Islom Ensiklopediyasi  ( 566603 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 ... 103 B


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:12:55

FAQIR - kambag‘al, moddiy yoki ma’naviy jihatdan muhtoj odam. Kambag‘al (fuqaro)ga, ya’ni ijtimoiy jihatdan nochor odamlarga g‘amxo‘rlik qilish zarurligi Qur’oni karimda, sunna va pandnoma asarlarida alohida ta’kidlanadi. Zohidlik va sufiylik "kambag‘allik" ("faqr", "fuqr")ni keng targ‘ib qilgan. "F." deyilganda "darvish" va "sufiy"lar tushunilgan. Shoirlar, mualliflar, xattotlar ham o‘zlarini kamtarlik b-n F. deb atashgan.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:13:12

FAQIH (arab. - tushunuvchi, anglovchi, vdrok qiluvchi) - shariat hukmlarini mukammal bilgan, fiqh fani b-n shug‘ullanuvchi odam. F.ning bir necha darajalari bo‘lgan. Eng oliy darajadagi F.lar - mujtahidlar fiqh bo‘yicha shu qadar chuqur bilimga ega bo‘lishganki, manbalarni sharxlash yo‘li b-n mustaqil holda odob-axloq qoidalarini ishlab chiqqanlar (q. Usul al-fiqh). Ma’lum bir mazhab asosida fiqhning ma’lum bir masalasi yuzasidan o‘z fikrini bildiruvchi muftiy ham F. deb atashgan. Shuning uchun "F.", "mujtahid" va "mufti" ko‘pincha sinonim so‘z sifatida keltiriladi. Ba’zi hollarda davlat, ijtimoiy hayotning muhim masalalarini hal etishda F.ga muhim o‘rin ajratiladi (mas., Eron Islom Respublikasida).

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:13:25

FAG’NAVIY - q. Anjirfag‘naviy.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:13:38

FIDOYILAR (arab. - biron maqsad yo‘lida o‘zini qurbon qilishga tayyor shaxslar) - o‘rta asrlarda Eron, Suriya, Livandagi yashirin hashshoshiylar tashkilotining a’zolari. Keyingi davrlarda musulmon mamlakatlaridagi qurollangan ozodlik kurashi qatnashchilariga nisbatan ham ko‘pincha F. atamasi ishlatila boshlandi. Mas., Eronda 70-y.lar boshidan faollashgan yosh ziyolilar va talabalarni birlashtirgan "Fidoiyoni xalq" ("Xalq fidoyilari") tashkiloti inqilob davrida kuchaydi, lekin inqilob g‘alabasidan so‘ng u ta’qib ostiga olindi.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:14:02

FIR’AVN - Qadimgi Misr podsholarining nomi. F.larning 31 sulolasi ma’lum. Oxirgi F. makedoniyalik Iskandar (mil. av. 356-323) Misrni bosib olgan paytda hukm surgan. Qur’onda tilga olingan F. o‘zini xudo deb e’lon qilgan zolim podshohni ifodalovchi umumlashma nom. Alloh uning huzuriga Muso (as)ni yuboradi. Ammo F. unga imon keltirmaydi; aksincha, o‘z kudratini namoyish qilish uchun amaldori Homonga "osmono‘par" minora qurishni buyuradi. Dindorlarni, ayniqsa, yahudiylarni ta’qib qiladi. Muso (as) o‘z qavmi b-n Misrdan chiqib ketishga axd qilganda, askari b-n uning ketidan quvadi, lekin dengiz suvlari uni o‘z domiga tortadi. Oxirgi pallada tavba qilgach, Alloh irodasi b-n to‘lqinlar F.ni qirgoqqa olib chiqadi. Musulmon diniy va badiiy adabiyotida F. eng qabih imonsizlik (o‘zini xudo deb e’lon qilishi) va zolimlik timsoli sifatida gavdalanadi.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:14:09

FIRQA (ko‘pligi firoq; sinonimlari milla, toifa, sinf) - aqoidga doir bir yoki bir necha masala yuzasidan maxsus fikrga ega bo‘lgan kishilarning tashkiliy guruhi; maktab, jamoa. Muhammad (sav) musulmonlar jamoasi 73 jamoa (firqa)ga bo‘linib ketadi deb bashorat qilganlar. Faqixdar diniy-siyosiy guruxdar, ilohiyot maktablari, jamoa va b. o‘rtasida qat’iy chegara qo‘ymay, F.ni musulmonlar jamoasi bo‘linadigan birliklardan birini anglatuvchi istiloh ma’nosida qo‘llaganlar.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:14:27

