Islom Ensiklopediyasi  ( 567276 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 ... 103 B


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:05:39

UMAR ibn Xattob (ra) (taxm. 585-644) -dastlabki to‘rt xalifadan ikkinchisi (634-644). Islomni taxm. 616-y. qabul qilgan. Muhammad (sav)ning yaqin safdoshlaridan biri, u zot olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakrning xalifa bo‘lib saylanishining tashabbuskori, uning yaqin maslahatgo‘yi bo‘lgan. Abu Bakr (ra) o‘limidan avval U. (ra)ni o‘z o‘rniga tavsiya etgan va jamoat U. (ra)ga qasamyod qilgan. U. (ra)ning o‘n yillik xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviya, Eronning g‘arbiga tarqaldi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy ma’muriy-huquqiy muassasalar, avvalo, soliq-o‘lpon "¢tizimi tuzildi. Bulardan eng muhimi fath etilgan yerlarni bo‘lib olinishini man etilishi va buning o‘rniga devon ro‘yxatiga kiritilgan barcha sahobalar va jangchilarga maosh (ato) va oziq-ovqat ulushi (rizq) to‘lashni joriy etish bo‘lgan. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol U. (ra) xalifa unvoniga birinchi bo‘lib qo‘shimcha amir al-mo‘minin (mo‘minlar hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. U yangi musulmon yil hisobi - hijriy yil taqvimini joriy etdi (rabi ul avval oyining 16 kuni - mil. 637 y. apr.). Har yili haj amali borasidagi diniy-huquqiy farmoyish ham U. (ra)ga nisbat beriladi. Sunniylar tarixiy an’anasida U. (ra)ni risoladagidek hukmdor, ya’ni taqvodor, kamsukum, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson, "Umari odil", hukmronlik davrini esa, islomning "'oltin asri" deb tavsiflashgan. Mil. 644 y. Basra voliysi Mug‘iyra ibn Shu’baning quli nasroniy Abu Lu’lua U. (ra)ga xanjar sanchib yaralagan va shu kuni kechqurun U. (ra) 63 yoshda vafot etgan. O’limi oldidan o‘z o‘rniga yanga xalifa saylash uchun Muhammad (sav)ning olti nafar eng keksa safdoshlaridan iborat sho‘ro tuzgan va shu kengashlardan birida Usmon (ra) xalifa etib saylangan. Vasiyatiga ko‘ra, Oisha onamizning hujralariga, Rasuli Akram va Abu Bakr Sidtsiq yonlariga dafn etilgan.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:06:09

