Islom Ensiklopediyasi  ( 567015 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 ... 103 B


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:45:40

TUSIY, Nosiriddin Abu Ja’far Muhammad ibn Muhammad (1201-1273/74) - faylasuf, tabiiyotshunos va diniy-siyosiy arbob. Tus sh. yaqinidagi Jaxrunda tug‘ilgan. Diniy va falsafiy ilmlarni 1216 y.dan Nishopurda, shaharni mo‘g‘ullar bosib olganidan keyin (1222) esa, Tusda o‘rgangan. 1228-55-y.larda ismoilii hukmdorlar, jumladan, Ko‘histon hokimi Nosiriddin va uning o‘g‘li Muinvddin saroyida xizmat qilgan. T. ularga odob-axloqqa doir "Axloqi Nosiriy" va falakiyotga oid "al-Muiniyya" risolalarini bag‘ishlagan, 1255-73 y.larda mo‘g‘ul hukmdorlari Xuloku va Abaqa huzurida mas’ul lavozimlarni egallagan. Bag‘dodda vafot etgan. "At-Tajrid" ("Nutq pokligi") va "Qavoid al-aqoid" ("Aqidalar asosi") asarlari fiqh hamda kalomga bag‘ishlangan. T. kalom ilmi masalalarini Aristotel falsafasi asosida hal etib, bu sohada Abu Ali ibn Sino an’anasiga rioya etgan. T. sufiylikka qiziqish b-n qaragan, o‘z davrining mashhur sufiylari b-n yozishib turgan. Tibbiyot, riyoziyot, tabiat va ayniqsa falakiyotga oid asarlar muallifi, Marog‘a rasadxonasining asoschisi sifatida shuhrat qozongan. Shia doiralarida faylasuf olim sanalib, katta obro‘ orttirgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:46:01

TUSIY, Shayx at-Toifa Muhammad ibn Hasan Abu Ja’far (995-1067) - shia ilohiyotchi olimi va faqihi, imomiylar namoyandasi. Imomiylar (ja’fariya) fiqhini tuzgan. Xurosonda tug‘ilgan. 23 yoshida Iroqqa borib, imomiy shayxlar qo‘lida besh yil tahsil ko‘rgan. Keyinchalik chuqur bilimi tufayli Bag‘dodda imomiylar jamoasining peshvosi deb tan olingan. Abbosiy xalifa al-Qoim bi-amrilloh T.ni ilohiyot minbariga rahbar etib tayinlagan. T. ma’ruzalaridan bahramand bo‘lgan shogardlari soni 300 ga yetgan. Shia ulamolari T. 47 asar yozgan deb hisoblaydi, ulardan 13 tasi saqlanib qolgan. Shialarning keyinga barcha avlodlari mazkur asarlarga shialik aqoidi va fiqhi bo‘yicha ishonchli manba deb qaraydilar. T.ning "Tahzib al-ahkom" ("Xukmlarni isloh qilish") va "al-Istibsor" ("Sinchkovlik") asarlari - shialik olamida tan olingan to‘rtta hadis to‘plamining ikkitasi - asosiy to‘plam sanapadi. T.ning "at-Taxlis" ("Najot") asarida imomiylarning imomat haqidagi ta’limoti batafsil bayon etilgan. 20 jildli "Tafsiri Tusiy" asarida esa, Qur’ondagi ilohiyot masalalari shialar nuqtai nazaridan sharxdangan. "Al-Fihrist" ("Mundarija") kitobi shia mualliflari haqida dastlabki to‘liq ma’lumotni beradi. T. nomi va asarlari hoz. Eronda juda qadrlanadi. Tehronda T. tavalludining 1000 yilligi tantanali nishonlandi.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:46:40

