kafedralari - dinshunoslik, islomshunoslik; demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti; falsafa; islom huquqi; xalqaro iqtisodiy munosabatlar; sharq tillari; g‘arb tillari; informatika va tabiiy fanlar; jismoniy tarbiya hamda jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha YuNYeSKO kafedrasi. Un-tda 500 dan ziyod talaba tahsil olmoqda (2003 y.). Un-t tarkibida Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat ko‘rsatmoqtsa. Uning bo‘limlari: Qur’on, tafsirlarni o‘rganish; islom tarixi va falsafasi; shariat (fiqh); ma’naviyat, madaniyat va san’at; manbashunoslik va qo‘lyozmalarni o‘rganish. Un-tda gimnaziya va akademik litsey mavjud. Un-tda "Sharqshunoslik fanlari" sohasi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari himoyasiga ixtisoslashgan kengash tuzilgan. Un-tda manbalar xazinasi tashkil etilgan. U mamlakatimiz va xorijda mavjud bo‘lgan qo‘lyozma va nodir kitoblar b-n boyitilmokda. Sharq va G’arb tillarini o‘qitish maqsadida zamonaviy texnik vositalar b-n ta’minlangan. Hoz. kunda un-t AQSh, Angliya, Frantsiya, Gollandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va b. davlat un-tlari hamda i. t. markazlari b-n aloqalar o‘rnatgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:45:06

TULAYHA (Talha ismining kichraytirilgan shakli) - Talha ibn Xuvaylid (7-642(645) -Muhammad (sav) vafotlaridan so‘ng Arabistonda paydo bo‘lgan soxta payg‘ambarlardan biri. T. Asad qabilasi lashkarboshilaridan bo‘lib, musulmonlar b-n 626 va 627 ylardaga janglarda qatnashgan. O’tkir zehni va bashorat qilishi b-n shuhrat qozongan. 631-632 y. sahroda nogahon quduq topib olgach, o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan. U o‘ziga Alloh nomidan farishta yoki Zu-n-Nun ismli shaxs vahiy keltirishini aytgan; arablarning kelajakdagi g‘alabalari, xususan ularning Suriya va Iroqni zabt etishlarini bashorat qilgan. O’z qo‘l ostiga Asad, Fazora va Tayy qabilalarining bir qismini to‘plab, Muhammad (sav) b-n muzokara olib borishga harakat qilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u Madinada islomni qabul qilgan, so‘ngra undan voz kechgan. 632 y. Muhammad (sav) vafotidan so‘ng T. qo‘shini Xolid ibn Valid qo‘mondonligi ostidaga qo‘shin tomonidan tor-mor qilingan. T. qochgan, yashiringan, so‘ngra islomni qabul qilgan va Suriya va Iroqni fath etilishida qatnashgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:45:17

TUMOR (arab. - o‘rog‘liq xat, noma, yozuv) -xalq tasavvurida g‘ayritabiiy, sehrli kuchga ega bo‘lgan, egasini ofat va falokatlardan, yomon ko‘zlardan asraydigan ashyo, bitik. Islom aqidasiga ko‘ra, T.ga oyat yoki hadislardan olingan duo va iltijoga oid iboralar yozilgan bo‘lsa, uni taqishning zarari yo‘q. Faqat uni toza saqlash, oyoq osti qilmaslik shart hisoblanadi. Yana T.ning o‘zi emas, balki unda yozilgan bitiklar sharofatidan Alloh asraydi, deb e’tiqod qilish kerak bo‘ladi. Lekin T.da mazkurlardan boshqa narsalar yozilgan bo‘lsa, uning na hurmati, na xosiyati bor va shar’an joiz ham emas.

Qayd etilgan