UMAR ibn ABDULAZIZ, (Umar II), (681-720) - umaviylar xalifasi (717-720), Umar I ning evarasi (ona tomondan); musulmon mualliflari uni yakdillik b-n Umaviylar orasida yagona taqvodor xalifa deb hisoblashgan. Uning shaxsi va davlat tadbirlari haqidagi ma’lumotlar juda chalkash, chunki 9-a. 1-yarmidayoq musulmon tarixshunosligvda haqiqiy ahvol buzib talqin qilingan U. i. A.ning turmushdagi obrazi shakllangan. U. i. A. Misrda (yoki Madinada) tug‘ilgan. U yerda Misr noibi bo‘lgan otasi vafot etguncha (704 yoki 705 y.) yashagan; Damashqqa ko‘chib o‘tgach, amakisi xalifa Abdulmalikning qiziga uylangan. 706-712 (713 y.) ylarda Madina noibi bo‘lgan, Abdulmalik buyrug‘i b-n Muhammad (sav)ning oddiygina masjidlarini qayta qurgan, uni ancha kattalashtirgan va hashamatli qilgan, qurilishga vizantiyalik ustalar jalb qilingan. U serhasham kiyimi va xushbo‘y atirlarga katta pul sarflashi b-n shuhrat qozongan, shoirlarga homiylik qilgan, o‘z doirasidaga kishilardan hech bir ajralib turmagan. Xalifa bo‘lgach, u rivoyatlarga ko‘ra, nafaqat o‘ziga tegishli xalifalik merosidan voz kechgan, balki barcha mol-mulkini va barcha qullarini sotib, tushgan pullarni xayriya maqsadlariga sarf qilgan va kuniga yegulik uchun ikki dirham b-n qanoatlangan, suvni o‘zi tashigan, xotini non yopib, uning yagona libosini yuvgan. Ishonchli manbalarning birontasi bularni tasdiqlamaydi, aksincha, ma’lumki uning bir necha xotini, cho‘rilari va o‘n beshga yaqin farzandi, ko‘plab xizmatkorlari bo‘lgan. Faqat U. i. A. taxtga chiqqach, ilgariga qaraganda kamtarona turmush tarzi kechira boshlagan deyish mumkin, xolos. U. i. A. xalifalikni yemirib tashlayotgan ijtimoiy va etnik ziddiyatlarni yumshatishga uringan, shu maqsadda hayotga shariat normalarini, avvalambor soliq solish sohasidagi o‘zgarishlarni birin-ketin joriy eta boshlagan. U. i. A. musulmonchilikni qabul qilganlarni jizya to‘lashdan ozod etgan, jangchi-mavolilarga maosh belgilagan, bo‘ysundirilgan xalqlar b-n tuzilgan bitimlarga rioya etishni talab qilgan (shunga binoan, Qutayba tomonidan Samarqanddan kuvg‘in qilingan sug‘diylarga hakamlar sudiga shikoyat b-n murojaat qilishlariga imkon bergan), ruhoniylar va rohiblardan soliq olishni bekor qilgan.
Uning davrida musulmon arablarning maoshlari oshgan, shuning uchun viloyatlardan markaziy xazinaga tushadigan mablag‘lar kamayib ketgan. Natijada U. i. A. yangi bosqinchilik yurishlaridan voz kechishga majbur bo‘lgan, hatto notinch Movarounnahrdan arablarni olib chiqib ketish ehtimoli ham yo‘q emasdi.
U. i. A. xorijiylar, alaviylar va abbosiylar b-n kelishishga intilgan. U. i. A. Xunasir (Shim. Suriya)da vafot etgan va yaqin oradagi Simeon (Dayr Sim’an) monastiriga dafn qilingan, uning qaerda joylashgani 13-a.dayoq noma’lum edi.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:06:28

UMM al-VALAD ("go‘dak onasi") - umm al-ibn ("o‘g‘il onasi") - erkin ayodtsan farqli ravishda o‘z xojasidan o‘g‘il tuqqan cho‘ri. Johiliyatda va islomning dastlabki davrida U. al-V.ni boshqa cho‘rilardan hech qanday farqi bo‘lmagan: ularni sotish, almashtirish, in’om etish va b. mumkin bo‘lgan. Ular maqomining o‘zgarishi xalifa Umar (ra) ibn al-Xattob (634-644) b-n bog‘liq, u ularni sotish va boshqalarga berishni taqiqlagan. Agarda cho‘rining xojasi tug‘ilgan go‘dakni o‘g‘lim deb e’tirof etsa, cho‘ri U. al-V.ga aylangan. Aks holda esa, cho‘ri va farzandi oddiy kul bo‘lib qolishgan. Xojasi hayotlik chog‘ida U. al-V. faqat unga nisbatangana cho‘ri bo‘lgan, uning vafotidan keyin to‘liq ozodlikka chiqqan. Xizmat munosabatlarida U. al-V. shartli ozod qilingan qullarga (mukotab, mudabbar) tenglashtirilgan, ya’ni ishga qisman layoqatli deb topilgan. U. al-V.ni go‘dak vafot etgan hollardaga maqomi to‘g‘risida yagona fikr yo‘q: ba’zi mazhablarga ko‘ra, u o‘z maqomini sakdab qolgan, chunki ozod qilish haqida berilgan va’dani qaytarib bo‘lmaydi, boshqa bir fikrga ko‘ra, u yana oddiy cho‘riga aylangan, chunki, ozod bo‘lishining sharti bo‘lgan go‘dak vafot etdi. agar cho‘ri homiladorlik chog‘ida sotilgan bo‘lsa va bu holat ma’lum muddatdan so‘ng oshkor bo‘lsa (idda), u o‘zining ilgarigi xojasinikiga uning U. al-V.i sifatida qaytib kelgan, oldi-sotdi esa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblangan. Hoz. davrda U. al-V.ning maqomi b-n bog‘liq barcha masalalar qulchilik singari o‘tmishda qolmokda.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:06:50