FITR, fitr sadaqa (arab. - ro‘za yakuni sadaqasi) - islomda ramazon oyi tugashi munosabati b-n beriladigan sadaqa. Har bir musulmon erkak va ayol uchun ikki yarim kilogramm xurmo, arpa, un yoki guruch, yoki ularning qiymati miqdorida pul ehson qilishi vojibdir. Muhtojlikda yashovchi oila a’zolari ham hayit kuni to‘q yashasin degan niyatda F. joriy etilgan va u vojib amallar safidan joy olgan. F. sadaqasini o‘z vaqtida ado etilishiga targ‘ib qilingan hadisi shariflardan birida to F.ni o‘z egasiga topshirmagunga qadar tutgan ro‘zasi osmonda muallaq (osilib) turadi, ado etishi b-n qabul bo‘lib osmonga chiqib ketadi, deyilgan. F. sadaqasini katta-yu kichik, er-xotin, oila boshlig‘i o‘z qaramog‘idagi har bir jon hisobidan beradi. F.ni hayit namozi o‘qilmasdan egalariga topshirish lozim. F. sadaqasi o‘ziga to‘q musulmonlarning muhtoj va hojatmandlar uchun ramazon oyida beradigan xayr-ehsonlaridir. Uning hikmatlaridan biri fuqarolar, miskinlar, beva-bechoralar va hojatmandlarni ulug‘ ayyom - hayit oldidan qalblariga bir oz bo‘lsa-da, shodlik va hurramlik baxsh etish, ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va oqibat natijada, odamlar orasida mehr-shafqat tuyg‘ularini uyg‘otish bo‘lsa, ikkinchidan, ro‘zadorning ramazon oyida bilib-bilmasdan qilgan gunoxlariga kafforat hamdir.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:14:43

FITRAT, Abdurauf Abdurahim o‘g‘li (1886-1938.4.10) - ma’rifatparvar, Turkistondagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi. Dastlab Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan. Makkaga borib, Haj amalini bajargan. Istanbulda dorilfunun va madrasada o‘qigan (1909-13). Buxoroga qaytgach, jadidchilik harakatida faol qatnashgan. F. "Munozara" ("Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning jadida maktablari xususinda qilg‘on munozarasi"; Istanbul, 1909), "Bayonoti sayyohi hindiy" ("Hind sayyohi bayonoti"; Istanbul, 1912) asarlarida islom dinining sofligi uchun kurashgan hamda xurofot va bid’atni qoralagan. "Rahbari najot" ("Najot yo‘li"; Petrograd, 1915) asarida millat taraqqiyotining najot yo‘li (dasturi) sifatida Qur’oni karimni ko‘rsatgan. "Muxtasar islom tarixi" (1915) risolasida islom dinining tarixi xolislik b-n yoritilgan. U "Sharq siyosati" (Toshkent, 1919) va "Yig‘la, islom" kabi publitsistik asarlarida Sharq va islom dini ustidan G’arb va xristianlikning zo‘ravonlik qilishini tasvirlagan va o‘quvchining Sharqni ozod qilishga chaqirgan. F. sovet rejimi tomonidan 1937 y. 24 aprelda qamoqqa olingan. Unga "panturkizm va panislomizm"ning bosh mafkurachisi deb siyosiy ayblar qo‘yilgan va keyinchalik otib tashlangan.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:15:34