TUSTARIY, Abu Muhammad Sahl ibn Abdulloh (taxm. 818-896) - ilk mutasavviflardan, mutafakkir. Tustar (Shushtar)da arab yoxud fors mavoli oilasida tug‘ilgan. Sufiylik ta’limini amakisi Muhammad ibn Savvardan olgan. Yoshligida Basra va Obodonga borib shayx Abu Habib Hamza al-Obodoniydan ta’lim olgan. 834 y. Makkaga hajga borib, mashhur Zu-n-Nun al-Misriyni uchratgan va unga shogard tushib, g‘oyaviy merosxo‘ri bo‘lgan. Tustarga qaytgach, T. deyarli yigirma yil zohidlikda yashagan: doimiy ro‘za tutib, yolg‘izlikni ixtiyor etgan, tunlari bedor bo‘lgan va b. Faqat Zu-n-Nun vafotidan so‘ng (860 y.) u ochiq va’z b-n chiqishga jur’at etgan va bu b-n ko‘plab tarafdorlar va raqiblar orttirgan. Raqiblarining tazyiqi, siyosiy notinchlik (safforiylar isyoni, qul-zanjiylar qo‘zg‘oloni) T.ni Basraga ko‘chishga majbur qilgan. Bu yerda u umrining oxiriga qadar solih amallar va mudarrislik b-n shug‘ullangan. T.ni o‘nga yaqin asarlar yozgan deb hisoblashadi. Qur’onni majoziy talqin qilgan T. bir qator qoidalarni olg‘a surgan, ular sufiylik gnoseologiyasi, kosmogoniyasi va psixologiyasiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning fikricha, olam yaralishidan avval insonlarning ruxdari va xudo o‘rtasida "bitim" (miysoq) imzolangan; ruxdar xudoni o‘zlarining egasi, rabbi deb e’tirof etishgan (Qur’on, 7:17) va o‘zlarini Uning panohiga topshirishgan. Buning evaziga ularga Qiyomat kuni "Haqning jamolini ko‘rish baxti" (mushohadat al-haqq) ato etilgan.
T. shogardi Muhammad ibn Salim va uning o‘g‘li Ahmad ibn Salim Basrada ilohiyot maktabi barpo etishgan, u as-salimiya deb nomlangan. Bu maktab T. qarashlarini keyinga avlodga yetkazgan.

Qayd etilgan


Shahina  11 Oktyabr 2006, 21:47:06

TO’FON (arab. - suv toshqini) - yahudiy masihiy va islom dinlarining ilohiy kitoblarida naql etilgan olamning suv bosishi. Qur’oni karimning bir necha oyatlarida bu voqea Nuh payg‘ambar davrida sodir bo‘lgani qayd etilgan. T. balosining ro‘y berishiga bois - Nuh (as) ko‘p yillar mobaynida o‘z qavmini Allohning yagonaligi va o‘zining payg‘ambarligini tasdiq etishga itoatsizlik qilmaslikka, soxta ma’budalarga sig‘inmaslikka chaqiradi. Lekin qavmi unga quloq solish o‘rniga uni masxara qilib kundan-kunga haddan oshaveradi. Toqati toq bo‘lgan payg‘ambar ular sha’niga duoi bad qilib ularga qirg‘in balosini Alloxdan so‘raydi Duosi ijobat bo‘ladi. Allohning buyrug‘i b-:n u katta bir kema yasaydi va unga barch jonivorlardan bir juftdan oladi. O’zi va oila a’zolari ham kemaga minadilar. Qolgan barcha osiy insonlar va jonivorlar T natijasida halok bo‘ladi. Bu kema ko‘p qavatli bo‘lib, uning oldi qismi xo‘rozning boshi shaklida, orqa qismi esa, uning dumi ko‘rinishida bo‘lgan; rivoyatlarga ko‘ra, kemaga birinchi bo‘lib chiqqan jonzod - chumoli so‘nggisi - eshak va u b-n birga Iblis (Shayton) chiqib olgan. Kemada Odamatoning jasadi sakdangan. Bo‘ron to‘xtagach, Nuh (as) quruqlikni izlash uchun qarg‘ani yuborgan, biroq u yer va yegulikni topgach, qaytib kelmagan. So‘ngr kaptar yuborilgan, u yangi butoqcha olib kelgan Buning mukofoti evaziga kaptarga chiroyli shoda tuhfa etilgan, u shundan buyon barch kaptarlarning bo‘ynini bezab turadi. Nux kemasi Judiy deb nomlanuvchi tog‘ ustida to‘xtaydi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda kema qoldiqlari Ararat tog‘lari ustidan topilgan.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:03:48