UMMA (arab., o‘zbek tilida uning "ummat" shakakli tarqalgan - ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar jamoasi) - Madinada Muhammad '(sav) izlaridan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi. Shuvdan Muhammad ummati deyilganda ana shu jamoa a’zolari tushuniladi. Keyinchalik ummat umuman musulmonlar mazmunida talqin etilgan.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:07:00

UMRA - islom an’anasida kichik haj. U. Qur’on oyati va Payg‘ambarimiz (as) sunnatlari ila sobit bo‘lgan amal. U.ni yil - o‘n ikki oy bajarish mumkin. U.ning ikkita farzi bor. 1. Ehrom; 2. Ka’bani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor o‘ziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga U. qilishi mumkin. Faqat har bir U. uchun Makkadagi hazrati Oisha masjidlariga borib, yuvinib, ehromni kimga U qilayotgan bo‘lsa, o‘sha kishiga niyat qilib kiyadi.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:07:12

URS (sinonimi valima) - to‘y tantanasi. -Nikoh to‘yining bosqichi bo‘lib, unda nikoh shartnomasi (siga) e’lon qilinadi va mahr yoki uning bir qismi (sadaq) to‘lanadi. U. rasmiy nikohni bildiradi. Biroq, U.dan amaliy jihatdan turmush qurilguncha (nikoh) ancha vaqt o‘tishi mumkin. Chunki, turmush qurayotganlar balog‘at yoshiga yetmagan bo‘lsalar, to‘y ilgariroq o‘tkazilishi mumkin.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:07:30

USMON ibn Affon (ra) (taxm. 575- 656) -dastlabki to‘rt xalifadan uchinchisi. Umaviylar qabilasiga mansub. Makkalik boy savdogar. Muhammad (sav)ning eng dastlabki izdoshlaridan biri. Musulmonlar guruhi b-n Habashistonga ko‘chgan, 623 y.da Madinaga kelgan. U. (ra) dastlab Payg‘ambar (as)ning qizlari Ruqayyaga uylangan (taxm. 610), u vafot etgach, Rasululloh ikkinchi qizlari Ummu Gulsumni ham U. (ra)ga nikoxlab berganlar (623), shuning uchun "Zun-Nurayn" - ikki nurli, degan nom olgan. Umar (ra)ning o‘lim oldidagi vasiyatiga ko‘ra, U. (ra) yangi xalifani saylashi lozim bo‘lgan sho‘ro tarkibiga kirgan va ular tomonidan xalifa qilib saylangan. U. (ra) hukmronligi davrida Sosoniylar davlatini fath etish tugallandi, musulmonlarning Tunis va Kavkazorti o‘lkalaridagi mavqei mustahkamlandi. U. (ra)ning buyrug‘i b-n Qur’oni karim matni to‘planib, bir butun (mushaf) kitob shakliga keltirildi va bu 7 mushaf turli o‘lkalarga tarqatildi, Masjidi Nabaviy kengaytirilib, qayta ta’mirlandi, Rumo arig‘i qazildi. Umrining oxirgi yillarida birinchi bor xalifaga muxolifat yuzaga keldi, qo‘shin va viloyatlardagi zodagonlar o‘rtasida U. (ra) siyosatiga qarshi norozilik kuchayib, U. (ra) Madinada, Qur’on o‘qib turgan chog‘ida dushmanlari tomonidan o‘ldirilgan. Uning qoni Qur’on sahifalariga sachragan. Ushbu Qur’on muqaddas yodgorlik sifatida O’zbekiston musulmonlar idorasida saqlanadi (yana q. Mushaf).