FIQH ("chuqur tushunish, bilish") -musulmonlarning xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi islom doktrinasi (huquqshunoslik), islom ijtimoiy me’yorlari majmuasi (keng ma’nodagi musulmon huquqi). Ikkala ma’nodagi F. islom dini vujudga kelib, musulmon davlati - Xalifalik qaror topishi bilan darhol tarkib topgan emas. 8-a.ning 1-yarmigacha umuman xalifalikning ijtimoiy (jumladan yuridik me’yorlari tizimi islom qoidalari b-n belgilanmas, balki asosan islomdan avval mavjud bo‘lgan va yangi tarixiy sharoitda amal qilib turgan normalardan iborat edi. Arablar bosib olgan hududlarda avvalgi yuridik norma va urf-odatlar yangi din aqidalariga zid bo‘lmasa, ular ham jiddiy o‘zgarishlarsiz saqlanib qolavergan, chunki, avval boshda islom o‘zining huquqiy masalalariga unchalik e’tibor b-n qaramagan. Bu paytda xalifalikning huquqiy tizimi Rum (Vizantiya), sosoniylar, talmudchilar va sharqiy xristianlar huquqining ayrim unsurlarini hamda ko‘pgina mahalliy urf-odatlarni qabul etdi, ularning ko‘plari keyinchalik islomniki qilib olindi va F.ga kiritildi.
F.ni shakllantirishni, bir tomondan, amal qilib turgan hukuq va b. ijtimoiy me’yorlarni diniy aqidalarga moslashtirish zarurligi va ikkinchi tomondan, ilk mulkdorlar jamiyatining endigina vujudga kelgan munosabatlarini mohiyat e’tibori b-n islomning diniy-axloqiy ta’limotiga asoslangan qoidalar negazvda tartibga solish ehtiyojlari taqozo qilar edi. F.ning qaror topishi Muhammad (sav) hadislari va choryorlarning aytgan gaplarini yozib olish b-n birga davom etdi. Shu sababli F.ga oid dastlabki asarlar (mas., Zayd ibn al-Hasanning "Majmua", Molik ibn Anasning "al-Muvatto", Ahmad ibn Hanbalning "al-Musnad" asarlari), aslida, huquqiy mavzudagi tadqiqotlar emas, balki muayyan mavzuda tanlab olingan hadislardan iborat. Hadislarning bir tizimga solinishi Qur’on va sunnani oqilona talqin etish orqali hal qilinadigan masalalarni belgilab olish va shu tariqa F.ni mustaqil fan sifatida shakllantirish imkonini berdi.
8-a. va 9-a.ning 1-yarmida F. - huquqshunoslikda o‘z tushunchalari vujudga keldi, o‘ziga xos til va uslub shakllandi. Unda Muhammad (sav)ning vafotlaridan so‘ng asl ma’noda qonunlar yaratish faoliyati to‘xtadi, degan fikrga kelindi. Qur’on va sunna huquqiy yechimlarning asosiy manbalari bo‘lib qoldi. Faqixlar musulmon jamoasining yakdil fikri (al-ijmo’)ni choryorlarning yagona fikri deb hisoblab, ularni ham mustaqil manba sifatida tan olar edilar. Qur’on va sunna faqixlarni qiziqtirgan har qanday savolga javoblarni o‘z ichiga oladi, degan xulosaga kelindi. Shu sababli ularda musulmonlar amal qilishi lozim bo‘lgan aniq fe’l-atvor qoidalari xususida bir xil yechim, ko‘rsatma bo‘lmagan takdirda faqixlar mazkur manbalarni huquqiy holatlarga oqilona "tatbiq qilish" yordamida amaliy masalalarni hal etish b-n shug‘ullanadi. Bora-bora F. - huquqshunoslikni ilm al-furu deb tushunish hammaga ma’kul bo‘la boshladi. Ilm al-furu’ - shariatning aniq manbalar asosida ta’riflangan (ya’ni Qur’on yoki sunnaning ayrim qoidalariga asoslangan va ijmo’da tasdiqlangan yoxud ijtihod yordamida bayon etilgan) "amaliy" (odamlar xulq-atvorini tartibga soladigan) me’yorlari to‘g‘risidagi fandir. F. - huquqshunoslik fani me’yorlarning ikki toifasini: 1) musulmonlarning Alloh b-n munosabati (ibodot); 2) odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, shuningdek, musulmon hokimiyati (davlati)ning o‘z fuqarolari, boshqa dinlar va davlatlar b-n munosabati (muomalot)ni belgilovchi, tartibga soluvchi me’yorlarni o‘z ichiga oladi. Faqihlarning asosiy kuch-g‘ayratlari me’yorlarning ikkinchi toifasini ishlab chiqishga qaratildi, ularning aksariyati ijtihod asosida joriy etildi. F. - huquqshunoslik shakllanishining ilk bosqichidayoq ikki maktab yuzaga kelgan edi: ulardan biri - Iroq maktabi "mustaqil fikrlash tarafdorlari" (ashob ar-ra’y) maktabi deb, ikkinchisi - Madina maktabini "nakl tarafdorlari" (ashob al-hadis) maktabi deb atalgan. Ular o‘rtasidagi tafovut maktablar o‘z ta’limotlarini rivojlantirgan moddiy va madaniy sharoit xususiyatlari hamda ular meros qilib olgan huquqiy an’analar b-n izohlanadi. Iroqlik huquqshunoslar ijtihodni qiyosdangana iborat deb bilmasdan, undan kengroq foydalandilar, Madina maktabi esa, asosiy e’tiborni Qur’on va sunnaga qaratdi. Avvaliga bu maktablarning ta’limoti muayyan nom b-n atalmadi, biroq keyinchalik ularning har biri o‘z ta’limotini o‘z asoschisi nomi b-n atay boshladi. Chunonchi, Nu’mon ibn Sobit Abu Hanifa (767 y. v.e.) Iroq maktabining asoschisi bo‘lgan. 9-10-a.larda F. - huquqshunoslikning boshqa sunniy tariqat (mazhab)lari ham yuzaga keldi. Mas., Muhammmad ibn Idris ash-Shofi’iy (820 y. v.e.) nomi b-n atalgan shofi’iylik tariqati ijtihodni qiyos b-n aynan bir narsa deb hisoblab, uni qat’iyat b-n tatbiq etdi. Keyinroq Ahmad ibn Hanbal (855 y. v.e.) asos solgan hanbaliylik mazhabi ham tan olindi. Bu tariqat Qur’on va hadislardan imkoni boricha keng foydalanganligi va ijtihodga ishonchsizlik b-n qaraganligi ma’lum. F. -hukuqshunoslikning boshqa maktablari ham bor edi, ammo, 14-a.ga kelib, mazkur to‘rt sunniy mazhab hamda bir necha shialik tariqatlarigana saqlanib qoldi. F. mazhablaridan har birining ta’limoti uning tarafdorlari e’tirof qilgan asarlarda bayon etilgan. Bu asarlarning ko‘pchiligi o‘rta asrlarda mazhab asoschilari, ularning yaqin shogirdlari va izdoshlari, atoqli huquqshunoslar tomonidan yozilgan. Mas., hanafiylik mazhabi bo‘yicha Abu Hanifaning shogirdi Muhammad ibn al-Hasan al-Shayboniy (805 y. v.e.)ning oltita kitobi eng mo‘‘tabar (Kutub zohirat ar-rivoya) hisoblanadi. Mazkur asarlarning eng muhim qoidalarini keyinchalik Abul Fazl al-Marvaziy o‘zining "al-Kofi" kitobida umumlashtirdi, Shamsiddin as-Saraxsiy (1090 y. v.e.) bu kitobni batafsil sharhlovchi "al-Mabsut" asarini yaratdi. "Al-Mabsut" hanafiylik mazhabiga oid eng obro‘li asarlardan biri deb tan olinadi. Molik ibn Anasning "al-Muvatto" kitobi molikiylar fiqhi bo‘yicha yetakchi manbaligicha qolmokda. Bundan tashqari molikiylik faqixdarining bir necha avlodi, avvalo, Abdusalom Saxnun (854 y. v.e.) tomonidan yaratilgan "al-Mudavvana al-kubro" asari juda mashhur. Ahmad ibn Hanbalning "al-Musnad" asari hanbaliylar uchun shunday ahamiyatga ega. Ash-Shofi’iyning "al-Umm" asari shofi’iylik F. - huquqshunosligi bo‘yicha birinchi manbadir. Shialar F.ga doir anchagina kitoblar ham ma’lum. Umuman, F.ga oid asarlar orasida turli mazhablarning xulosalarini taqqoslashga bag‘ishlangan asarlar (ilm al-xilof) sezilarli o‘rin oladi. Bir mazhab tarafdorlari o‘rtasida ham ixtiloflar borligi F. - huquqshunosligiga xos xususiyatdir.