- U -

UVAYS QARANIY (? - 657) - sufiylikdagi uvaysiya tariqati asoschisi. Muhammad (sav) davrlarida yashagan bo‘lsa ham u zot'b-n uchrashmagan. Rivoyatlarga ko‘ra, Rasululloh (sav) Uhud tog‘i etagidagi jangda (625 y.) muborak ikki tishlaridan ajralganlarida (boshqa manbalarga ko‘ra oldingi pastki jag‘laridaga bir tishga tosh tegab maydalab yuborgan) bundan xabar topgan. U.Q Muhammad (sav)ga bo‘lgan yuksak hurmati yuzasidan, ul zotga dushmanlar yetkazgan sitamni o‘zida sinash maqsadida avval bir tishini, so‘nfa shubhaga o‘rin qolmasliga uchun o‘zining barcha tishlarini sug‘urib olgan. Muhammad (sav) unga sahobalar qatoriga qo‘shilishini taklif etganlar. Uvays 70 yoshli onasidan Rasululloh (sav) huzurlariga borishga izn so‘ragan. Onasi undan payg‘ambar (as)dan bu hakda so‘rashni maslahat qilgan. Muhammad (sav) keksa onaning xizmatini ado etish barcha narsadan a’lo ekanligini aytib, unga onasining yonida qolishga ruxsat berganlar. Muhammad (sav) vafotlari oldidan hazrati Aliga xirqalarini U.Q.ga topshirishni vasiyat qilganlar. U.Q. Ali(kv)ning Muoviya b-n bo‘lgan Siffin jangada xalok bo‘lgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, U.Q. Xo‘tanda vafot etib, shu yerga dafn etilgan.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:04:08

UZAYR - Qur’onda nomi zikr etilgan shaxs; yahudiylar uni Allohning o‘g‘li sanashlari musulmon aqidasiga ko‘ra, xuddi xristianlarning Isoni Xudoning o‘g‘li deyishlari kabi jinoyat hisoblanadi. Qur’onda bir marta eslatilgan: "Va yahudiylar aytdilar: "Uzayr - Allohning o‘g‘li". Va xristianlar aytdilar: "Xaloskor - Allohning o‘g‘li" (9:30). Odatda U. Bibliyadagi payg‘ambar Ezra b-n aynan hisoblanadi, Yahudiylar Nuh kemasi va Tavrotni yo‘qotgach, U.dan Tavrotni o‘rganganlar, bu bilimni esa, U.ga Alloh tushirgan. Kema qaytgach va Tavrotning asl matni qo‘lga tekkach, U. aytgan barcha narsalar to‘g‘riligi, unga mos kelishi aniq bo‘lgan. Bundan hayratga tushgan isroilliklar U.ni ilohiy - Allohning o‘g‘li deb bilganlar.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:04:30

UZZO ("Qudratli ayol xudo") - qad. arab ma’budasi; 5-6-a.larda Arabistonning ko‘p yerlarida, xususan Hijoz, Xiro, Nabateyada U.ga topinilgan. Makka yaqinidagi Xurad vodiysi Suriya va Iroqqa boradigan savdo yo‘lining boshida joylashgan bo‘lib U.ga topinishning asosiy markazi hisoblanadi. U. ibodatxonasi (al-Uzzo as-Sa’ida) "muqaddas hududda" joylashgan bo‘lib, unda uchta muqaddas narsa -samura (akatsiya), muqaddas tosh, bino (bayt) bo‘lgan. U yerda qurbonliklar qilinib olihadan ko‘mak so‘rashgan, uni muntazam ziyorat qshshb turishgan. U. qurayshiylarning uchta asosiy ma’budalari (al-Lot, Manot b-n birga)dan biri bo‘lib, ba’zan al-Lot va Manot U.ning qizlari deb atalgan.
Makka fath etilgandan so‘ng Muhammad (sav) topshiriklariga ko‘ra Xolid ibn Valid U. ibodatxonasini buzib, daraxtlarni chopib tashlagan.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:04:43