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:07:57

USUL ad-DIN (arab. din asoslari, islom asoslari) - islom shariati va dindan olingan e’tiqodiy hukmlarni bahs qiluvchi ilm. Bu ilm asl bo‘lib, boshqa diniy ilmlar unga ergashadi. Bu nom Alloh taoloning "Uning asli sobitdir, far’i-shoxi esa, osmondadir" (Ibrohim surasi, 24) oyatidan olib shar’iy hukmlarni asllarga va far’larga taqsim qilingandan keyin (8-a.) kelib chiqib, uni birinchi bo‘lib Imom Abul Hasan aya-Ash’ariy ishlatgan. U kishi o‘z kitobini "al-Ibona an usul ad-diyona" deb nomlagan. Keyin esa, Abdul Qohir al-Bag‘dodiy al-Ash’ariy (1037 y. v. e.) "Usul ad-din" kitobini yozgan. Undan oldin esa, al-Lolkoiy "Usul us-sunna" kitobini yozgan (1026 y. v. e.). Shundan keyin bu ism mashhur bo‘lib ketgan. Aqoid masalalari dinning asli bo‘lgani uchun bu ilmning faqat nomiga emas, o‘ziga ham katta e’tibor berilgan. Musulmonlar o‘rtasida U. ad- d.ni o‘rganish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. U. ad-d.ni bilmagan odamning ibodati ham durust bo‘lmasligi hammaga uqtirilgan. U. ad-d. b-n shug‘ullanuvchi olimlar katta obro‘ga ega bo‘lganlar. Hozirgi paytda musulmonlar ommasi ichida U. ad-d. istilohi keng tarzda ishlatilmaydi. Uning o‘rniga aqoid so‘zi ishlatiladi. Ammo, islomiy o‘quv yurtlaridagi aqoid masalalarini o‘rgatuvchi kulliyalar "U. ad-d. kulliyasi" deb nomlanadi.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:08:29