Qayd etilgan


Shahina  12 Oktyabr 2006, 22:17:03

9-a. o‘rtalaridan e’tiboran sunniy F -huquqshunosligida faqat o‘tmishdagi yirik hukuqshunoslar ijtihod xukuqiga ega, degan goya qaror topa boshlagan edi, 10-a. o‘rtalariga kelganda esa, o‘zining huquqqa oid qarorlarini ta’riflab berish usullari tizimiga ega bo‘lgan yangi mazhablar yuzaga kelishi mumkin emas, degan e’tirozsiz yakdil bir fikrga kelindi. Binobarin, endi har bir faqih muayyan mazhab ta’limotiga ergashmog‘i darkor bo‘lib qoldi, buni taklid deb yuritadigan bo‘ldilar. Shu vaqtdan boshlab F. - huquqshunoslikning rivoji e’tirof qilingan mazhablar doirasida davom etdi. Bunda o‘tmishdagi yirik mujtahidlarning xulosalarini muntazam holatga keltirishga, ularning asarlarini sharxdashga, ularni qayta ishlab, qisqa va sodda to‘plamlar tayyorlashga asosiy e’tibor berildi. O’rta asrlarda va yangi davrda F. -huquqshunoslikka oid asarlar orasida fatvo to‘plamlari ko‘paydi. Fatvo to‘plamlari tartibga solinadigan mavzular bo‘yicha guruhlangan va har birining manbai ko‘rsatilgan favqulodda me’yorlar majmuasidir. Al-Quduriyning (1037 y. v.e.) "Muxtasar", Qozixonning (1196 y. v.e.) "Fatovo", Burhoniddin Ali Marg‘anoniyning (1197 y. v.e.) "Hidoya", Ibn Bazzozning (1414 y. v.e.) "Fatovo" asarlari bunga misol bo‘ladi. Sunniy faqihlar fatvolarining aksariyat to‘plamlari keng mazmunli bo‘lib, tahorat, namoz, dafn, zakot, ro‘za, haj, turli savdo-sotiq bitishuvlari va majburiyatlarini, mulkni tasarruf etish tartibotini, vaqf, meros, nikoh-oila munosabatlari har xil huquqbuzarliklar, musulmon hokimiyatini nomusulmon va b. davlatlar b-n munosabatlari, qozilik, kiyinish, ovqatlanish qoidalari va shu kabi asosiy bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Bir-biri b-n bog‘liq bo‘lgan ayrim masalalarga taalluqli ishlar ham borligi ma’lum. Mas., al-Mavardiyning (1058 y. v.e.) "al-Ahkom as-sultoniya" risolasi asosan xalifalikni tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda shu munosabat b-n moliya, yer, jinoyat va qozilik hukuqiga bag‘ishlangan. Shia huquqshunoslari odatda boshqacha tasniflash yo‘lidan borib, F.ning barcha me’yorlarini to‘rt guruhga bo‘ladilar. Mazkur guruxdar ibodat tartibini, ikki tomonlama shartnoma (uqud), shu jumladan nikoh, muayyan shakldagi bir tomonlama bitim (iqo’at), jinoyat uchun javobgarlik va yetkazilgan zarardan kelib chiqadigan majburiyat yoki ixtiyoriy shakldagi bitishuv yoxud harakatlarni tartibga soladi. F., bir tomondan, akliy ta’limot bo‘lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tajribasiga qaratilgan. F. -huquqshunoslikning ko‘pgina xulosalari amalda tatbiq etilib, islom ijtimoiy me’yorlari majmuasini tashkil etganligi bois ular ham F. iborasi b-n atala boshladi. F. musulmonlar orasida amal qilgan fe’l-atvor qoidalari ma’nosida ijtimoiy me’yorlarning har xil diniy, huquqiy, axloqiy turlarini, shuningdek, urf-odatlarni, oddiy xushmuomalalik va axloq-odob qoidalarini o‘z ichiga olgan, ya’ni keng, umumiy ijtimoiy tushunchadagi musulmon huquqi bo‘lgan. Shu majmuaga kiruvchi me’yorlarning turli toifalarini ijtimoiy munosabatlarda va shaxsiy fe’l-atvorda amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari bor edi. Chunki, musulmonlar diniy ahkomlarni imon-e’tiqod b-n ado etar va shu sababli ular juda mukammal bo‘lar edi. F. - huquqshunoslikning ko‘pgina qoidalari musulmonlar orasida rasm bo‘lgan va bu qoidalarga rioya etilishni kafolatlaydigan urf-odatlarni aks ettirar