UZLAT (arab. - chekinish; kishilardan chetlashish; uzlat etish - yolg‘izlikni ixtiyor qilish) - xoli joy; tanholik; hech nimaga bog‘lanmaslik; dunyoning xilma-xil g‘avg‘olaridan forig‘lik. Sufiylar uchun Muhammad (sav)ning Hiro tog‘ida o‘tkazgan U.dagi hayotlari ibrat va namuna bo‘lgan. Tasavvufda U. deyilganda shayx, pir, murshid rahnamoligi va ko‘rsatmalariga binoan muridning maxsus bir gushada berkinib, ibodat va zikr orqali Alloh b-n zohiran aloqa bog‘lashi tushuniladi. Kamida 40 kun davom qiladigan bu jarayonga "chilla" deyilgan. Din va tasavvufda hayotni batamom xilvatda o‘tkazish lozimligi zinhor targ‘ib etilmagan. Tasavvufga ko‘ra, U. hayotdan qochish, kundalik turmushdan ajralib yashash, odamlardan bezish ehtiyojimas, balki ma’lum muddat ruhiy kamolotga erishib, yana faoliyatni davom ettirishdir.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:04:54

ULAMO (arab. - olim so‘zining ko‘pligi -bilimdon) - islom ilohiyotchilari va huquqshunos (faqih)lari, shuningdek, diniy muassasalarga, sud (qozilik) mahkamalariga, o‘quv yurtlariga mutasaddi bo‘lgan barcha islom dini olimlari.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:05:12

UMAVIYLAR - arab xalifalari sulolasi (661-750). Asoschisi - makkalik yirik savdogar va qurayshiylar zodagoni Abu Sufyonning o‘g‘li Muoviya. Qurayshlar Makkadagi badavlat qabilalardan hisoblangan. Muoviya xalifa Ali ibn Abu Tolib hokimiyatini tan olishdan bosh tortib, Damashkda o‘zini xalifa deb e’lon qilgan. 658 y.da ular o‘rtasida urush boshlandi. Uch oy davom etgan urush natijasiz tugadi. Ali vafoti (661)dan keyin arab zodagonlari va harbiy boshlikdar yordamida Muoviya xalifalik taxtini egallaydi. U. bir qancha ma’muriy va harbiy islohotlar (xalifa lavozimini nasliy merosga aylantirish, davlat xazinasi hamda davlat arxivini tashkil etish, arab tilini davlat tili deb e’lon qilish va b.) o‘tkazdilar. Bu tadbirlar U. davlatining harbiy-siyosiy va iqtisodiy qudrtini oshirdi.U, poytaxti Damashkda qoldi (shuning uchun adabiyotlarda U. hukmronligi davri Damashq xalifaligi deb ham ataladi). Suriya xalifalikning markaziy viloyatiga aylandi. U. davrida arablar sharkda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr va Sindni, G’arbda Shim. Afrika va Ispaniyaning katta qismini bosib oldilar. U.ga qarshi xalq ko‘p marta qo‘zg‘olon qildi. 747-750 ylarda Abu Muslim rahbarligidagi qo‘zg‘olon natijasida hokimiyat abbosiylar qo‘liga o‘tdi. U. avlodi deyarli qirib tashlandi. Ulardan bir kishi - Abdurrahmon tirik qolib Ispaniyaga qochdi va u yerda U. davlatining yangi sulolasiga asos soldi. U. xalifalari abbosiylar an’anasida asosan zo‘ravonlik b-n davlatni qo‘liga olgan, islomning to‘g‘ri yo‘lini buzib hukmronlik qilgan shaxslar sifatida baholandi. Abbosiylarning hokimiyatga kelishi islom hokimiyatining qayta tiklanishi deb ta’riflandi.

Qayd etilgan