USUL al-FIQH (arabcha - fiqh "ildizlari", asoslari) — musulmon huquqi asoslari (fiqh-huquq), huquq uslubiyati (fiqh-huquqshunoslik): 1) Qur’on; 2) sunna; 3) ijmo’; 4) qiyos. Ana shu to‘rt "ildiz" asta-sekin barcha islom maktablari tomonidan e’tirof qilindi, ammo, so‘nggi ikki "ildiz"ning ahamiyati va imkoniyatini turli mazhab namoyandalari har xil talqin qiladilar. 8-9-a.larda fikl rivojlanishi va asosiy diniy huquq maktablari rasmiylashuvi b-n birga U. al-f.ning klassik kontseptsiyasi tarkib topdi. Bu esa, huquqning asta-sekin diniy-estetik qadriyatlarga va oliy maqsadlarga bo‘ysunishi, uning musulmonlar zimmasiga yuklangan majburiyatlar majmuasiga qo‘shilishi natijasi bo‘ldi. Ayni vaqtda ayrim musulmon faqihlar huquqiy masalalarni oqilona bir tizimga solish va shaxsiy fikr (ray) asosida hal etishga intilsa, boshqalari barcha fiqh me’yorlarini pirovard natijada xudoning vahiysi deb hisobladilar. U. al-f. kontseptsiyasining rivojlanishi avvalo, Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy (820 y. v.e.) nomi b-n bog‘liq. U "Kitobil-umm" to‘plamiga kirgan "ar-Risola" asarida fiqhshunoslik asoslarini bayon etdi hamda birinchi bo‘lib fiqhni aniq-tiniq ta’riflab, uning manbalari tizimini ishlab chikdi (q. Shofi’iylik). U. al-f.ning klassik nazariyasi shunga asoslanadiki, Qur’on va sunna (payg‘ambarning hadislari) fiqhning asosiy manbalaridir, chunki, ular aniq-ravshan fe’l-atvor qoidalarini bevosita o‘z ichiga oladi yoki ularni ilohiy vahiylardan anglab olishning oqilona usullarini ko‘zda tutadi. Ijmo’ uchinchi manba hisoblanadi, bu ibora bora-bora Qur’on va sunnada to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etib berilmagan masalalar yuzasidan eng e’tiborli huquqshunos -mujtahidlarning yakdil fikri deb tushuniladigan bo‘ldi. Qur’on va sunnada aniq javob berilmagan savollarni o‘xshashligaga qarab hal etish usuli - qiyos fiqhning to‘rtinchi manbai deb e’tirof qilinadi. Bundan tashqari U. al-f.ning klassik kontseptsiyasi huquqiy yechimlarni izlashning boshqa oqilona usullaridan qo‘shimcha fiqh manbalari sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yadi. Qiyos kabi ular ham avval boshdanoq ko‘zda tutilgan asosiy manbalari deb va ijtihodga kiritilgan aniklik deb hisoblanadi. U. al-f. nazariyasi musulmon huquqi tafakkurining turli yo‘nalishlari (oqimlari) tomonidan har xil talqin etiladi. Mazhablarga xos bo‘lgan qarashlardagi tafovutlar ularning fiqh manbalari, shu jumladan asosiy manbalar haqidagi tushunchalarga ham taalluqlidir. Chunonchi, molikiylar ijmo’ni barcha mujtahidlarning emas, balki Madinada yashovchi savodli kishilarning mushtarak fikri deb hisoblaydilar. Zohiriylar va ayrim hanbaliylar payg‘ambar sahobalari (choryorlar)ning yakdil fikrinigana e’tiborga oladilar. Ja’fariylarning U. al-f. haqidagi tasavvurlari o‘ziga xosliga ular qabul qilgan imomat kontseptsiyasi b-n izohlanadi. Shu sababli ular sunnadan tashqari eng mo‘‘tabar o‘n ikki imomning fikriga ham murojaat qiladilar. Hukuqiy masalalarni hal etishda turli akliy usullarni qo‘llash sohasida mazhablar o‘rtasidagi tavofut juda yaqqol ko‘rinadi. Mas., hanafiylar istihsondan, molikiylar esa, istislohdan keng foydalanadilar. Ayni vaqtda ko‘pgina ja’fariylar qiyosga shubha b-n qaraydilar, ba’zilari hatto uning fiqh manbai ekanini mutlaqo inkor etadilar. Bunday tavofutlar huquq sohasidagi amaliyotning xilma-xilligini aks ettirgan, mazhablar o‘zlarining fiqh manbalari haqidagi tasavvurlarini ana shu amaliyot asosida rivojlantirganlar. Umuman olganda, U. al-f.ning klassik kontseptsiyasi aksar hollarda fiqhning qaror topishi va rivojlanishidagi haqiqiy jarayonlarni o‘rganishga, uning asl manbaparini umumlashtirishni emas, balki hatto aqliy yo‘l b-n, aslida ilohiy vahiy yordamida ulug‘langan manbalar vositasida ta’riflangan me’yorlarni rasmiy asoslashni nazarda tutadi. Shu yo‘l b-n fiqhning barqarorliga ta’minlanadi, uning har qanday tarixiy va ijtimoiy sharoitlarga muvofiqligi mafkuraviy jihatdan asoslanadi. U. al-f.ning o‘rta asrlar huquqshunoslari ishlab chiqqan klassik kontseptsiyasi zamonaviy musulmon huquqshunoslari tomonidan unchalik o‘zgarishlarsiz qabul qilingan va fiqhning nazariy asosi deb hisoblanadi. Shu sababli hoz. zamon huquqshunoslarining umumnazariy tadqiqotlari, umuman, mazkur kontseptsiyaga asoslangan bo‘lib, ko‘p jihatdan o‘tmishga qaratilganligi va hoz. voqelikni e’tiborga olmasligi bejiz emas.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:08:59

USULIY - imomiylar diniy-huquq tizimidagi oqimlardan biri. Unda shariat masalalarida qiyos va ijmo’ asosida obro‘li ilohiyotchilarning bergan fikrlariga asoslanish kengroq o‘rin olgan. Shuning uchun U. imomiylar orasida axboriylardan ko‘ra kenfoq tarqalgan.

Qayd etilgan