edi. Ammo, faqihlar ishlab chiqqan me’yorlarning bir qismi aksar hollarda davlat ishtirokida amalga oshirilar, davlatning majburlashi imkoniyatiga tayanar edi. Shu sababli, islomda yagona ijtimoiy-me’yoriy tartibga solish majmuasi tarkibida fe’l-atvorning huquqiy qoidalari (yuridik ma’nodagi musulmon huquqi) alohida o‘rin oldi. F. - huquqshunoslikning xulosalari davlat tomonidan buyurish rasmiy qo‘llab quvvatlash natijasida qisman amaldagi huquqqa aylanar, mas., tayinlab qo‘yilgan qozilar muayyan mazhab xulosalarini joriy qilar edi. Jumladan, abbosiylar hokimiyatni qo‘lga olgach, faqihlarni qozi lavozimiga ko‘tarish yo‘li b-n shunday xulosalarni qozilik tajribasiga tatbiq eta boshladilar. Yuridik ma’nodagi F. - hukuq shu asosda tarkib topdi, F. - huquqshunoslik uning manbai bo‘ldi. Musulmon faqixdarining ko‘p asarlari qozi va muftilar uchun amaliy qo‘llanma (dasturulamal) bo‘ldi, ko‘pincha ma’murlarning buyurtmasi b-n davlat mahkamalari uchun maxsus kitoblar yozib berildi. Abu Yusufning (798 y. v.e.) "Kitob al-xaraj"i yoki Boburiylar saltanatining hukmdori Avrangzeb (1658-1707) amri b-n 1669 y.da bir guruh hanafiy huquqshunoslar tuzgan "al-Fatovo al-hindiya" asari bunga misoldir.
Chigallik F. me’yorlarining ko‘pchiligaga xos xususiyatdir. Zero, ayni bir xil masalalarni hal etishda turli mazhablarning bir-biriga
 to‘g‘ri kelmaydigan xulosalari tatbiq etilishi mumkin edi. Hatto bir mazhab ichida ham ziddiyatli qoidalar amal qilaverar, chunki F. huquq ko‘p jihatdan yirik huquqshunoslarning aniq masalalarga oid qarorlari yigandisidan iborat bo‘lib, ular ayni bir masala yuzasidan ko‘pincha turli xulosalarga kelar edilar. Shu sababli hatto davlat F. - huqukdagi muayyan tariqatni qo‘llab quvvatlashi ham bir xil me’yorlar tizimi belgilab qo‘yilganini bildirmas edi. Binobarin, F. - huquqning bir-biriga mos kelmaydigan ko‘pdan-ko‘p qoidalari orasidan qozi qaysi birini tanlab olishini oldindan bilib bo‘lmas edi. Shu sababli F.ning umumnazariy asosi asta-sekin birinchi o‘ringa chiqa boshlagani bejiz emas. O’rta asrlarda musulmon faqixlari qozilarning F. - hukuqqa oid yakka-yakka ko‘rsatmalari asosida uning umumiy qoidalari (al-Qavo’id al-Kulliya)ni shakllantirib berishga muvaffaq bo‘ldilar. Shu sohadagi ishlar orasida Ibn Nujaymaning (1562 y. v.e.) "al-Ashboh va-n-nazo’ir" asari yaxshi ma’lum. 16-17-a.larda chigal fatvolar b-n bir qatorda me’yoriy qoidalar uzil-kesil shakllantirib berilganligi ikkala ma’nodagi F. - huquqni rivojlantirishda eng yuqori nuqta bo‘ldi.
Islom mamlakatlari huquq tizimida F. -huquqning roli doimo bir xil bo‘lgan emas. Jumladan, 16-a.da Usmonli turk saltanatida va 17-a. 2-yarmida Boburiylar davlatidagi 'huquqiy amaliyotda uning qoidalari juda keng va izchil qo‘llanildi. Biroq, umuman F. - huquq hech qachon F. - hukuqshunoslik b-n to‘la-to‘kis mos kelgan emas. F. - huquqshunoslikning haqiqatda amalga oshirilgan, hokimiyat tepasidagi kuchlarning manfaatlarini ifodalagan va davlat tomonidan biron-bir tarzda qo‘llab-quvvatlangan qoidalarigina amaldagi huquqqa aylangan, faqihlarning boshqa xulosalari esa huquqiy nazariya doirasidan tashqari chiqmagan. Ayni vaqtda F. - huquq me’yorlarining turli majmualari shu jihatdan o‘z xususiyatiga ega bo‘lgan. Shaxsiy holat hukuqi (al-ahvol ash-shaxsiya) F. - huquqning eng rivojlangan tarmog‘i hisoblanadi. U oila-nikoh, meros munosabatlarini va ularga yaqin bo‘lgan boshqa ba’zi munosabat (huquq qobiliyati, vaqf tartibi va h.k.)larni tartibga soluvchi me’yoriy yig‘indisidan iborat. Jamiyatning iqtisodiy negizidan nisbatan xiyla olis bo‘lgan, ikki tomondan, diniy aqidalar b-n juda qatiy belgilab qo‘yilgan ushbu munosabatlarni tartibga solishda F. - huquq me’yorlari, odatda, boshqa tarmoklarga nisbatan juda keng qo‘llanilib keldi. Ammo, hatto oila-nikoh sohasida ham mahalliy urf-odatlar F. - huquq b-n raqobat qilar va amalda uning ayrim qoidalarini yo‘qqa chiqarib yuborar edi. F. -huquqning jinoyat (g‘ayriqonuniy harakat) tarmog‘i (al-uqubot), sajiyasi (xarakteri)dan qat’i nazar, barcha huquqbuzarliklar uchun jazo chorasini o‘z ichiga oladi. Faqat 10 ta eng xatarli jinoyat uchun qat’iy belgilangan jazo chorasi ko‘zda tutilgan. Mazkur tarmoq, shuningdek, F. - huquqning qozilar sudi (al-muhokamat) tashkiloti va uning faoliyatini tartibga soluvchi me’yorlari amal qilish sohasi davlat o‘tkazayotgan siyosatga bevosita bog‘liq edi, bu siyosat esa, uning dunyoviy va diniy vazifalari nisbatiga qarab belgilanar edi. Faqihlar ishlab chiqqan davlat huquqi, ma’muriy va moliyaviy huquq me’yorlari (al-ahkom as-sultoniya) F. - huquqning nisbatan ikkinchi darajali unsuri bo‘lib, ko‘p jihatdan mavhum nazariya edi, u soliq sohasidagina birmuncha izchil amalga oshirilardi. Musulmon ma’murlarning boshqa davlatlar b-n munosabatlarini, urush olib borish va harbiy o‘ljani taqsimlash tartibini, musulmon hukmdorning bosh din vakillariga nisbatan o‘tkazadigan siyosatini tartibga solish uchun faqixlar belgilab bergan as-siyar me’yorlari haqida ham shu gapni aytish mumkin. Shu me’yorlarning ayrimlarigina (jumladan, nomusulmonlarning huquqiy holatini belgilovchi me’yorlar) huquqiy tus olar va yuridik (huquqiy) ma’nodagi F. - huquqqa aylanardi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, o‘rta asrlarda islom mamlakatlarining huquqiy tizimlarida F. - huquq markaziy o‘rin olgan bo‘lsa ham, ammo barcha huquqiy me’yorlarni qamrab olmas edi. Bu yerda F. - huquq b-n bir qatorda davlatning faqixlar xulosalaridan ba’zan farq qiladigan va hatto ularga zid bo‘lgan qonun hujjatlari ("huquqiy siyosat" - as-siyosa ash-shar’iya) amal qilar edi. 19-a.ning 2-yarmida F. huquq nizomida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Buning eng muhim sababi shundan iborat bo‘ldiki, eng rivojlangan islom mamlakatlarida (xususan, Usmonli turk saltanati tarkibidagi el-yurtlarning ko‘pchiligida) F. - hukuq asoslari hollarda G’arbiy Yevropadan olingan qonunlarga yetakchi o‘rinni berib qo‘ydi. Natijada F. - huquq asosan shaxsiy holat munosabatlarini tartibga solish .sohasida o‘z mavqeini saqlab qoldi va mazkur mamlakatlarning davlat, ma’muriyat, jinoyat, savdr-sotiq hukuqida, ko‘p jihatdan fuqarolik huquqida ham qo‘llanilmay qo‘ydi. Shu b-n birga bu davrda 1869-1877 ylarda "Majallat al-ahkom al-'adliya" degan hujjatni qabul qilish yo‘li b-n uning me’yorlari birinchi marta rasmiy ravishda sharoitga moslashtirib olindi, bu ish Usmonli turk saltanatining fuqaro kodeksida muhim rol o‘ynadi (hozirgi paytgacha ham shu hujjat Kuvaytda qisman qo‘llanib kelinmokda). Diqqatga sazovor tomoni shuki, mazkur qonun F. -huquqshunoslikning hanafiylik mazhabi xulosalari asosiga kurilgan bo‘lib, jumladan, Ibn Nujaymaning risolasidan olingan aniq me’yorlarni ham, umumiy qoidalarni ham o‘z ichiga olgan edi. 19-a. 2-yarmi va 20-aning boshlarida hukumat ma’murlarining topshirig‘iga binoan tayyorlangan qonun loyihalari tarzidagi asarlar (mas., Qadri Posho, D.Santillana va M.Moranning shaxsiy holatga oid ishlari) paydo bo‘lganligi diqqatga sazovordir, ammo, ular davlat tomonidan e’tirof qilinmadi. Garchi 19-a.ning 2-yarmidan F. - huquqning ahamiyati tobora pasayib borgan bo‘lsa ham, hoz. vaqtda uning ayrim tarmoklari, tartib-qoidalari va me’yorlari ko‘pchilik aholisi musulmon bo‘lgan Sharq mamlakatlarida biron-bir tarzda qo‘llanilmoqda (faqat Turkiya bundan istisnodir, bu mamlakat 20-y.lardan e’tiboran undan butunlay voz kechdi). Shaxsiy holat tarmog‘i izchil, keng va deyarli bekamu ko‘st amal qilayotir, ayrim hollarda (mas., Tunis va Yamanda) F. - huquqning oila-nikoh masalalariga oid qoidalari birmuncha o‘zgartirildi. F. - huquqning tartiboti jinoyat hukuqida (mas., Saudiya Arabistoni, Yaman, Fors ko‘rfazi mamlakatlarida) ham o‘z ahamiyatini sakdab kelmokda, ammo bir qancha mamlakatlar (Liviya, Eron, Pokiston, Mavritaniya va b.)da huquqning tarmog‘iga uning ta’siri 70-y.lardan boshlab hatto kuchayib ketdi. Fuqarolik va savdo huquqi haqida ham shu gapni aytish mumkin. F. - huquqning bu sohadagi me’yorlari vaqflarning huquqiy holatini tartibga solib kelmoqtsa (vaqflar tugatilgan Jazoir, Tunis, Yaman bundan mustasno). Bu me’yorlar fuqarolik kodeksiga ayrim moddalari (mas., huquqni suiiste’mol qilish, qarzni o‘tkazish, yerni ijaraga olishga oid moddalar) tarzida kiritilgan. Keyingi 10-15 y.da bir qancha mamlakatlar (Liviya, Pokiston va b.) fuqarolik va tijorat huquqida F. - huquq me’yorlarini qo‘llash miqyosi kengaydi. F. -huquqqa asoslangan soliq va moliya qonunlari (jumladan, foyda - ribo olishni taqiklaydigan va shu asosda islom banklari faoliyatini tartibga soladigan qonunlar) qabul qilingani bunga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik islom mamlakatlarida musulmon (shariat) sudlari saqlanib qolayotir (arab mamlakatlaridan faqat Tunis, Jazoir, MAR, Yamanda bunday sudlar tugatilgan). Ularning tashkil etilishi va faoliyati ko‘p jihatdan F. - huquq me’yorlari b-n tartibga solinadi. F. - huquq qoidalari va me’yorlari ayrim mamlakatlar (avvalo Saudiya Arabistoni) davlat hukuqida aks etgan va hoz. vaqtda 1979 y. konstitutsiyasida islom respublikasi deb e’lon qilingan Erondagi davlat shaklida juda yaqqol ko‘rinib turibdi. Shuni ham aytish kerakki, barcha islom mamlakatlarida yoxud boshqa mamlakatlar aholisining ozchiligani tashkil etuvchi musulmon jamoalarida diniy qoidalar va namoz tartibini belgilovchi F. -huquq me’yorlari hali ham qo‘llanilayapti. Hoz. sharoitda F. rasmiy huquq manbai sifatidagi ahamiyatini saklab qolgan. Bir qancha mamlakatlarning shaxsiy holat va jinoyat huquqiga oid qonunlarida ko‘zda tutilishicha, agar qonunda tegashli me’yorlar bo‘lmasa, F. - huquqshunoslik xulosalari qo‘llanilishi lozim. Ba’zi mamlakatlar (Misr, Suriya, Liviya, Iroq, Jazoir, Kuvayt)ning fuqarolik kodekslarida ham shunday qoida belgilangan. Hoz. vaqtda ko‘pgina islom davlatlarining konstitutsiyalari fiqhning asosiy va o‘zgarmas me’yorlarini qonunchilikning asosiy manbai deb tan oladi. Davlatning F. - huquqqa nisbatan bunday siyosati F. huquqshunoslikka oid ilmiy ishlarni rag‘batlantiradi. Bu ishlar ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladi. Nazariy ilohiyot b-n chambarchas bog‘liq bo‘lgan birinchi yo‘nalish an’anaviy fatvo janridan iborat (Misrning sobiq muftisi Hasanayn Muhammad Maxlufning ikki jildli fatvolar to‘plami bunga misol). Ikkinchisi - F. nazariyasi va tarixiga oid asarlardir.

Qayd etilgan